Atrof-muhit muhofazasining tashkiliy va huquqiy asoslari

4000 so'm


Atrof-muhit muhofazasining tashkiliy va huquqiy asoslari

 

 

Slayd 1

Atrof-muhit muhofazasining tashkiliy va huquqiy asoslari

Slayd 2

Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar
Ekologiya monitoringi
Ekologiya ekspertizasi
Reja:

Slayd 3

Atrof-muhit muhofazasini tashkil etish. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilgunga qadar tabiiy atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha ishlab chiqilgan qonun va meʼyoriy hujjatlarga sobiq ittifoq manfaatlari doirasida amal qilinar edi. Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha boshqaruv va nazorat ishlari bir necha tashkilotlar vakolatiga yuklatilgan boʻlib, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bir tizimga birlashmagan, aksariyat hollarda bir-birlari funksiyalarini takrorlashar, kuch va mablagʻlardan foydalanish tarqoq holda edi. Natijada tabiatni muhofaza qilish ishlarining samaradorligi pasayib ketdi.

Slayd 4

Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrofrmuhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish
Tabiiy resurslarni baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash
Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va faloka. Tlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish

Slayd 5

Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish
Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantirganlik, chiqindilar, zararli taʼsir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun haq toʻlash tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash
Ekologiik taʼlim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal qilishini taʼminlash
Tabiatdan maxsus tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini va xoʻjalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash
Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish

Slayd 6

Davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish boʻyicha quyidagi vakolatlarga ega:
oʻz hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, mintaqaning ekologiya dasturini tasdiqlash;
tabiiy resurslarni hisobga olish va baholash, ekologik jihatdan zararli boʻlgan obyektlarni roʻyxatga olish;
tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnik tomondan taʼminlash;
tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat va uy-roʻzgʻor chiqindilarini toʻplash yoki koʻmib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish;
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar undirish;
tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatish yoki qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish

Slayd 7

Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar. Hozirgi vaqtda texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasiga qarab, inson, jonivorlar va oʻsimliklarning salomatligiga beziyon boʻlgan tabiiy muhit holatini va sifatini belgilovchi meʼyornomalar mavjud.
Mustaqillikka erishganimizdan soʻng Xalqaro meʼyorlarga tenglashtirilmoqda. Ekologiya standartlarida, tabiiy muhit komponentlari (suv, havo, togʻjinslari) va isteʼmol buyumlaridagi zararli moddalaming ruxsat etilgan chegara meʼyorlari (Rechm) ishlab chiqilgan. Rechm maʼlum vaqt davomida inson va atrof-muhitga taʼsir etganda ham zararli oqibatlarga olib kelmaydigan moddalar konsentratsiyasidir. Moddalar konsentratsiyasi standartda koʻrsatilgandan kam boʻlsa sifatli hisoblanadi. Standart boʻyicha isteʼmol uchun yaramaydigan maishiy-texnik suv dehqonchilik va chorvachilikdagi talablarga javob berishi va ishlatilishi mumkin. Havodagi zararli moddalaming ruxsat etilgan chegara meʼyorlari insonning zararlangan muhitda boʻlish davomiyligiga ham bogʻliq. Shunga qarab, jadvalda zararli moddalaming ish joylaridagi (Rechm ish), shahar va qishloqlardagi qisqa muddatli (REChMq) va oʻrtacha sutkalik (REChMs) meʼyorilari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Slayd 8

Ekologiya monitoring. Monitoring tizimida litomonitoring, gidrometrologik monitoring, biomonitoring boiimlari boʻlib, ular har xil mutaxassislikdagi tashkilot va vazirliklar tomonidan oʻrganiladi. Monitoringni tashkil etishda eng muhim ishlardan biri nazorat maydonlarini tanlash va uni tegishli asboblar bilan jihozlashdir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Stokgolmda qabul qilingan deklaratsiyasida (1981), atrof-muhitga toksik va boshqa moddalarni chiqarmaslik, issiqlikni meʼyoridan oshirmaslik, tabiat oʻzini tiklay olmaydigan holga kelib qolish holatlarini tugatish lozimligi koʻrsatilgan. Buning uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, kam chiqindili va kelajakda chiqindisiz texnologiyalarga oʻtish zarur. Kam chiqindili texnologiyaga oʻtish faqat sanoat korxonalarigagina tegishli boʻlmay, balki chorvachilikka ham tegishlidir. Chiqindisiz ishlash texnologiyasi deganda chiqindilarni yigʻib olish, zararsizlantirish, ularni qayta ishlab biror foydali mahsulotga aylantirish ishlari kiradi.

Slayd 9

Ekologiya ekspertizasi. Butun dunyo mamlakatlarida tabiatni saqlab qolish, insonni oʻrab turgan tabiiy muhit «sifati» mavjud va potensial energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlab qolish masalalarini koʻzda tutuvchi ekologik-iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun nazariy va amaliy qadamlar zarurligi tan olingan. Gʻarb adabiyotlarida «Har qanday qurilishi moʻljallanayotgan obyektlarni tabiiy muhitga taʼsirini baholash» ekologiya ekspertizasi tushunchasi bilan maʼnodosh tushuncha sifatida keng targʻib qilinadi.
Majburiy ekologik ekspertiza jarayonini amalda barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yoʻlga qoʻyilgan. 1969-yilda Aqsh da xoʻjalik amaliyotida loyihalarning ekologiya ekspertizasi «Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida milliy siyosat toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilingach yoʻlga qoʻyilgan: Mamlakatda ekologiya ekspertizasi ishi federal idoralaming asosiy faoliyati hisoblanadi. Gʻarb mamlakatlarida «Obʼyektlaming tabiiy muhitga taʼsirini baholash»ga sarflanadigan mablag4 loyiha-smeta qiymatining oʻrtacha 1 foizini tashkil qiladi. Chet mamlakatlar tajribasi ekologiya ekspertizasining iqtisodiy samarasi yuqoriligini koʻrsatmoqda.

Slayd 10

Xulosa sifatida umumlashtirib, tabiiy muhitga keltiriladigan zararlarning quyidagi guruhlarini koʻrsatish mumkin:
Havoning tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar bilan ifloslantirish
Xoʻjasizlik bilan suvni isrof etish va suv havzalarini ifloslantirish
Yerlarni sanoat, qurilish, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirib, ularni qayta tiklash (rekultivatsiya) choralarini koʻrmaslik
Oʻrmon. Toʻqay va choʻl oʻsimliklari yoʻqolib ketishiga sababchi boʻladigan ishlar
Ovchilik qoidalarini buzish va jonivorlar yashaydigan muhitni ifloslantirish
Dehqonchilikda zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish tartiblarini buzish
Qayta tiklanmaydigan qazilma konlardan xoʻjasizlarcha bir tomonlama foydalanib, kon va kon sanoati korxonalari atrofini zararli chiqindilar bilan shikastlab, qayta tiklash’ choralarini koʻrmaslik

Slayd 11

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 12

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Atrof-muhit muhofazasining tashkiliy va huquqiy asoslari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

3 × five =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar