Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik
5000 so'm

=== Taqdimot: Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik
=== Slayd 2 ===
Reja:
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik tushunchasi
01
Bo‘lim
Milliylik tushunchasi va muallif dunyoqarashi
03
Bo‘lim
Ijodkor asarlarida milliylikning aks etishi
02
Bo‘lim
Badiiy adabiyotda umuminsoniylik
04
Bo‘lim
Xulosa
06
Bo‘lim
Umuminsoniylik badiiy asar obyekti sifatida
05
Bo‘lim
=== Slayd 3 ===
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik tushunchasi
01
=== Slayd 4 ===
Umuminsoniylik milliylikning mohiyatidir, milliylik esa umuminsoniylikning namoyon bo‘lishidir. Nihoyat, adabiyotning umuminsoniyligi milliy xususiyatlarini yo‘qolib borishi hisobiga emas, balki uning rivojlanishi, takomillashuvi, o‘z mohiyatini chuqurroq yuzaga chiqarishi hisobiga yuz beradi.
Har bir yozuvchi ma’lum davr, ma’lum kasb vakili bo‘lishdan tashqari, ma’lum millat vakili hamdir. U muayyan jug‘rofiya, sotsial iqtisodiy hamda milliy muhitda yashab ijod qiladi. Uning tasavvurlari, ko‘nikmalari, xarakterida ana shu sharoit o‘z aksini topadi. Mana shu xususiyatlar yozuvchining asarlariga ham, ijodiga ham milliy o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi. Mana shu faktorlar adabiyotning milliy xususiyatlarni keltirib chiqaradi.
=== Slayd 5 ===
Ijodkor asarlarida milliylikning aks etishi
Badiiy asarlarda, xalqning butun adabiyotida o‘sha xalq yashaydigan tabiiy shairot va jug‘rofiy muhit aks etadi: o‘sha xalq yashaydigan joyning o‘simliklari, hayvonot dunyosi va boshqa ba’zi xususiyatlari o‘z aksini topadi. Paxta kabi oppoq deyish faqat paxta o‘sadigan o‘lkalar uchungina xos bo‘lsa. Shotlandlarda yuzning oqligi paxtaga qiyoslab ta’riflangan.
=== Slayd 6 ===
Badiiy adabiyotning milliyligi quyidagilarda aks etadi:
2. Asarda aks ettirilgan milliy tafakkurda.
1. Asar tili va tasvir vositalarida.
3. Badiiy asarlarda aks etgan jug‘rofiy muhit, tabiiy sharoit bilan bog‘liq xususiyatlarda.
=== Slayd 7 ===
Badiiy adabiyotning milliyligi quyidagilarda aks etadi:
4. Badiiy asarda aks etgan sotsial iqtisodiy sharoit, xalqning xo‘jalik mashg‘uloti va u bilan bog‘liq xususiyatlarda.
5. Badiiy asarda aks etgan xalqning turmushi, urf odatlari, ko‘nikmalari va shular ta’sirida shakllangan xususiyatlarda.
6. Asarda aks etgan xalq hayotining muammolarida.
7. Milliy xarakter va qahramon ruhiyatida.
=== Slayd 8 ===
O‘tkan kunlar
Shum bola
Kecha va kunduz
=== Slayd 9 ===
03
Milliylik tushunchasi va muallif dunyoqarashi
=== Slayd 10 ===
A picture is worth a thousand words
=== Slayd 11 ===
Milliylik – muayyan xalqqa, millatga xos boʻlgan, uni boshqalardan farqini koʻrsatuvchi xususiyatlar majmui. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, anʼanalari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon boʻladi. Milliylikni bilish va anglash uchun millatlar oʻrtasidagi farq va tafovutlarni oʻrganish bilan birgalikda, ularni yaqinlashtiruvchi jihatlarga jiddiy eʼtibor berish zarur. Chunki boshqa millatlarning yutuq va ijobiy tajribasini oʻrganish, ularni oʻzlashtirish milliylikni boyitadi va rivojlantiradi. Ijodkor dunyoqarashining shakllanishida u yashagan muhit, u olgan ta’lim va tarbiya, urf-odat hamda an’analar muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvchi yoki shoir ijodida albatta, uning bolaligi, u yashagan joy, uning dunyoqarashiga kuchli ta’sir etgan voqealar aks etishi tabiiy. Buni juda ko‘plab adiblar asarlarida ko‘rishimiz mumkin.
=== Slayd 12 ===
Ijodkor asarlarida milliy urf-odatlarning badiiy tasviri
“O‘tkan kunlar” romanida millatimizga xos bo‘lgan, ota-ona va farzand, kelin – qaynona munosabatlarini yuksak mahorat bilan tasvirlangan.
Abdulla Qodiriy
“Kecha va kunduz” romanida o‘zbek qizlariga xos soddalik, ibo va hayo yorqin aks ettirilgan.
Cho‘lpon
=== Slayd 13 ===
Ijodkor asarlarida milliy urf-odatlarning badiiy tasviri
“Shum bola” qissasida millat turmush tarzi va an’analari hamda davr muhiti rangin tasvirlarda yoritilgan.
G‘afur G‘ulom
=== Slayd 14 ===
04
Badiiy adabiyotda umuminsoniylik
Umuminsoniy muammolar har bir xalq adabiyotida takrorlanmas o‘ziga xos milliy xususiyatlarda namoyon bo‘ladi. Adabiyot va san’atning milliyligi umuminsoniy mohiyatga egadir.
=== Slayd 15 ===
Badiiy adabiyotda umuminsoniylik
Sevgi
Romeo – Julyetta
Otabek – Kumush
Vatanparvarlik
Barcha xalqlar adabiyotida bir xil pafosda kuylangan.
Xiyonat
Anna Karenina – Aleksey Kareninga xiyonat qiladi. Vronskiy bilan sevishadi.
Sadoqat
Ota-onaga, vatanga, doʻstga sadoqat
Sotqinlik
Tursunboy – Ufq romani
Ismoil – Yuzma yuz qissasi
=== Slayd 16 ===
Umuminsoniylik badiiy asar obyekti sifatida
Nasriy asar
Dramatik asar
Lirik asar
Umuminsoniy tuyg‘ular nasriy asarlar syujetiga ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umuinsoniylik dramatik asarlarda harakatni yuzaga keltiruvchi asos sifatida yetakchi ahamiyatga ega.
Lirik asarlarda umuminsoniylik yetakchi hissiyot sifatida aks etadi.
05
=== Slayd 17 ===
Umuminsoniylik badiiy asar obyekti sifatida
Umuminsoniylik milliylikning mohiyatidir, milliylik esa umuminsoniylikning namoyon bo‘lishidir. Nihoyat, adabiyotning umuminsoniyligi milliy xususiyatlarini yo‘qolib borishi hisobiga emas, balki uning rivojlanishi, takomillashuvi o‘z mohiyatini chuqurroq yuzaga chiqarishi hisobiga yuz beradi.
=== Slayd 18 ===
Xulosa
Mavzu yuzasidan fiklarimizni umumlashtirib aytganda, milliylik har bir millat adabiyotida o‘sha xalqning turmush tarzi va urf-odatlarining badiiy ifodasi hisoblanadi. Umuminsoniylik esa, har bir millatning adabiyotida umumiy mohiyatga ega bo‘lgan tuyg‘ularning badiiy tasviri sanaladi.
=== Slayd 19 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.