=== Taqdimot 1 ===
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiyyo‘nalishlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
02
03
Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi tushunchasi va aqliy tayyorligi.
Bolalarning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorgarligi.
Bolaning maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi.
=== Taqdimot 3 ===
Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o‘qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bo‘lishidir. Bilimlarning bu fondi o‘qituvchi o‘z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi. Maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir.
=== Taqdimot 4 ===
Bilimlar sifatining ko‘rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi;
tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi;
oddiy tushunchalar mazmuni va hajmining to‘liqligi;
o‘zlariga tushunarli o‘quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qo‘llay olish qobiliyatlari;
muntazamliklik, ya’ni maktabgacha ta’lim yoshidagilarning narsa va hodisalar o‘rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.
=== Taqdimot 5 ===
Bola maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bola bilish faoliyatini muayyan darajada rivojlangan bo‘lishidir. Bu o‘rinda,
birinchidan, bilish jarayonining o‘sib boruvchi ixtiyoriyligi, materialni ma’no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qo‘yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;
ikkinchidan, bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning to‘liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi;
uchinchidan, bolada atrof-dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o‘qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
=== Taqdimot 6 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning ko‘p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bog‘liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, o‘xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko‘nikmasi tarkib toptiriladi.
=== Taqdimot 7 ===
Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi bola maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug‘atning boyligi,o‘z fikrini mantiqiy va grammatik to‘g‘ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi – bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o‘qishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o‘quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan ko‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish kabi ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak.
=== Taqdimot 8 ===
Shunday qilib, maktabdagi o‘qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo haqidagi anglangan tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementlar tasavvurlar, nutq va
Elementar o‘quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o‘quv materialini egallashga aqliy tayyorlikni vujudga keltiradi.
=== Taqdimot 9 ===
Bolaning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligi o‘qishning muvaffaqiyatli bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chiqish munosabati bilan bola turmush tarzining qayta qurilishi, kun tartibining o‘zgarishi, jiddiy o‘quv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezilarli jismoniy zo‘r berishni talab qiladi.
=== Taqdimot 10 ===
Maktabga jismoniy tayyorlik ko‘pgina tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bu, birinchi navbatda, bola salomatligining yaxshi bo‘lishi, organizmning chiniqqanligi, ma’lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olishidir. Bolalarni maktabga tayyorlashda barmoq mayda mushaklarining rivojlanishi alohida o‘rin egallaydiki, bu yozuvni muvaffaqiyatli egallashning zaruriy shartidir.
=== Taqdimot 11 ===
Maktabga jismoniy tayyorlik, shuningdek, bola tomonidan madaniy gigiyenik malakalarni egallanishini, ularda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishidagini tarbiyalashni nazarda tutadi. Jismoniy tayyorlik bolada maktabga yetuklikni shakllantirishning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.
=== Taqdimot 12 ===
Bularga:
partada anchagina uzoq muddat o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan tormozlanish qobiliyatining rivojlanganligi;
harakatlarni yaxshi boshqarish, jumladan, yozish va rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan barmoqlarning mayda harakatlari;
ijobiy va tormozlanishiga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash, shuningdek, ikkinchi signal tizimning yetarlicha rivojlanganligi kiradi. Bolalarni tekshirish ularni maktabda olti yoshdan o‘qishlari mumkinligini aniqlash imkonini beradi. Bolalarning maktabga jismoniy tayyorliklarini tekshirish natijasi ko‘pchilik bolalarda uning asosiy ko‘rsatkichlari me’yor atrofida ekanligini va hatto undan ilgarilashini ko‘rsatdi.
=== Taqdimot 13 ===
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta shug‘ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.
=== Taqdimot 14 ===
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi.
=== Taqdimot 15 ===
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati, qo‘l mushaklari va ko‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, o‘zini-o‘zi nazorat qilishga, hamda o‘quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o‘z ichiga oladi. Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
=== Taqdimot 16 ===
Chunki butun o‘quv faoliyati shularga, ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o‘z tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga ko‘riladi.
=== Taqdimot 17 ===
Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharoitlariga va o‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi.
Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta’limiga o‘tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi o‘quvchi bo‘lish ishtirokida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallashi iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘lishda asoslangan tayyorlikni uz ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o‘quv materialini ongni faol egallash keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.
=== Taqdimot 19 ===
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi o‘quvchi bo‘lish ishtirokida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallashi iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘lishda asoslangan tayyorlikni uz ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o‘quv materialini ongni faol egallash keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.
=== Taqdimot 20 ===
Bolani maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o‘qishga umumiy psixologik tayyorligiga qo‘shimchadir. U bolada matematika va ona tili kabi o‘quv fanlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarda eng oddiy matematika tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o‘stirish hamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi.
=== Taqdimot 21 ===
Bolaning maktabda (o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorgarlik) umumiy tayyorligi mazmunida bir necha o‘zaro bog‘langan jihatlar mavjud bo‘lib, ulardan muhimlari ma’naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir. Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtayi-nazarni faol egallashiga hamda o‘zining o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda ko‘rishga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 22 ===
Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o‘zaro munosabatning yangi tizimiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo‘lishi darkor. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo‘lishi kerak.
=== Taqdimot 23 ===
Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvordagi ixtiyoriylikning rivojlanish asosini maktabgacha ta’lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o‘zaro bo‘ysunuvchilar tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning tarkib topishida, shuningdek katta maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsiy xulq atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir. Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri odatiy usullaridan foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir.
=== Taqdimot 24 ===
Bolaning maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir. Bilimlar sifatining ko‘rsatkichi,
birinchi navbatda, ularning bolalar tomonidan ongli egallaganligi;
tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi;
oddiy tushunchalar mazmuni va hajmining to‘liqligi;
o‘zlariga tushunarli o‘quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qo‘llay olish qobiliyatlari;
muntazamlilik, ya’ni maktabgacha ta’lim yoshidagilarning narsa va hodisalar o‘rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.
=== Taqdimot 25 ===
Maktabga aqliy tayyorgarlikni shakllantirishda bo‘lajak o‘quvchi tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning ko‘p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bog‘liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, o‘xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko‘nikmasi tarkib toptiriladi.
=== Taqdimot 26 ===
Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek, bolalar tomonidan o‘quv faoliyati elementlarining egallab olinishini ham o‘z ichiga oladi. Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o‘quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan ko‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, o‘z faoliyati, xulq-atvori, topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko‘nikmasini, o‘zining va boshqa bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak.
=== Taqdimot 27 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.