Bosh miya tuzilishi va vazifalari

8000 so'm


Bosh miya tuzilishi va vazifalari

 

 

Slayd 1

Bosh skeleti miya qismi suyaklarning tuzilishi va birikishi.

Slayd 2

REJA
Boshmiyaning tuzilishi
Boshmiyaning taraqqiyoti
Boshmiyaning vazifalari

Slayd 3

Og’irligi 1300 – 1400 g
Taxminan 100 milliard nervlardan tuzilgan
“universalhayot strukturasi unda mujassam”
Odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy bo’gini.
Miya

Slayd 4

Miyaning old tomoni
Miyaning orqa tomoni

Slayd 5

Miya yarim sharlari
Frontal Lobes- peshana
Gapirish muskullarning harakati va qaror qabul qilish
Ijro qiluvchi qism
Parietal Lobes-tepa
Sezgilarni o’z ichiga oladi

Slayd 6

Bosh miya umumiy ma’lumotlar
Bosh miya (encephalon) uni o‘ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relefga ega. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va miya so‘g‘onidan iborat.

Slayd 7

“Agar insoniyat miyasi juda oddiy bo’lganida edi, biz uni tushuna olmagan bo’lar edik, biz shunchlik oddiy bo’lgan bo’lar edikki , hech narsani eplayolmagan bo’lardik ”
-Emerson Pugh, The Biological Origin of Human Values (1977)

Slayd 8

Miyaning rivojlanishi
mushuk shimpanze inson
Bog’lovchi qism
Sezgi qismi
Harakat qismi

Slayd 9

Slayd 10

Harakat qismi-nerv hujayralari to’plami muskullar, paylar ,bo’gimlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul qilib odam tanasinig barcha qismlarining harakatini boshqaradi.

Slayd 11

Sezish qismi-odam tanasining barcha sezgi a’zolarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar barcha sezgi a’zolaridan impuls qabul qiladi

Slayd 12

Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari tananing to’qima va a’zolari bilan nerv yollari orqali bog’lanmagan ular miya po’stlog’ining turli qismidagi nerv hujayralarini bog’laydi

Slayd 13

Bosh miya yarim sharlari
peshana
chakka
ensa
tepa

Slayd 14

Bosh miya yarim sharlari 2 qismdan iborat 1 kulrang moddadan tashkil topgan tashqi qism 2 oq moddadan tashkil topgan ichki qavat

Slayd 15

Bosh miya po’stlog’ining mikroskopik tuzilishi I-eng ustki qavat, nerv hujayralarining kalta o’simtalaridan tashkil topgan; II- donodor hujayralar; III-piramidasimon hujayralar; IV – yulduzsimon hujayralar; V – piramidasimon yirik hujaylar; VI-duksimon hujayralar

Slayd 16

birinchi, ya’ni miya po’stlog’ining eng ustki qavati nerv hujayralarining kalta o’simtalaridan tashkil topgan; -2- qavatida donasimon nerv hujayralari joylashgan; – 3- qavatda piramidasimon hujayralar bo’ladi; – 4- qavat yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralaridan iborat; – 5-qavatni yirik piramidasimon hujayralar tashkil qiIadi; – eng pastki, ya’ni 6- qavatda duksimon nerv hujayralari joylashgan.

Slayd 17

Bosh miyaning tashqi ko’rinishi 1-uzunchoq miya 2-miyacha 3-boshmiya yarim sharlarining ko’rinishi

Slayd 18

Miya yarim sharlari
Frontal Lobes- peshana
Gapirish muskullarning harakati va qaror qabul qilish
Ijro qiluvchi qism
Parietal Lobes-tepa
Sezgilarni o’z ichiga oladi

Slayd 19

Occipital Lobes-ensa
Miyaning ko’rish qismi, qaysiki kelayotgan axborotni qabul qiladi
Temporal Lobes-chakka
Eshitishni ta’minlab beradi,

Slayd 20

1 Hid bilish 2 yozuv o’ng qo’l 3 siypalash 4 eshitish 5 gapirish 6 hisoblash 7 o’qish 8 ko’rish 9 siypalash chap qo’l 10ohang intonatsiya 11 o’zi turgan joyni aniqlash 12 shakllarni aniqlash
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida oliy nerv markazlarining joylashuvi

