Aralash distrofiyalar

 

 

Slayd 1

Aralash distrofiyalar

Slayd 2

Ad, bu – moddalar almashinuvi buzilishidan paydo boʻladigan struktur oʻzgarishlarning bir vaqtning oʻzida ham parenximada, ham stromada joylanishi.
Ad – murakkab oqsillar: xromoproteidlar, nukleoproteidlar, lipoproteidlar, hamda minerallar almashinuvi buzilishida kuzatiladi.
Xromoproteidlar Almashinuvi Buzilishi
Xromoproteidlar, bu – rangli oqsillar, yaʼni endogen pigmentlardir.
Ularning fiziologik ahamiyati juda koʻp:
Nafas olish, kislorodning toʻqimaga tashilishi – gemoglobin;
Oʻt-safro sintezi – bilirubin;
Inkret sintezi – serotonin;
Tananing nurlardan saqlanishi – melanin;
Toʻqimalardagi temir zaxirasi – ferritin;
Vitaminlarning soʻrilishi – lipoxromlar
Aralash Distrofiyalar

Slayd 3

Aralash Distrofiyalar
Endogen pigmentlar, yaʼni xromoproteidlar 3ta guruhdan iborat:
Gemoglobinogen pigmentlar: ferritin, gemosiderin, bilirubin, gematin, gematoidin, porfirin
Proteinogen pigmentlar: melanin, adrenoxrom, enteroxromaffin pig
Lipidogen pigmentlar: lipofustsin, gemofustsin, lipoxrom, seroid
Ferritin
– Tarkibida 23% temir ushlaydigan pigment
Meyorda ferritin – noaktiv, oksidlangan, Ss-ferritin koʻrinishdadir
Kislorod yetishmasligida ferritin faol formaga, yaʼni Sh-ferritinga aylanadi. Bu esa vazoparalitik, gipotenziv taʼsir koʻrsatadi
Ferritin – jigar, taloq, suyak koʻmigi va limfa tugunda koʻp uchraydi
Sh-ferritin shok holatlarida, adrenalinning antogonisti sifatida koʻpayadi

Slayd 4

Shok – jigarda faol Sh-ferritin miqdori koʻpayishi

Slayd 5

Gemosiderin
Bu, gem parchalanganda kolloidli temir gidrooksidi koʻrinishida paydo boʻladi. Hujayra ichida joylashib, oqsil, glikozaminglikanlar va lipidlar bilan birikadi.
Sitoplazmasida gemosiderin bor hujayralar – sideroblastlar deyiladi.
Gemosiderin meyorda taloq, jigar, suyak koʻmigi, limfa tugini retikulyar va endoteliy hujayralarida uchraydi.
Gemosiderin almashinuvi buzilishi – gemosideroz deyiladi.
Gemosiderozning umumiy va mahalliy formalari mavjud.
Umumiy gemosideroz – qonning intravaskulyar gemolizida uchraydi.
U, qon kasalliklari – leykoz, anemiyada; gemolitik zaxarlanishlarda, infektsiyalarda (qaytalama tif, brutsellez, bezgak); boshqa guruhdagi qon quyilganda rivojlanadi.
Mahalliy gemosideroz – qonning tomirdan tashqarida gemolizlanishida rivojlanadi.
Aralash Distrofiyalar

Slayd 6

Aralash Distrofiyalar
Mahalliy gemosiderozga misol
OʻPka Gemosiderozi.
Sabablari: Revmatik mitral porok, Kardiosklerozda oʻpkada qonning dimlanishi.
Oʻpkada surunkali venoz dimlanish.
Oʻpkaga diapedez qon quyilishlar.
Alveolalar oraligʻida, tomirlar atrofida koʻp miqdorda sideroblastlarning toʻplanishi.
Sideroblastlarning alveolalar boʻshligʻiga tushishi va balgʻam bilan ajralishi – «Yurak porogi hujayrasi» deyiladi.

Slayd 7

Bilirubin – oʻt-safro pigmenti
RESda eritrotsitning parchalanishi, gemning ajralishi
Gem protoporfirin xalqasining temirni yoʻqotishi
Biliverdin paydo boʻlishi
Biliverdinning oqsil bilan qoʻshilib bogʻlangan bilirubinga aylanishi
Gepatotsitlarning glyukuron kislotasi yordamida qondan bilirubinni olib oʻt kapillyariga xaydashi
Undan najasda sterkobillin, siydikda urobilin paydo boʻlishi
Bilirubin almashinuvi buzilishi – sariqlik (jeltuxa) deyiladi.
Sariqlikning 3ta formasi mavjud:
Gemolitik sariqlik (infektsiya: sepsis, bezgak, qaytalama tif; intoksikatsiya; izoimmun va autoimmun buzilishlar)
Parenximatoz sariqlik (oʻtkir va surinkali gepatit, jigar sirrozi, doridan zaxarlanish, homiladorlik toksikozi)
Mexanik sariqlik (oʻt-tosh kasalligi, oʻt yoʻllari oʻsmasi)
Aralash Distrofiyalar

Slayd 8

Gemolitik sariqlik – mandarin rangi
Parenximatoz sariqlik – limon rangi
Mexanik sariqlik – appelsin rangi
Aralash Distrofiyalar

Slayd 9

Patologik Gemoglobinogen Pigmentlar
Gematoidin
Gematin (bezgak gematini, NSIli gematin, formalinli gematin)
Porfirin
Gematoidinning paydo boʻlishi va joylanishi
Paydo boʻlishi: 1. Hujayra ichida paydo boʻladi. 2. Hujayra tashqarisida, nekroz tarkibida toʻplanadi.
Joylanish joyi: 1. Gematomalarda. 2. Chandiqlanayotgan infarkt oʻchogʻida.
Aralash Distrofiyalar

Slayd 10

Bezgak gematini paydo boʻlish mexanizmi
Bezgak plazmodiysining eritrotsitga kirishi
Gemoglobindan globinning ajralishi
Gemning oksidlanishi
Plazmodiyning ichida qora rangli pigmentning paydo boʻlishi
Aralash Distrofiyalar

Slayd 11

Aralash Distrofiyalar
Xlorid kislotali gematinning paydo boʻlish mexanizmi.
Meʼda yarasi va eroziyasidan qon ketadi.
Gemoglobin xlorid kislotaasi taʼsirida parchalanadi.
Meʼda yarasi yuzasida qora rangli NSIli gematin paydo boʻladi.
Kasal qusganda kofe quyqasiga oʻxshash suyuqlik chiqadi.
Kasal najasi qora rangga kiradi – Melena deyiladi.
Porfirin – almashinuvi buzilishi porfiriya deyiladi.
Porfirinemiya, Porfirinuriya, Ultrfioletli nurlarga sezuvchanlikning oshishi (nurdan qoʻrqish, eritema, dermatit).
Sabablari: simob, sulfazol, barbituratlardan zaxarlanish, avitaminozlar, pernitsioz anemiya, jigar kasalliklari.
Eritrotsitlarda porfirin sintezi buzilishida – eritropoetik formasi, jigar kasalliklarida – jigar formasi rivojlanadi.

Slayd 12

Proteinogen, yaʼni tirozinogen pigmentlarga quyidagilar kiradi:
Melanin. 2. Adrenoxrom. 3. Enteroxromaffin hujayra pigmenti
Melanin
Yunoncha melas – qora degan, kulrang-qora rangli pigment
Teri, soch va koʻzning rangi melaninga bogʻliq
Melanin oʻzida uglerod, azot va oltingugurt ushlaydi
Melanogenezning boshqarilishi nerv va endokrin tizim orqali amalga oshiriladi. Melanostimullovchi, Aktg, qolqonsimon bez, jinsiy bez gormonlari taʼsirida M koʻpayadi
Parasimpatik nerv tizimi va melatonin kamaytiradi
Melanin almashinuvi buzilishi melanoz deyiladi
Umumiy va mahalliy melanoz turlari bor
Umumiy melanoz – kaxeksiya, avitaminoz, zaxarlanish va endokrin kasalliklarida kuzatiladi, Addison kasalligida
Proteinogen Pigmentlar

Slayd 13

Proteinogen Pigmentlar
Mahalliy melanozning turlari.
Sepgil
Tugʻma xol – Teri yuzasi bilan bir xil silliq pigmentlangan oʻchoq
Nor – qon tomirlarning kengayishi, qizil rangli xol
Nevus – teri yuzasidan boʻrtib chiqqan, tuguncha koʻrinishidagi xavfsiz oʻsma
Melanoma – melanotsitlardan oʻsuvchi xavfli oʻsma.
Adrenoxrom – oksidlangan adrenalin, buyrak usti bezi silida terining bronza rangiga boʻyalishi, yaʼni «Bronza kasalligi» yuzaga chiqadi.
Surinkali kolit kasalligida ichak shilliq pardasida enteroxromaffin hujayra pigmenti koʻpayib, shilliq parda qora rangga kiradi.

Slayd 14

Melanodermiya
Nevus
Proteinogen Pigmentlar

Slayd 15

Lipidogen, yaʼni yog‘-oqsilli pigmentlarga: lipofustsin, gemofustsin, lipoxrom va seroid kiradi.
Lipofustsin, glikoproteid boʻlib, tarkibida fosfolipidlar koʻp.
Lipofustsin «qarilik pigmenti» boʻlib, kasalligi lipofustsinozdir
Lipofustsinoz – atrofiya, qarilik, kaxeksiyada kuzatiladi.
“Yurakning qoʻngʻir atrofiyasi»
“Jigarning qoʻngʻir atrofiyasi» kuzatiladi.
Lipidogen Pigmentlar

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Aralash distrofiyalar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

10 − 2 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar