=== Taqdimot 1 ===
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Pedagogikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Pedagogika fanining asosiy tushunchalari (kategoriyalari) va o‘zaro bog‘liqliklari.
Qadimgi madaniy-pedagogik boyliklarimizda ilgari surilgan pedagogik fikrlar.
=== Taqdimot 3 ===
Pedagogikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Pedagogika nima? U nima bilan shug‘ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi, degan savollar pedagogika fanini o‘rganishga kirishgan odamning aqlini band etadi. Pedagogikaga oid darsliklarda, qomuslarda pedagogikaning bahs tushunchasi turlicha, ayrim hollarda bir-biridan farqlanadigan darajada talqin qilinadi. Masalan, pedagogika — tarbiya haqidagi fan; pedagogika — o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika — umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo.
Bu ta’riflardan voz kechmagan holda ta’lim-tarbiya muassasalarida shunga mutasaddi shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatni pedagogikaning bahsi deb qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 4 ===
Pedagogika atamasi qadimiy bo‘lib, “bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi grekcha “paydogogos” so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinlarini bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni “pedagog” (“bola yetaklovchi”) deb atashgan. Keyinchalik esa maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlagan. Shu bilan birga ta’lim – tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchilar kasb – hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim – tarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plagan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanini vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko‘rinishidagi ta’lim – tarbiya muassasasi vujudga kelib taraqqiy eta boshladi.
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, lining qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayoniga ta’sir etishni nazarda tutadi.
Agar ibtidoiy jamoa tuzumi boshlarida bolalar kattalarning mehnati jarayonida bevosita ishtirok etish bilan malaka, ko‘nikma va bilimlarni egallab borgan bo‘lsalar, keyinchalik ibtidoiy formatsiyalarning tabaqalanishi natijasida mehnat turlari ham o‘zgarib bordi. Ayrim bolalarni (qabila boshliqlarining, diniy marosimlarni boshqaradigan shaxslarning bolalarini) diniy marosimlarni ado etishga o‘rgatish zaruriyati tug‘ildi. Shunday qilib, ibtidoiy jamoa tuzumidayoq bolalarni tabaqalashtirish an’anasi paydo bo‘ldi.
=== Taqdimot 6 ===
Quldorlik davriga kelib, bu an’ana ko‘zga yaqqol tashlandi. Masalan, qullarning bolalari og‘ir ishlarni bajarishga o‘rgatildi. Quldorlarning bolalari esa qullar ustidan hukmronlik qilishga tayyorlandi. Shu bois ularga saboq berish zaruriyati tug‘ildi. Bu esa o‘qitishga maxsus, shu sohani biladigan odamlarni jalb etishni taqozo qiladi. Bu holi maktab va o‘qituvchilarga bo‘lgan zaruratni keltirib chiqardi. Ijtimoiy formatsiyalarning keyingi ravnaqi maktablarni rivojlantirishga, jamiyat taraqqiyoti talabiga javob beradigan yangi-yangi o‘quv yurtlarining barpo etilishiga olib keldi.
=== Taqdimot 7 ===
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj borasida orttirilgan tajribalar to‘plangan-dan keyin o‘sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.
Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo‘ladi. Ba’zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi.
=== Taqdimot 8 ===
Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Ularda rostgo‘ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom kabi fazilatlar tarannum etilgan. “Alpomish”, “To‘maris” kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari ulug‘lanadi. Ta’lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o‘zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo‘shganlar. Mashhur hind masali “Kalila va Dimna”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodat-noma”, “Ro‘shnoyinoma”, Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devon-u lug‘atit turk”, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko‘pgina asarlari odob-axloqqa bevosita daxldordir.
=== Taqdimot 9 ===
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo‘ldi. Uning “Buyuk didaktika” asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi.
=== Taqdimot 10 ===
Pedagogika fanining asosiy tushunchalari (kategoriyalari) va o‘zaro bog‘liqliklari
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
=== Taqdimot 11 ===
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq- atvori va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
=== Taqdimot 12 ===
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib to‘lgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
=== Taqdimot 13 ===
Biz qadimgi madaniy-pedagogik boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch asosiy manbaga tayanib ish ko‘ramiz:
Arxeologik topilmalar.
Buyuk adib va allomalarning ijodiy merosi.
Xalq og‘zaki ijodi materiallari.
=== Taqdimot 14 ===
“Avesto” inson to‘g‘risidagi eng qadimiy yozma yodgorlik
Eramizdan oldingi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mazmunida juda ko‘plab afsona, rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi – “Avesto”ga kiritilgan. “Avesto”ning o‘zi kim tomonidan yaratilgani to‘g‘risida turli taxminlar mavjud. Jumladan, sharqshunos olim Ye.E.Bertelsning fikricha, 1278-yilda Rayd-Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan “Zardushtnoma” dostonida “Avesto” kitobi Avesto va Zendani Zardusht dunyoga keltirgani, uning tug‘ilishi va keyingi hayoti haqidagi kitob ekanligi bayon etiladi.
=== Taqdimot 15 ===
Ma’lumotlarga qaraganda, “Avesto” eramizdan avvalga VII asrning oxiri va VII asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, to‘liq kitob shaklida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan. Ushbu kitobda inson shaxsining takomiliga oid ma’rifiy fikrlarning ma’lum bir tizimi ifodalangan. Hatto uni tabiiy, ilmiy, ma’rifiy fikrlar to‘plangan dastlabki pedagogik asar deyish mumkin.
Kitob 1200 bobdan iborat bo‘lib, 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan, deyiladi. Ushbu kitob Iskandar istilosigacha Istaxr shahrida saqlangan. Keyinchalik Iskandar ushbu kitobni Yunonistonga olib ketib, kerakli joyini olib qolganini yoqib yuborgan.
=== Taqdimot 16 ===
Zardusht – “Sariq to‘n egasi”, degan ma’noni bildiradi.
Ushbu kitob bizga 2 nusxada yetib kelgan:
Birinchisi: Duolar to‘plamidan iborat bo‘lib, “Vendedat sede”, Ya’ni “Pok Vendedat” deb ataladi. Bu kitobga “Yasna”lar, “Visperad’ ham kiritilib, yaxlit tarzda shakllangan.
Ikkinchisi: Birinchisi kabi “Vendedat”, “Yasna” “Visperad”lar qatori ularning izohli tarjimasi – “Zand” kiritilgan.
=== Taqdimot 17 ===
“Avesto” ikkinchi variantiga ko‘ra quyidagi qismlardan iborat:
“Vendedat”. U 22 bobdan iborat bo‘lib, asosan, Axuramazda bilan Zardushtraning savol-javoblari shaklida yozilgan. Bu bob yomon ruhlar – devlarni yengish voqealari, gunohlardan pok bo‘lish qoidalari va mifologik unsurlarni o‘z ichiga oladi.
“Visperad” 24 bobdan iborat. Butun borliq Ollohniki. Ibodat yo‘sinlaridan iborat.
=== Taqdimot 18 ===
“Yasna” 72 bobdan iborat bo‘lib, diniy ibodatlar paytida, qurbonlik marosimida aytiladigan qo‘shiqlar, xudolar madhi va boshqalardan iborat.
“Yashtlar”. U zardushtiylik ma’budalarini madh etuvchi 22 qo‘shiqni o‘z ichiga oladi.
Kichik Avesto Quyosh, Oy, Ardvisura, Olov va boshqa xudo hamda ma’budlar sharafiga yig‘ilgan kichik ibodat matnlaridan iborat.
Demak, “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, uning ilk sahifalari Zardusht tomonidan miloddan avvalgi 529-548-yillar orasida Amudaryo sohillarida yaratilgan.
=== Taqdimot 19 ===
Urxun – Yenisey yodgorliklari va ularning ahamiyati
Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ular yangi davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “O‘rxun-Enisey yodgorliklari”, “Irq yozuvlari” (ta’birnoma) kabilardir.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan O‘rxun-Enisey bitiklari VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi.
Toshga o‘yib yozilgan O‘rxun-Enisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so‘ngra Mo‘g‘ilistonning O‘rxun daryosi bo‘yidan topilib, daniyalik olim Vilgelm Tomson 1893-yilda bu yozuvlarni birinchi bo‘lib o‘qigan. O‘zbekistonda esa Oybek, O. Sharofuddinov, N. Mallaev, A. Qayumov, N. Rahmonovlar mazkur yozuvlar bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bordilar va ularning ta’lim-tarbiyadagi o‘rnini yoritib berdilar.
=== Taqdimot 20 ===
Boshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ladi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
=== Taqdimot 21 ===
Pedagogika fanining, ta’lim-tarbiyaning paydo bo‘lishi tarixiga bir nazar tashlasak. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o‘rgatish ehtiyoji tug‘ildi. Ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlashdi. Ularning ta’lim-tarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plagan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi. Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi. Pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo‘llarini o‘rganuvchi fandir.
=== Taqdimot 22 ===
Pedagogika atamasi qadimiy bo‘lib, “bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi grekcha “paydo-gogos” so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinlarini bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni “pedagog” (“bola yetaklovchi”) deb atashgan. Keyinchalik esa maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlagan. Shu bilan birga ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchilar kasb-hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar.
=== Taqdimot 23 ===
Ularning ta’lim – tarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plagan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanini vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko‘rinishidagi ta’lim-tarbiya muassasasi vujudga kelib taraqqiy eta boshladi.
Sharq uyg‘onish davrining yirik namoyandalaridan Abu Nosr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Kaykovus, Yusuf xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariylar o‘z ta’limotlari bilan pedagogika rivojida alohida o‘rin egalladilar.
=== Taqdimot 24 ===
Sharq uyg‘onish davrining vakillaridan biri,yirik faylasuf va alloma Abu Nosir Forobiy (879-950)dir. Forobiy ko‘plab fan sohalari bilan shug‘ullanadi. U falsafa, psixologiya, musiqa, matematikaga oid ko‘plab asarlar yaratgan. Uning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari ham bor. “Yoshlarning aqli haqida kitob”, “Ta’limning kelib chiqishi va tasnifi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida risola”, “Fazilatli xulqlar” va boshqalar.
Forobiy o‘z qarashlarida insonlarga doimiy ta’lim va tarbiya berish lozimligini ta’kidlagan. U o‘z falsafiy qarashlarida insonparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. O‘zi madrasalarda dars beradi. O‘z asarlarida fanlarning tasnifini beradi.
=== Taqdimot 25 ===
Forobiy asarlarida axloq tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi. “Fozil odamlar shahri” asarida insonni barkamol bo‘lishi uchun avvalo yuksak axloqli bo‘lishi lozimligini uqtiradi. Insonga, ayniqsa,o‘quv rahbarlarga xos bo‘lgan asosiy sifatlarni ta’riflab beradi. Axloqni ezgu va yomon sifatlarga ajratadi. Inson doimo baxtga intilishi kerak. Allomaning inson kamolotiga oid g‘oyalari hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
=== Taqdimot 26 ===
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Beruniyning mashhur asarlaridan: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (“Al-osorul bokiya an il qurun ul Holiya”); “Turar joylar orasidagi oraliqni belgilash uchun joylarning chegaralarini aniqlash” (“Geodeziya”); “Hindiston”; “Qimmatbaho toshlarni bilish haqida to‘plam” (“Mineralogiya”); “Kitob as-Saydona” (“Tibbiyotda dorishunoslik”); “Yulduzshunoslikda boshlang‘ich ma’lumotlarni anglash”; “Qonuni Mas’udiy” kabilardir.
=== Taqdimot 27 ===
Uning turli hajmdagi 150 ta asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 tasigina bizgacha yetib kelgan. Ulug‘ olimning turli fanlarga doir asarlari orasida uning ijtimoiy ta’limotlari, dunyoqarashi ifodalangan asarlari alohida o‘rin tutadi. Masalan, “Kitob fi axborotil mubayyizot vilqaromita” (“Oq kiyimliklar va karamatiylar xabarlari haqida kitob”), “Kitobul maqolot val-arz vad-diyonot” (“Maqolalar, e’tiqodlar va dinlar haqida kitob”), “Geodeziya”, “Mineralogiya” nomlari bilan tarjima qilingan asarlari ham ana shular jumlasidandir.
=== Taqdimot 28 ===
Olim “Mineralogiya” nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi. Insonga katta sharaf ko‘rsatilgan-unga aql-zakovat va kuch armug‘on etilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy qiyofasi uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi uchun u yuksak axloqli, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor”.
=== Taqdimot 29 ===
Beruniyning didaktik qarashlari. Beruniy ilmni va ilm ahllarini ulug‘laydi, insonlarni ham shunga chaqiradi. Barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. U o‘zining “Hindiston” asarida jamiyat taraqqiyotining ilmga bog‘liqligini shunday tushuntiradi: Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
=== Taqdimot 30 ===
Hukmronning ilm ahlini ko‘proq maqtab, ulardan xursand bo‘lishi ham ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. “Ularni kishining turmushi uchun bo‘lgan ehtiyojlari dunyoga keltirdi. Shunga muvofiq tarzda fan tarmoq o‘tdi. Fanlarning foydasi – ular yordamida oltin va kumush to‘plash emas, balki kerakli narsalar hosil qilishdir”,- deb yozadi.
=== Taqdimot 31 ===
Beruniyning didaktik qarashlari. Beruniy ilmni va ilm ahllarini ulug‘laydi, insonlarni ham shunga chaqiradi. Barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. U o‘zining “Hindiston” asarida jamiyat taraqqiyotining ilmga bog‘liqligini shunday tushuntiradi: “Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Hukmronning ilm ahlini ko‘proq maqtab, ulardan xursand bo‘lishi ham ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi”.
Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. “Ularni kishining turmushi uchun bo‘lgan ehtiyojlari dunyoga keltirdi. Shunga muvofiq tarzda fan tarmoq o‘tdi. Fanlarning foydasi-ular yordamida oltin va kumush to‘plash emas, balki kerakli narsalar hosil qilishdir”,- deb yozadi.
=== Taqdimot 32 ===
Beruniy “Geodeziya” asarida va fanlarni quyidagicha ta’riflaydi: Musiqa-insonga kuchli ta’sir etib, yoqimli kayfiyat bag‘ishlaydi: til- nutqning tarozisi va muomala qurolidir: geodeziya – harakatsiz yulduz va quyosh orqali shaharlarning joylashishini mukammal o‘rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya-yer haqidagi fanlardir; geometriya-jismlarning shakllarini falakiyot – koinot sirlarini, mineralogiya-javohir va la’llapni o‘rgatadi; dorishunoslik-tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi deya ta’riflaydi. Beruniy fanlarni ta’riflash bilan birga ularni o‘qitish usullarini ham bayon etgan.
=== Taqdimot 33 ===
O‘quvchiga bilim berishda:
O‘quvchini zeriktirmaslik;
Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
Uzviylik, izchillikka rioya qilish;
Mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish.
=== Taqdimot 34 ===
Sharqda “Shayx ar-Rais” nomi bilan mashhur bo‘lgan allomalardan biri o‘rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali nbn Sino (980-1037) dir. U qomusiy olim sifatida matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, mantiq, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etib, dunyoga mashhur yirik asarlarini meros qilib qoldirdi.
=== Taqdimot 35 ===
Ibn Sino 250 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan bo‘lib, ulardan ayrimlarini misol qilib keltiramiz: “Al-Qonun”, “Xayy ibn Yaqzon”, “Risolat at-tayr”, “Risolat fi-l-ishk” (“Ishq haqida risola”), “Risolat fi mohiyat as-salot” (“Nomozning mohiyati haqida risola”), “Kitob fi ma’no ziyorat” (“Ziyorat qilishning ma’nosi haqida”), “Risolat fi-daf al-gam min al mivt” (“O‘limdan keladigan gamni daf qilish haqida risola”), “Risolat al-kadr”, “An-Najot”, “Ash Shifo”, “Donishnoma”, “Kitob ash-ishorat” va “at tanbixot” va boshqalar.
=== Taqdimot 36 ===
Ibn Sino o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. U fanlarni tasnif etadi.
Yirik falsafiy asari “Kitob-ush-shifo” 4 qismdan iborat edi:
mantiq,
tabiiy fanlar,
matematika,
metafizika yoki ilohiyot.
Mantiq qismi 9 bobdan iborat edi:
=== Taqdimot 37 ===
Ibn sino bilim olishga, bolalarni maktabda o‘qitish va tarbiyalashga katta ahamiyat berib, “tadbir ul manozil” asarining maxsus bo‘limini shu masalaga bag‘ishlaydi. U ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
Ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;
Boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
O‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
Bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini inobatga olish;
O‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir.
=== Taqdimot 38 ===
Talabaga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga ko‘ra ibn sino o‘qituvchining qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan shunday yo‘l-yo‘riqlar beradi. Bular quyidagilardan iboratdir:
Bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
Berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
Ta’limda turli metod va shakllardan foydalanishi;
Talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
Fanga qiziqtira olishi;
Berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish;
Bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
Har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishishi zarur, deydi olim.
=== Taqdimot 39 ===
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441 – 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, xattotlik, tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim – tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o‘zining “Hamsa”, “Mahbub ul qulub” kabi ta’limiy axloqiy asarlarida, shuningdek “Munojat”, “Vakfiya”, “Majolisun nafois”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarida, Jomiydan tarjima “Qirq hadis” kabilarda tarbiyaga oid qarashlarini ifoda etadi.
=== Taqdimot 40 ===
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g‘oyasi bilan sug‘orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadi:
Odami ersang demagil odami
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Alisher Navoiy inson kamolotida ilmning o‘rnini muhim deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlik, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ilm olishni insoniy burch deb biladi. U bilimda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi.
=== Taqdimot 41 ===
Navoiy ilm – fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etadi, uning yonidan maktab ochib, o‘z vaqtidan mablag‘ ajratadi. Madrasada qattiq intizomga amal qilingan.
Adib ustoz – murabbiylarga ham katta talablar qo‘yadi, ularni avvalo o‘zlari bilimli va tarbiyali bo‘lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini juda qadrlaydi:
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
=== Taqdimot 42 ===
Shoirning “Xamsa”siga kirgan “Xayratul abror” dostoni va “Mahbubul qulub” asarlari axloqiy-didaktik asarlardan hisoblanadi.
“Hayratul abror” muqaddima qismiga oid bir necha boblardan tashqari 20 maqolat, har bir maqolatga oid 20 she’riy hikoyadan tashkil topgan bo‘lib, maqolatning har birida Navoiy o‘z davri uchun zarur bo‘lgan biror ijtimoiy-siyosiy yoki axloqiy masalani qo‘yadi, uni o‘z davridagi hayotdan, ijtimoiy tabaqalarning ahvolidan kelib chiqib chuqur va atroflicha tahlil qiladi va unga insoniy munosabat bildiradi. “Hayratul abror”dagi masalalarni 3 turkumga ajratish mumkin:
Falsafiy masalalar.
Ijtimoiy – siyosiy masalalar.
Axloqiy – ta’limiy masalalar.
=== Taqdimot 43 ===
Navoiyning ta’lim-tarbiya haqidagi o‘gitlari, uning ma’rifatparvarlik g‘oyalarining uzviy qismini tashkil qiladi. U butun umri davomida ilm-ma’rifatni targ‘ib qiladi. Navoiy merosini chuqur o‘rganish va undan ta’lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish hozirgi kunimizning muhim talablaridan biridir.
=== Taqdimot 44 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.