Boshlang‘ich ta’limda integratsiya mohiyati

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Boshlang‘ich ta’limda integratsiya mohiyati
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Integratsiya tushunchasi.
2. Integratsiya jarayonini o‘rganishda buyuk pedagoglarning fikrlari.
3. Boshlang‘ich ta’limda integratsiya mazmuni.
4. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining integratsion faoliyat asoslari.
5. Integratsiyalashgan dars ishlanmalaridan namunalar.
=== Taqdimot 3 ===
“Integratsiya” tushunchasi lotincha bo‘lib, to‘liq, yaxlit va bir butunlik ma’nolarini anglatadi. Atama sifatida integratsiya so‘zi quyidagilarni ifodalaydi: 1. O‘quv fanlarining o‘zaro bog‘liqligini; 2. O‘qitish jarayonining boshqa turdosh faoliyatlar bilan aloqadorligini.
Integratsiya tushunchasi
=== Taqdimot 4 ===
XX asr oxirlarida butun dunyoda davlatlararo iqtisodiy integratsiya jarayonlari boshlandi. Buning natijasida ta’lim va ilm fanda ham integratsion jarayonlari yuzaga kelib, unda g‘oyaviy bog‘liqlik, mavzuli aloqadorlik va ilmiy-metodik samaradorlik masalalarga alohida e’tibor berila boshlandi. Pedagogik nuqtai nazardan integratsiyaning quyidagi afzalliklari mavjud:
O‘quv rejalari, dasturlari va adabiyotlarini turdosh fanlar bilan aloqadorlikda tuzish, buning natijasida fanlar mavzularida takroriylikning yuzaga kelmasligi;
Ta’lim va tarbiya ishlarini turdosh fanlarining o‘zaro bog‘liqligida amalga oshirish;
Ta’lim muassasasining hamkorlik ko‘lamining kengayishi;
Ta’lim beruvchilarning professional hamkasblari bilan o‘zaro aloqaga kirishish; Ilmiy ishlanmalarning amaliy xususiyatlari kuchayishi.
=== Taqdimot 5 ===
O‘quv rejalari, dasturlari va adabiyotlarini turdosh fanlar bilan aloqadorlikda tuzish, buning natijasida fanlar mavzularida takroriylikning yuzaga kelmasligi; Ta’lim va tarbiya ishlarini turdosh fanlarining o‘zaro bog‘liqligida amalga oshirish; Ta’lim muassasasining hamkorlik ko‘lamining kengayishi; Ta’lim beruvchilarning professional hamkasblari bilan o‘zaro aloqaga kirishish; Ilmiy ishlanmalarning amaliy xususiyatlari kuchayishi.
=== Taqdimot 6 ===
Integratsiyaning mazkur yutuqlari ta’lim va tarbiya tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish, ularning xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda ta’limning sifat samaradorligiga erishishda qo‘l keladi. Pedagogik integratsiyani yuzaga keltirish uchun bir necha talablar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
=== Taqdimot 7 ===
Reflections About my Week
=== Taqdimot 8 ===
Integratsiya jarayonini o‘rganishda buyuk pedagoglarning fikrlari. Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy ta’kidlashicha: “Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o‘rganilishi kerak”. Fanlararo bog‘liqlik g‘oyasiga keyinchalik juda ko‘p pedagoglar yondashib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo‘shdilar.
=== Taqdimot 9 ===
D. Lokk g‘oyasiga ko‘ra: “Ta’lim mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to‘ldirilishi kerak”. I. V. Pestalossi o‘zining didaktik maqolasida o‘quv darsliklaridagi bog‘liqlik masalasiga keng to‘xtalib o‘tar ekan: “Bir-biri bilan bog‘liq fanlari ongiga keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog‘liqlik holatida ekanini angla” -deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto xavfliligini ta’kidlaydi.
