Bosh skeletining tuzilishi va suyaklari
8000 so'm

Slayd 1
Bosh skeletning tuzilishi.
Slayd 2
Reja
Bosh skeleti
Miyasuyakalri
Yuzsuyakalari.
Slayd 3
Bosh skeleti (cranium) 23 ta suyaklarning birikishidan tashkil topgan bo‘lib, ikki qismga bo‘linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari. Bosh skeleti bosh miya va og‘iz bo‘shlig‘idagi a’zolarni himoya qilib turadi.
Miya qutisi (cranium cerebrale) suyaklariga: bir juftdan tepa va chakka suyaklari hamda bittadan – peshona, ensa, asosiy, g‘alvirsimon suyaklar kiradi. Ularning umumiy soni 8 ta
Yuz qismi (cranium viscerlis) suyaklariga: bir juftdan yuqorigi jag‘, yonoq, burun, ko‘z yosh, burunning pastki chig‘anog‘i, tanglay suyaklari va bittadan dimog‘, til osti, pastki jag‘ suyaklari kiradi. Ularning umumiy soni 15 ta.
Pastki jag‘ va chakka suyaklari bir – biri bilan bo‘gim hosil qilib birikadi. Bu bo‘g‘im tufayli pastki jag‘ xilma – xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so‘zlash, kuylash imkoniga ega bo‘ladi.
Slayd 4
Энса суяги (os. occipitale)
Slayd 5
Тепасуяги (os. parietale)
Пешона суяги (os. frontale)
Slayd 6
Ponasimon suyak (os sphenoidale) juda murakkab tuzilgan bo’lib, kalla suyagining asosan o’rtasida, deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashgan holda joylashgan. Uning katta va kichik qanotlari uchayotgan ko’rshapalak shakliga o’xshagan bo’lib, suyak tanasiga birlashadi.
Ponasimon suyak tanasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Suyak tanasida bo’shliq mavjud bo’lib, u yupqa suyak devori bilan ajralgan. Bo’shliqlar teshikchalar orqali burun bo’shlig’iga ochiladi.
Slayd 7
Slayd 8
Ғалвирсимон суяк (os ethmoidale)
1-горизонтал қисм; 2-кўндаланг қисм; 3-тожга ўхшаш ўсимта; 4-ўсимта қанотлари; 5- ғовакли катакчалар; 6-ғовак лабиринт
Slayd 9
Bosh suyagining yuz qismi.
Yuqori jag‘ (maxilla) bir muncha murakkab tuzilgan. U ko‘z kosasi, burun va og‘iz bo‘shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi va chaynov apparatlari ishida faol qatnashadi. Yuqori jag‘ning tanasi va to‘rtta o‘sig‘i bor: Tanasining ichida havo saqlanadigan turli xi shakldagi kavak bo‘lib, burun bo‘shlig‘iga teshik orqali ochilib turadi.
Tanglay suyagi (os. palatinum) bir juft bo‘lib, ko‘z kosasi, burun bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va qanot-tanglay chuqurining hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Suyakning gorizontal plastinkasi orqa tomondan yuqori jag‘ suyagining tanglay o‘sig‘iga birlashib, qattiq tanglayni hosil qiladi. Gorizontal plastinka qarama qarshi tomondagi ana shu plastinka bilan birlashadi, burun qirrasining davomini vujudga keltiradi. Suyakning vertikal plastinkasi yuqori jag‘ suyagining burun yuzasiga tegib turadi va burun bo‘shlig‘ining yon devorini hosil qilishda qatnashadi. Tanglay suyagining uchta: piramidasimon, ko‘z va ponasimon o‘siqlari bor.
Slayd 10
Burunning pastki chg‘anog‘i (concha nasalis interior) bir juft suyak hamda yupqa bukilgan plastinkadan iborat. Uning yuqori chegarasi burun bo‘shlig‘ining yonbosh devoriga yopishib turadi. Suyakning medial bo‘rtib turgan yuzasi burun bo‘shlig‘iga kirib, burinning o‘rta yo‘lini pastki yo‘lidan ajratib turadi.
Burun suyagi (os nasali) bir juft bo‘lib, burun qirrasini hosil qilib joylashadi. Burun suyaklarining yuqori qirralari tepa tomondan peshona suyagiga yopishib tursa, pastki qirralari burun tog‘ayi bilan tutashadi.
Ko‘z yosh suyagi (os lacrimale) bir juft bo‘lib, kalla suyaklarining orasida eng mo‘rti va yupqasidir. Bu suyak yuqori jag‘ suyagi peshona o‘sig‘ining orqa tomonida joylashib, ko‘z kosasining medial devorini hosil qilishda qatnashadi.
Dimog‘ suyagi (vomer) noto‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yupqa plastinkadan iborat toq suyak bo‘lib, burun to‘sig‘ini hosil qilishda qatnashadi.
Yonoq suyagi (os. zygomaticum) yuz suyaklari orasida eng qattig‘i bo‘lib, kallaning yuz qismini miya bo‘lagiga nisbatan mustahkamlab turadi. Yonoq suyagi chaynov muskuli boshlanadigan keng sathni hosil qiladi. Bu suyak lunj va ko‘zga qaragan ikkita plastinkadan iborat bo‘lib, o‘zaro ko‘z osti chakkasi orqali qo‘shiladi.
Slayd 11
Pastki jag‘ suyagi (mandibula) kalla suyaklari ichida faol harakatchanligi, ya’ni chakka suyaklari bir juft bo‘g‘im hosil qilib qo‘shilishi bilan farq qiladi. Pastki jag‘ suyagining tishlar o‘rnashgan gorizontal qismi, tanasi va ikkita vertikal joylashgan shoxi bor, u ana shu shoxlar vositasida bo‘g‘im hosil qiladi va chaynov muskullari yordamida harakatlanadi. Chaynov muskullarining vazifalariga va yoshga qarab, pastki jag‘ burchagi o‘zgarib turadi. Yoshi ulg‘aygan qari odamlarda esa tishlari tushib ketishi munosabati bilan chaynov muskullari bir muncha bo‘shashadi. Natijada pastki jag‘ burchagi asta – sekin yassilashib, chaqaloqning pastki jag‘iga o‘xshab qoladi.
Til osti suyagi (os hyoideum) pastki jag‘ bilan hiqildoq o‘rtasida (til ostida) joylashgan. U taqa kabi bukilgan bo‘lib o‘rta qismi, tanasi va katta-kichik ikki juft shoxi tafovut qilinadi. Bular tanasi bilan tog‘ay orqali birikadi. Faqat 50 yoshdan keyingina suyaklanib birlashadi.
Slayd 12
Pastki jag‘ suyagi (mandibula)
Slayd 13
Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasi.
Umurtqa pog‘onasi 33 – 34 ta umurtqalarning birikishidan hosil bo‘lib, uzunligi odamning bo‘yiga qarab 70 – 90 sm gacha yetadi. Umurtqa pog‘onasi odam skeletining markaziy qismi hisoblanib, unga barcha suyaklar birikib turadi va u tananing asosiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. Umurtqa pog‘onasi 5 qismdan iborat: bo‘yin – 7, ko‘krak – 12, bel – 5, dumg‘aza – 5 va dum – 4 -5 ta umurtqadan tashkil topgan.
Umurtqa halqasimon suyakdan iborat bo‘lib, oldingi – tana qismi yo‘g‘onlashgan, orqa qismi ingicha yoysimon bo‘ladi. Umurtqaning tanasi bilan yoyi qo‘shilib, umurtqa teshigini hosil qiladi. Umurtqalarning orasida tog‘aydan iborat umurtqa oraliq disklar bo‘ladi. Umurtqalarning bir – biri bilan tutashishi natijasida umurtqa pog‘onasi kanali hosil bo‘ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi.
Ko‘krak qafasi suyaklari. Ko‘krak qafasi suyaklariga 12 ta ko‘krak umurtqasi, 12 juft qovurg‘alar va to‘sh suyagi kiradi. Bularning bir – biri bilan birikishi natijasida ko‘krak qafasi hosil bo‘lib, unda odam hayoti uchun muhim bo‘lgan ichki a’zolar joylashadi.
Гавда скелети
Slayd 14
Умуртқа поғонаси (сollumna vertebrali)
Slayd 15
Биринчи бўйин умуртқаси (atlas)
Иккинчи бўйин умуртқаси (axis)
Slayd 16
Бел умуртқаси(vertebrae lumbales)
Бел умуртқаси
(vertebrae lumbales)
Кўкрак умуртқаси(vertebrae thoracicae)
Slayd 17
Slayd 18
Кўкрак қафаси (compages thoracis)
Slayd 19
Qo’1 suyaklari 1- O‘mrov suyagi; 2- kurak suyagi; 3-yelka suyagi; 4-tirsak suyagi; 5-bilakuzuk (kaft usti) suyaklari;
6-kaft suyagi; 7-barmoq suyaklari; 8- bilak suyagi.
Oyoq suyaklari 1-Chanoq suyagi; 2- son suyagi; 3-chanoq-son bo‘g‘imi; 4-tizza qopqoq suyagi; 5-katta boldir suyagi; 6-kichik boldir suyagi; 7-tovon suyagi; 8- oyoq kafti; 9- panja suyagi
Slayd 20
Қўл панжаси суяклари (ossa manus)
Slayd 21
Kaft usti suyaklari turli shakldagi 8 ta mayda suyaklardan iborat bo’lib, to’rttadan ikki qator joylashgan. Bulardan birinchi yoki proksimal qator (bosh barmoq tomonidan hisoblanganda) qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak, uch qirrali suyak va no’xatsimon suyaklardan tashkil topgan. Ikkinchi distal qatori esa trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak, boshchali suyak va ilmoqli suyaklardan tashkil topgan.
Slayd 22
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.