ASHTARXONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR
5000 so'm

Slayd 1
ASHTARXONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR
Slayd 2
Reja:
01
Ashtarxoniylar (joniylаr) sulolasining taxt tepasigа kelish. (Boqimuhаmmad, Valimuhammad, Imomqulixon hukmronligi.)
02
Subhonqulixon. Buxoro â Đ„iva munosabatlarining keskinlashuvi.
03
Ubaydullaxon II va uning iqtisodiy sohada olib borgan islohotlari.
04
Buxoro xonligida iqtisodiy vaziyatning izdan chiqa boshlashi, siyosiy vaziyatning keskinlashuvi.
Slayd 3
Hokimiyat qoâldan boy berilishini his qilgan Shayboniylar davlati taxtga Astraxanlik Yormuhammadxonning oâgâli Joni Muhammad yoki Jonibek Sultonni oâtqazishga qaror qiladi. U Abdullaxon II ning singlisiga uylangan edi. U taxtdan oâgâli Dinmuhammad foydasiga voz kechadi. Dinmuhammad bu paytda Eronliklar qamal qilgan Obivard shahrida edi.
Slayd 4
Buxoroga chaqirilgan Dinmuhammad yoâlda oâldiriladi. Amirlar xonlik taxtiga uning ukasi Boqimuhammadni oâtkazib, ukasi Valimuhammadni valiahd deb eâlon qiladilar. Shunday qilib, Buxoro xonligi 1601-yilda Ashtarxoniylar (Joniylar) qoâliga oâtadi.
Slayd 5
Ashtarxoniylarning taxtga oâtirishini quyidagicha izohlash mumkin:
Amirlar oâz mustaqilliklarini bundan ham mustahkamlash uchun ularning taâsir doirasiga daxl qila olmaydigan xonni taxtga oâtqazishdan manfaatdor edilar;
Jonibek Sulton bu hudud uchun begona sulola vakili edi va Shayboniylar davlatida suyana oladigan ittifoqchilarga ega emas edi.
Slayd 6
Boqimuhammad Muhammad Yusuf Munshiy maâlumotlariga koâra, davlat apparatini islohot qilish, qoâshinni mustahkamlash ishlarini boshlab yubordi, 1605-yilda olamdan oâtadi. Uning oârniga taxtga ukasi Valimuhammad oâtiradi. U mamlakatni mustaqil boshqara olmadi va oâzbek qabilalari bek va amirlari qoâlidagi qoâgâirchoqqa aylanadi.
1611-yilda Vali Muhammad taxtdan agâdarilib oârniga Boqimuhammadning oâgâli Imomqulixon oâtiradi (1611-1642). Imomqulixon oâz hukmronligi davrida oâzbek qabilalari beklarining mustaqilligini birmuncha cheklandi. U Eronliklarga qarshi birgalikda kurashish uchun qozoq sultonlari bilan ittifoq ham tuzgan edi.
Slayd 7
Qozoqlarni oâz tarafiga olish uchun Imomqulixon hatto ularga Toshkent, Yassi va ular atrofidagi qoârgâonlarni inâom etgan edi. Lekin qozoqlar inâom etilgan hududlar bilan chegaralanmasdan Buxoroga tahdid qila boshladilar. Imomqulixon shimoliy hududlarga qoâshin tortib borishga majbur boâladi.
Shimoliy chegaralarni mustahkamlash maqsadida Imomqulixon Toshkent va unga tutash viloyat ustidan yana oâz nazoratini tiklash maqsadida oâgâli Iskandar Sultonni Toshkent hokimi qilib joânatadi. Juda ham yosh va tajribasiz boâlgan Iskandar Sulton viloyatni boshqarishda qoâpol xatolarga yoâl qoâyadi. Uning davrida soliqlar miqdori oshadi va amaldorlarning adolatsizligi kuchayadi.
Slayd 8
Gâazablangan xalq qoâzgâolon koâtaradi. Iskandar sulton va uning otaligâi oâldiriladi. Bundan xabar topgan Imomqulixon oâz qoâshini bilan Toshkentni qamal qiladi va toshkentliklarni to otining boâgâizigacha qonga botirishi haqida ont ichadi. Qattiq qarshilikka qaramay Imomqulixon qoâshini Balx va Badaxshondan kelgan koângilli askarlar yordamida Toshkentni ishgâol qiladi.
Slayd 9
Imomqulixon amir va beklarning toâla mustaqillikka yoâl qoâymaslikka muvaffaq boâldi va mamlakat birligini saqlab qoldi. Oâz umrining oxirida 1642-yilda u Makkaga hajga joânaydi. Imomqulixon sunniylik mazhabiga mansub boâlsa-da, shialar Eronida unga juda katta ehtirom koârsatadilar. Eronda uning portreti yaratiladi va bu portret hozir Toshkentdagi Sharq xalqlari sanâati davlat muzeyida saqlanmoqda. Imomqulixon 1643-1644-yilda Madinada olamdan oâtadi.
Imomqulixon oârniga taxtga uning ukasi Nodirmuhammadxon oâtiradi (1642-1645). Uning davrida vaziyat keskin oâzgaradi. U oâzbek amir va beklari bilan til topa olmaydi. Saroy amaldorlari, qabila boshliqlarining tazyiq ostiga olinishi norozilikni kuchaytiradi.
Slayd 10
Abdulazizxon davrida oâzbek zodagonlarining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi oshadi va markaziy davlat apparati zaiflashadi. Abdulaziz mamlakatni 1645-yildan 1681-yilgacha boshqaradi.. Markaziy hokimiyatning kuchsizlanganligidan tashqi dushmanlar foydalanadilar va Movaraunnahrga oâz tazyiqlarini kuchaytiradilar. Ayniqsa, xorazmliklar va qozoq biylari oâz hujumlarini avj oldiradilar.
Slayd 11
Dushman hujumlarini qaytara olmagan Abdulaziz isteâfoga chiqishga majbur boâladi. Taxtni 1681-yilda uning ukasi Subhonqulixon egallaydi . Lekin Xivaliklarning hujumi toâxtamaydi. Xiva xoni Anushaxon hatto Samarqand amirlari tomonidan oâz hokimiyatini tan olinishiga va juma namozida oâz nomiga xutba oâqilishiga erishadi.
Slayd 12
Subhonqulixon qatagâon qabilasi qoâshini yordamida Xivaliklarni mamlakatdan quvib chiqarishga muvaffaq boâladi. U hatto Xiva xoniga qarshi fitna uyushtirib, Anushani taxtdan agâdarilishga va uning koâzi oâyib olinishiga erishadi. Natijada Xiva xonligi qisqa muddatda boâlsa-da, Buxoro xonligi tarkibiga kiritiladi. Lekin shunday boâlsa-da, Subhonqulixon mamlakatda markaziy hokimiyatni mustahkamlashga erisha olmadi.
Xivaliklarni Buxorodan haydashga yordam bergan qatagâonlar biyi Mahmudbiyning nufuzi Subhonquli davrida gâoyatda oshib ketadi. Subhonqulixon uni odatda taxt vorislari tayinlanadigan Balx xokimi lavozimiga tayinlashga majbur boâladi. Tinimsiz janglar xazinaning boâshashga olib keladi. Vaziyatdan chiqish uchun Subhonqulixon qoâshimcha soliqlar tayinlaydi. Bu esa vaziyatni ogâirlashtiradi.
Slayd 13
Subhonqulixonning oâgâli Ubaydullaxon (1702-1711-yillar) mamlakat birligini taâminlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. U Samarqand, Hisor, Termiz va Balxga harbiy yurishlar qilib ularni saltanatga boâysundirdi. Jang vaqtida payhon qilingan hosil uchun dehqonlarga haq toâlanishi oddiy aholi oârtasida uning obroâsini koâtardi. Bu orada Dashti Qipchoqdan jungâor (qalmiq) qabilalarining Toshkentga bostirib kelganligi haqida xabar olinadi.
Slayd 14
Ubaydullaxonning faollik bilan qilgan harakatlari qalmiqlarning chekinishiga olib keladi. Ubaydullaxonning mamlakat birligini taminlash uchun qilgan harakatlari oxir oqibatda baribir samara bermadi. Fitna ketidan fitna tashkil qilinaverdi. Viloyatlarning boâysunmasligi odatiy holga aylandi. Boshqaruv apparatida oâziga sadoqatli qatlam yuzaga keltirish maqsadida Ubaydullaxon dehqon va hunarmandlarning bolalarini davlatni boshqarishga jalb qildi. Ulardan Toâraquli hatto qushbegi lavozimigacha koâtarildi.
Slayd 15
Boshqaruv apparatida oâziga sadoqatli qatlam yuzaga keltirish maqsadida Ubaydullaxon dehqon va hunarmandlarning bolalarini davlatni boshqarishga jalb qildi. Bunday siyosat asilzodalarning noroziligini kuchaytirmasdan qolmas edi albatta. Bu harakatga Mahmudbiy (qatagâon qabilasining boshligâi) rahbarlik qildi.. Ubaydullaxon ukalari Asadulla sulton va Muhammad Muqim ham taxt uchun kurash boshladilar.
Slayd 16
Ubaydullaxon II Ashtarxoniylar sulolasining mamlakatda markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intilgan oxirgi hukmdori edi. Uning amalga oshirgan pul islohoti ham xuddi shu maqsadga yoânaltirilgan edi. Ubaydullaxon II davrida qiymati baland kumush tangalar zarb qilina boshlandi. Lekin keyinchalik u xatoga yoâl qoâydi.
1708-yilda Ubaydullaxon II xazinasidagi har bir kumush tangadan 4 ta tanga zarb qildirdi va har bir Yangi tanganing narxini eski toâla qonli tanga bilan tenglashtirdi. Bundan koâzlangan maqsad xazinani mablagâ bilan toâldirish edi. Lekin bu tadbir xalq qoâzgâaloniga olib keldi va islohot toâxtatildi. Ubaydullaxon II oâlimidan keyin Buxoro xonligida Samarqand, Hisor, Toshkent, Balx , Badaxshon viloyatlari hokimlarining harbiy – siyosiy qudrati oshganligi kuzatiladi.
Slayd 17
EâTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 18
Foydali havolalar
đ Barcha taqdimotlar | đ° Yangiliklar | âčïž Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.