Bolalar jismoniy tarbiyasida harakatli o’yinlar
8000 so'm

Slayd 1
Jismoniy tarbiyada harakatli o‘yinlarning o‘rni.
Slayd 2
Reja:
Harakatli o‘yinlarning ta’rifi
Jismoniy tarbiyada o‘yin faoliyatining o‘rni va ahamiyati
Harakatli o‘yinlarning pedagogik ahamiyati
Harakatli o‘yinlarning jismoniy ahamiyati
Harakatli o‘yinlarning psixologik ahamiyati
Slayd 3
Talabalarga bolalarda qiziqish va faollikni oshirish, jamoaviylik, intizom va tartibni shakllantirish, mustaqil fikrlash va irodaviy sifatlarni rivojlantirish, harakat malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy jismoniy sifatlarni tarbiyalash (chaqqonlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik, moslashuvchanlik), organizmni chiniqtirish va sog‘lomlashtirish, bolalarda emotsional ko‘tarinkilik yaratish, stress va zo‘riqishni kamaytirish, ijodkorlik va tashabbuskorlikni rivojlantirish, xalq o‘yinlari orqali tarbiyaviy ta’sir, milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish, jismoniy tarbiya jarayonini qiziqarli qilish, o‘yinlarni yosh xususiyatlariga mos tanlash, o‘yin qoidalarini oddiy va tushunarli qilib tushuntirish, yuklama va dam olishni to‘g‘ri taqsimlash, o‘yinlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni hamda «Kim chaqqon?», «Bayroq olib kel», «Ovchi va quyonlar», «Qo‘lga olish o‘yini», «Quvlashmachoq», «Estafeta o‘yinlari», «To‘siqlardan o‘tish», «Halqadan sakrash» o‘yinlari ko‘rsatib beriladi. Talabalar mustaqil va ijodiy ishga yo‘naltiriladi
Slayd 4
Jismoniy sifatlar:
Tezkorlik
Kuch
Chaqqonlik
Chidamlilik
Muvozanat va koodinatsiya
Slayd 5
Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari sifatlarkiradi. Amalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib rivojlantirishni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni tarbiyalash aslida bolaning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli tomonlaridir. Chunki bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir bo‘ladi. Lekin baribir yuqorida sanab o‘tilgan jismoniy sifatlarning har birini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir.
Slayd 6
Chaqqonlik – bu faoliyat davomida paydo bo‘ladigan kutilmagan shartsharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uyg‘unligini rivojlantirish, ularning surʼati va ko‘lamini, muskullarning zo‘riqishi va bo‘shashi darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga moslashib mo‘ljal olabilish mahorati asosida sodir bo‘ladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turg‘un holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish ro‘y beradi. Bu esa chaqqonlikni asta-sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi. Harakatlarni bajarishdagi epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim xususiyatdir
Slayd 7
Tezkorlik – bu harakatni eng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U qandaydir bir signalga javob tariqasi bajarilgan harakat tezligiga (harakat reaktsiyasi deb ataladigan tezlikka), ayrim harakatlar tezligiga, shuningdek ko‘p marta takrorlanayotgan harakatlarning tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Harakatlarning mana shu barcha taʼrif-tavsifi, bog‘chadagi kichik yoshdagi bolalardan boshlab to katta gruppadagi bolalarda muntazam mashq natijasida o‘sib boradi. Chaqqonlik va epchillikning rivojlanishiga o‘yin va mashqlarni muntazam bajarib borish orqali erishiladi. Bunda atrofdagi muhit sharoitning o‘zgarishiga qarab shug‘ullanuvchilar tezlik bilan javob reaktsiyasi berishlari hamda birharakatdan ikkinchisiga jadallik bilan o‘tishlari, tez siljishlari va topshiriqni bajarishlari muhimdir. Turli o‘yinlar hamda to‘siqlarni engib o‘tish, to‘xtab-to‘xtab, burilishlar bilan bajariladi birdan berilgan signal bo‘yicha xilma-xil topshiriqlarni bajarish, hatlab o‘tish, engashibemaklab o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar, muvozanat mashqlari, har turli sport o‘yinlari va boshqalar mana shunday chaqqonlik va epchillikni o‘stiruvchi mashqlar hisoblanadi.
Slayd 8
Kuchlilik – bu muskullarni maʼlum darajada zo‘riqtira olish qobiliyati bo‘lib, chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi, uning asab harakati ham hali takomillashmagan, bog‘cha bolalari muskullarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar. Bog‘cha bolalari uchun, ayniqsa, kichik gruxdagilar uchun shu narsa muhimdirki, ularda rostlovchi muskullarning xayotiy, faoliyatidan ko‘ra bukish muskullarining hayotiy faoliyati ortiqroq bo‘ladi, bolalar yurish va yugurish vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, o‘yinlar o‘tkazish vaqtida esa, engashib o‘tiradilar va hokazo.
Slayd 9
Chidamlilik – bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida etarli darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni tarbiyalash organizmning turli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish bilan, asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib boradigan kuchli zo‘riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida organizmda paydo bo‘ladigan ko‘nikish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bolalarda matonatni tarbiyalashda ular organizmiga o‘zlari ko‘nikib qolgan vazifaga qaragandayuqoriroq jismoniy taʼsir ko‘rsatadigan mashqlar va o‘yinlar qo‘llaniladi. Maktabgacha yoshdagi kichik gruxlarda matonatni tarbiyalash bilan bog‘liq maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida matonatni tarbiyalash uchun o‘yin va mashqlardan foydalaniladi.
Slayd 10
Bolalarda jismoniy sifatlarni (chaqqonlik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, kuch) rivojlantirish – ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish, funksional imkoniyatlarini kengaytirish va sog‘lom o‘sishini ta’minlashga qaratilgan. Bu jarayon yosh xususiyatlarini hisobga olib, o‘yinlar va maxsus mashqlar orqali amalga oshiriladi, bu esa ma’naviy-ruhiy fazilatlarni shakllantirish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish tamoyillari:
Chaqqonlik: Bolalarni yangi, murakkab harakatlarni tez o‘rganishga va to‘satdan o‘zgaruvchi vaziyatlarga moslashishga o‘rgatadi.
Chidamlilik: Uzoq vaqt davomida charchashga dosh berib, jismoniy faollikni saqlab turish qobiliyati.
Tezkorlik: Harakatlarni maksimal darajada qisqa vaqt ichida bajarish.
Egiluvchanlik: Bo‘g‘inlardagi harakatlar amplitudasi va muskullar cho‘ziluvchanligini oshirish.
Kuch: Mushaklar kuchi yordamida qarshilikni yengish yoki uni ushlab turish.
Rivojlantirish uslubiyati:
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda asosan o‘yin usuli va takroriy mashqlar qo‘llaniladi. Mashg‘ulotlar orqali bolalarning funktsional poydevori yaratiladi va ularning ishchanlik qobiliyati oshiriladi. Jismoniy sifatlarni erta yoshdan to‘g‘ri shakllantirish, ularning keyinchalik sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Slayd 11
Jismoniy tarbiyadagi ahamiyati:
Harakat ko‘nikmalarini shakllantirish: O‘yin jarayonida bolalar yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi tabiiy harakatlarni qiziqarli shaklda o‘zlashtiradilar va mustahkamlaydilar.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish: To‘satdan o‘zgaradigan vaziyatlar bolada tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va kuch kabi sifatlarni tarbiyalaydi.
Salomatlikni mustahkamlash: Muntazam harakatli o‘yinlar modda almashinuvini yaxshilaydi, immun tizimini kuchaytiradi va qon aylanishini faollashtiradi.
Ijtimoiy moslashuv: Jamoaviy o‘yinlar o‘quvchilarda hamkorlik qilish, o‘zaro yordam va tartib-intizomga rioya qilish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Milliy qadriyatlarni tiklash: O‘zbek xalq milliy o‘yinlari (masalan, ko‘pkari, chillak) yoshlarni vatanparvarlik va milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim vositadir.
Motivatsiya: O‘yin metodidan foydalanish jismoniy tarbiya darslarining emotsional boy va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi, bu esa bolalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Psixologik taraqqiyot: O‘yin davomida bolaning diqqati, xotirasi va irodaviy sifatlari (g‘alabaga intilish, qiyinchiliklarni yengish) rivojlanadi.
Slayd 12
Harakatli o‘yinlarning pedagogik ahamiyati quyidagilardan iborat:
Jismoniy rivojlanishga ta’siri
Ta’limiy ahamiyati
Tarbiyaviy ahamiyati
Bugungi kunda dolzarb muomma bilan bo‘liqligi
Psixologik ahamiyati
Ijtimoiy rivojlanishga ta’siri
Slayd 13
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi: – harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; – jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni o‘stirish; to‘g‘ri qaddi-qomat,gigiena ko‘nikmalarini tarbiyalash; – jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish. Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan engil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish…) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar.
Slayd 14
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud. Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik) va axloqiy fazilat (halollik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, topshiriqni ma’suliyat bilan bajarish) larni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilik) ni namoyon qilish uchun sharoit yaratadi.
Slayd 15
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bolalar va yoshlarning jismoniy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ular organizmning har tomonlama rivojlanishini ta’minlab, asosiy jismoniy sifatlar – kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlikni shakllantiradi.
Harakatli o‘yinlar davomida bajariladigan yugurish, sakrash, uloqtirish, egilish va boshqa harakatlar mushak tizimini mustahkamlaydi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining faoliyatini yaxshilaydi. Bu esa organizmning umumiy sog‘lomlashuviga xizmat qiladi. O‘yin jarayonida qon aylanishi tezlashib, kislorod bilan ta’minlanish kuchayadi, bu esa bolalarning jismoniy bardoshliligini oshiradi.
Shuningdek, harakatli o‘yinlar to‘g‘ri qomatni shakllantirishga yordam beradi. O‘yin paytida turli xil harakatlar bajarilishi umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, yosh organizmda suyak va mushaklarning faol harakatda bo‘lishi ularning mustahkam bo‘lib o‘sishiga zamin yaratadi.
Slayd 16
Harakatli o‘yinlar jismoniy yuklama berish bilan birga, bolalarda harakat koordinatsiyasini rivojlantiradi. Murakkab harakatlarni bajarish orqali muvozanatni saqlash, tezda yo‘nalishni o‘zgartirish va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlari shakllanadi. Bu esa sport mashg‘ulotlariga tayyorgarlik uchun muhim asos hisoblanadi.
Bundan tashqari, harakatli o‘yinlar organizmning chiniqishiga xizmat qiladi. Ochiq havoda o‘tkaziladigan o‘yinlar sovuqqa, issiqqa va turli ob-havo sharoitlariga moslashuvchanlikni oshiradi. Natijada bolalarda kasalliklarga qarshi immunitet kuchayadi.
Xulosa qilib aytganda, harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning samarali vositasi bo‘lib, yosh avlodning sog‘lom, baquvvat va jismonan yetuk bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular nafaqat jismoniy sifatlarni rivojlantiradi, balki sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Slayd 17
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya jarayonining muhim pedagogik vositasi bo‘lib, bolalar va yoshlarning shaxs sifatida kamol topishida katta ahamiyatga ega. Ular ta’lim jarayonini qiziqarli, faol va samarali tashkil etishga xizmat qilib, o‘quvchilarning bilish faolligini oshiradi hamda tarbiyaviy vazifalarni hal etishda samarali usul hisoblanadi.
Slayd 18
Pedagogik nuqtai nazardan harakatli o‘yinlar o‘quvchilarda intizom, mas’uliyat, jamoada ishlash, o‘zaro yordam va hamkorlik kabi ijtimoiy sifatlarni shakllantiradi. O‘yin jarayonida belgilangan qoidalarga rioya qilish bolalarda tartib-intizomni mustahkamlaydi, vazifani to‘g‘ri bajarishga o‘rgatadi. Jamoaviy o‘yinlar esa o‘quvchilarda do‘stlik, hamjihatlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tuyg‘ularini rivojlantiradi.
Harakatli o‘yinlar ta’lim jarayonida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi. O‘yin davomida turli vaziyatlarni tez baholash, to‘g‘ri qaror qabul qilish, strategik fikrlash kabi aqliy jarayonlar faollashadi. Bu esa o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘yinlar orqali o‘rgatilayotgan harakatlar tezroq va mustahkam o‘zlashtiriladi.
Slayd 19
Harakatli o‘yinlar bolalarning emotsional holatini barqarorlashtiradi, stress va charchoqni kamaytiradi. O‘yin jarayonidagi quvonch, raqobat va muvaffaqiyat hissi bolalarda ijobiy kayfiyatni shakllantiradi. Bu esa o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va o‘qishga ijobiy munosabatni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, harakatli o‘yinlar bolalarda irodaviy sifatlarni rivojlantiradi. G‘alabaga intilish, qiyinchiliklarni yengib o‘tish, o‘zini boshqarish va sabr-toqat ko‘rsatish orqali o‘quvchilar mustahkam xarakterga ega bo‘lib boradilar. Harakatli o‘yinlar shaxsning psixik rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, diqqat, xotira, tezkor fikrlash va tasavvur kabi psixologik jarayonlarni faollashtiradi. O‘yin davomida o‘quvchilar vaziyatni tez tushunib, harakatlarini moslashtirishga o‘rganadilar, bu esa ularning intellektual salohiyatini oshiradi.
Slayd 20
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish bosqichlari yosh bolalarnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Birinchi yillarda tana tez o‘sadi, bir tekis o‘sadi va o‘sish va tana massasi intensiv ravishda ko‘payadi. Maktabgacha yoshda sog‘liq va to‘liq jismoniy rivojlanishning poydevori qo‘yiladi. Eng umumiy maʼnoda, maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy rivojlanishi individual hayot davomida uning tanasining tabiiy morfologik va funktsional xususiyatlarini o‘zgartirish jarayoni deb ataladi. Jismoniy rivojlanishning tashqi miqdoriy ko‘rsatkichlari, masalan, fazoviy o‘lchamlari va tana vaznining o‘zgarishi, ammo sifat jihatidan jismoniy rivojlanish, avvalo, davrlar va bosqichlar bo‘yicha organizmning funktsional imkoniyatlarining sezilarli o‘zgarishi bilan tavsiflanadi.
Slayd 21
Maktabgacha yoshdagi bolalar tanadagi etarlicha barqarorlik va cheklangan motor qobiliyatlari bilan ajralib turadi. Ularning asab tizimi tez rivojlanadi, skelet o‘sadi, mushak tizimi mustahkamlanadi va harakatlar yaxshilanadi. 3 – 4 Yoshdagi bolalar organizmning umumiy statik beqarorligi va cheklangan dinamik imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu yoshdagi bolalar tananing yuqori qismida va elkama-kamar va egiluvchan mushaklarning nisbatan katta rivojlanishiga ega. 3 – 4 Yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar katta mushak guruhlarini o‘z ichiga olgan harakatlarning etarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi bilan yuqori motorli faollikka ega. Ushbu davrda bir xil holatni uzoq vaqt saqlab qolish va bir xil turdagi harakatlarni bajarish bilan kuchaygan charchoq qayd etiladi
Slayd 22
Maktabgacha yoshdagi bolalardagi yurak-qon tomir tizimining faoliyati o‘sayotgan organizm talablariga yaxshi moslashgan va qon taʼminoti uchun to‘qimalarni etkazib berishga bo‘lgan ehtiyojning oshishi osonlik bilan qondiriladi. Axir bolalardagi tomirlar kattalarga qaraganda kengroq va qon ular orqali erkinroq oqadi. Boladagi qon miqdori kattalarnikiga qaraganda nisbatan katta, ammo uning tomirlardan o‘tishi kerak bo‘lgan yo‘l qisqaroq va qon aylanish darajasi yuqori. Masalan, agar kattalarning zarbasi daqiqada 70 – 74 marta bo‘lsa, u holda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtacha 90 – 100 martani tashkil qiladi.
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BАSKETBОL HAQIDA UMUMIY TAVSIF mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Gandbol sport turi tarixi va qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.