=== Taqdimot 1 ===
BIOLOGIK HOSILDORLIKNI ANIQLASH VA YIG‘IM TERIM VAQTIDA NOBUTGARCHILIKNI ANIQLASH (BUG‘DOY MISOLIDA)
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Bug‘doy navlari va ekish muddatlari.
2. Bug‘doy yetishtirish va uni agrotexnikasi.
3. Yig‘im terim vaqtida nobutgarchilikni aniqlash (bug‘doy misolida).
=== Taqdimot 3 ===
Bug‘doy (Triticum) avlodiga 27 tur kirib, ular G‘alladoshlar– Gramineae yoki Qo‘ng‘irboshlar–Poaceae oilasiga mansub. Dunyoda eng katta ekin maydonlarini yumshoq va qattiq bug‘doy turlari egallaydi. Yumshoq yoki oddiy bug‘doy (T. aestivum L.) eng katta ekin maydonlarini egallaydi. Boshog‘i ancha siyrak, boshog‘ining yuza tomoni yon tomonidan enli. Boshoqcha qipiqlaridagi qiltiqcha qirra (kil) tor, kuchsiz rivojlangan. Doni kesib qaralganda yumaloqroq, konsistensiyasi shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon bo‘ladi. Qiltiqli va qiltiqsiz shakllari bor. Donining 1000 tasini og‘irligi 20-70 g, ko‘p hollarda 30-40 g.
=== Taqdimot 4 ===
Qattiq bug‘doy (T. durum Dusf), maydoni jihatdan yumshoq bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Asosan bahori shakllari keng tarqalgan. Duvarak, kuzgi shakllari keyingi yillarda yaratilmoqda. Uning boshog‘i yirik, boshoqda boshoqchalar zich joylashgan, kesimi kvadrat, yonlari siqiq bo‘ladi. Boshoqlari qiltiqli, qiltiqlari boshoqdan uzunroq hamda parallel joylashgan. Doni oq (sariqroq) yoki jigirrang qizil rangda bo‘lib yirik. O‘rtacha 1000 donning vazni 35-55 g.
=== Taqdimot 5 ===
YUMSHOQ VA QATTIQ BUG‘DOYNING TUR XILLARI
Bug‘doy tur xillarining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: Qiltiqlarining bor yoki yo‘qligi (ular tukli, tuksiz ham bo‘lishi mumkin) boshoqning ranggi (oq, qizil, qora) qiltiqlarining ranggi (boshoq ranggi bilan bir xil yoki oq va qora boshoqlarda qora qiltiqlar bo‘lishi) donlarning ranggi (asosan oq va qizil, oq ranglilari sof oq, qizillari sarg‘ish, och pushti, qizilcha-to‘q pushti, qizg‘ish-jigar ranglar) kiritiladi.
=== Taqdimot 6 ===
SUG‘ORILADIGAN YERLARDA TUMANLASHTIRILGAN YUMSHOQ BUG‘DOYNING NAVLARI
Davlat reyestriga kuzgi va duvarak bug‘doyning 42 ta, kuzgi va duvarak bug‘doylarning 9ta, bahori yumshoq bug‘doyning 2 ta, bahori qattiq bug‘doyning 2 ta navlari kiritilgan. Jumladan: chillaki, kupava, umanka, tanya, krasnodar-99, moskvich, kuma, nota, selyanka.
=== Taqdimot 7 ===
QATTIQ BUG‘DOYNING DAVLAT
REYESTRIGA KIRITILGAN NAVLARI:
Makuz-3, Karlik-85, Istiqlol, Krupinka, Leukurum-21.
=== Taqdimot 8 ===
LALMIKORLIKDA EKILADIGAN YUMSHOQ BUG‘DOY NAVLARI QUYIDAGILAR:
Krasnovodopad-210, ko‘kbuloq, oq bug‘doy, tezpishar, surxok-5688.
=== Taqdimot 9 ===
G‘ALLA EKINLARINING TUZILISHI.
G‘alla ekinlari o‘simligining marfologik va biologik belgi va xususiyatlariga, yetishtirish usullariga ko‘ra ikki guruxga bo‘linadi:
1. haqiqiy g‘alla ekinlari – bug‘doy, javdar, arpa va suli;
2. tariqsimon – makkajo‘xori, jo‘xori, tariq va sholi.
Birinchi va ikkinchi gurux g‘alla ekinlari donining tashqi tuzilishi, murtak ildizlar soni, namlikka, issiqlikka, yorug‘likka bo‘lgan talabi, gullarining rivojlanishi, biologik kuzgi va bahorgi tiplariga mansubligiga qarab bir biridan farq qiladi.
=== Taqdimot 10 ===
RIVOJLANISH FAZASI
G‘alla ekinlari rivojlanishi quyidagi asosiy fazalardan iborat:
1. Unib chiqish – dastlabki barglar hosil bo‘lishi.
2.Tuplash – dastlabki yon poyalar va bo‘g‘in ildizlari hosil bo‘lishi.
U odatda dastlabki barg paydo bo‘lgandan 10-20 kun o‘tgach boshlanadi.
3. Nayga chiqish – quyi bo‘g‘in oraliqlarining o‘sishi yoki poya o‘sishining boshlanishi.
4. Boshoqlash (ro‘vak chiqarish) – poyaning yuqori qismida gul to‘plashning hosil bo‘lishi.
=== Taqdimot 11 ===
5. Gullash – gullashiga qarab o‘zidan changlanadigan (bug‘doy, arpa, suli, tariq va sholi) va qisman o‘zidan va chetdan changlanadiganlar (javdar, makkajo‘xori, jo‘xori) ekinlarga bo‘linadi. CHetdan changlanadigan o‘simliklarda chang bir guldan ikkinchisiga o‘tadi.
