- Savatga boshqa "GERONTOPSIXOLOGIYA" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA
4000 so'm

=== Taqdimot: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA.pptx ===
=== Slayd 1 ===
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA
=== Slayd 2 ===
Reja:
1-sinflarda jismoniy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar.
2-sinflarda jismoniy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar.
3-sinflarda jismoniy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar.
4-sinflarda jismoniy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar.
=== Slayd 3 ===
Jismoniy tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari
=== Slayd 4 ===
O‘quvchilarning jismoniy rivojlanish darajasi ularning yoshi va jinsiga bog‘liqdir. Chunonchi, 8-9 yoshli o‘g‘il bolalar tanasining og‘irligi va bo‘yining uzunligi bo‘yicha qizlardan birmuncha ortiq turadilar. A.G.Xripkova va D.V.Kolesovlarning ma’lumotlari bo‘yicha o‘g‘il bolalarda 11 yoshda jismoniy rivojlanishning eng kam jadalligi kuzatiladi.
=== Slayd 5 ===
O‘g‘il bolalarda jinsiy yetilish boshlanishi bilan bo‘yining o‘sishi yiliga 6-10 sm ga yetadi. Gavda o‘g‘irligi 4.0 kg, ko‘krak qafasining aylanasi esa 3-5 sm dan o‘sadi, 12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan davrda gavda vazni o‘rtacha 25 kg dan 45 kg ga yetib, jadal rivojlanish ro‘y beradi. Shunday qilib, o‘smirlar va yoshlarning notekis jismoniy rivojlanish davri boshlanadi. Gavda vazni, bo‘yi va ko‘krak qafasi aylanasining o‘sishi tengsiz qarama-qarshiliklarda namoyon bo‘ladi. Barcha yoshdagi guruhlarda vaznning o‘sishi ko‘krak qafasining o‘sishidan ko‘ra ancha yuqori. O‘g‘il bolalarda mushaklarning ko‘ndalang o‘lchamlari va o‘g‘irligining o‘sishidan gavda uzunligining oshishi ustunroq. Mushaklar o‘g‘irligining tana og‘irligiga nisbatan 15 yoshda taxminan 33% ga yetadi, 17-18 yoshda esa 44% ni tashkil qiladi.
=== Slayd 6 ===
O‘quvchilarda nafas olish va yurak-qon tomir tizimlarining hali to‘la rivojlanmaganligi mushaklar faoliyatiga ta’sir qiladi. Chunonchi, maksimal kislorod iste’moli (MKI) R.Astrandaning ma’lumoti bo‘yicha yugurish vaqtida 7-9 yoshli bolalarda 55-57 sm 3 kg, 12-13 yoshlilarda – 56-58 sm, 14-17 yoshlilarda – 59 sm, 18-19 yoshlilarda – 61,6 sm ni tashkil etadi. Kichik va o‘rta yoshdagi o‘quvchilar qonida kislorodning yetishmasligi 2-3 marta kamroq turg‘undirki, mashg‘ulotlar joyi va vositalarni tanlash vaqtida ularni hisobga olish juda muhimdir. Bu yoshdagi bolalarda, shuningdek, energiyadan foydalanish koeffitsiyenti past va ularning umumiy energetik sarfi kattalarnikidan ancha yuqori.
=== Slayd 7 ===
Ruhshunoslarning fikricha, kichik maktab yoshida bola atrofdagilar orasida o‘zining o‘rnini anglay boshlaydi va unda faoliyatga intilish vujudga keladi. Buning muhimligi nafaqat uning o‘zi uchun, balki, boshqa odamlar uchun ham zarur. O‘smirlik yoshida o‘z-o‘zini ifodalash va o‘zligini tasdiqlashga ehtiyoj tugʼiladi. O‘smirlarning o‘ziga xos belgisi musobaqaga intilish, o‘zining jismoniy qobiliyatini namoyish qilishdan iboratdir. Shu bilan birga, ular har doim ham o‘zining kuchini obyektiv baholay olmaydi, ko‘pincha ortiqcha baholayveradi. Katta yoshdagi maktab o‘quvchilariga umuman jamiyatda jamoaning a’zosi sifatida o‘zining o‘rnini aniqlash ehtiyoji xosdir.
=== Slayd 8 ===
Maktab yoshi inson hayotining katta va juda muhim davrini qamrab oladi. Kichik, o‘rta va katta yoshdagi maktab bolalari, yigitlar va qizlar jismoniy imkoniyatlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bu, ayniqsa, jismoniy sifatlarning notekis o‘sishida ko‘zga tashlanadi.
Maktab yoshida tezkorlik sakrab-sakrab, sensitiv o‘sishning ikki davri orqali o‘tadi: birinchisi 8-10 yoshda, ikkinchisi 13-15 yoshda. 15-17 yoshda yugurishning tezkorlik darajasi hatto birmuncha pasayishi, masofadan o‘tish tezligi esa o‘sishi mumkin. Bu faqat qadamlar uzunligi va oyoqlar kuchining ko‘payishi hisobiga yuz beradi. Bunday tabiiy qonuniyat aynan o‘sha yoshga mos uslublar va vositalarni tanlashni talab qiladi.
=== Slayd 9 ===
Mushak kuchi bola organizmi rivojlanishining ilgarilab borishi bilan oshadi, ammo bu to‘g‘ri chiziqli o‘sish bo‘lmaydi. Sust o‘sish davrlari nihoyatda jadal o‘sish ko‘rsatkichlari bilan almashinib turadi. Sensitiv davrda qizlar va bolalardagi rivojlanish, odatdagidek, bir-biriga mos kelmaydi. Qizlarda mushak kuchining sakrab-sakrab o‘sishi 10 dan 13 yoshgacha davrda kuzatiladi. 14 yoshda ularda kuchning tabiiy o‘sishi sekinlashadi, 14-16 yoshlar o‘rtasida esa hatto pasayishi mumkin. 17 yoshda qizlarda kuch ko‘rsatkichlari yana bir oz ortadi. O‘g‘il bolalarda 8 dan 15 yoshgacha kuchning ravon o‘sishi ro‘y beradi. 15 dan 17 yoshgacha esa barcha mushak guruhlarining mutlaq kuch ko‘rsatkichlari keskin sakraydi, 18 yoshda mushak kuchining jadal o‘sishi ancha pasayadi, ba’zida esa batamom to‘xtaydi ham.
=== Slayd 10 ===
Chaqqonlik (yoki koordinatsion qobiliyat) sifatini tarbiyalashga 7 dan 12-13 yoshgacha eng ko‘p darajada eʼtibor beriladi. Lekin koordinatsiyaga ega passiv o‘smirlar yuqori koordinatsiyali chaqqon tengqurlaridan farq qiladi. Bolalarda to‘qimalarning qayishqoqligi yuqori darajada bo‘lganligi tufayli egiluvchanlik yetarlicha muvaffaqiyatli ravishda rivojlanadi. O‘qituvchining vazifasi bolalarning egiluvchanligini optimal ko‘rsatkichlargacha olib borib, yoshiga qarab pasayishiga yo‘l bermay, bu sifatning rivojlanishini boshqarishdan iborat. Demak, uy vazifasi sifatida ko‘p topshiriqlar berish, keyin esa ulardagi o‘zgarishlarni santimetr yoki graduslarda o‘lchab nazorat qilish mumkin.
=== Slayd 11 ===
Ma’lumotlarga qaraganda, chidamlilik qizlarda 8 yoshdan 13 yoshgacha, ayniqsa, 11-13 yoshda tez rivojlanadi, 14 yoshdan keyin esa ko‘rsatkichlar pasaya boradi. Chidamlilikning o‘sishi eng ko‘p sakrash mashqlarida kuzatiladi. Funksional imkoniyatlarning bunchalik katta o‘sishi keyingi yillarda ko‘zga tashlanmaydi. O‘g‘il bolalarda chidamlilik ko‘rsatkichlarining o‘sishi 9 yoshdan 17 yoshgacha qayd etiladi. Chidamlilikning ahamiyatli o‘sishi tufayli gavdaning jadal o‘sishi vaqti-vaqti bilan pasayib turadi. Chidamlilik ko‘rsatkichlari rivojlanishining eng sezilarli davri 11-14 va 17 yoshlardir, 14 yoshda esa u eng yuqori darajaga ko‘tariladi.
=== Slayd 12 ===
Maktab yoshidagi bolalar organizmi ikkita muhim xususiyatga ega, ularni bilish maktab o‘qituvchisiga jismoniy sifatlarni tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli yechish imkonini beradi.
Birinchidan, bu davrda yuklama va mashqlarning samaradorlik darajasi juda yuqori. Taxminan 17-18 yoshgacha jismoniy sifatlarning ko‘rsatkichlari berilayotgan yuklamaga to‘g‘ri nisbatda o‘sadi. Chunki 18 yoshdan keyin foydali harakat koeffitsiyenti pasayadi, o‘sha samarani olish uchun nihoyatda katta zo‘r berish talab qilinadi.
Ikkinchidan, bu yoshda bir sifatning rivojlanish diapazoni boshqalarining rivojlanishiga ko‘maklashadi. Binobarin, mashg‘ulotlarni olib borishda jismoniy mashqlar jismoniy sifatlarni tarbiyalashga majmuali yondashish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
=== Slayd 13 ===
Jismoniy tarbiyaning vazifalari
Bu yoshda vujudga kelgan shartli aloqalar tizimi ancha mustahkamligi bilan farq qiladi va kelajak hayotda harakat sifatlariga taʼsir ko‘rsatadi.
Harakat ko‘nikma va malakalarining tashkil topishi bilan bog‘liq davrda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun bu qulaylikni qo‘ldan chiqarib yubormaslik juda muhimdir. Chunki ularning oqibatini tuzatish uchun nihoyatda ko‘p kuch va ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi, chunonchi 7-9 yoshda suzish texnikasini o‘rgatish 17-19 yoshdagiga qaraganda ancha oson bo‘ladi.
Bolalarni harakatlarga o‘rgatish davomida muayyan harakat tajribasi to‘planadi. Bu uddalay bilish va mahoratlarni egallashning murakkab jarayonini ancha yengillashtiradi.
=== Slayd 14 ===
Kuchni rivojlantirish vazifasi, eng avvalo, gavdani shakllantirish va rivojlantirish, qoloq mushak guruhlarini mustahkamlash bilan bog‘langan.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida egiluvchanlikni yoshga muvofiq ravishda, to‘qimalar qayishqoqligining kamayishi va mushaklar massasining oshishi ko‘rsatkichlari pasaymasligi uchun, optimal chegaralarda saqlab turish kerak. O‘yinlar, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish axloqiy tarbiya vazifalarini yechish uchun sharoit yaratadi. Muayyan qoidalar mavjudligiga qaramasdan, o‘yinda har doim har xil vaziyatlar paydo bo‘ladi, ular misolida “bunisi yaxshi, bunisi yomonligi”ni ko‘rsatish mumkin.
=== Slayd 15 ===
1-sinflar uchun mavzuviy rejalashtirish
=== Slayd 16 ===
=== Slayd 17 ===
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga jismoniy tarbiya fanidan qo‘yiladigan talablar (1-4-sinflar)
=== Slayd 18 ===
1-sinf. O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi
Kun tartibiga rioya qiladi;
Koptok, halqa, arqon kabi sport jihozlaridan foydalanishda xavfsizlikka rioya qiladi;
Kiyinish tartibini biladi;
Tozalikka rioya qiladi;
Safga tartib bilan turadi;
Harakatli o‘yin jarayonida xavfsizlikka amal qiladi;
Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi saf mashqlari, saflanish buyruqlarini bajaradi harakatli o‘yin jarayonida mashqlarni to‘g‘ri bajariladi.
=== Slayd 19 ===
Safning “Sinf saflan!”, “Sinf tekislan!”, “Sinf o‘nga!”, “Sinf chapga!”, “Sinf ortga!”, “Sinf qadam bos!”, “Sinf to‘xta!” buyruqlarini bajaradi;
Arg‘amchida sakrash va gardishni aylantirish mashqlarini ko‘rsatma asosida bajarishga harakat qiladi;
Yotgan holda tirsaklarga tayangan holda mashqlar bajara oladi;
Yugurish yo‘lakchasi bo‘ylab yakka va juft bo‘lib yugura oladi 3×10 mokisimon yugura oladi;
Tennis koptokini otish oldi qo‘lni aylantirib o‘tish mashqini ketma-ket takrorlaydi;
Harakatli o‘yinlarda buyumlardan foydalana oladi;
Shashka donalari rangini tanlay oladi.
=== Slayd 20 ===
2-sinflar uchun mavzuviy rejalashtirish
=== Slayd 21 ===
2-sinf. Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi
Tengdoshlari bilan turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘ynay oladi;
Musiqa sadolari ostida turli xil mashqlar majmuasini ketma-ket bajara oladi.
=== Slayd 22 ===
O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi
Ota-onasi va o‘qituvchisi ko‘rsatmasi asosda to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qiladi;
Kun tartibiga rioya qilish qoidalarini biladi;
Sport kiyimlarining toza va ozodaligiga amal qiladi;
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni to‘g‘ri bajara oladi.
=== Slayd 23 ===
Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi
Gimnastika tayoqchalar, kichik to‘plar bilan mashqlar bajara oladi;
Gimnastika narvoniga ikki qo‘llab osilgan holda oyoqlarini uzatib yuqoriga ko‘tarib tushirishga harakat qiladi;
Yugurish qoidasiga amal qilgan holda erkin, yengil qo‘llarni tabiiy harakatlantirib yuguradi;
Koptokchani chap va o‘ng qo‘l bilan devorga otish mashqini bajara oladi;
Harakatli o‘yinlarni o‘ynash orqali sport o‘yinlari (yugurish, sakrash, uloqtirish, muvozanat saqlash) elementlarini rivojlantiruvchi mashqlarni o‘zlashtiradi.
=== Slayd 24 ===
3-sinflar uchun mavzuviy rejalashtirish
=== Slayd 25 ===
3-sinf. Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi
Safda yurishda qomatini to‘g‘ri, tik tutib yura oladi;
Hayotdagi go‘zallikni idrok eta oladi;
Ochiq havoda tashkil qilinadigan o‘yinlarni o‘ynash orqali zavqlanishni biladi.
=== Slayd 26 ===
O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi
Gigiyenaga qoidalariga amal qiladi;
Mashq bajarish jarayonida to‘g‘ri nafas oladi;
Safda turganda odob-axloq qoidalariga rioya qiladi;
=== Slayd 27 ===
4-sinf. Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi
Turli-xil mashqlarni bajarishda estetik zavq olish hamda mashqlar majmuasini tuzishda ijodkorlik qila oladi;
Harakatlarning go‘zalligini ko‘rish, insonning harakatlarida estetik xususiyatlarni ajrata oladi;
Mashg‘ulotlar jarayonida chiroyli qomatni shakllantiradigan maxsus mashqlardan foydalana oladi.
=== Slayd 28 ===
O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi
Har xil nojo‘ya harakatdan shikastlanishni oldini olishni biladi;
Yengil atletika darslarida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi;
O‘yin jarayonida xavfsiz harakatlanadi.
=== Slayd 29 ===
Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi
O‘qituvchi buyrug‘i asosida safda turish, burilish mashqlarini bajarishni biladi;
Gimnastik narvonda osilish mashqlarini bajaradi;
Yonlanmachasiga yurish mashqlarini bajaradi;
O‘yin orqali chaqqonlik, chidamlilik, mardlik qobiliyatlarini rivojlanishini biladi;
“Kun va tun”, “tez olib ot”, “qarmoqcha” kabi o‘yinlarda jamoa bo‘lib harakatlanadi;
Sherigi bilan to‘pni o‘ng va chap oyoqlarini almashtirgan holda bir biriga oshira oladi;
Shaxmat donalarini doskada harakat yo‘nalishini biladi;
Erkin suzishning boshlang‘ich elementlarini bajaradi.
=== Slayd 30 ===
4-sinflar uchun mavzuviy rejalashtirish
=== Slayd 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.