Boshlang‘ich sinflarda sintaksisni o‘rganish bo‘yicha materiallarni tahlil qilish

5000 so'm


Boshlang‘ich-sinflarda-sintaksisni-o‘rganish-bo‘yicha-materiallarni-tahlil-qilish

Slayd 1

Boshlang‘ich sinflarda sintaksisni o‘rganish bo‘yicha materiallarni tahlil qilish
noun
verb

Slayd 2

Reja:
1. Gap ustida ishlash.
2. So‘zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash.
3. Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish.

Slayd 3

Gap ustida ishlash yo‘nalishlari
01
Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
Gap qurilishini o‘rgatish;
O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish;
Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish;
Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish.
02
03
04
05

Slayd 4

Gap ustida ishlash
Boshlang‘ich sinfda “Gap”, “Darak gap”, “So‘roq gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Sodda gap”, “Gap bo‘laklari”, “Gapning uyushiq bo‘laklari”, “Undalmali gaplar” mavzulari nazariy o‘rganiladi.

Slayd 5

1-sinfda o‘quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi
01
Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi.

Slayd 6

2-sinfda o‘quvchilar gap haqida amaliy tushunchalar oladilar.
02
Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so‘zni ajratishga o‘rganadilar.

Slayd 7

3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir
03
O‘quvchilar gapni amaliy o‘rganishdan tushuncha sifatida o‘rganishga o‘tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi.

Slayd 8

4-sinfda gapning uyushiq bo‘laklari o‘rganiladi
04
Gapning uyushiq bo‘laklarini o‘rganish bilan gap bo‘laklari haqidagi bilim kengaytiriladi.

Slayd 9

Kichik yoshdagi o‘quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib olishlari zarur:

Slayd 10

Masalan, (Qanday?) Iqtidorli o‘quvchilar (qayerga?) to‘garakka a’zo bo‘ldilar.
Masalan, “Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar” gapida ikkita so‘z birikmasi bor:
1) dunyo xalqlari;
2) tinchlik uchun kurashadilar.
So‘z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog‘langan ikki qism bo‘ladi.
So‘z birikmasida bir so‘z hokim ikkinchi so‘z tobe bo‘ladi.

Slayd 11

Gaplarni yoyish

Slayd 12

“Daraxtlar gullaydi” gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi.
– Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so‘zni qo‘shish kerak?
– Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)
– Bu so‘z gapning qaysi bo‘lagi bo‘ladi? (Ikkinchi darajali bo‘lak)
– U gapning qaysi bo‘lagiga bog‘lanadi, ya’ni tobelanadi? (Kesimga bog‘lanadi)
– Gapga egani izohlaydigan yana bitta so‘z qo‘ying. Qanday gap hosil bo‘ldi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi).

Slayd 13

So‘zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash

Slayd 14

Mashinada, teradi, terimchi, paxtani.
– Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, kim? – terimchi)
– U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi – bosh bo‘laklar).
– So‘roqlar yordamida so‘z birikmasini toping. Nimani teradi? (Paxtani teradi) Nimada teradi? (Mashinada teradi). Keyin gapda so‘zlarning qulay tartibi aniqlanadi (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohangi ustida ishlanadi.

Slayd 15

Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish

Slayd 16

Mashqning bu turi ongli bo‘lishi uchun har bir gapning bosh bo‘laklarini va so‘z birikmalarini ajratish lozim.

Slayd 17

Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish.

Slayd 18

Gap tahlil qilinayotganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, boshqa ikkinchi darajali bo‘lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so‘z birikmalari ham aniqlanadi.

Slayd 19

O‘qituvchi bergan chizma yoki so‘roqlar asosida gap tuzish

Slayd 20

Kim? nimalarni? nima qildi? (Bola olmalarni terdi).
So‘z birikmasi ustida ikki yo‘nalishda ish olib boriladi:
1) so‘z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;
2) so‘z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat – so‘z, oltin soat, qo‘l soat, osma soat, elektron soat – so‘z birikmalari.

Slayd 21

2-sinf
Mavzu: Gap (gap asosini aniqlash).
O‘quvchilarda gap kim yoki nima haqida aytilganini (egani) va u haqda nima deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) gapdan topish ko‘nikmasini shakllantirish
Nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasini o‘stirish.
O‘quvchilarni o‘z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o‘rgatish

Slayd 22

Darsning borishi

Slayd 23

1. Uy vazifasi tekshiriladi. 2. “Gap” mavzusi esga tushiriladi.

Slayd 24

O‘quvchilar diqqatiga quyidagi gaplar havola qilinadi:

Gap nimalardan tashkil topadi?
O‘qituvchi bolalarni o‘qitadi.
Og‘zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz?
Kuzda har xil mevalar pishadi.
Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi?
Tikuvchi kiyimlarni tikadi.

Slayd 25

O‘qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so‘ng, o‘quvchilar javobini umumlashtiradi:

Demak, gap tugallangan mazmun bildiradi.
Gap oxiriga uning mazmuniga qarab nuqta, so‘roq va undov belgisi qo‘yiladi
Gap so‘zlardan tuzilib, uning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.

Slayd 26

O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini jadvalga qaratadi. Har bir gap quyidagicha tahlil qilinadi:

Birinchi gapda kim haqida aytilgan?
“O‘qituvchi” so‘ziga savol bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq chizamiz (O‘qituvchi jadvalga chizadi).
Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so‘z bildiryapti?
(Mevalar) Bu so‘zga savol bering (Nimalar?). Tagiga chizamiz.

Slayd 27

O‘qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so‘ng, o‘quvchilar javobini umumlashtiradi:

Demak, gap tugallangan mazmun bildiradi.
Gap oxiriga uning mazmuniga qarab nuqta, so‘roq va undov belgisi qo‘yiladi
Gap so‘zlardan tuzilib, uning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.

Slayd 28

E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
noun
predicate

Slayd 29

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang‘ich sinflarda sintaksisni o‘rganish bo‘yicha materiallarni tahlil qilish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar