=== Taqdimot 1 ===
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1
Kompetensiya tushunchasining mazmuni.
2
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim.
3
Tarbiya darslarida o‘quvchini o‘z ustida ishlash jarayonini tashkil etish.
4
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishish motivini shakllantirish.
=== Taqdimot 3 ===
Kompetensiya tushunchasining mazmuni
01
Kompetensiya – fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim ko‘nikmalarni, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
=== Taqdimot 4 ===
Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) –
1) muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi;
2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba.
=== Taqdimot 5 ===
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
02
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ishlab chiqilgan tayanch kopetensiyalar:
=== Taqdimot 7 ===
Kommunikativ kompetensiya
Bola qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, uning yuzi va ko‘ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so‘z va hissiyotlarning o‘rni beqiyos. Kommunikativ kompetensiyada o‘quvchining muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish ham o‘z o‘rniga ega. Demak, bola kommunikativ kompetensiyani egallashi orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi oshib boradi.
=== Taqdimot 8 ===
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan o‘zlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari – ommaviy axborot vositalari, ovozli va video yozuvlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, reklama va hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rganish uchun ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim.
=== Taqdimot 9 ===
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga egalik shaxsga ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi.
yosh avlod katta hajmdagi “axborot maydoni” – rang-barang ma’lumotlarga duch keladi.
axborotlashgan jamiyatda to‘plangan ma’lumotlar yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra qiziquvchan, har qanday holat, voqelik, hodisa, jarayonning mohiyatini anglashga intiluvchi yoshlar tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi.
yoshlarning hali hayotiy tajribaga, barqaror ma’naviy-axloqiy tamoyillarga ega bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi “axborot maydoni”dan uzluksiz ravishda ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari ortiqcha yuklamalarga ega bo‘lishlariga olib keladi.
=== Taqdimot 10 ===
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
O‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi har bir bolada o‘ziga xos tarzda kechadi. Bolada o‘z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o‘qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag‘batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir.
O‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning natijasida bola ham o‘zini, ham o‘zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo‘la boshlaydi, ya’ni unda o‘zining ijtimoiy “men”ini anglash shakllanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri – o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi. Kechaga tayyorgarlik ko‘rish, shanbaliklarda ishtirok etish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarni tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi. Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi.
=== Taqdimot 12 ===
Milliy va umummadaniy kompetensiya
Ushbu kompetensiyani shakllantirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi. O‘qituvchining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongi va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchi uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir kuchiga ega.
=== Taqdimot 13 ===
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
Ushbu kompetensiyasida o‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lishlik ta’limning ijtimoiy, o‘qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam favqulodda hech kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo‘lgan, noma’lum narsa va hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo‘r berish natijasida iroda sifatlarini ishga solish orqali munozarali vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi.
=== Taqdimot 14 ===
Ijtimoiy kompetensiya – shaxsning ijtimoiylashuv, uning ijtimoiy faolligining eng yuqori darajasi va voqelikni o‘zlashtirish darajasini belgilaydigan jamoaviy tushuncha; shaxsning ma’naviy va huquqiy yetukligi; shaxsning o‘ziga, jamiyatga, faoliyatga munosabati asosida dunyo bilan munosabatlarini ta’minlaydigan shaxsiy xususiyat.
=== Taqdimot 15 ===
Boshlang‘ich sinf tarbiya darslarida o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda fanning mazmuni, o‘qituvchining o‘ziga xos yondashuvi, metod va vositalardan unumli foydalanishi muhim o‘rin tutadi.
Masalan, 4-sinf tarbiya darsligidan “Vatan madhi”, “O‘zbekiston – ko‘p millatli davlat”, “Mard va jasur inson – Vatanning tayanchi”, “Fuqarolik fazilatlari”, “Bobolarimizning bebaho merosi”, “Maktab – eng ulug‘ dargoh”, “Kitob – buyuk donishmand”, “Yaxshilik qilish hikmati”, “Halollik – muvaffaqiyat kaliti”, “Fazilatlar – inson ko‘rki” kabi mavzular o‘rin olganki, ushbu mavzular orqali o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyati kengayadi.
=== Taqdimot 16 ===
Bilim sifatini oshirish.
Faoliyatni reja asosiga qurish.
Qunt bilan ishlash.
Qiyinchiliklarni yengish.
Saranjomlikka o‘rganish.
O‘quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish.
01
04
02
05
03
06
O‘quvchi faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish muhim
07
08
O‘qishda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam uyushtirish.
Fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik.
=== Taqdimot 17 ===
Tarbiya darslarida o‘quvchini o‘z ustida ishlash jarayonini tashkil etish
O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo‘ladi. O‘quvchilarni, ayniqsa, o‘rta va katta yoshdagilarni o‘z bilim va malakalarini mustaqil oshirishlariga yo‘llash muhim.
03
=== Taqdimot 18 ===
O‘z-o‘zini tarbiyalash o’quvchilarning o‘z-o‘zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy-faollik mavqeyini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qishda, tarbiyada, dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar, o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
=== Taqdimot 19 ===
O‘z-o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko‘rsata boshlagan vaqtda paydo bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalashda (axloqiy, jismoniy, hissiy-irodaviy va intellektual) maslahat va ko‘rsatmalar berilishi lozim. Bunda o‘quvchilarning o‘zlariga xatti-harakatlariga tanqidiy ruhda munosabatda bo‘lishga o‘rgatish juda muhimdir. O‘quvchilar o‘zlari muayyan vaqtda belgilangan vazifalarni baholash uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo‘yadilar.
=== Taqdimot 20 ===
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari:
O‘z-o‘zini tahlil qilish
O‘z-o‘zini nazorat qilish
O‘z-o‘zini baholash
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash
O‘z-o‘zini anglash
O‘z-o‘zini rag‘batlantirish
=== Taqdimot 21 ===
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishish motivini shakllantirish.
04
=== Taqdimot 22 ===
Motivlar — bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin.
=== Taqdimot 23 ===
Muvaffaqiyatga erishish qoidalari:
01
02
03
04
05
06
Tirishqoqlik bilan harakat qilish.
Ko‘proq kitob o‘qish.
Kundalik tutish.
Xilma-xil g‘oyalarni o‘ylash.
Qiziqish bo‘yicha suhbatdosh topish.
Tajriba qilishdan qo‘rqmaslik.
=== Taqdimot 24 ===
O‘quv motivini baholash metodikasi
Mazkur metodika 6 – 8 yoshdagi bolalarning o‘quv motivatsiyasi, maktabga bo‘lgan munosabati, o‘qish bilan bog‘liq vaziyatga nisbatan emotsional reaksiyasini aniqlashga qaratilgan.
=== Taqdimot 25 ===
1. Senga maktab yoqadimi yoki unchalik yoqmaydimi?
2. Ertalab uyg‘onib, doim xursandchilik bilan maktabga kelasanmi yoki ko‘pincha uyda qolishni istaysanmi?
3. Agar o‘qituvchi ertaga xohlaganlar kelib, xohlaganlar kelmasligi mumkin desa, sen maktabga borarmiding?
4. Biror bir dars bo’lmasligi senga yoqadimi?
5. Uy vazifalaring yo‘q bo‘lishini xohlarmiding?
=== Taqdimot 26 ===
6. Maktabda faqat tanaffus bo‘lishini xohlarmiding?
7. Sen ota-onangga maktab haqida ko’p gapirib berasanmi?
8. O‘qituvching o‘rniga boshqa mеhribonroq o‘qituvchi kеlishini xohlarmiding?
9. Sinfda o‘rtoqlaring ko‘pmi?
10. Senga sinfdoshlaring yoqadimi?
=== Taqdimot 27 ===
Natijalarni baholash:
=== Taqdimot 28 ===
“10 ta dalil” metodi
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish” mavzusi yuzasidan 10 ta dalil yozing!
=== Taqdimot 29 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.