Biologiyadan masala va mashq yechish
8000 so'm

Slayd 1
Odam va uning salomatligini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari, o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish
Slayd 2
Reja
Bilish faoliyatini faollashtirish
Masala va mashqlarni ahamiyati turlari va darajalari haqida ma’lumotga ega bo’lish
O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirish
Amaliy muammolarni hal etishni o‘rgatish
Slayd 3
JSST nizomiga ko’ra, «salomatlik — nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir». Biroq, bu ta’rifni populyatsion va individual miqyosda salomatlikni baholash uchun ishlatib bo’lmaydi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, mediko-sanitar statistikada salomatlik tushunchasi ostida insonda kasalliklar va buzilishlar aniqlanmasligi, populyatsion miqyosda esa — o’lim, kasallanish va nogironlik ko’rsatkichining pasayishi jarayoni tushuniladi.
Slayd 4
Salomatlik odam uchun hamma narsadan afzal. «Salomatlik – tuman
boylik», – deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, salomatlik har qanday boylikdan afzal. Har bir inson bilim olishi, hunar o’rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, o‘z yurti va elining ravnaqi yo‘lida xizmat qilishi uchun salomat bo’lishi kerak. «Inson uchun birinchi baxt uning sog‘lig‘i, ikkinchisi go’zallikdir», degan ekan Aristotel. Salomatlik kishining ruhiy holatiga, binobarin, uning boshqalar bilan munosabatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun salomatlik har bir insonga in’om etilgan buyuk ne’mat, insonning baxtli hamda faol hayot kechirishi va barkamollikka erishishining asosiy sharti hisoblanadi. Aholming salomatligi esa Vatan boyligidir. Mamlakatimiz qudrati va kelajagining buyukligi hozirgi yoshlarimizning salomatligi va barkamolligiga, ularning bilimli bolishiga bog‘liq.
Slayd 5
Odam organizmi hujayralarining xilma-xilligi. Odam organizmi ham o’sim-
lik va hayvonlar singari hujayralardan tashkil topgan. Organizmdagi hujayralar shakli va funksiyasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi (1-rasm).
Hujayraning ichki qismi quyuq modda – sitoplazma bilan to’lgan. Sitoplazmani sirtdan hujayra membranasi chegaralab turadi. Uning markaziy qismida yadro, sitoplazmasida hujayra organoidlari joylashgan (2-rasm). Barcha organoidlar birga- likda hujayraning hayot faoliyatini ta’minlaydi. Quyida hujayralarni tashkil etuvchi qismlar to’g’risida ma’lumot beriladi: hujayra membranasi — sitoplazma va organoidlarni o‘rab turadigan ikki qavatli juda yupqa parda, undagi maxsus naychalar moddalami hujayra ichiga va hujayradan tashqariga tanlab o’tkazadi; yadro yumaloq shaklda hujayra markazida joylashgan bo‘lib, yadrocha va xromatindan iborat, hujayra faoliyatini boshqarib turadi, irsiy belgilarni nasldan naslga o‘tkazadi, hujayraning bo’linishi davrida undagi xromatindan xromo- somalar shakllanadi.
Slayd 6
Slayd 7
Hujayraning organik moddalari. Hujayrada organik moddalardan oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar va nuklein kislotalar uchraydi. Oqsillar hujayraning quri- lish material! hisoblanadi. Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan ferm entlar ham oqsillardan iborat. Yog‘lar va karbonsuvlar hujayraning hayot faoliyatida sarfla- nadigan energiya manbai hisoblanadi. Nuklein kislotalar xromosomalar tarkibiga kirib, irsiy belgilar saqlanishi va nasldan naslga o‘tishini ta’minlaydi.
Bakteriya hujayrasining tuzilishi.
Slayd 8
Moddalar almashinuvi. Barcha tirik organizmlar uchun xos bo’lgan umumiy xususiyatlar moddalar almashinuvi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘payish, rivojlanish, o‘sish, nafas dish, oziqlanish va ayirishdan iborat. Moddalar almashinuvida tashqi muhitdan hujayraga moddalar kiradi. Bu moddalardan hujayraning o‘sishi va ko‘payishi uchun zarur bo’lgan moddalar sintezlanadi. Hujayradagi bunday biosintez reaksiyalar majmui assimilatsiya deyiladi. Hujayrada moddalar sintezlanishi bilan bir vaqtning o‘zida organik moddalar parchalanadi. Bu jarayonda suv, karbonat angidrid kabi oddiy birikmalar hosil bo’ladi va energiya ajralib chiqadi.
Suv va karbonat angidrid ayirish va nafas olish organlari orqali tashqi muhitga chiqariladi, energiya esa hujayrada boradigan hayotiy jarayonlarga sarf boladi (4- rasm). Bu jarayon energiya almashinuvi, ya’ni dissimilatsiya deyiladi. Biosintez va parchalanish hujayralarda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlarining ikki tomoni bo‘lib, aynan bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lib turadi.
Slayd 9
Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullardan tashkil topgan bo‘lib, organizmda tayanch, harakatlanish va himoya funksiyasini bajaradi. Ko‘krak qafasi skeleti va muskullari – yurak va o‘pkani, qorin bo‘shlig‘i devori – oshqozon, ichak va buyraklarni, kalla qutisi – bosh miyani, umurtqa pog‘onasi – orqa miyatii har xil ta’sirlardan himoya qiladi.
Odam skeletining tuzilishi. Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan boTib, ulardan 85 tasijuft, 36 tasitoqvaular joylashishiga ko‘ra umurtqa pog‘onasi, bosh, tana, qo‘l va oyoq hamda ularning kamar skeletlariga ajratiladi (5-rasm).
5-rasm. Odam tanasi skeleti: I – bosh, 2 – pastki jag‘, 3 – umurtqa pog’onasi, 4 – o‘mrov,
5 — kurak, 6 to’sh, 7 – qovurg ‘ alar, 8 – yelka suyagi, 9 – chanoq, 10 – tirsak, 11 – bilak,
12 – panja, 13 – son, 1 4 – tizza qopqog’i,
15 – katta boldir, 16 – kichik boldir, 17 tovon suyaklari.
Slayd 10
Umurtqa pog’onasi 33—34 ta umurtqalardan iborat. Har bir umurtqa tana, bir nechta o’simtalar va teshikdan iborat. Umurtqalar ustma-ust bir qator bo’lib joylashganida ularning teshigi o’zaro tutashib, umurtqa pog’onasi nayini hosil qiladi.
Bu nay ichida orqa miya joylashgan. Umurtqa pog’onasining bo’yin bo’limi 7 ta, ko’krak 12 ta, bel 5 ta, dumg’aza o’zaro harakatsiz tutashgan 5 ta, dum 4-5 ta umurtqalardan iborat (15-rasm).
Bosh skeleti 23 ta suyakning birikishidan hosil bo’lib, u kalla va yuz qismlariga ajratiladi.
Kalla skeleti bir juftdan tepa va chakka, bittadan peshana va ensa suyaklaridan, yuz skeleti bir juft dan yuqori jag’ va yonoq harnda bitta pastki jag’ suyaklaridan iborat.
Ko’krak qafasi skeletiga 12 ta umurtqa, 12 juft qovurg’alar va bitta to’sh suyagi kiradi. Barcha qovurg’alarning keyingi uchi tananing orqa tomonida ko’krak umurtqalariga birikkan. Ulardan chin qovurg’alar deb ataladigan oldingi 7 juft qovurg’alar bevosita oldindan to’sh suyagiga birikadi yoki oldingi tomondan. Qolgan 5 juft qovurg’alardan 3 jufti tog‘ay orqali dastlab o’zaro tutashib, so‘ng yettinchi juft qovurg‘alar tog’aylari orqali to‘sh suyagiga birikadi. To’sh suyagiga birikmagan oxirgi 2 juft qovurg‘alar yetim qovurg’alar deb ataladi.
6-rasm. Ko’krak qafasi: 7-7 – chin qovurg’alar, 8-10 – soxta qovurg’alar, 11, 72-yetim qovurg’alar.
Slayd 11
Darsda masalalar yechish jarayonida o‘quvchi mavzu mazmuniga chuqurroq kiradi, mavzu va masalada berilgan topshiriq yuzasidan mulohaza yuritadi. Ma’lumki har qanday yangi mavzuda yangi qonuniyatlar, atamalar, muhim tushunchalar, xotirada qoldirilishi zarur raqamli ma’lumotlar bo‘ladi. Masala yechish jarayonida esa bularga takror va takror murojaat qilinadi. Natijada bu tushunchalar o‘z-o‘zidan o‘quvchi xotirasida muhrlanib qoladi. Eng muhimi bu jarayon qiziqarli o‘tadi. Ta’lim qiziqarli bo‘lgandagina, uning samarasi yuqori bo‘ladi. Quyida ayrim masalalar va ularning javoblarini tavsiya qilamiz. Yodda saqlang. ✓ Ertalabki nonushta→ bir kecha knduzdagi ovqat kalaoriyasining 25-30 % ni tashkil etadi. ✓ Tushki ovqat→ bir kecha kunduzdagi ovqat kaloriyasining 35-40 % ni tashkil etadi. ✓ Kechki ovqat→ bir kecha kunduzdagi ovqat kaloriyasining 15-20 % ni tashkil etadi. ✓ Qo‘shimcha ovqatlanish→ bir kecha kunduzdagi ovqat kaloriyasining 10-15 % ni tashkil etadi. Yodda saqlang. ✓ Tana massasi 70 kg bo‘lgan odam uchun bir kecha kunduzda asosiy moddalar alamshinuvini ta‘minlashga sarflanadigan energiya miqdori 1680 kkal ga teng. ✓ Asosiy moddalar alamshinuviga sarflanadigan energiyaning 2/3 qismi to‘qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o‘tishi uchun sarflanadi. ✓ Asosiy moddalar alamshinuviga sarflanadigan energiyaning 1/3 qismi esa, tana haroratini saqlash uchun sarflanadi ✓ Ovaqtni hazm qilishga sarflanadigan energiya- Iste‘mol qilingan, ovqatni hazm qilish uchun, me‘da va ichaklar, jigar, me‘da soti bezi, kabi organlarning ishi kucayadi va ular energiya sarflaydi ✓Odam bir kecha kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya. Bu energiyaning miqdori har bir odamning kasbiga, ko‘p yoki oz harakatlanishia bog‘liq.Aqliy mexnat bilan shug‘ullanuvchilar kam energiya sarflaydi. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar, sportchilar energiya sarflaydi.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.