Badiiy tahlil asoslari
8000 so'm

Slayd 1
Kirish. Badiiy tahlil asoslari
Slayd 2
Bu mavzuda biz:
– badiiy matn tahliliga xos xususiyatlarni o‘rganamiz.
Slayd 3
Amerikalik mashhur yozuvchilardan biri Ernest Heminguey: “Badiiy asarning yozilgan qismidan yozilmagani muhimroq”, – degan edi.
Slayd 4
Badiiy matnning muhim xususiyati – uning qator tagma’nolarga egaligi. Muallif odatda eng muhim g‘oyalari, ahamiyatga molik fikrlarini ochiq-oydin aytmaydi. Biz asarning “yozilgan” qismi – asar matni, undagi obrazlar tasviri, voqealar bayoni, muallif qo‘llagan badiiy tasvir vositalarini tahlil qilish orqali uning “yozilmagan” qismlarini kashf qilishni, undan xulosalar chiqarishni o‘rganamiz.Badiiy matnni tushunish uchun dastlab uning sarlavhasiga e’tibor beramiz.
O‘ylab ko‘ring-chi, badiiy asarning “yozilmagan qismi” deganda nimani tushunasiz? Nega Heminguey uni yozilgan qismdan muhimroq, demoqda?
Slayd 5
HOVLIDAGI DARAXT shodiqul hamro
Asar sarlavhasiga e’tibor bering. Sizningcha, asar nima uchun “HOVLIDAGI DARAXT ” deb nomlangan? Unda nima haqida hikoya qilinadi deb o‘ylaysiz?
Slayd 6
– Asar qaysi shaxs tomonidan bayon qilinmoqda: voqea ishtirokchilaridan biri (birinchi shaxs) nomidanmi yoki “begona ko‘z” (uchinchi shaxs) nomidan?– Asardagi voqealar qanday ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda?– Asar qahramonlari nutqi, ular o‘rtasidagi suhbatlar, ularning xatti- harakatlari voqealar rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?– Voqealar ketma-ketlikda bayon qilinmoqdami yoki muallif “tarixga” qaytgan o‘rinlar ham bormi?
– Muallif matnda qanday tasvir vositalarini (sifatlash, o‘xshatish, metafora, jonlantirish va hokazo) qo‘llamoqda va ularning asar umumiy g‘oyasini ochishdagi o‘rni qanday?
Slayd 7
Bu savolga javob topish uchun, avvalo, “hovli” va “daraxt” so‘zlariga e’tibor beramiz. Odatda hovli biz tug‘ilib o‘sgan joy, kichik vatan sifatida tasavvur uyg‘otadi.
Daraxt esa uzoq umr ko‘radi, tabiatning barcha injiqliklariga qaramay, qaytadan kurtak ochib meva beradi. Daraxtning shu xususiyatlaridan kelib chiqib, muallifl ar ko‘p holatlarda undan badiiy adabiyotda sabr-matonat, oila boshlig‘i, millat, jamiyatga oid g‘oyalar tasvirida foydalanadilar.
Slayd 8
O’YLAB KO’RING-CHI?
Muallif daraxtning yagonaligi, bir yilda ikki marta gullashi-yu,ammo meva bermasligi, g‘unchalarining nafisligi bilan nima demoqchi?
Nega daraxt tanasini bobosining hassasiga o‘xshatmoqda?
Daraxt, bobosi va bobosiga tegishli hassa o‘rtasida qanday bog‘liqliklar bo‘lishi mumkin?
Slayd 9
Tahlil jarayoni
– Asar qaysi shaxs tomonidan bayon qilinmoqda: voqea ishtirokchilaridan biri (birinchi shaxs) nomidanmi yoki “begona ko‘z” (uchinchi shaxs) nomidan?
-Asardagi voqealar qanday ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda?
– Asar qahramonlari nutqi, ular o‘rtasidagi suhbatlar, ularningxatti- harakatlari voqealar rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
-Voqealar ketma-ketlikda bayon qilinmoqdami yoki muallif “tarixga” qaytgan o‘rinlar ham bormi?
-Muallif matnda qanday tasvir vositalarini (sifatlash, o‘xshatish,metafora, jonlantirish va hokazo) qo‘llamoqda va ularning asar umumiy g‘oyasini ochishdagi o‘rni qanday?
Slayd 10
“Uyda otam bilan men yolg‘iz qoldik”. Asar birinchi shaxs – bola nomidan bayon qilinmoqda, ya’ni bizvoqealarni uning “ko‘zi” bilan ko‘ramiz. Demak, aynan shu ishtirokchining nuqtayi nazari, subyektiv fikri, kechinmalari, voqealar va asar qahramonlariga bahosi o‘quvchi idrokiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Misol uchun, daraxtning nega meva tugmasligi haqidagi savolga otaning bergan javobini bola tushunmadi – javobning ma’nosi o‘quvchi uchun ham mavhum bo‘lib qoldi.
Slayd 11
Bobomning bobosimi, balkim uning ham bobosimi, xullas, kunlardan bir kuni shom mahali qo‘lidagi hassasini ariq labiga suqib, o‘zi tahorat olgani o‘tiribdi. Tahoratni olib, hassaga qo‘l uzatmoqchi ekan, shu payt mo‘jiza yuz berganini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlab qolibdi: ariq labiga suqilgan hassa nish otib ko‘karayotgan emish… Shu zahotiyoq bobom:“Ey jonivor, sening taningda namlik bor ekan-u, men shuncha vaqt gunohga botib seni sudrab yuribman… Mayli, unib-o‘sgin”, – deya hassasini shu yerda qoldiribdi. Shu-shu to dunyodan ko‘z yumgunicha hassaga ehtiyoj sezmabdi. O‘lim to‘shagida yotganda esa o‘g‘illariga: “Mening hassamdan ko‘kargan ana u daraxt ko‘p xosiyatli. Uni sizlarga qoldiraman, ko‘z qorachiqlaringday asranglar… Quloqlaringda bo‘lsin: kimki bu daraxtni xor qilsa, o‘zi ham dunyodan xor-zor bo‘lib o‘tadi”, – deb vasiyat qilib, oq fotiha bergan ekan.
Slayd 12
Muhojir bir kuni hovlimizga qaychi ko‘tarib kirib keldi-da, otamdan: “Ana shu daraxtingizdan payvandlik bersangiz?” deb so‘radi.– Payvand solganingiz bilan, baribir, uni ko‘kartirolmaysiz, – dedi otam uncha xushlamay.– Siz payvandlik beravering, u yog‘i o‘zimning ishim, – dedi Muhojir bilag‘onlik bilan.– Payvand qilishdan maqsad nima? Axir bu daraxt meva bermasa… – dedi otam daraxtga tig‘ urdirgisi kelmay.– Shunchaki bir havas-da… Nima, bizning hovlida ham bitta shunaqa daraxt o‘ssa, yomonmi? – dedi Muhojir.– Bu sizga… – dedi otam jahl bilan, – havasga o‘stiradigan daraxt emas! Undan keyin, ovora bo‘lmang, baribir, payvandlik bermayman! Shunday deya otam indamay nari ketdi. Muhojir bilan esa butunlay gaplashmay qo‘ydi.
Slayd 13
Badiiy asarda ismlarning ahamiyati
Ko‘p holatlarda badiiy asarda ismlar ham muallif aytmoqchi bo‘lgan fikrni, g‘oyani ochib berishga xizmat qiladi. Masalan, “muhojir” so‘ziga e’tibor beraylik. Asarda bu qishloqqa boshqa joydan kelgan, o‘z ismi va nasl-nasabi ham unutilgan kishini “Muhojirlaqabi bilan atashadi. Muhojirning kiyinishi ham uning bu yurtga begonaligini ko‘rsatadi: u soyabonli kepka kiyib yuradi, qishloqlarda esa odatda bunday bosh kiyim kiyilmaydi. Laqabi uning nomi-nishoniga (ismiga) aylangan – Muhojir bu qishloqqa, uning qadriyatlariga, xususan, ota uchun qadrli bo‘lgan daraxtga begona. Shuning uchun u otaning daraxtni avaylab-asrash bilan bog‘liq tuyg‘ularini his qilmaydi.
Slayd 14
Parchadagi sifatlashlarga e’tibor beramiz: “o‘lik”, “ruhsiz”, “behalovat”. Qahramonlar ruhida “lanjlik”. Ota bu holatdan qutulish uchun daraxtning barg yozishini kutmoqda, lekin daraxt qurigan, “yalang‘och”, “qaqqayib turibdi”. Daraxtning qurishi sababini tushunganota “ilonday vishilladi”. Bu o‘xshatish orqali darg‘azab ota qiyofasi ta’sirli, yorqin ifoda etilgan. Daraxt tomirlarini namlik hali butunlay tark etmaganini ko‘rgan ota uni avvalgi holiga qaytarish uchun o‘zida kuch topishi, “oyoqqa turishi” kerak bo‘ladi.
Asarning keyingi qismida tabiat tasviriga e’tibor bering. Parchadagi badiiy tasvir vositalari nimaga xizmat qilmoqda?
Slayd 15
HOVLIDAGI DARAXT
Siz “Hovlidagi daraxt” asaridan qanday xulosa chiqardingiz? Hikoyadagi daraxt kim yoki nimaning ramzi? Muallif bu orqali qanday g‘oyani ilgari surmoqda?
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.