Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari
8000 so'm

Slayd 1
adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari
Slayd 2
Reja :
1. Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari.
2. Bolalar kitobxonligi haqida.
3. Bolalar adabiyotiga qo'yiladigan talablar
4. Bolalar kitobxonligiga erishish usullari
Slayd 3
Ma’lumki, inson komillikka yetishi uchun ma’naviy dunyoqarashi keng bo'lishi, odobli, bilimli bo'lishi bilan birga kattalarning pand-nasihatlariga astoydil e’tiborli bo’lishlari talab etiladi.Bolalar adabiyoti fani yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mamlakatimizning qudratli qurolidir. Bugungi davrda bu fanga intilish, qiziqish, o’rganish, o’zlashtirish yanada oshdi.
Slayd 4
Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur o’y-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim.
Slayd 5
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, ana shu talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda avvalo, badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir.
Slayd 6
Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida tilni «ko’ngil xazinasining qulfi», deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so’zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Slayd 7
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim.
Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko’rsatadi, so’z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilm-fan cho’qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar qilishga o’rgatadi.
Slayd 8
Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg’ularini o’stiradi.
Shunday ekan, bugungi kunda bolalar ta’lim-tarbiyasida qudratli qurol bo’lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Slayd 9
Bolalar adabiyotining o’ziga xos qonuniyatlari bor: agar bu fan bo’limlarga ajratib o’rganilmas ekan, pala-partishlik, tushunmovchilik kelib chiqishi tabiiy. Eng avvalo kitobxonlik — kitob o’qish, tinglash, hikoya qilishdek talabga e’tibor berilishi zarur bo’lgan amallar bor.
Slayd 10
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2
3
Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11 — 12 yoshgacha).
O’rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13— 14 yoshdan 15 — 17 yoshgacha).
1
Slayd 11
Bu davr bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar, buvi-bobolar, mahalla ertakchilari-yu tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo’ladilar. Hatto oila a’zolari, uy hayvonlari, parranda-yu dov-daraxtlargacha notanish bo’ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi
Slayd 12
Kattalar o’qib, aytib, hikoya qilib beradigan asarlar bu davr bolalari uchun muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu davr bolalarga o’qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi zarur. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bog’cha yoshidagi bolalarga ham, avvalo, maqol va topishmoqlarni, so’ng hayvonlar haqida, umuman, tabiatni sevishga o’rgatuvchi ertaklarni aytib berish yoki o’qib berish juda foydalidir.
Slayd 13
Ularga mehnatsevarlikni o’yinlar orqali o’rgatilsa, yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, «Sholg’om», «Bo’ri bilan Qo’zichoq», «Tulki bilan Turna», «Tulki bilan uzum», «Ur, to’qmoq!» kabi masal va ertaklar bolalarni mehnatsevarlikka, tabiatni sevishga, rostgo’ylikka o’rgatadi, aldamchilik va xudbinlik, baxillik va ochko’zlik yomon illat ekanligini tushuntiradi.
Slayd 14
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko’pchiligini ertak, alla-qo’shiq, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og’zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi talablarga to’la-to’kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun qo’l keladi. Ammo shu narsani ham ta’kidlab o’tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga xos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Slayd 15
Tolib Yo’ldoshning «O’yin bo’lsa» she’ri juda oddiy, sodda, u bor-yo’g’i sakkiz misra. Bu she’rni har qanday kichkintoy bir zumda yodlab oladi. Bu asarda «Bola yettiga kirguncha yerdan kaltak yeb o’sadi» maqoli jamlangandek:
• O’yin bo’lsa o’ynaymiz,
• Bo’lmasa-chi, topamiz.
• Topolmasak zir yelib,
• To’rt tomonga chopamiz.
Slayd 16
Yiqilamiz, turamiz –
Shu ham o’yin atalar.
Bizday necha yiqilib,
Katta bo’lgan otalar.
