“Avesto”da ezgu fazilatlarni tarbiyalash masalasi
4000 so'm
“Avesto”da ezgu fazilatlarni tarbiyalash masalasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning falsafiy, diniy va ma’naviy jihatlari izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 15 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Falsafa, din va ma’naviyat

Slayd 1
“Avesto”da ezgu fazilatlarni tarbiyalash masalasi
Slayd 2
“AVESTO”DA EZGU FAZILATLARNI TARBIYALASH MASALASI
Reja:
1. Avestoning axloqiy qarashlari.
2. Avesto haqida ma’lumot .
3. Anaxors va skilning jazolanishi.
Slayd 3
«Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli, deb qaraladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o’rtasidagi munosabatlar ifodasini topgan. Bunday tarixiy voqyelik miloddan avvalgi 620 –yillarga to’g’ri keladi.
Slayd 4
«Avesto» zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobidir. Uning yaratilish vatani – Markaziy Osiyo. Shu sababli bu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avesto o’z davrining tarixi, fani, madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti to’g’risida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir.
Slayd 5
«Avesto»ning qisqargan shakli «Zand Avesto» deb nomlangan. U pahlaviy, sanskrit (qadimgi hind) tiliga tarjima qilingan va sharhlar bitilgan. U bir necha marta Yevropa tillariga, jumladan, rus tiliga ham ag’darilgan. «Avesto»ni o’zbek kitobxonlari A.Mahkam, M.Isoqov va boshqalar tarjimasida o’qishmoqda.
Slayd 6
Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash«Avesto»ning bosh g’oyasidir.Yaxshilik ramzi – yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi – Ahramandir. Hozirgacha «Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o’zidan iborat.Ikkinchisi esa pahlaviy tilidagi sharhli tarjimadan tashkil topgan bo’lib,u bir necha qismlarga ajratilgan.Ular quyidagilar:1. Vendidot.Axura Mazda bilan Zardushtning savol-javobi tarzida bitilgan.Jami 22 bob.2.Visparad.Ibodat qo’shiqlari berilgan.Jami 24 bob.3.Yasna.Qurbonlik qo’shiqlari,xudolar madhiyasi hamda diniy marosimlar tavsifi berilgan.U 72 bobdan iborat bo’lib,17 bobi gotlar – madhiyalar deb atalgan.4.Yasht.22 qo’shiqdan iborat. Qo’shiqlarda zardushtiylik xudolari va ma’budalari madh etilgan.5.Kichik Avesto. Quyosh, Oy, Ardvisura, Varxra kabi xudo va ma’budalar madh etilgan ibodat qo’shiqlari beriladi.
Slayd 7
«Avesto»da ilk foniy odam – Gaya Marta haqida rivoyatlar keltirilgan. U zardo’shtiylikda yer yuzida yashagan birinchi odam sifatida tasavvur etiladi. O’rta asr manbalarida uning nomi Gavomard, Gayomat, Gopat shoh, Qo’bodshoh, Kayumars tarzida bitilgan. Gaya Marta ikki vujudli, ho’kiz va odamdan tashkil topgan. Uni ezgulik xudosi Axura Mazda Dantiya daryosining bo’yidagi Ar’yana Vejada yetmish kun mobaynida yaratgan.
Slayd 8
Odam boshli, ho’kiz qiyofasidagi haykalchalar O’zbekiston (jumladan, Samarqand shahri yaqinidagi Tali Barzu tepaligi, Xorazm viloyatining Shovot tumani hududi)dan topilgan. «Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli, deb qaraladi.
Slayd 9
«Avesto»ning qisqargan shakli «Zand Avesto» deb nomlangan. U pahlaviy, sanskrit (qadimgi hind) tiliga tarjima qilingan va sharhlar bitilgan. U bir necha marta Yevropa tillariga, jumladan, rus tiliga ham ag’darilgan. «Avesto»ni o’zbek kitobxonlari A.Mahkam, M.Isoqov va boshqalar tarjimasida o’qishmoqda.
Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash «Avesto»ning bosh g’oyasidir. Yaxshilik ramzi – yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi – Ahramandir. Hozirgacha «Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o’zidan iborat .
Slayd 10
Tisht – xalq o’rtasida asrlar o’tishi davomida «Sust» nomi bilan o’zgargan. O’zbek xalq og’zaki ijodidagi «Sust xotin» qo’shiqlarida Tishtar obrazi yaratilgan. Qurg’oqchilik kelgan yillarida dehqonchilik bilan shug’ullanadigan odamlar Tishtar – yomg’ir tangrisidan yordam so’raganlar. Bu marosim o’ziga xos ko’rinishda o’tkazilgan: dehqonchilik bilan shug’ullaniladigan joylardagi ayollar to’planishib, odam shaklidagi qo’g’irchoqqa kampirning ko’ylagini kiygizishib, «Sust xotin» qo’shig’ini aytishgan va o’z qo’ni-qo’shnilarinikiga kirishgan. Uy egalari qo’g’irchoqqa suv sepishgan, «Sust xotin» qo’shig’ini aytganlarga xayr–sadaqa berishgan. Quyidagi parchada yaratilgan Sust xotin obrazi «Avesto»dagi suv xudosi Tishtar mifologiyasiga bog’lanadi.
Slayd 11
Sust xotin-o, Sust xotin,
Ko’lankasi maydon xotin, Sust xotin.
Dehqonlarni g’am bosdi, Sust xotin.
Omochini chang bosdi, Sust xotin.
Havo yog’sin sevalab, Sust xotin.
Bo’ri qochsin tebalab, Sust xotin,
Bug’doy bo’lsin zarchalab, Sust xotin,
Sag’ir – sug’ir qolganlar, Sust xotin,
Nonni yesin parchalab, Sust xotin,
Sust xotin-o, Sust xotin,
Slayd 12
«Avesto»da ilk foniy odam – Gaya Marta haqida rivoyatlar keltirilgan. U zardo’shtiylikda yer yuzida yashagan birinchi odam sifatida tasavvur etiladi. O’rta asr manbalarida uning nomi Gavomard, Gayomat, Gopat shoh, Qo’bodshoh, Kayumars tarzida bitilgan. Gaya Marta ikki vujudli, ho’kiz va odamdan tashkil topgan. Uni ezgulik xudosi Axura Mazda Dantiya daryosining bo’yidagi Ar’yana Vejada yetmish kun mobaynida yaratgan. Daryoning chap sohilida odam, o’ng qirg’og’ida ho’kiz turgan. Gaya Marta insoniyat dushmani Axriman tomonidan o’ldirilgan.
Slayd 13
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.