Slayd 21

Miya
Miyaasosi
Avtomatik ya-shash funksiyasi uchun javobgar
Medulla-uzunchoq miya
Yurak urishi va nafas olishni boshqaradi

Slayd 22

cerebellum miyacha
Miyacha –ensa bo’lagining ostida joylashgan. Massasi 150g . U odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini nazorat qilib turadi agar miyacha shikastlansa odam falajlanib qoladi

Slayd 23

Miyachaning tashqi ko’rinishi 1chivalchangsimon qismi 2yarim shari
Miyacha tashqi tomondan kulrang modda bilan qoplangan bo’lib, u kichik egat va pushtalarga bo’lingan. Kulrang modda nerv hujayralari to’plamidan tashkil topgan. Miyachaning ichki qismida oq modda joylashgari bo’lib,u nerv tolalaridan iborat. U uch juft: yuqorigi, o’rta va pastki oyoqcha yordamida orqa miya, uzunchoq miya, miya ko’prigi, o’rta miya va bosh miya yarim sharlari bilan bog’lanadi Miyacha oyoqchalaridagi nerv tolalari
orqali orqa miyadan muntazam ravishda impuls olib turadi. U odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda bo’lishini ta’minlaydi.
1

Slayd 24

Rejalashtirish qaror qabul qilish gapirish
Sezgi
Auditoriya
Ko’rish
Miya faoliyatlari

Slayd 25

Katta miyaning bo‘ylama yorig‘i (fissura longitudinalis cerebri) uni o‘ng va chap yarimsharlarga ajratadi. Yarimsharlar o‘zaro qadoq tana (corpus collosum) vositasida qo‘shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda ko‘ndalang yorig’ (fissura transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli chuqurlikdagi egatlar (sulci cerebri) joylashgan. Chuqur egatlar yarimsharlarni bo‘laklarga (lobi cerebri) ajratsa, mayda egatlar pushtalarni (gyri cerebri) chegaralaydi.

Slayd 26

Yangi tug‘ilgan chaqaloq bosh miyasi nisbatan katta bo‘lib, uning og‘irligi o‘rtacha og‘il bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g bo‘ladi. To‘rt yoshgacha miya, bo‘yiga va balandligiga bir tekis o‘sib, uning og‘irligi bir yoshda 2 marta, 3-4 yoshda 3 marta oshadi, 7 yoshdan so‘ng miya og‘irligi sekin o‘zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355g, ayollarda 1220g ni tashkil qiladi. Bosh miyani ayrim qismlari bir xil o‘smaydi. Peshona va tepa bo‘laklari nisbatan tez o‘ssa, ensa bo‘lagi esa juda sekin o‘sadi.

Slayd 27

Miya so‘g‘oni
Miya so‘g‘oni (truncus ensephali) tarkibiga uzunchoq miya (medulla oblangata), ko‘prik (pons) va o‘rta miya (mesencephalon) kiradi.

Slayd 28

Uzunchoq miya (meddulla oblangata) orqa miyaning bevosita davomi bo‘lib, rombsimon miyaning pastki qismidir. Uning tashqi tuzilishi orqa miyaga, ichki tuzilishi bosh miyaga o‘xshagani uchun myelencephalon deb ataladi. Uning pastki chegarasi katta teshik sohasida yoki I juft orqa miya nervi ildizining yuqori chekkasida. Yuqori chegarasi old yuzasida ko‘prikning pastki chekkasida bo‘lsa, orqa yuzasida miya hoshiyalariga to‘g‘ri keladi. Uzunchoq miyaning yuqori qismlari kengayib piyozcha shaklini olgani uchun uni miya piyozchasi (bulbus cerebri) deb ham ataladi.
Uzunchoq miya

Slayd 29

Uzunchoq miya eshituv va muvozanat a’zolari, hamda qon aylanish va nafas a’zolariga bog‘liq bo‘lgan jabra apparatlari bilan aloqada paydo bo‘ladi. Shuning uchun unda muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. Uzunchoq miyaning uzunligi o‘rtacha 2,5 sm. Unda oldingi, orqa va yon yuzalari tafovut qilinib, ular o‘zaro egatlar yordamida ajralib turadi. Bu egatlar orqa miya egatlarining davomi bo‘lib, o‘sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning ventral yuzasidagi oldingi o‘rta yoriqni (fissura mediana anterior) ikki tomonida bo‘rtib chiqqan piramidalar (pyramis medullae oblangatae) joylashgan. Piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat bo‘lib, orqa miyaga o‘tish joyida qisman kesishib, piramidalar kesishmasini (decussatio pyramidum) hosil qiladi. Kesishgan . uzunchoq miyaning kesmasi.

Slayd 30

Tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasi tarkibida yo‘naladi. Oldingi yon egat (sulcus anterolateralis) piramidaning oval shaklidagi tepalik olivadan (oliva) ajratib turadi. Oliva tishsimon tuzilishga ega bo‘lgan kulrang modda to‘plami oliva o‘zagining joylashshidan hosil bo‘lgan. Bu egatdan til osti nervi ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqa o‘rta egatni (sulcus mediana posterior) yon tomonlarida o‘zaro oraliq egat bilan bo‘lingan orqa miyaning nozik va ponasimon dastalari kengayib bo‘rtiqlar hosil qiladi. Nozik dasta bo‘rtig‘i (tuberculum gracile) ichki, ponasimon dasta bo‘rtig‘i (tuberculum cuneatum) tashqi tomonda joylashadi. Orqa yon egatdan (sulcus posterolateralis) IX, X, XI juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Yon tizimchaning dorsal qismi ponasimon va nozik dastalardan chiqayotgan tolalar bilan qo‘shilib miyachaning pastki oyoqchasini (pedunculus cerebellaris inferior) hosil qiladi.

Slayd 31

Uzunchoq miya kesmasida u oq va kulrang moddalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kulrang moddada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. 1.Yon tomonda joylashgan o‘ng va chap pastki oliva o‘zaklari (nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli o‘zagi bilan bog‘langan bo‘lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq o‘zak hisoblanadi. 2.To‘r formatsiya (formatio retecularis) bir- biri bilan chalkashib to‘r hosil qilgan nerv tolalari va ular o‘rtasida yotgan nerv o‘zaklaridan iborat. 3.To‘rt juft (IX-XII) bosh miya nervlarining o‘zaklari. 4.Adashgan nerv o‘zagi bilan bog‘langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor.
Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi piramida yo‘lini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga ko‘tariluvchi orqa miyani miya yarimsharlari va miyacha bilan bog‘lovchi sezuvchi yo‘llar joylashadi. Orqa miya-po‘stloq yo‘li uzunchoq miya sohasida kesishib qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi.
Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko’rish do’mboqlari talamus do’mboq osti soha gipotalamus kiradi

Slayd 32

M-miyacha; K-bosh miya yarim sharining po’stloq qismi; T-talamus; Mo-Miya ko’prigi; P-uzunchoq miya; S-orqa miya. Dorboz qizning tana muvozanatini miyacha tomonidan boshqarilishi tasvirlangan.

Slayd 33

Qisqa tolalar kulrang modda o‘zaklarini o‘zaro bog‘lab, shuningdek uzunchoq miyani bosh miya so‘g‘onining qo‘shni qismlari bilan qo‘shib turadi.
YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQDA uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. Piramida yaxshi taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan aniq ajramagan. Bola hayotining birinchi yilida olivalar asta-sekin bo‘rtiq shaklini oladi va yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi 4-5 mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm bo‘ladi. Erta bolalik davri so‘ngida miya o‘tkazuv yo‘llari taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib olivalar bir-biridan uzoqlashadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon bo‘rtiqchalar paydo bo‘ladi. Uzunchoq miya o‘zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi.

Slayd 34

Orqa miya
Orqa miya (medulla spinalis) tashqi tomondan oldindan orqaga qarab biroz yassilangan silindr shaklidagi tizimcha ko‘rinishiga ega. Uning ko‘ndalang o‘lchami kengroq. Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashib , katta teshikni pastki chekkasida bosh miyaga o‘tib ketadi.

Slayd 35

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 36

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Bosh miya tuzilishi va vazifalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar