Bolalar autizmi irsiy belgilari va kelib chiqishi

8000 so'm


Bolalar autizmi irsiy belgilari va kelib chiqishi

 

 

Slayd 1

Bolalar autizmi

Slayd 2

Reja:
Bolalar autizmni irsiy belgilari.
Bolalar autizmni kelib chiqishi.
Tashqi ta’sir

Slayd 3

Autizm – ruhiy buzilishning ogʻir turlaridan biri boʻlib, atrofdagilardan uzoqlashishga harakat qilish va his-tuygʻularni biz odatlangan koʻrinishda ifodalab bera olmaslik orqali namoyon boʻladi. Autizm miya faoliyatiga bevosita taʼsir qiluvchi nevrologik buzilishlar natijasida kelib chiqadi.

Slayd 4

Autizmning qanday qilib va nima sababdan paydo boʻlishi, boladagi autizmning ilk belgilarini qanday aniqlash mumkinligi haqida quyida suhbatlashamiz.

Slayd 5

Bolalardagi autizm: ruhiy buzilishning ilk belgilari qanday?
Koʻp hollarda autizm 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda paydo boʻladi, ammo uning ilk belgilariga aksariyat ota-onalar eʼtibor qaratishmaydi.
Autistik buzilishning belgilari 2-3 yoshlarda koʻzga tashlanishi ehtimoli yuqori. Autizmning ilk bosqichlarida bola ota-onaning ayrim harakatlariga javob qaytarmaydi, ularga befarqlik bilan munosabatda boʻladi.

Slayd 6

Atrofdagi odamlar, qarindosh-urugʻlar, ularning farzandlari bilan doʻstona va iliq munosabatlar oʻrnata olmaydi. Ular ota-onalarining shirin soʻzlari, erkalashlariga tabassum bilan javob qaytarishmaydi, jonsiz buyumlarga ham, odamlarga ham bir hil munosabatda boʻlishadi. Asosiy belgilardan yana biri – boshqalarning koʻzlariga tik qaray olmaslikdir. Ular koʻzlarining atrofdagi odamlar koʻziga tushib qolmasligiga harakat qilishadi.

Slayd 7

Nutq buzilishlari, gapira olmaslik, ijodiy yondashuvni talab qiluvchi oʻyinlarni oʻynay olmaslik ham autizm belgilari boʻlishi mumkin. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, autizmga chalingan bolalarning harakatlarida bir xillik, uyqu buzilishlari, tajovuzkorlikka moyillik va qoʻrquv ham kuzatiladi.

Slayd 8

Bolalardagi autizmga aynan nima sabab boʻlishi olimlar tomonidan bugungi kunga qadar toʻliq oʻrganilmagan. Daun, Patau, Marfan va boshqa turdagi sindromlardan farqli ravishda autizmda bemor organizmda hech qanday irsiy anomaliyalar qayd etilmaydi. Ekspertlar autizmga chalingan bolalarning aksariyatida bu holatga tugʻruq jarayoni va homiladorlik vaqtidagi qiyinchiliklar sabab boʻlganini aytishadi.
Autizm sababi nima?

Slayd 9

Miya faoliyatida buzilishlar kuzatila boshlagach, bemorda giperfaollik va intellektning pasayishi qayd etiladi. Shunga qaramasdan, mutaxassislar autizmga maʼlum belgilarga qarab tashxis qoʻyish qiyin ekanligini aytishadi. Aniq tashxis qoʻyish uchun shifokor koʻmagi va bir qator tahlillar kerak boʻladi.
Tashxis qanchalik erta qoʻyilsa, ota-ona va mutaxassislar davolash jarayonini shunchalik erta boshlashlari mumkin.

Slayd 10

Autizmga chalingan bolalarning bir qismi oʻrta maktabni tugatishadi, kasb oʻrganishadi, nufuzli joylarda ishlashadi. Shunga qaramasdan, autizmga chalingan insonlarning shaxsiy hayotni izga tushirishlari va oila qurishlari juda qiyin boʻladi.

Slayd 11

Autizmni davolash mumkinmi?
Mutaxassislar autizmni davolash uchun bir nechta usullarni taklif etishadi. Ularning aytishlaricha, kichik yoshdagi bemorga har tomonlama yordam berish zarur. Yaʼni, davolash muolajasi oʻzida tibbiy aralashuvni ham, bolaning ijtimoiy moslashuvini ham, ruhiy koʻmakni ham jamlagan boʻlishi kerak. Ayrim hollarda nafaqat bolaga, balki uning ota-onasiga ham ruhshunos koʻmagi kerak boʻladi.

Slayd 12

Kasallikni davolash jarayonida bolaning ota-onasi va boshqa oila aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlarini yaxshilashga ham katta eʼtibor qaratiladi, unga qoʻrquvni yengish, agressiv xurujlarga qarshi kurashish oʻrgatiladi.
Autizmga chalingan bolalarning ota-onalaridan katta masʼuliyat talab etiladi. Eng muhimi, autizmni – dahshatli hukm deya qabul qilmaslikdir.

Slayd 13

Autizm sindromli bolalar

Slayd 14

Autizm sindromi xaqida tushuncha
Autizm sindromi psixik rivojlanishning murakkab buzilishi hisoblanib, asosan bolaning 2,5-3 yoshida namoyon bo’ladi.
Autizm quyidagi belgilar bilan farqlanadi:
Hissiy aloqa o’rnatish qobiliyatining buzilishi
Hulq-atvordagi stereotiplik
Nutqiy rivojlanishning o’ziga xos buzilishlari (mutizm, exolaliya, takrorlanuvchi monolog, nutqda birinchi shaxsning qo’llanilmasligi)

Slayd 15

2-Aprel- Umumjahon Autizm sindromi haqidagi axborotni tarqatish kuni

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Bolalar autizmi irsiy belgilari va kelib chiqishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar