Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va innovatsiya va integratsiya fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari
8000 so'm

Slayd 1
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va innovatsiya va integratsiya fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari
Slayd 2
REJA:
1. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” tushunchasi.2. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari.
3. Asosiy pedagogik tushunchalar.
Slayd 3
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – bu bolalarning birinchi ta’lim bosqichida o‘qish va tarbiyalanish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Ushbu fan o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalari bilan tanishtiradi. Innovatsiya va integratsiya esa boshlang‘ich ta’limda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yangicha o‘quv usullarini joriy etish va fanlararo bog‘liqlik yondashuvlarni ifodalaydi.
Slayd 4
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni boshlang‘ich ta’lim, tarbiya va uni o‘qitish asoslari bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilarga nazariy bilim, ko‘nikma hamda malaka berishdan iborat.
Slayd 5
Ma’lumki, “XXI asr – intellektuallashtirilgan asr” har bir insonni yangi fikrlash, innovatsion g‘oyalar va innovatsion ishlanmalar qilish muhitida yashashini taqozo etmoqda. Shu sababli ham hozirda har bir o‘qituvchi jamiyat ongli aholisi tomonidan yaratilgan barcha intellektual mulkni (boyliklarni) o‘rganish, o‘zlashtirish va ularni yanada yuqoriga ko‘tarish masalasi tobora dolzarblik kasb etmoqda. Bunday masalalar tabiiyki, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bu ta’lim tizimini(jarayonini) muntazam ravishda takomillashtirib borish, bo‘lajak mutaxassislarni zamonaviy ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlari hamda pedagogik innovatsiyalar bilan chuqur qurollantirib borishni talab etadi. Bu talabni bajarishni o‘zi ham bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga innovatsion yondashuv kerak ekanligini dalillaydi.
Slayd 6
Zero, ilm olish va takomillashtirish yo‘lidagi izlanish hamda zahmatlar insonning ilmga bo‘lgan e’tiqodi va dunyoqarashini shakllantirib, uni innovatsion rivojlanish sari harakatlantiradi. Ushbu yo‘nalishda pedagogik taraqqiyotlarning roli va o‘rni beqiyos bo‘lib, ular zamonaviy bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashga muhim fundamental asoslaridan biri bo‘ladi. Shuning uchun ham zamonaviy dars mashg‘ulotlarida o‘qituvchilarning asosiy vazifasi ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so‘ngi yutuqlaridan oliy darajada foydalanib va ularga mos pedagogik innovatsiyalarni e’tiborga olib, bo‘lajak o‘qituvchilarni mashg‘ulot jarayonining faol ishtirokchisi hamda lozim topganda o‘rganilayotgan jarayon kechishida bevosita qatnashuvchisiga ham aylantirishdan iboratdir.
Slayd 7
Maktab yoshidagi o‘quvchilarni komil inson darajasiga ko‘tarishga intilish, ma’naviyat sarchashmalaridan bahramand qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiq qilib tarbiyalash, istiqlolning talabidir. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi ham pedagogik mahoratga ega bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlarni o’zida mujassam etmog‘i lozim.
Bugungi kunda, ya’ni ta’lim–tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida o‘qituvchining ishlash tizimi tubdan o‘zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiyalar, innovatsiyalar amaliyotda keng qo’llanilmoqda.
Slayd 8
Integratsiyalash tushunchasi muhim ilmiy atama bo‘lib, u umumlashtirish, xulosalashlarda metodologik vosita bo‘lib hisoblanadi, chunki uning yordamida jarayon va hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uyg‘unlik algoritmlari yaratiladi.
Pedagogik tadqiqotlarda tadqiqot obyekti va metodologiyasiga tegishli ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqadorliklarni o‘rnatish (funksional bog‘lanishlarni) masalalarini hal etishda integratsiyalashdan foydalaniladi.
Tadqiqot ishlarni bajarishda va turli fanlardagi ta’lim mazmunlarini umumlashtirish va to‘ldirishda integratsiyalash jarayoni doimo kul keladi va ko‘zlangan maqsadga erishishni kafolatlashga yordam beradi.
Slayd 9
Innovatsiya – ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar, yondashuvlar va usullarni joriy etishdir. Innovatsion yondashuvlar ta’lim sifatini oshirishga, o‘quvchilarning faolligini va qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Slayd 10
“Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
bo‘lajak mutaxassislarni an’anaviy ta’lim mazmuniga ilm – fan va texnika texnologiyalar yutuqlarini integratsiyalashga o‘rgatish;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ilm – fan taraqqiyoti omillari va ular asosida ta’limni innovatsiyalashtirishga tayyorlash;
bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion faoliyat va uning tarkibiy qisimlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
bo‘lajak mutaxassislarga innovatsion rivojlangan zamonaviy raqobatbardosh yetuk kadr haqida tushuncha berish va ular negizidagi bo‘lajak o‘qituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlarni asoslash;
Slayd 11
bo‘lajak mutaxassislarni boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha innovatsion ishlanmalarni tayyorlashga, shuningdek, fan-texnika va ilg‘or texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish;
bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion-integrativ yondashuvni amalga oshirishga tayyorlash;
bo‘lajak mutaxassislarni yangilangan (to‘ldirilgan, boyitilgan va mukammallashtirilgan) ta’lim mazmunini shakllantirishga tayyorlash;
bo‘lajak mutaxassislar ongiga boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish jarayoni bosqichlarini qat’iy ketma-ketlikdan iborat ekanligini singdirish, shuningdeq ularga tashkiliy-tuzilmaviy model nimalardan iborat ekanligini anglatish.
Slayd 12
Bo‘lajak mutaxassislarni an’anaviy ta’lim mazmuniga ilm-fan va texnika-texnologiyalar yutuqlarini integratsiyalashga o‘rganish va ular asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’limni innovatsiyalashtirishga tayyorlash.
Slayd 13
O‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
Boshlang‘ich ta’limni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;
Boshlang‘ich ta’lim samaradorligiga erishish.
Slayd 14
Boshlang‘ich ta’lim tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi:
Boshlang‘ich ta’limning samarasiga erishish;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalash jarayoni;
Boshlang‘ich ta’limni yaxlit tizim sifatida qabul qilish.
Inson va jamiyat qadriyatlariga asosan 7-11 yoshli o‘quvchilarga bilim berish;
Slayd 15
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga insoniyatning tarbiyaga oid tajribasini uzatish;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini madaniyat va qadriyatlar olamiga olib kirish;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsini rivojlantirish;
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini hayotning murakkab vaziyatlari va holatlariga tayyorlash.
Slayd 16
Boshlang‘ich ta’limda o‘qitish tushunchasining mazmuni quyidagilardan iborat:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bilim, hayotiy tajriba, faoliyat ko‘nikmasi berish va ularning tafakkurini shakllantirish;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xotira, diqqat va fikr yuritish ko‘nikmasini shakllantirish;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqish, layoqat va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirish.
Slayd 17
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagilarga amal qilishi shart:
O‘qishi, ya’ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aniq ma’lumotlarni va topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida sinfdoshlari bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda o‘zlashtirishi;
Kuzatish, qiyoslash va fikrlash ko’nikmalarini egallashi;
O‘z fikri va qarashlarini ifodalay olishi kerak.
Slayd 18
Pedagogika ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Slayd 19
3-boshlang‘ich ta’limda tarbiya nazariyasi;
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fani tarkibiy qismlari:
1-boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining nazariy masalalari;
2-boshlang‘ich ta’lim didaktikasi;
4-boshlang‘ich ta’limda innovatsiya;
5-boshlang‘ich ta’limda integratsiya.
Slayd 20
Innovatsiya – yangilanish, o‘zlashtirish, qandaydir yangilikni kiritish, yangini joriy qilish.
Slayd 21
Integratsiya – turli fanlarga oid bilimlarni yagona maqsadni hal etishga yo`naltirishdan iboratligini anglash.
Slayd 22
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining metodlari
O‘qitish metodlari
Tarbiya metodlari
Integratsion metodlar
Baholash metodlari
Innovatsion metodlar
Ilmiy-tadqiqot metodlari
Slayd 23
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining vazifalari:
1. Ma’naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish.
4. Ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
Slayd 24
5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim- tarbiya usullari bilan qurollantirish.7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.8. O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Slayd 25
Asosiy pedagogik tushunchalar Pedagogikada “tarbiya” so‘zi turli ma’noda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya keng ma’noda , ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani maktabgacha tarbiya muassasalarini, o‘quv-tarbiya muassasalarini, mehnat jamoalarini axborot manbalarining tarbiya yo‘nalishida olib boradigan harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.
Slayd 26
O‘qitish – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o‘quv ko‘nikma va malakasini egallashi tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.Ma’lumot – bunda nafaqat o‘qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborot ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishi ko‘zda tutiladi. Inson kamoloti – bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Slayd 27
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.