Bu asar bolalarni do’st, topag’on, ahillikda o’ynab-kulib o’sishga, bobolarning udumlariga sadoqatli bo’lib kamol topishga da’vat etadi.
Kichkintoylarning suyukli shoiri Anvar Obidjonning «Suhbat» asari ko’p yillardan beri bu davr bolalariga cheksiz quvonch ulashib kelmoqda.
Slayd 17
Yo’ldosh Sulaymonning «Qo’g’irchoq» she’rida qo’g’irchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o’yinchoq vositasida kattalarning mehnatini e’zozlash masalasi o’rtaga tashlanadi:
• Quyosh bilan teng turib,
• Ozoda kiyintirib,
• Senga taqamiz marjon,
• Qo’g’irchoq, qo’g’irchoqjon.
• Qo’ldan qo’ymaymiz sira,
• Yuqtirmaymiz gard, shira.
• Ovunchoqsan bizlarga,
• Qo’g’irchoqsan bizlarga.
Slayd 18
Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan biroz farq qiladi. Bu farq bolalarning yoshi, bilimi, saviyasi bilan bog’liq. Maktabgacha yoshdagi bolalar, asosan, tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang’ich sinf o’quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag’ishlaydi.
Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan.
Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi.
Slayd 19
Bu davr bolalariga tavsiya etiladigan asarlarning hajmi avvalgisiga nisbatan kattaroq, ma’no va mazmuni murakkabroq bo’lishidan tashqari, harflari ham yirik-yirik bo’lib, rasm va bo’yoqlarga boy bo’lishi talab etiladi.
Bu davr bolalar kitobxonligida kichkintoy, albatta, bajarishi zarur bo’lgan mas’uliyat bor. Masalan, ota-ona, tarbiyachi, muallim topshirig’ini so’zsiz ado etish, namunali o’qish, yurish-turishda o’zgalarga ibrat bo’lish, ona-Vatanni sevish va boshqalar.
Slayd 20
Bu yoshdagi bolalar yana sehrli-fantastik ertak, sarguzasht, hikoya, qissa va dostonlarni ham sevib o’qiydilar. Quddus Muhammadiyning «Erkinjon oyga chiqibdi» (doston), Yusuf Shomansurning «Oydan kelgan bolalar» (doston), Anvar Obidjonning «Dahshatli Meshpolvon» (ertak-qissa) kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo’ljallab yozilgan.
Slayd 21
Bu yoshdagi bolalar o’zlari mustaqil ravishda kitob o’qib qolmay, balki o’qigan kitoblaridagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga o’rganadilar, zarurat bo’lsa, ular ko’rsatadigan mardlik va jasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar. Sharq mutafakkirlaridan Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ahmad Yugnakiy, Al-Buxoriy, Forobiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy kabilarning yaratgan asarlari bu davr bolalar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi.
Slayd 22
Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. «SHiroq», «To’maris», «Spitamen» kabi afsonalar bilan birga Oybek, G’afur G’ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, SHukur Sa’dulla, Anvar Obidjon va boshqalarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.Ko’rib o’tganimizdek, bolalar adabiyoti o’ziga xos xususiyat-lari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. SHu orqali kichkintoylarni olg’a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur sevishga yordam beradi. Bolalar adabiyotida didaktika ohangi ustun turadi.
Slayd 23
Bugun ulug‘ bayramda,Salom deymiz hammaga.Shogirdlarning nomidanDeymiz salom – assalom
Slayd 24
Osmonning yulduzimiz,Oyimiz, quyoshimiz.Mustaqil VatanimizPorloq kelajagimiz!
Slayd 25
Bir kaft tuprogingdan yaralgan odam,Jumboqlarga boydir, goʻzal bu olam.Bagringda ulgʻaydik, hech boʻlmadik kam,Qiblagohim, panohim, oʻzingsan Vatan.
Vatan haqida she’rlar
Slayd 26
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.