Badiiy obraz va obrazlilik xususiyatlari
8000 so'm

Slayd 1
Badiiy obraz va obrazlilik
Slayd 2
Obrazli tafakkur (obrazlilik) san'atning spetsifik xususiyati sifatida.
Badiiy obraz tushunchasi.
Badiiy obraz xususiyatlari.
Inson obrazi va uni yaratish vositalari.
Badiiy obraz turlari.
Reja:
Slayd 3
San'atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya'ni, tur sifatida belgilovchi xususiyatidir. San'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi "obrazli tafakkur" deb yuritiladi. Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur tarzining farqi nimada? Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xil masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. A.Oripovning "Ayol" she'ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni, uning foje taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi.
Slayd 4
Hissiy munosabatdagi o'zgarish o'qish jarayonida kitobxonga ham o'tadi va ayni shu narsa uning asar mazmunini adib istaganidek tushunishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Ko'rinadiki, badiiy obrazdagi ratsional va emotsional jihatlarning uyg'unligi asar badiiy konsepsiyasini shakllantirilishida ham, ifodalanishida ham birdek muhim ahamiyatga ega ekan. Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning metaforikligi sanaladi. Bu o'rinda "metaforiklik"ni keng ma'noda tushunish, uni "o'xshashlik"ning o'zi bilangina bog'lab qo'ymaslik lozim. Ya'ni, "metaforiklik" deganda badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san'atga xos fikrlash yo'sini tushuniladi. Chinakam san'atkor nigohi mohiyatga qaratilgan bo'lib, u voqelikdagi narsa-hodisalarning barchamizga ko'rinib turgan tashqi o'xshashligi emas, bizning nigohimizdan yashirin ichki o'xshashligiga tayangan holda fikrlaydi. San'atkor biz uchun kutilmagan ichki o'xshashlikni inkishof etadiki, natijada o'sha biz bilgan narsa-hodisa ko'z oldimizda butkul yangicha bir tarzda suratlanadi, o'zining bizga noayon qirralarini namoyon etadi.
Slayd 5
Slayd 6
1. «Badiiy obraz badiiy adabiyot va san'atning tafakkur shakli» deyilishining boisini tushuntirib bering. Obrazli tafakkur va tushunchalar asosidagi tafakkurni bir-biriga qiyoslagan holda amalga oshiring. Badiiy obrazning konkretliligi deganda nimani tushunasiz?
2. Badiiy adabiyot individuallashtirish orqali umumlashtirishga intilishini o'z misolingizda tushuntiring.
3. Badiiy obrazning ko'p ma'nolilik kasb etishi nimalarga bog'liq deb bilasiz?
4. Badiiy adabiyotda inson obrazining markaziy o'rin tutishi nimaga bog'liq? Inson obrazini yaratish vositalari qaysilar? Ularni konkret bir misol orqali tushuntirib bering.
5. Badiiy obrazlar tasnifi qaysi jihatlardan amalga oshiriladi? Badiiy obraz turlarining har biriga misollar keltiring.
Savol va topshiriqlar:
Slayd 7
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 8
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.