6. Donning sut pishish davri – uning tarkibidagi sut rangidagi suyuqlik engil eziladi. Bu fazada donda 50% dan ortiq nam bo‘ladi.
7. Mum pishish davri – sut pishish davridan 10-15 kundan so‘ng boshlanadi. Don sarg‘ish rangga kiradi, bormoqlar bilan yengil eziladi. Bu davrda donda namlik 35% ga tushadi.
=== Taqdimot 12 ===
To‘liq pishish davri – don to‘liq pishib yetilganda qurib qattiqlashadi, o‘ziga xos rangga ega bo‘ladi. Dondagi nam 18% dan kamayadi. G‘alla o‘rim-yig‘imga tayyor holga keladi.
=== Taqdimot 13 ===
KUZGI BUG‘DOY
Lalmi yerlarda, aksincha kuzgi bug‘doy iqlim sharoitlarini hisobga olib deyarli ekilmaydi. Sug‘oriladigan yerlarda qulay tuproq-iqlim sharoitlarida kuzgi bug‘doy navlari bahori bug‘doy navlariga nisbatan bir muncha xosildor.
Navlari. Respublikamiz sug‘oriladigan yerlarida ekishga tavsiya etilgan 42 ta bug‘doy navlarining 34 tasi biologik kuzgi navlar, 8 tasi bahorgi navlar hisoblanadi.
Kuzgi navlar: Andijon 1, Andijon 2, Andijon 4, Baltazar, Bobur, Bo‘zsuv, Bo‘zqala, G‘ayrat, Gavxar, Gvadelupa, GK-kata, Delta, Denov 1, Do‘stlik, Krasnodor 99, Kupava, Krasata, Knyajna, Kroshka, Marjon, Madaniyat, Mars 1, MV- 16, Nikoniya, Polovchanka, Odessa Selyankasi, Selyanka, Sanzar 4, Starshina, Suasson, Tribor, O‘zbekiston, Umanka, CHillaki, Hosildor, Exo, Yugtina, Yonbosh.
=== Taqdimot 14 ===
KUZGI BUG‘DOYNING BIOLOGIK
XUSUSIYATLARI:
Kuzgi bug‘doy vegetatsiya davri bahorgi bug‘doyga nisbatan birmuncha uzun bo‘lib, qishdagi tinch davri bilan qo‘shib hisoblaganda 260-280 kunni tashkil etadi. Kuzgi bug‘doyning vegetatsiya davri qishki tinch davrini xisoblamasa 160-180, bahorgilarniki 90-110 kun bo‘ladi.
=== Taqdimot 15 ===
KUZGI BUG‘DOYNI YIG‘IB OLISHDA
DONNING YO‘QOLISHI
O‘rim-yig‘im g‘alla yetishtirishning eng muhim bosqichidir. Donli ekinlar hosilni minimal yo‘qotishlar va eng sifatli, shuningdek, minimal texnik va hosildan keyingi energiya sarfi bilan yig‘ib olish kerak. Biologik to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlar boshoqlardan yoki hatto donning to‘kilishini o‘z ichiga oladi, butun boshoqlarni sindirish, o‘rim-yig‘im davrida turli zararkunandalardan hosilni kamaytirish. G‘allaning biologik yo‘qotish manbai bo‘lib o‘rim-yig‘im vaqti, shu jumladan o‘rim-yig‘imning boshlanishi va davomiyligi hisoblanadi.
=== Taqdimot 16 ===
Shamol va yomg‘ir boshoqdan donning to‘kilishini va uning unib chiqishini tezlashtiradi. O‘rim-yig‘im kombaynlarida donning nobud bo‘lishi va mexanik shikastlanish sabablarini tasniflash barcha omillarning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Biologik va mexanik to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlar teng bo‘lishi mumkin, bir turdagi yo‘qotishlar ustun bo‘lishi mumkin. Turlarning to‘kilishi genetik jihatdan aniqlangan murakkab xususiyat bo‘lib, abiotik muhit omillariga bog‘liq.
=== Taqdimot 17 ===
Ya’ni, donni to‘kish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ob-havo sharoiti va boshoqning nav xususiyatlariga bog‘liq. Donning to‘kilishi tashqi sharoitga (quruqlik, havo namligi va boshqalar) bog‘liq bo‘lib, har doim ham navning to‘kilishga chidamliligini tavsiflamaydi. Bularning barchasi kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining turli xil pishib yetish guruhlari va to‘kilishga chidamlilik belgilari navlarining shakllanish dinamikasini o‘rganish zarurligini ta’minladi.
=== Taqdimot 18 ===
Hosildorlikka ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan tashqi omillar orasida 3 ta muhim nuqtani ajratib ko‘rsatish mumkin:
Tabiiy-iqlim omillari. Bunga tuproqning holati va uning tarkibi, shuningdek, harorat rejimi, yer osti suvlari va yog‘ingarchilik miqdori kiradi.
Iqtisodiy. Hech qanday tarzda nazorat qilib bo‘lmaydigan tashqi omillar (g‘alla, yoqilg‘i va boshqalar) bilan bir qatorda urug‘lik sifati, ilg‘or texnik jihozlar bilan ta’minlanishi va zararkunandalarga qarshi to‘liq kurash kabi ichki omillar ham mavjud.
Fermer xo‘jaligini o‘g‘itlar bilan ta’minlash. Yaxshi hosil olish uchun nafaqat organik, balki mineral o‘g‘itlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 19 ===
E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.