=== Taqdimot 10 ===
O‘tmish pedagogikasida didaktik ta’sirining ruhiy-pedagogik xususiyati hamda psixologik-pedagogik bog‘liqlik to‘g‘risida K. D. Ushenskiy shunday deydi: “Har qanday fan tomonidan xabar qilinayotgan bilim va g‘oya dunyo va hayotga keng nigoh va yorituvchan holatda berilishi lozim”
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekiston boshlang‘ich ta’lim tizimida keyingi yillarda Integratsiya jarayoni amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda bizning yondashuvimizga binoan boshlang‘ich ta’limda Integratsiya asoslarini quyidagilar tashkil etadi:
O‘quv rejalari va dasturlarning turdosh fanlar bilan hamkorlikda tuzilishi;
O‘quv adabiyotlarining turdosh fanlar bilan hamkorlikda yaratilishi va bunda mavzularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Boshlang‘ich ta’lim va tarbiya jarayonini umumiy o‘rta ta’lim hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan aloqadorlikda amalga oshirish;
=== Taqdimot 12 ===
Boshlang‘ich ta’lim va tarbiya jarayoniga turdosh fanlar tajribasidan o‘tgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
Boshlang‘ich ta’lim muammolarini pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiq etish;
Boshlang‘ich ta’lim o‘quv fanlarining optimal va uzviylik tamoyillariga asosan bog‘liqligini ta’minlash;
Boshlang‘ich ta’limning tajribaviy yutuqlarini boshqa ta’lim turlari va fanlariga taqdim etib borish.
=== Taqdimot 13 ===
Mazkur yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda integratsiyani tarkib toptirish mumkin. Aslida ta’limda integratsiya muayyan ta’lim yoki o‘quv fanining yutuqlarini ommalashtirish va o‘zgalarning yutuqlarini o‘zlashtirishdan iborat. Shu ma’noda boshlang‘ich ta’limda integratsiya quyidagi mexanizmlarga asoslanadi:
O‘quv fanlarini turdosh ta’lim bosqichlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda o‘qitish;
O‘quv adabiyotlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlikda yaratish;
Boshlang‘ich ta’limni amalga oshiruvchilarning faoliyatini manfaatli hamkorlik asosida tashkil etish;
=== Taqdimot 14 ===
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining integratsion faoliyat asoslari
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari hozirgi zamon boshlang‘ich ta’limda integratsion shaklda faoliyat yuritishi kerak. Bunday faoliyatning asoslarini quyidagilar tashkil tashkil qiladi:
O‘quv dasturlarini hamkor o‘qituvchilar bilan birgalikda ishlab chiqish;
Murakkab mavzularni imkon qadar mutaxassislar ishtirokida o‘qitish;
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan ta’limiy va tarbiyaviy maslahatlarga ega bo‘lish;
=== Taqdimot 15 ===
O‘qituvchi kitobi bilan va imkon bo‘lsa uning mualliflari bilan ishlash;
Maktab jamoasi va hududiy xalq ta’limi bo‘limlariga o‘z faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilib borish;
O‘zining individual ish uslubiga ega bo‘lish.
Ayni paytda, fanlarning g‘oyaviy bog‘liqligi ularning individualligiga daxl qilmasligi kerak. Chunki har bir o‘quv fanining o‘z obyekti va subyekti bor. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining integratsion faoliyati deganda ko‘p hollarda uning turdosh fanlar mazmunidan xabardor bo‘lishi tushuniladi.
=== Taqdimot 16 ===
Integratsion darslarning didaktik asoslari quyidagilardan iborat:
Darsda aniq muammoni qo‘yish va dars oxirida muammoning yechimiga erishish;
Darsda har bir berilayotgan bilim va tushunchalarning ta’rifi hamda misollari keltiriladi;
Yangi mavzuni tushuntirishda imkon qadar mutaxassis yordamiga tayaniladi;
Dars davomida o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayoni savollar berish bilan tekshirilib boriladi.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilarning bilimi va tushunchasi darhol baholanadi.
Dars yakunida beriladigan uy vazifalarini katta yoshlilar bilan hamkorlikda yechish nazarda tutiladi.
=== Taqdimot 17 ===
Integratsiyon darslar turlari:
1. Auktsion dars – Mazkur integratsion dars turi auktsion tarzda o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, muayyan mavzular bo‘yicha qisqacha tushuntirib berilib, o‘quvchilarning fikri o‘rganiladi va ular mutaxassis tomonidan baholab boriladi. Bunday darsda o‘quvchilar to‘rt guruhga bo‘linadi va guruh a’zolari berilgan mavzular bo‘yicha fikrlar taqdimotini o‘tkazadi.
=== Taqdimot 18 ===
2. Hamkorlik darsi – integratsiyon darsning bu turi muayyan mavzularni mutaxassislarning ishtirokida o‘tkazishga asoslanadi. Unda mutaxassis mavzuni ma’ruza tarzida tushuntiradi va dars yakunida o‘quvchilarning savollariga javob beradi. Hamkorlik darsning amaliy mashg‘ulot bo‘lib, u maxsus dars sifatida o‘tiladi.
=== Taqdimot 19 ===
Unda mutaxassis ma’ruzasi muhokama qilinadi va o‘quvchilarning mavzuni qanday tushunganligi hamda o‘zlashtirilganligi aniqlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning muhokamada ishtirok etishiga tayanib ularning bilimini baholaydi. Hozirgi zamon boshlang‘ich ta’limida har chorakda bir marta hamkorlik darsi o‘tkazilishi kerak.
=== Taqdimot 20 ===
3. Innovatsion dars – Integratsion darslarning bu turida ko‘p hollarda kompyuter texnologiyasiga tayanadi. Unga ko‘ra, o‘qituvchi tomonidan mavzu va uning matni kompyuter dasturiga joylashtiriladi. Dars jarayoni ham kompyuter vositasida o‘tiladi va taklif qilingan mutaxassis yoki o‘qituvchilar masofadan turib kompyuter vositasida dars jarayoni kuzatib boradi. Darsning yakunida bu kuzatuvchilar darsga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi va uning yangilik darajasini baholaydi.
=== Taqdimot 21 ===
Integratsiyon darslarning samaradorlik xusussiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:
1. Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarining muayyan fan doirasida to‘liq bajarilishi. 2. Har bir dars o‘zaro tizimli bog‘liqlikka ega bo‘ladi. 3. Har bir dars o‘qituvchining ko‘p variantli tamoyillariga asoslanadi va bunda o‘qituvchi boshqaruvchi vazifasini bajaradi.
4. Har bir darsda imkoniyat doirasidagi texnik vositalar, metodlar va taklif etilgan o‘qituvchi – mutaxassislar yordamidan foydalaniladi. 5. Har bir dars o‘quvchilarining faolligi asosida o‘tkaziladi bajariladi.
=== Taqdimot 22 ===
Integratsion darslarning bunday samaradorlik xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: 1. Innovatsion yondashuvlardan foydalanish. 2. Mavzularning o‘zaro bog‘liqligiga erishish. 3. Tushuntirish va o‘zlashtirishning uyg‘unlashuvi. 4. O‘quvchilarning faolligi.
=== Taqdimot 23 ===
Integratsion darslarga qo‘yiladigan talab mavzularni davlat ta’lim standartlari asosida yoritishdir. Shu sababli keyingi paytlarda Integratsion darslarning didaktik asoslariga bo‘lgan talab kuchayib bormoqda. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsion darslar asoslaridan xabardor bo‘lishi taqozo etiladi.
=== Taqdimot 24 ===
Mavzu: Ot Maqsad: 1. Ot haqida tushuncha berish, ular haqida tasavvurlarini kengaytirish; 2. Nafosatni tarbiyalash; 3. Sinchkovlik, chaqqonlik, mustaqil va teran fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Rasm va ona tili darslarning integratsiyasi:
=== Taqdimot 25 ===
Tashkiliy qism. Dars maqsadi aytilib tayyorgarlik ko‘riladi. Uy vazifasi tekshirilmaydi. Uning natijasi “Aqliy hujum“ o‘yinidan foydalanish orqali aniqlanadi. Yangi mavzu. 1.”Aqliy hujum“ o‘yini. Atrofingizga qarang . Nimalar bor? Bolalar sanab o‘tadilar, o‘quvchi xattaxtaga yozib boradi. Yozilgan so‘zlar nimalarni bildirmoqda? Narsalarni. O‘qituvchi narsani ko‘rsatadi. Bu nima? Kitob
=== Taqdimot 26 ===
2. “Juftlikda ishlash”. Biz narsalarning nomini aytdik. Yozgan so‘zlarimizni rasm daftariga chizing (5-6 ta). Chizilgan rasmlardan ko‘rgazma tashkil etiladi. Ko‘rgazmali rasmlar asosida otlar guruhlarga ajratiladi, bolalar juftlikda ishlab biri “Kim?”, ikkinchisi “Nima?” so‘rog‘iga javob beruvchi otlarga misollar keltiradi. O‘qituvchi yordamida ot so‘zlarga ta’rif beriladi.
=== Taqdimot 27 ===
3. Rasmlaringizga qarab har bir ot ishtirokida gap tuzing! Aytilgan gaplar ishtirokida hikoya tuzing, masalan: Men kitob sotib oldim. Kitobda qiziqarli ertaklar juda ko‘p ekan. Men ularni ukamga o‘qib berdim. Ukam mendan juda xursand bo‘ldi. Men ukamga har doim kitob o‘qib berishni o‘z oldimga maqsad qilib belgilab oldim. O‘qituvchi savol tashlaydi: – Qanday ertaklarni bilasiz? Siz ham uka singillaringizga ertak o‘qib berasizmi? So‘ng biror ertakning qisqacha mazmuni so‘zlab berish taklif etiladi. O‘quvchilar tomonidan o‘qigan ertaklari haqida qisqacha mazmuni so‘zlab beriladi.
=== Taqdimot 28 ===
4. Bu bosqichda dars ikki yo‘nalishda ketishi mumkin: 1) Ertakning qisqacha mazmuni daftarga yoziladi, muhokama qilinadi; 2) Ertak rasm albomida tasvirlanadi, “Galereya” so‘ziga izoh beriladi, buyuk musavvirlarning nomlari keltiriladi. Galereya – buyuk rassomlarning ijodini etadigan maxsus bino, joy. Kamoliddin Behzod, O‘rol Tansiqboyev, Chingiz Ahmarov kabi buyuk rassomlarimiz bor.
=== Taqdimot 29 ===
Mustahkamlash. Ertak mazmunida (tasvirida) otlarni aniqlang. Avval “Nima?”, so‘ng “Kim?” so‘rog‘iga javob bo‘luvchi otlarni ayting! Bu bosqichda darslik bilan ish olib boriladi, mashqlar bajariladi. Dars yakuni. Dars yakunida o‘quvchilarga bir nechta savollar beriladi. Darsda nimalar qildingiz? Nimalarni bilib oldingiz? O‘z fikrlaringizni ayting? Uyga vazifa beriladi.
=== Taqdimot 30 ===
Integratsiyalashgan dars : Matematika va tabiatshunoslik. (3-sinf)
=== Taqdimot 31 ===
Darsning mavzusi: Harakatga doir masala. O‘qituvchi: -Keling, ko‘phadli sonlarni eslaylik. Daftarlaringizga quyidagi sonlarni yozing: 40204506, 326925, 150000000, 32482. Sonlarni ortib borish tartibida o‘qing. Eng katta sonni ayting. Bunday katta son nimani bildirishi mumkin. (bolalar o‘z taxminlarini aytadilar). O‘qituvchi: – Bu son yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofani bildiradi. Bu juda katta kilometr soni, uni tasavvur qilish qiyin. Agar biz quyoshga aravada boradigan bo‘lsak, bizga 500 yil kerak bo‘lar ekan. Bu necha asrga teng? Bolalar: – V asrga.
=== Taqdimot 32 ===
O‘qituvchi: – Odamlar avtomobilni ixtiro qildilar. Endi bu yo‘lni bosib o‘tish uchun 5 marta kam vaqt kerak bo‘ladi. Bu qancha? Bolalar: – 100 yil. O‘qituvchi: Samolyotda esa 10 yil uchish kerak. Bu necha oy? Bolalar: -120 oy. O‘qituvchi: – Raketa esa bu yilni 1 yilda bosib o‘tadi. Agar bir yilni kun hisobida o‘lchasak, bu necha kun? Bolalar: – 366 kun . O‘qituvchi: – Quyosh nuri bu masofani 8 minutda bosib o‘tadi. Agar birinchi quyosh qizchani ertalab soat 7-00 da uyg‘otib yuborgan bo‘lsa, quyosh soat nechada chiqqanligini hisoblang. Bolalar: – Soat 6 yu 52 minutda.
=== Taqdimot 33 ===
O‘qituvchi: – Quyoshgacha uchib borish mumkinmi? Bolalar: – Yo‘q chunki bu juda ham uzoq, amalda mumkin ham emas. Negaki, quyoshning harorati juda yuqori. O‘qituvchi: – Quyosh- sayyorami? Bolalar: – Yo‘q. Bu yulduz. Yerga eng yaqin yulduz. O‘qituvchi: – Yerga hammadan qaysi sayyora yaqin? Sayyoralardagi hayot sharoitlarini taqqoslasak, qaysi sayyoradagi hayot sharoiti Yerdagi hayot sharoitlariga yaqinroq bo‘ladi. O‘qituvchi: – Yerga eng yaqin bo‘lgan sayyora – Mars va Venera. Og‘zaki ish bajariladi: – Yer yaqinidagi orbitaga chiqish uchun bizning kemamiz kosmik tezlikda harakat qilish kerak. U soatiga 8 km/sekundga teng. Hisoblab ko‘ring-chi, bu bir daqiqadan keyin bizning kemamiz yerdan qanday masofada uzoqda bo‘ladi? Bolalar: 60*8= 480 km.
=== Taqdimot 34 ===
O‘qituvchi: – Biz hayot sharoitlari bo‘yicha Mars yerdagi hayot sharoitlariga yaqinligi haqida gapirgan edik. Kemamiz Marsga yetishi uchun kema ikkinchi tezlikda harakat qilishi lozim. Ikkinchi kosmik tezlik birinchisiga qaraganda soatiga 3 km/sekundga ko‘p. Raketa 3 minut Ichida qanday masofani bosib o‘tadi? Bolalar: -3 min. 180 sekund. ,demak, masofa 1980 km.ga teng. O‘qituvchi: – Biz Yerdan Marsgacha bo‘lgan masofaning qanchaligini, kema qanday tezlik bilan harakat qilishini bilamiz. Marsga yetib borish uchun qancha vaqt talab etilishini uyda mustaqil ravishda hisoblab chiqishga urinib ko‘ring. Uyga vazifa beriladi.
=== Taqdimot 35 ===
Xulosa qilib aytganda albatta, bunday darslarni o‘tish o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, boshqaruvchanlikni, talab etadi. Integratsion darslarda o‘qituvchi jimgina, tomoshabin bo‘lib o‘tirmaydi. U dars jarayonida faol izchil qatnashadi. Shu jarayonlarning unumdor va samarali kechishida, ta’lim sifatining samaradorligini oshirishda o‘qituvchi shaxsi ahamiyati beqiyosdir.
=== Taqdimot 36 ===
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang‘ich ta’limda integratsiya mohiyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar