=== Taqdimot 1 ===
ARAB VA FORS IZOFASI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Qamariy va Shamsiy harflar haqida ma’lumot berish.
Izofa haqida ma’lumot berish.
Arab izofasi haqida ma’lumot berish.
Fors izofasi
=== Taqdimot 3 ===
Izofa – اضاف so‘zining lug‘aviy ma’nosi qo‘shish va bog‘lash, orttirish degan ma’noni bildiradi. Aniqlanmish va aniqlovchi, qaralmish va qaratqich munosabatlarni ifodalovchi tushuncha izofa deb ataladi.
Fors izofasida aniqlovchi bilan aniqlanmish i tovushi, ya’ni ی harfi orqali bog‘lanadi. Hozirgi o‘zbek tilida fors-tojik izofasi uchrab turadi. Masalan: dardi-bedavo دردِ بیدوا , tarjimayi-hol ترجمه حال, nuqtayi-nazar نقطه نظر.
=== Taqdimot 4 ===
Eski o‘zbek yozuvi namunalarida uchraydigan ana shunday izofalar mazmunini tushunib olish uchun mazkur grammatik mavzuning quyidagi tomonlariga e’tibor bermoq zarur.
Fors izofasida so‘z tartibi o‘zbek tilidagiga nisbatan teskari bo‘ladi: o‘zbek tilida avval aniqlovchi, keyin aniqlanmish kelsa, fors izofasida birinchi aniqlanmish, keyin aniqlovchi keladi. Fors izofasidagi so‘zlar ajratib o‘qilmay, bir butun talaffuz etiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Fors izofasining tuzilish tartibi quyidagicha:
a) Aniqlanmish so‘z undosh bilan tugasa, izofa ko‘rsatkichi «i» yozilmaydi , ammo o‘qiladi ( ِ- zer) tarzida talaffuz etiladi. Masalan:
Dard-i-sarدرد سر-
Lab-i xandon – لب خندان
Qomat-i zebo – قامت زیبا
Ofat-i jon –آفت جان
Dard-i bedavo – درد بیدوا
Sarv-i ravon – سرو روان
Sarv-i noz – سرو ناز
Sadd-i iskandariyسدً اسکندری –
=== Taqdimot 6 ===
B) aniqlanmish so‘z ه «a» (hoye havvaz) unlisi bilan tugasa, izofa ko‘rsatkichi “i” yozilmaydi, ammo “yi” tarzida o‘qiladi. Hoyi havvaz harfi ustiga hamza belgisi qo‘yiladi. Masalan:
Tarjima-yi-hol – ترجمهء حال
Nuqta-yi-nazar – نقطهء نظ
Oyina-yi- jahon – آینهء جهان
Xamsa-yi navoiy – نوایی حمسهء
Shajara-yi turk – شجرهء تورک
Devona-yi mashrab – دوانهء مشرب
=== Taqdimot 7 ===
V) aniqlanmish so‘z cho‘ziq unlilar bilan tugasa, ya’ni u, o‘, o tovushlari bilan tugagan so‘zlarda izofa ko‘rsatkichi bo‘lgan ی yo harfi yoziladi va o‘qiladi.
Masalan: ro‘-yi rost – روی راست
Tuti-ye g‘azalxon – طوطی غزلخان
Oshno-yi mehribon – آشنای میهربان
Ru-ye zebo –روی زیبا
Buxoro-yi sharif – بخارای شریف
Bino-yi ko‘rkam – بنای کورکم
Sado-yi turkiston – صدای تورکستان
Fors izofasi mumtoz adabiyotimizning g‘azal janrida ko‘plab uchraydi, bu esa asarning jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi
=== Taqdimot 8 ===
Arab alfavitidagi 28 ta harf ikkiga, ya’ni oy – qamariya قمریه va quyosh – shamsiya شمسیه harflariga bo‘linadi. Oy harflari ham, quyosh harflari ham 14 tadan.
شمسی حرفلار
ت ث د ذ ر ز س ش ص ض ط ظ ل ن
قمری حرقلار
ا ب ج ح خ ع غ ف ق ک م ه و ی
ARAB IZOFASI
=== Taqdimot 9 ===
Arab tilidagi so‘zlar aniq va noaniq holatda bo‘lishi mumkin. Arab so‘zga ال -al qo‘shilsa, (al bilan kelsa) so‘z aniq, holatda deb aytiladi.
al-kitob –الکتاب al-bob –الباب
Fors va eski o‘zbek yozuviga xos bo‘lgan p – پ ch – چ je – ژ gof –گ harflari, qaysi harflardan yasalgan bo‘lsa o‘sha harflar bilan bir guruhga kiradi.
Arab izofasining ko‘rsatkichi ا ل (al yoki ul) ikkala so‘z o‘rtasida kelgan holda ularni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 10 ===
Arab izofasi eski o‘zbek tilida, oz bo‘lsa-da uchraydi. U ko‘pincha asar va joy nomlarida, kishilarning ismlarida ko‘zga tashlanadi. Izofa ko‘rsatkichi hisoblanmish (ul) har doim ham talaffuz qilinavermaydi, lekin yozuvda albatta, qayd etiladi. Uning qaysi paytlarda talaffuz qilinishi yoki qaysi paytlarda qilinmasligi shamsiy va qamariy harflarga bog‘liq.
=== Taqdimot 11 ===
Arab izofasi fors izofasidan shu bilan farq qiladiki, fors izofasidagi birinchi o‘rinda turgan aniqlanmish «i» bilan tugaydi.
Arab izofasida esa birinchi o‘rinda turgan aniqlanmishning qanday tovush bilan tugashi aniqlovchining oy yoki quyosh harfi bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 12 ===
A) Agar aniqlovchi oy harfi bilan boshlansa aniqlanmish bilan uning o‘rtasida (orasida) «ul» hosil bo‘ladi, ya’ni aniqlanmishning «u» – si aniqlovchi ال – alining ل – lomi ustiga tushadi, natajada «ul» o‘qiladi. Masalan:
dardul-funun – دار الفنون
tolibul – ilmطالب العلم
muhokamat ul lug‘tayn- محاکمت الغتین
Mahbub ul qulub- محبوب القلوب
Zu so‘zi arab tilidan «egasi, ega bo‘luvchi» deb tarjima qilinadi.
=== Taqdimot 13 ===
B) agar aniqlovchi so‘zning birinchi harfi quyosh harfi bilan boshlansa, aniqlovchiningال – alining lomi o‘qilmaydi, uning birinchi harfi ikkilantiriladi (tashdid qo‘yiladi).
Qush tili – lisonut – tayr لسان الطیر
Quyosh nuri – nurush – shams نور الشمس
Bolalik g‘aroyibotlari – g‘aroyibus- sig‘ar غرایب الصغر
Ikki tillilik – zul-lisonayn ذو اللسانین
=== Taqdimot 14 ===
Arab izofasi ko‘pincha o‘zbek tilidagi atoqli otlarda (kishilarning ismida) uchraydi. Masalan:
Nuriddin – نور الدین
Husniddin –حسن الدین
Abdulmalik – عبد الملک
Abdurahmon –عبد الرحمان
Rahmatullo –رحمت الله
Shamsiddin –شمس الدین
Ubaydullo (h) – عبید الله
Abdullo (h) –عبد الله
=== Taqdimot 15 ===
Tarixiy jarayon tufayli eski o‘zbek tilida ko‘plab arabcha va forscha so‘z birikmalari o‘zlashib, ular o‘zbek tilininnag lug‘at tarkibini beqiyos darajada boyitgan, uning ifoda imkoniyatini kengaytirdi, sinonimik jihatdan rang-barangligini va jozibadorligini oshiradi.
=== Taqdimot 16 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.