Avesto buyuk tarixiy xukukiy manba

8000 so'm


Avesto buyuk tarixiy xukukiy manba

 

 

Slayd 1

“Avesto”-buyuk tarihiy

xukukiy manba.

Slayd 2

REJA:

• “Avesto”ning kelib chikishi.

• “Avesto”ning ichki tarkibiy tuzilishi.

• “Avesto” bo'yicha jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tuzilishi.

• “Avesto” bo'yicha inson xukuklari.

• “Avesto” bo'yicha oila va nikox masalasi

• “Avesto” bo'yicha jinoyatlar klassifikasiyasi

Slayd 3

Biz uchun “Avesto” kitobi nafakat kadimiy tarihiy yodgorlik, balki millatimizning va unga hos bo'lgan kadriyatlar va madaniyatning tomirlari ming-ming yillarga borib takalishini tasdiklaydigan tarihiy xujjat sifatida kadrlidir.

Slayd 4

Zero, Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov takidlaganlaridek, Avesto tub mano moxiyatini belgilab beradigan Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal degan tamoilni oladigan bo'lsak, unda xozirgi zamon uchun xam bexat ibratli bo'lgan saboklar borligini ko'rish mumkin, ana shunday fikrlar, yani, ezgu niyat, so'z va ish birligini jamiyat xayotining ustuvor g'oyasi sifatida talkin etish bizning bugungi manaviy ideallarimiz bilan nakadar uzviy bog'lik, nechoglik mustaxkam xayotiy asosga ega ekani ayniksa etiborlidir.

Slayd 5

“Avesto” – otashparastlik, yani zardushtiylik diniga etikod kilgan ota-bobolarning mukaddas kitobi. Otashparastlikka bundan kariyib uch ming yil mukaddam O'rta Osiyo, Eron va Ozarbayjon halklari etikod kilganlar. Asar o'sha halklarning kadimgi ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti, urf-odatlari, diniy karashlari va olam xakidagi tasavvurlarini bilishda muxim, kimmatli manba xisoblanadi.

“Avesto”ning kelib chikishi.

Slayd 6

“Avesto” ning yaratilishi davlat arbobi, otarbon unvonlari soxibi, o'z davrida “Payg'ambar” sifatida shuxrat kozongan Spitamen nomi bilan bog'lik bo'lib, Spitamen Zardusht tahminan m.a. 630-553 yillarda yashagan.

Slayd 7

“Avesto”ning “Gox”larida aytilishicha, 30 yoshga yetgan Zardusht tong payti mukaddas ichimlik – “Xaoma” tayyorlash niyatida Oksga borib okim o'rtasida suv oladi. Shu laxzalarda u o'zining ajib bir ruxiy va jismoniy poklik xolatida ekanligida sezadi. Kaytib Oks soxiliga chikkanida Vaxumanani ko'radi. U Zardushtni Axuramazda va yana besh nafar yog'du sochayotgan Rabboniy zotlar oldiga boshlab boradi. o'shanda Axuramazda ular ishtirokida Zardushtga diniy vaxiy kiladi va unga Payg'ambarlik risolatini topshiradi.

Slayd 8

Zardushtning diniy talimoti horazm, So'gdiyona, Margiyona, Baktriya, Niso, Xirot, Irok, Suriya, Bobil, Arabiston yarimoroli, Turkiya, Vizantiya, Yunon-Rum Eronning barcha xududlariga yoyiladi. U 77 yoshida Balh shaxridagi otashkadada (ibodathona) ibodat kilayot-gan vaktida g'oyaviy dushmanlaridan biri Bratarvahsh tomonidan zaxarli hanjar sanchib o'ldiriladi. Zardusht o'limidan keyin u targ'ib kilgan Zardushtiylik mafkurasi bilan bog'lik (Goxlar) va unga Axuramazda tomonidan nozil bo'lgan alkol gimnlar matni koxinlar tomonidan tartibga solinib, aloxida kitob xoliga keltiriladi va “Avesto” deb nom beriladi.

Slayd 9

Avesto so'zining manosi “o'rnatilgan, mukarrar kilingan konun-koidalar, xayotning asosiy yo'riknomasi ” demakdir.

Avesto mil. avv. II mingyillik va I mingyillikning birinchi choragida bir necha yuz yilliklar davomida shakllangan.

Slayd 10

Dastlabki "Avesto" 21 ta kitobdan iborat bo'lgan. Ayrim kismlari saklanib kolgan: Yasna "kurbonlik keltirish", Vispard "xamma xukmronlar", Yasht – "kadrlash", "ulug'lash". Videvdat "devlarga karshi konun" bo'lib, sosoniylar davrida taxlil kilingan.

"Avesto"1000 fasldan iborat bo'lib, 21 kitobni o'z ichiga olgan, ilk yozmasi 8300000 so'zdan iborat bo'lgan.

“Avesto”ning ichki tarkibiy tuzilishi.

Slayd 11

“Avsto” qismlari

Slayd 12

– 72 bobdan iborat, xamdu sanolar, kurbonlik kilish va boshka zardushtiylik marosimlarini bajarish paytida yoddan o'kiladigan, duolarni kiroat bilan o'kish, otashparastlik bayramlari rasm-rusumlari o'z ifodasini topgan.

Yasna

Slayd 13

– aloxida dudolarni madx etuvchi va yovuz kuchlarga karshi kurashda ezgu mabudalariga madadkor bo'lgan kuchlarni ulug'lovchi 22 ta ko'shiq oyatlarlardan iborat.

Yasht

Slayd 14

– 24 bobdan iborat poklik, to'g'rilik yo'lini tutgan zotlar Oliy Tangri Ahura Mazda barcha yahshi hislat va fazilatlarga bag'ishlangan.

Visparad

Slayd 15

22 bobdan iborat, ularda Ahura Mazda yaratgan 16 ta mamlakat va Anxra Manuning ularga yetkazgan zarari xakida so'z yuritiladi. 20-bobida dunyodagi 1-tabib Srita xakida ma'lumot beriladi.

Videvdat

Slayd 16

Iyron Vij

Sug'd (Tavo)

Marv

Balh, ( Baktriya)

Balh va Marv orasidagi Nisoya

Hirot va uning daryochasidir

Vaiha Girta

Keng yaylovli Avravadir (Tus viloyati)

Go'rg'ondagi Xnintadir

Xaravayata (Hirot)

Xiyrmand

Raydir

Chapradir

Varinadir

Xaftrud

Rangxa daryosi atrofidagi xalklar yashovchi makon

Slayd 17

Boshqaruv tartibi

Uy qo'rg'on jamoasi

Qishloq jamoasi oqsoqoli

Tuman jamoalari

Viloyat

Mamlakat (qabilalar ittifoqi)

“Avesto” tushunchalari

Qishloq

Oqsaqollar kengashi

Viloyatlar hokimi

Viloyatlar hukumdorlari

Mamlakat hukumdori

Uy egasi

Nmanapati

Vispati

Hanjmana

Dahyupati

Kavi

Dahyusastar

Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda davlat va uning hududiy boshqaruv tizimi

Slayd 18

Jamiyat axolisi 4 toifaga bo'lingan

Slayd 19

Kullar xam bo'lgan ular “vaysa”, oila xizmatkorlari "Viranmaja", insoniy xukuklari cheklangan cho'pon “payshautar” deb atalgan. Asosiy boylik jamoa boshliklari, oksokollar, sarkardalarning ko'lida to'planib, "gayta" boylik yoki xususiy mulk degan ma'noni anglatadi.

Slayd 20

Dastlabki insonparvarlik goyalari “Avesto” kitobidan o'rin olgan va bu g'oyalar zardusht tomonidan iloxiylashtirilgan. Zardushtiylik dini yovuzlik bilan murosa kilishini emas, balki inson xukuklarini poymol etishiga bor kuch bilan karshi kurashishga davat etadi. Shuningdek Zardusht o'z vazlarida mexnat kilishga maylsiz, insoniylik fazilatlaridan maxrum bo'lgan, o'g'rilik bilan shug'ullanuvchi razil odamlar kalbidagi zulmat va zolimlikni xalol mexnat kilish orkali yo'kotish mumkinligiga ishontiradi.

“Avesto” bo'yicha inson xukuklari.

Slayd 21

Shunday kilib Zardusht boylar uchun xam, kambag'allar uchun xam barobar bo'lgan Ezgu fikr, Ezgu so'z, Ezgu amal kabi insonparvarlik tamoyil va akidalarni yaratib, jamiyatda barchaga munosib xayot nasib etishi oliy maksad kilib ko'yadi.

Slayd 22

15 yoshga to'lganlar balog'at yoshida xisoblangan. Bu o'smirlar zardushtiylikka e'tikod ramzi sifatida beliga yung ipakdan to'kilgan kamar bog'lab yurishi va "otashparastlar ibodat xonasida o'tkaziladigan diniy marosimlarda katnashishi shart bo'lgan". Diniy tarbiya bolaning 7 yoshidan otashparastlik ibodat xonasida boshlangan:

diniy va axlokiy tarbiya.

jismoniy tarbiya.

o'kish va yozishga o'rgatishdan iborat bo'lgan.

“Avesto” bo'yicha oila va nikox masalasi

Slayd 23

Kiz bolalarning ip yigirish, liboslar tikish, o'g'il bolalar bilan kurash tushish, chavandozlik, kilichbozlik, suvda suzish, kamondan o'k uzish kabi jismoniy-xarbiy malakani egallashi majburiy bo'lgan. Ana shundan so'ng kizlar 15, o'g'il bolalar 16 yoshida oksokol boshchiligida jamoa oldida maxsus imtixondan o'tkazilgan.

Slayd 24

"Avesto"da o'smirlar 15-16 yoshlarida balog'atga yetgan va turmush kurish xukukiga ega deb ko'rsatilgan. Agar erkak zurriyod koldirish kobiliyatiga ega bo'lsa-yu, ammo uylanmasa unga tamg'a bosishar yoki beliga zanjir bog'lab yurishga majbur kilishgan. Yer yuzida zurriyotni ko'payishiga karshi chikib, turmush ko'rmay yurgan kizni kopga solishib, 25 darra kaltaklashgan.

Slayd 25

"Avesto"da karindoshlarning o'zaro oila kurishi konun bilan kat'iy man kilingan. Ko'p bolali ayollarga tuyalar berilgan. Bolasini nobud kilgan ayollar esa o'limga maxkum etilgan. Shuningdek oilasini, bolalarini sarson kilgan oila boshlig'iga, zinoga berilgan erkak va ayolga nisbatan darra bilan kaltaklash yoki o'lim jazosi ko'llanilgan. Bir yo'la 2-3 ta farzand ko'rgan ayolga bir juft sog'in sigir, sarik tuya berilgan, davlat xazinasidan nafaka to'langan. Darra kaltaklashgan.

Slayd 26

“Avesto” jinoyat va jazo masalalari xar tomonlama tartibga solinganligini ko'ramiz. Jinoyat subektlari sifatida odam xam, xayvon xam etirof etilgan. Jinoyat subektlari tushunchasi asosida shaxsning biron-bir dinga mansubligi yotadi. Odamlar jinoyat subektlari sifatida dindor-mazdaparastlar va boshka fikrlovchilarga bo'lingan.

Jinoyat va jazo

Slayd 27

Jinoyat turlari

Slayd 28

Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal koidalariga rioya kilmaslik, natijasida kelib chikgan jinoyat bo'lib, mazdaparastlarga karshi kurashgan shaxsga o'lim jazosi belgilangan.

Dinga karshi jinoyat va jazolar

Slayd 29

Insonni o'ldirish ,odamni kaltaklab unga jaroxat yetkazish. Birovni kaltaklab uni xushidan ketkazish, konini okizish, suyagini sindirish bilan shikast yetkazish malum mikdorda kamchin bilan jazolangan. Bu jinoyatlarni ko'p marta sodir etganlar o'lim jazosiga maxkum etilgan.

Shaxsga karshi jinoyat va jazolar

Slayd 30

O'grilik, boskinchilik olingan karzni o'zlashtirish, tuprok, suv, olov va xavoni ifloslantirish xayvonlarni kaltaklash jinoyatlarni sodir etganlarni 400-800 kamchin urush olovda kizdirilgan temir bosish, kul sifatida ishlatish bilan jazolangan.

Mulkka karshi jinoyat va jazolar

Slayd 31

O'g'il tomonidan otaga ko'l ko'tarish, oila a'zolariga shikast yetkazish, zinokorlik, bachxavozlik, er va xotin, ota va o'g'il o'rtasidagi axdnomani- “so'z kasami” ni buzgan odamga malum mikdorda kamchin bilan savalangan.

Axlokka karshi ayrim jinoyatlar kechirilmasdan o'limga maxkum kilingan.

Oilaga karshi jinoyat va jazolar

Slayd 32

Xakikat va poklik bilan bog'lik duolarni o'kish marosimi bilan boshlangan. Sudlanayotgan shaxslar jinoyat ishlari uchun jazolanishi va o'limga maxkum etilishi mumkin bo'lgan. Bazida sud majlislarida jinoyat ishi sifatida xakoratlangan shaxsni poklash bilan bog'lik fukarolik ishlari xam ko'rilgan.

Sud jarayoni

Slayd 33

Sudda ishni ko'rish va adolatli xal etishdan oldin, jinoyatchining aybi, aybdorlik shakli – kasddan yoki extiyotsizlik tufayli, kattik xayajon xolatida, birinchi marta yoki takroran koidani buzganligi, sudlanuvchi o'z aybini tan olishi, uning kaysi dinga mansubligi va boshka xolatlar aniklangan. Jinoyatga sabab bo'lgan xolatlarni aniklashda guvoxlik ko'rsatmalaridan foydalanilgan (“Vandidot”, IV fargard, 164-168).

Slayd 34

“Avesto” dagi davlatchilik va konunchilik tizimi o'z davrida jamiyat, fukarolar va yoshlarning xukukiy ongi va madaniyatini boyitishda muxim axamiyatga ega bo'lgan. Unda mujassam bo'lgan bu kabi tushuncha, yo'l-yo'rik, katiy xulosa va konun kuchidagi fikrlar davlatning siyosiy, ijtimoiy, iktisodiy kudratini oshirishga xizmat kilgan. Bu manbalar xozirgi kunda xam xolislikka, sezgirlikka, ogoxlikka davat etib turadi.

Xulosa

Slayd 35

«Avesto» da tabiatni muxofaza qilishga oid qanday choralar ko'rilgan?

Sudg' xujjatlarini asosini nimalar tashkil qiladi?

Avesto so'zining manosi nima ?

Avesto” bo'yicha oila va nikox masalasi qanday bulgan ?

Avesto”ning ichki tarkibiy tuzilishi ?

Zardushtning diniy talimoti qayerlarda tarqalgan?

Avestoda jinoyat va jazo masalalari ?

Avesto tarqalgan xududlar nomlarni ayting ?

Avestoda balog'at yoshiga yetish marosimi xaqida gapirib bering ?

Nazorat savollari

Slayd 36

AVESTO — 1) «Hayot yo'riqnomasi» deb nomlangan kitob; zardushtiylik diniga taalluqli adabiyotlarning umumiy nomi;

2) zardushtiylik dinining asosiy kitobi;

3) «nasihatnoma», «qonunlar to'plami», «bilimlar majmuasi» sifatida talqin qilinadigan tarixiy manba. Avesto—Turon, Xuroson, Ozarboyjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining miloddan oldingi qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to'g'risidagi tasavvur, urf-odat va manaviy qadriyatlari haqida malumot beruvchi asosiy manba.

Slayd 37

SHUNOSLIK — «Avesto» yozma yodgorligining yozuvi, tili, tarixi, mazmuni, turli tarixiy davrlarda jahon xalqlarining mazkur yodgorlikka bo'lgan turli munosabatlari, boshqa dinlar va madaniyatlarga tasiri, umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o'rni to'g'risidagi tadqiqotlar, g'oyalar, qarashlar va hokazolarning majmuasi. Ani shartli ravishda uchta tarixiy davrga bo'lishimiz mumkin: 1) Qadimgi avestoshunoslik; 2) O'rta asrlardagi Sharq avestoshunosligi; 3) Avestoning yangi davri. Qadimgi avestoshunoslik davri deganda, «Avesto» bitiklarini qadim yunonlar, rimliklar, yahudiylar, suriyaliklar va boshqa tomonidan tadqiq etilishi va o'z davri tafakkuri darajasidan turib, «Avesto»dagi eng qimmatli bilimlar, fikrlar, tajribalarni o'zlashtirib olinishi tushuniladi.

AXURAMAZDA – zardushtiylar xudosi. Bu dinning muqaddas kitobi "Avesto"da saxiy xudo AXuramazda yorug'lik, obodonlik, farovonlik, salomatlik kabi Xamma ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi xudo sifatida ifodalangan. Shuningdek ushbu asarda AXuramazdaning barcha yovuzliklarni – zulmat, qurg'oqchilik, ochlik, vabo, sovuq, zaXarli jonivorlarni yaratuvchi va boshqaruvchi Anxra-Man'yo – AXriman xudosi bilan doim kurash olib borganligi bayon etilgan.

ASOTIR (ar.) – qissa, doston, rivoyat.

ATRABON – otashparastlarning ibodatxonalarida doimo yonib turadigan muqaddas olovga – "azar-xurro"ga o'tin tashlab, kulini olib turadigan dindorlar.

AXURAMAZDA – Yorug'lik, yezgu amal, yezgu so'z va yaxshilik xudosi.

AXRIMAN – Yovuzlik, yomon fkir va yomonlik xudosi.

ARJASP – kadim turon xokimi ZARDUShTAni dorga osishni buyurgan

Slayd 38

Dnamana – Oila jamoasi shunday atalgan.

Yasna – 72 bobdan iborat, xamdu sanolar, kurbonlik kilish va boshka zardushtiylik marosimlarini bajarish paytida yoddan o'kiladigan, duolarni kiroat bilan o'kish, otashparastlik bayramlari rasm-rusumlari o'z ifodasini topgan.

Yasht – aloxida dudolarni madx etuvchi va yovuz kuchlarga karshi kurashda ezgu mabudalariga madadkor bo'lgan kuchlarni ulug'lovchi 22 ta ko'shiq oyatlarlardan iborat.

Visparad – 24 bobdan iborat poklik, to'g'rilik yo'lini tutgan zotlar Oliy Tangri Ahura Mazda barcha yahshi hislat va fazilatlarga bag'ishlangan.

Videvdat 22 bobdan iborat, ularda Ahura Mazda yaratgan 16 ta mamlakat va Anxra Manuning ularga yetkazgan zarari xakida so'z yuritiladi. 20-bobida dunyodagi 1-tabib Srita xakida ma'lumot beriladi.

Vaysa – Kullar avestoda shunday ataladi.

Viranmaja – Avestoda oila xizmatkorlari

Payshautar – Avestoda insoniy xukuklari cheklangan cho'pon atalgan.

Gayta – Asosiy boylik jamoa boshliklari, oksokollar, sarkardalarning ko'lida to'planib, "gayta" boylik yoki xususiy mulk degan ma'noni anglatadi.

SIPTAMA – Kuxna xorazim Qavmining nomi.

Slayd 39

ZARDO'SHTIYLIK – miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Qadimgi Eron va O'rta Osiyo xududlarida paydo bo'lgan din. Uning nomi shu dinga asos solgan afsonaviy payјambar Zardusht nomi bilan bog'liq. Zardo'shtiylikning asosiy muqaddas kitobi Avestodir. Zardo'shtiylikning asosiy g'oyalarida dunyodagi xamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yoruјlik va qorongulik, xayot va o'lim o'rtasidagi kurashga boјliq deb tushuntiriladi. Zardo'shtiylik dunyoni yoruјlik va ezgulik xudosi Axuramazda bilan yovuzlik xudosi Anxra-Man'yo o'rtasidagi kurashdan iborat deb ta'kidlaydi. Zardo'shtiylik quldorlik va ilk feodalizm davrida O'rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonda keng tarqalgan. Bu xududlar arablar tomonidan bosib olingach, zardo'shtiylikka siјinuvchilar majburan islom diniga o'tkazilgan.

INJIL (ar.) – ilk xristianlarning muqaddas kitobi. Bibliyaning bir qismi bo'lib, xristianlikning afsonaviy asoschisi Isoning bu dunyodagi "xayoti" tasvirlangan asarlar to'plami. 30 tagacha nomdagi Injil ma'lum. Ulardan faqat Matvey, Ioann va ularning shogirdlari Mark va Luka yozib qoldirgan 4 ta Injil Bibliyaning ikkinchi bo'limi xisob-langan Yangi Axdga uning muxim qismi sifatida kiritilgan. Injil II asrning birinchi yarmida yuzaga kelgan.

BUDDAVIYLIK – jaxonda keng tarqalgan dinlardan biri. Miloddan avvalgi birinchi ming yillik o'rtalarida Xindistonda vujudga kelgan (milod. avv. VI – V asrlar). Buddizmning asoschisi Siddxartxa Gautama bo'lib, u Budda (ziyolangan) deb atalgan. Buddaviylik O'rta Osiyo xududidagi ilk davlatlar bo'lmish Baqtriya, Kushon xamda keyinroq vujudga kelgan Toxariston davlatlari xududlarida keng tarqalgan.

GUSHPAST – Kuxna Eron xokimi Malika XUTASUS yeri.

NAMAPATI – Katta oila jamoasi shunday atalgan.

Slayd 40

Zardusht (Zardusht, Zaratushtra, Zoroastr) – dunyoda yakkaxudolik (monoteizm)ni targ'ib etgan ilk mutafakkirlardan biri. Uning tug'ilgan vaqti to'g'risida bir-biriga zid fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy Zardushtni Iskandardan 258 yil oldin dunyoga kelgan, degan fikrni aytadi. Lekin keyingi tadqiqotlar, ayniqsa, «Avesto»ning Gotlar qismini, uning tili va keltirilgan tarixiy davrlarini chuqur tahlil qilish orqali Zardusht mil.av. VIII-asr yashab ijod etgan va mil.av. VIII-asrning oxirlari VII-asrning boshlarida vafot etgan, degan xulosaga kelinmoqda.

IYLIK (otapsharastlik, zoroastrizm) – mil.av. VIII-VII asr quyi Amudaryo hududlarida vujudga kelgan yakkaxudolikni targ'ib etadigan din. Zardushtiylik Zardusht tomonidan isloh qilinib, takomillashtirildi. Zardushtiylik talimoti miloddan oldingi VII-asrda Aryashayona davlati (tarixda Katta Xorazm davlati deb yuritiladi)ning inqirozga yuz tutgan davr vujudga keldi.

ZAND – Paxlaviy tilida "Avesto"ning tafsiri.

ZANUPATI – Qabila boshlig'i atalgan

DAXYUPATI – Viloyat Xokimi

DAXYUSOSTRA – Viloyat xuvmdori va xarbiy sarkarda

FAROXIM – sipetama qavmining sarboni xonadonining nomi, DUG'DOBANING otasi,

PUROUSHAPSNI qayinotasi.

Slayd 41

E'tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 42

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Avesto buyuk tarixiy xukukiy manba” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar