Bog‘cha yoshidagi bola taraqqiyotiga umumiy tasnif. Bola va muloqot
4000 so'm

Slayd 1
Bog‘cha yoshidagi bola taraqqiyotiga umumiy tasnif. Bola va muloqot
Slayd 2
1. Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixologik taraqqiyoti.2. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining kommunikativ vosita sifatida rivojlanishi.3. Bolalarda situativ va nosituativ nutqning paydo bo‘lishi.4. Egotsentrik nutq va olimlarning tadqiqotlari.
REJA:
Slayd 3
3-7 yosh davr maktabgacha yosh davri hisoblanadi va u 3 davrga bo‘linadi:
(3-4 yosh) kichik maktabgacha davr (kichik bog‘cha yoshi)
(4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr
(o‘rta bog‘cha yoshi)
(6-7 yosh) katta maktabgacha davr
(katta bog‘cha yoshi)
01
03
02
Slayd 4
predmetlarni o‘rganishi;
individual predmetli o‘yinlar, jamoa, syujetli-rolli o‘yinlar;
individual va guruhiy ijod;
musobaqa o‘yinlari;
muloqot o‘yinlari;
uy mehnati.
3-7 yoshli bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
Slayd 5
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o‘yindir
Slayd 6
Bu yoshdagi bolalarning o‘yinlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin:
predmetli
o‘yinlar
(15-20 daqiqa
o‘ynaladi)
2) syujetli-rolli
(30-60 daqiqa
3) qoidali o‘yinlar
(1 soatdan,
2 kungacha)
Slayd 7
Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik quyidagi yo‘l bilan hal qilinadi:
Bolalarni o‘yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuniga bog‘liqdir
Bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar
1
2
Slayd 8
Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Sababi:
Bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi
bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bo‘lishi
bog‘cha yoshidagi bolalarning erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir
1
3
2
Slayd 9
Bog‘cha yoshidagi bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiluvchi omillardan biri – ertaklardir.
Slayd 10
Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi sotsial (ijtimoiy) kontaktlarni o‘rnatish funksiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik (bir shaxsga qaratilgan nutq) xususiyat kasb etib borishi lozim bo‘ladi.
Slayd 11
V.Loginning ma’lumotlariga ko‘ra 3 yoshgа kelib, bola lug‘atida 1200 ta so‘z mavjud bo‘ladi. 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 3000-3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Vaholanki, 40-60 yil oldin o‘tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug‘ati 400-600 so‘zdаn, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 2500-3000 so‘zdan iborat deb ko‘rsatilgan.
Slayd 12
Bolalarning nosituativ – bilishga yo‘naltirilgan (vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog‘liqlikdan ozod bo‘ladi. Asta sekin atrof-olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so‘zlar zaxirasi kengayib boradi.
Slayd 13
Bolada atrof-olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so‘zlar zaxirasi kengayib boradi:
11,25%
5%
6,24%
estetik xususiyatlarni ifodalovchi
sifat
Emotsional xususiyatlarni ifodalovchi sifat
irodaviy va intellektual harakatlarni anglatuvchi fe’l
Slayd 14
L.S.Vigotskiy yozishicha:
Psixologik tomondan olib qaraganda, so‘zlarning mazmuni va ma’nosi – bu umumlashma yoki tushunchadan o‘zga narsa emas. Biz so‘zning ma’nosini bemalol tafakkur fenomeni deb hisoblashga haqlidirmiz.
Slayd 15
4. Irodaviy va intellektual harakatlarni
ifodalovchi
fe’llar 9,76%
2. Estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar 14,65%
3. Axloqiy xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar 9,3%
1. Atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) 69,80%
Slayd 16
S.N.Karpovaning tadqiqoti ko‘rsatishicha:
Bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga mo‘ljal olishning ancha barqaror moyilligi kuzatiladi. Berilgan gap tarkibida nechta so‘z mavjud degan savolga bola gapni boshdan oyoq qaytadan takrorlaydi. Masalan, “Koptok yumalab ketdi” degan gap berilsa, bola (5-9 yoshli) bu gapda bitta so‘z “Koptok yumalab ketdi” degan so‘z borligini aytadi.
Slayd 17
Nutqning fonetik (tovush) tarkibini o‘zlashtirish 1 yoshning oxirlariga kelib boshlanadi. Bog‘cha yosh davrining boshiga kelib, bolalar asosan ona tilining barcha tovushlarini egallab bo‘ladilar. Biroq shunday bog‘cha yoshidagi bolalar ham uchraydiki, ularda ancha katta yoshda ham nutqiy nuqson talaffuz kamchiliklari uchraydi. Buning asosiy sababi nutq apparati motorikasining sekin rivojlanishidir.
Slayd 18
N. X. Shvashkin bolalar fonematik eshitishini dastlabki rivojlanish bosqichlarida o‘rganib, 1-7 yoshdayoq fonematik eshitish shakllanib bo‘lishini isbotladi. Bu davrga kelib, bola atrofdagi kattalar nutqining tarkibidagi barcha fonematik xususiyatlarni farqlab oladi. Shuning uchun atrofdagilarning to‘g‘ri va noto‘g‘ri talaffuzini farqlay oladi.
Slayd 19
L.E. Jurova va N.V. Durovalarning eksperimental tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki:
4 yoshli bolalar nafaqat so‘z tarkibidagi tovushlarni intonatsion ajratib olishni, balki jarangli va jarangsiz undoshlarni farqini, so‘zdagi birinchi tovushni aytib berishni o‘rgana oladilar.
5 yoshli bolalarda tovushlarni tahlil etish ko‘nikmalari rivojlanishini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Slayd 20
Nutq juda erta bolaning va atrofdagilarning amaliy faoliyati bilan bog‘lanib, L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda, nutqning amaliy faoliyati bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo‘lajak harakatlarni rejalashtirish, kechayotgan harakatlarga nutqning yo‘ldosh bo‘lishi va harakat natijalarini nutq vositasida ta‘kidlab qo‘yishda namoyon bo‘ladi.
Slayd 21
Nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje egotsentrik nutq deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq bola tafakkurining egotsentrik xarakteri, individual nutqning hali yetarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.
Slayd 22
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatini rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o‘z faoliyatining maqsadini og‘zaki ifodalaydi. So‘ngra faoliyatni bajarish davrida olingan natijalarni og‘zaki qayd etadi, og‘zaki ravishda yangi harakatlarni rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi.
Slayd 23
Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:
1) og‘zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish;
2) tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig‘ilib, interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo‘nalib), 5-6 yoshli bolalarda ichki nutqqa aylanadi.
Slayd 24
4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo –
bu uni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishidan mahrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning bolalar jamiyati a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘rganish mumkin emas.
Slayd 25
Ko‘p bolali oilalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga aka-ukalari, opa-singillar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aka-ukalar va opa-singillar bolaga eng yaqin bo‘lgan mikro muhit tarkibiga kirib, unda markaziy o‘rinni egallaydi. Oila a’zolarining soni ko‘paygan sari bolalarga ota-onaning ta’siri susayib, aka-ukalar, opa-singillar ta’siri kuchayib boradi.
Slayd 26
Bog‘cha yoshidagi bolalarni savodxonlikka o‘rgatish bo‘yicha olib borilgan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqqan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Savodxonlikka o‘rgatishning bog‘cha yoshiga mo‘ljallangan shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.E.Jurova tomonidan ishlab chiqilgan.
Slayd 27
N.S.Vorontsova 5-6 yoshli bolalar savodxonlikni o‘rganishda tanlovchan tipdagi qabul qilish xususiyatiga ega ekanligini, 6 yoshdan esa o‘qishga e’tiborli bo‘lishini aniqladi.
N.S.Vorontsova 5 yoshni tovushlarni tahlil qilishga o‘rgatishning eng optimal davri, 6 yoshni esa o‘qishga o‘rgatishga eng optimal (eng yaxshi va qulay) davr ekanligini ta’kidladi.
Slayd 28
Bolalar xayolining o‘sishida nutqning ahamiyati shundaki, nutq bolaning yangi taassurotlar hosil qilishi va uni boyitishi bilangina cheklanib qolmay, balki nutq miyada hosil bo‘lganligi, obrazlarni so‘zlar bilan ifodalashga yordam beradi.
Slayd 29
Bog‘cha yoshidagi bolalarning harakatlarida tasviriy faoliyat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning o‘sayotganligidan dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalarni qog‘ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib ko‘radi.
Slayd 30
Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan ixtiyorsiz va tiklovchi xayol bo‘lib, ularning turli-tuman faoliyatlarida o‘sib boradi. Biroq shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning o‘yinlari ham xilma-xil bo‘lmas edi.
Slayd 31
Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli mashg‘ulotlarda ham o‘sib boradi. Masalan, bolalar loy o‘ynashi, ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu jumladan, plastilindan ham) qumdan turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshi ko‘radilar. Bu mashg‘ulotlar, ayniqsa, rasm chizish mashg‘uloti bolalar xayolini o‘stirishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Slayd 32
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.