Antropogenetika

 

 

Slayd 1

Antropogenetika

Slayd 2

Adelaida universiteti olimlari qiziqarli kashfiyot qilishdi. Inson tanasining evolyutsiyasi hali tugamagan, u bizning koʻzimiz oldida davom etmoqda. Buning belgilaridan biri – ilgari «ortiqcha» deb hisoblangan va hatto homila bachadonda paytida yoʻqolib ketgan bilakdagi oʻrta arteriyaning saqlanib qolishidir.

Slayd 3

Oʻrta arteriyaning inson tanasidagi funktsiyasi sirligicha qolmoqda, olimlar hali ham uning maqsadi haqida bahslashmoqda. Lekin ushbu tomir qoʻllardagi qonni yanada samarali aylantira oladigan qoʻshimcha vosita boʻlib, ularning tezroq rivojlanishiga yordam beradi deb ishoniladi. Homilada bu funktsiyalarni radial va ulnar arteriyalarga oʻtkazgan oʻrta arteriyaning oʻzi nobud boʻladi. Ammo, oʻrta arteriya kattalarda saqlanib qolayotgan holatlar koʻp uchrab turibdi.

Slayd 4

Olimlarning taʼkidlashlaricha, arteriya tomirining oʻzi emas, balki uning saqlanib qolish statistikasi eʼtiborni tortmoqda. 1880 yillarda tugʻilgan odamlarda oʻtkazilgan kuzatuvlarning natijalariga koʻra, ushbu tomirning saqlanib qolishi faqat 10 foiz hollardagina sodir boʻlgan. Bir asr oʻtgach, bu koʻrsatkich uch baravarga koʻpaydi. 20 asrning oxirida tugʻilganlarda arteriya 30 foiz hollarda saqlanib qolgan. Avstraliyalik olimlar tadqiqot natijalarini oshkor etdilar. Unga koʻra, har uchinchi yevropalik aholida yirik hajmdagi, qonni tana boʻylab juda yaxshi aylantirib bera oladigan oʻrta arteriyalar borligi tasdiqlandi.
Bunday holatlar sonining koʻpayishi evolyutsion rivojlanishning yaqqol belgisidir. Agar bu tendentsiya davom etsa, 2100 yilga kelib oʻrta arteriya deyarli barcha odamlarning doimiy hamrohiga aylanadi.

Slayd 5

Darvin formulasi
Shu paytga qadar koʻrib chiqqan barcha dalillardan boshqa, keling, endi bir marta boʻlsa ham, evolyutsiyachilarning qanday eʼtiqodga ega ekanlarini hatto bolalar ham tushunadigan sodda bir misol bilan oʻrganib chiqamiz: Evolyutsiya nazariyasi hayotning tasodifan paydo boʻlganini taʼkidlaydi. Bu daʼvoga koʻra, jonsiz va shuʼursiz atomlar birlashib hujayrani paydo qilgan va soʻngra ular bir amallab boshqa jonzotlarni, jumladan, insonni ham yaratgan. Keling, shu haqda bir oz mulohaza yuritaylik. Jonzotlarning tarkibiy elementlari boʻlgan uglerod, fosfor, azot va kaliy kabi elementlarni bir joyga toʻplaganimizda, bor-yoʻgʻi bir uyum paydo boʻladi. Bu atom uyumiga har qancha ishlov berilmasin, u hatto bitta boʻlsa ham jonzotni shakllantira olmaydi. Agar xohlasangiz, keling, shu mavzuda bir «tajriba» taʼrifini keltiramiz va evolyutsiyachilar nomidan, ular «Darvin formulasi» nomi ostida baralla ovoz chiqarmasdan aslida nimani daʼvo qilayotganlarini tekshirib koʻramiz:

Slayd 6

Jirafalar, sherlar, arilar, kanareykalar, otlar, delfinlar, atirgullar, orxideyalar, liliyalar, chinnigullar, bananlar, apelsinlar, olmalar, xurmolar, pomidorlar, qovunlar, tarvuzlar, anjirlar, zaytunlar, uzumlar, shaftolilar, tovuslar, qirgʻovullar, rang-barang kapalaklar yoki shular kabi boshqa millionlab jonzotlarni yetishtira olmaslar. Haqiqatan ham, ular bu jondorlarning hatto bitta boʻlsa ham hujayrasini qoʻlga kirita olmaslar. Qisqasi, shuursiz atomlar birlashib hujayrani paydo qila olmaydi. Ular biror yangicha qaror qilib hujayrani ikkiga boʻla olmaydi, soʻngra boshqa qarorlar qabul qilib elektron mikroskopni birinchi boʻlib ixtiro kilgan va soʻng mana shu mikroskop ostida oʻz hujayrasining tarkibini oʻrganadigan professorlarni yarata olmaydi. Materiya ongsiz, jonsiz bir uyumdir va u Allohning aʼlo darajadagi yaratishi bilangina jonlanadi. Buning aksini daʼvo etadigan evolyutsiya nazariyasi esa, sogʻlom aqlga tamoman zid bir safsatadir. Evolyutsiyachilarning daʼvolari yuzasidan bir oz boʻlsa ham mulohaza yuritish, yuqoridagi misol kabi, bu haqiqatni oshkor etadi.

Slayd 7

Koʻz va quloqdagi texnologiya
Koʻz va quloqni kamera va ovoz yozish jihozlari bilan qiyoslaganimizda, bu organlarning yuqori texnologiyaga ega mazkur mahsulotlarga qaraganda ancha murakkab, ancha muvaffaqiyatli ekani va anchayin qusursiz konstruktsiyaga ega ekanini koʻramiz. Evolyutsiya nazariyasi tomonidan javobsiz qolgan boshqa bir mavzu esa, koʻz va quloqdagi sezgining aʼlo sifatli ekanidir. Koʻz toʻgʻrisidagi mavzuga oʻtishdan oldin, keling, «Biz qanday koʻramiz?» degan savolga qisqacha javob beraylik. Biror jismdan chiqadigan yorugʻlik nurlari koʻzning toʻr pardasiga teskari boʻlib tushadi. Bu yerda, bu nurlar hujayralar tarafidan elektr signallarga aylantiriladi va miyaning orqa qismidagi bir kichik nuqtaga, yaʼni «koʻrish markaziga» uzatiladi. Bu elektr signallar shu markazda bir qancha jarayonlardan soʻng tasvir sifatida idrok etiladi. Mana shu texnik maʼlumotlarni yodda tutgan holda, keling, bir oz fikr yuritaylik. Miya yorugʻlikdan ajratib qoʻyilgan. Bu shuni anglatadiki, uning ichki qismi tamomila qorongʻi boʻlib, u joylashgan yerga umuman yorugʻlik yetib bormaydi. Shu sababli, «koʻrish markazi»ga hech qachon yorugʻlik tegmaydi va u yer hatto siz bilgan eng qorongʻi joy ham boʻlishi mumkin. Ammo siz mana shu qorongʻi joyda yop-yorugʻdunyoni koʻrasiz.

Slayd 8

Koʻzda hosil boʻladigan tasvir shunchalik aniq va ravshanki, hatto XX asr texnikalari ham bunday tasvirni olishga muvaffaq boʻla olmagan. Misol uchun oʻqiyotgan kitobingizga, uni ushlab turgan qoʻllaringizga qarang, soʻngra boshingizni koʻtarib, atrofingizga nazar tashlang. Siz hech qachon mana shunday aniq va ravshan tasvirni boshqa biror joyda koʻrganmisiz? Hattoki dunyodagi eng katta televizor ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan eng zoʻr televizor ham siz uchun bunday aniq tasvirni uzatib bera olmaydi. Bu uch oʻlchovli, rangli va oʻta aniq tasvirdir. 100 dan ortiq yillardan buyon, minglab muhandislar bu aniqlikka erishishga harakat qilmoqdalar. Mana shu maqsadda fabrikalar, ulkan inshootlar barpo etildi, koʻplab tadqiqotlar amalga oshirildi, rejalar va konstruktsiyalar qurildi. Yana televizor ekraniga va qoʻlingizda ushlab turgan kitobingizga qarang. U yerda aniqlik va ravshanlikdagi katta farqni koʻrasiz. Bundan tashqari, televizor ekrani sizga ikki oʻlchovli tasvirni koʻrsatsa, siz oʻzingizning koʻzingiz bilan uch oʻlchovli manzarani teranlik bilan kuzatasiz.

Slayd 9

Koʻplab yillardan buyon, oʻn minglab muhandislar uch oʻlchovli televizor yaratishga va koʻzning koʻrish sifatiga erishishga harakat qilib kelmoqdalar. Ha, ular uch oʻlchovli televizor sistemasini yaratdilar ham, ammo uni maxsus uch oʻlchovli koʻzoynaksiz koʻrishning imkoni yoʻq; bundan tashqari, u faqat sunʼiy uch oʻlchovlidir, xolos. Orqa fon ancha xira, oldingi fon esa xuddi qogʻoz bezaklar kabi koʻrinadi. Koʻzniki kabi aniq va ravshan tasvirni ishlab chiqishning hech qachon imkoni boʻlmagan. Kamera va televizorlarning har ikkalasida ham tasvir sifati yoʻqoladi. Evolyutsiyachilarning daʼvosiga koʻra, bunday aniq va ravshan tasvirni keltirib chiqaradigan mexanizm tasodifan yuzaga kelgan. Agarda kimdir xonangizda turgan televizor tasodiflar natijasida paydo boʻlgan, uning barcha atomlari birgalashib, tasvir koʻrsatadigan bu qurilmani hosil qilgan desa, nima deb oʻylagan boʻlar edingiz? Minglab odamlar qila olmagan narsani shuursiz atomlar qanday amalga oshira olardi? Modomiki koʻzga nisbatan ancha ibtidoiy tasvirni koʻrsatadigan qurilma tasodifan paydo boʻlmagan ekan, unda ayonki, koʻz va koʻz koʻradigan tasvir ham tasodifan paydo boʻlmagan.

Slayd 10

Xuddi shu holat, quloqqa ham tegishlidir. Tashqi quloq mavjud tovushlarni quloq chanogʻi orqali tutib oladi va ularni oʻrta quloqqa yoʻllaydi, oʻrta quloq tovush tebranishlarini kuchaytirib uzatadi va ichki quloq bu tebranishlarni elektr signallarga oʻgirib miyaga joʻnatadi. Xuddi koʻzdagi kabi, eshitish faoliyati miyadagi eshitish markazida yakunlanadi. Koʻzdagi holat quloq uchun ham ayni haqiqatdir yaʼni, miya xuddi yorugʻliqda boʻlgani kabi, tovushdan ham ajratib qoʻyilgan. U hech qanday tovushni ichkariga kiritmaydi. Shuning uchun, tashqari qanchalik shovqin boʻlmasin, miyaning ichkarisi batamom sokin boʻladi. Shunga qaramay, eng aniqtovushlar miyada his etiladi. Butunlay sokin miyangizda siz simfoniyalar tinglaysiz va gʻala-gʻovur joydagi barcha shovqinlarni eshitasiz. Ammo oʻsha onda aniq bir qurilma miyangiz ichidagi tovush darajasini oʻlchagudek boʻlsa, u yerda butunlay sokinlik hukm surayotgani maʼlum boʻladi.

Slayd 11

Darvin koʻz haqida hatto oʻylashni ham xohlamagan.
Koʻzning tasodifiy ravishda sodir boʻlishi mumkin emas, chunki koʻz mukammal va juda murakkabdir. Koʻzni Alloh yaratganligi ochiq haqiqatdir. Tasvir xususidagi holat kabi, aslidek aniqtovush ishlab chiqish va uning nusxasini yaratishga oʻnlab yillar davomida harakat qilib koʻrildi. Bu urinishlarning natijasi ovoz yozish jihozlari, yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemalar va tovushni his etuvchi sistemalardir. Bu texnologiyalar va ular ustida ishlayotgan minglab muhandis hamda mutaxassislarning borligiga qaramasdan, quloq orqali idrok etiladigan tovushning aynan oʻzidek tiniq va aniq boʻlgan hech qanday tovushga erishilgani yoʻq. Musiqaviy asboblar sanoatidagi eng katta korxona tomonidan ishlab chiqarilgan eng yuqori sifatli tovush chiqaradigan sistema haqida oʻylab koʻring. Hatto bu qurilmalarda ham ovoz yozilganda uning bir qismi yoʻqoladi yoki boʻlmasa, yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemani qoʻshganingizda musiqa boshlanishi oldidan har doim pishillagan tovushni eshitasiz. Ammo inson vujudi texnologiyasining mahsuli boʻlgan tovush oʻta tiniq va aniqdir. Inson qulogʻi hech qachon yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemada boʻlgani kabi pishillagan tovush yoki atmosfera shovqinlari joʻr boʻlgan bir tovushni idrok etmaydi, aksincha, u tovushni qanday boʻlsa oʻshanday, tiniq va aniq his qiladi. Bu inson yaratilgan kundan buyon shu zayldadir. Bugungi kunga qadar inson qoʻLI bilan yaratilgan hech qanday tasvirli yoki tovushli apparat hissiy maʼlumotlarni idrok etishda koʻz va quloq kabi sezuvchan hamda muvaffaqiyatli boʻlmagan. Ammo har qachon koʻrish va eshitish haqida gap ketar ekan, bularning zamirida juda buyuk bir haqiqat borligini taʼkidlashimiz joiz.

Slayd 12

Miyaning ichida koʻradigan va eshitadigan shuur kimga oid?
Miya ichida rang-barang dunyoni kuzatadigan, simfoniyalar, qushlarning xonishlarini tinglaydigan hamda atirgullarning muattar hidlarini hidlaydigan kim? Biz butun hayotimizni miyamizda kechiramiz. Biz koʻradigan odamlar, biz hidlaydigan gullar, biz tinglaydigan musiqalar, biz tatib koʻradigan mevalar biz koʻllar bilan his qiladigan namliklar – bularning barchasi miyada «haqiqat»ga aylanadigan taassurotlardir. Ammo u yerda hech qanday rang, tovush yoki suratlar mavjud emas. Biz elektr impulslari muhitida yashaymiz. Bu nazariya emas, balki biz tashqi dunyoni qay tarzda idrok etishimizga beriladigan ilmiy bir izohdir. Insonning koʻzlaridan, quloqlaridan va burnidan keladigan stimulyatorlar elektrokimyoviy nerv impulslari sifatida miyaga safar qiladi. Biologiya, fiziologiya va biokimyo kitoblarida bu tasvirlarning miyada qanday hosil boʻlishiga doir koʻplab tafsilotlarni oʻqishingiz mumkin. Ammo siz ularda hech qachon eng muhim boʻlgan bir haqiqatga duch kelmaysiz. Bu elektrokimyoviy nerv impulslarini tasvirlar, tovushlar, hidlar va hissiy voqealar sifatida miyada idrok etadigan kim?

Slayd 13

Miyaning ichida koʻz, quloq va burunga hech qanday ehtiyoj sezmasdan bularning barchasini idrok etadigan shuur mavjud. Bu shuur kimga oid? Albatta, bu shuur nervlarga, yogʻqatlamiga va miyani tashkil etadigan neytronlarga oid emas. Shu sababdan ham hamma narsa materiyadan tashkil topgan, deb ishonuvchi darvinchi materialistlar bu savollarga javob bera olmaslar. Chunki bu shuur, Alloh tomonidan yaratilgan ruhdir. Ruh tasvirlarni kuzatmoq uchun na koʻz, tovushlarni eshitmoq uchun na quloqqa ehtiyoj sezar. Bundan tashqari, u oʻylash uchun miyaga ham ehtiyoj sezmas. Bu oshkora va ilmiy haqiqatni oʻqigan har bir inson miyaning ichidagi bir necha santimetr kublik qop-qorongʻi makonda butun koinotni uch oʻlchovli, rangli, soyali va charogʻon qilib sigʻdirgan Zot, hamma narsaga Qodir Alloh taolo ekanini anglamogʻi, Undan qoʻrqmogʻi va Undan panoh izlamogʻi darkor.

Slayd 14

Materialistcha bir ishonch
Shu paytga qadar biz havola etgan maʼlumotlar evolyutsiya nazariyasining ilmiy kashfiyotlarga muvofiq emasligini koʻrsatadi. Nazariyaning hayotning kelib chiqishi haqidagi daʼvosi fan bilan uzviy bogʻliq emas, u ilgari suradigan evolyutsion mexanizmlar evolyutsion kuchga ega ham emas. Jonzotlarning tosh qotgan qoldiqlari oraliq shakllarning hech qachon mavjud boʻlmaganini koʻrsatadi. Shu bois, albatta, evolyutsiya nazariyasi ilmiy asoslanmagan bir gʻoya sifatida chetga surib qoʻyilishi kerak. Xuddi shu yoʻsinda butun tarihdan Yer-markazli koinot modeli kabi koʻplab gʻoyalar ilm-fan kun tartibidan chiqarib tashlangan edi. Ammo evolyutsiya nazariyasi fanning kun tartibida saqlab turilmoqda. Hatto baʼzi kimsalar nazariyaga qarshi qaratilgan tanqidlarni «fanga hujum», deb talqin qilishga harakat qilyaptilar. Nega? Bunga sabab, evolyutsiya nazariyasi baʼzi doiralar uchun aslo voz kechib boʻlmas dogmatik bir mafkura ekanidadir. Bu doiralar materialistik falsafaga koʻr-koʻrona berilishgan va ular darvinizmni tabiatning amal qilish usulini tushuntirib berish uchun olgʻa sursa boʻladigan yagona materialistik tushuntirish boʻlgani sababli qabul qilishadi.

Slayd 15

Qiziq tomoni shundaki, ular buni baʼzan ochiqchasiga ham tan oladilar. Garvard universitetida faoliyat yurituvchi mashhur genetik va toʻgʻri soʻzli evolyutsiyachi Richard S. Levontin oʻzining «birinchi navbatda materialist, keyin esa olim» ekanini eʼtirof etadi: Bizni dunyoga materialistik nuqtai nazardan tushuntirish berishga majbur qiladigan narsa ilmiy uslublar va qoidalar emas, balki aksincha, materializmga oʻzimizning sodiqligimiz bilan, ichki hisga qanchalik qarshi boʻlishidan qatʼi nazar materialistik tushuntirishlarni ishlab chiqaradigan tadqiqot mashinasi va bir qator konseptsiyalarni yaratishga majburmiz. Bundan tashqari, materializm mutlaqdir, shunga koʻra, biz ilohiy bir gʻoyaning sahnaga chiqishiga izn berolmaymiz.
Bu soʻzlar materialistik falsafaga sodiqlik darvinizmning saqlanib kelinayotgan bir dogma ekanini ochiq eʼtirof etadi. Bu dogma materiyadan boshqa hech qanday borliqning yoʻqligini taʼkidlaydi. Shu sababdan ham u jonsiz, shuursiz materiya hayotni yaratgan, deb bahs yuritadi. U millionlab jonli turlar (masalan, qushlar, baliqlar, jirafalar, qoplonlar, hasharotlar, daraxtlar, chechaklar, kitlar va insonlar) yogʻayotgan yomgʻir, chaqmoq yashinlari va h. k. kabi materiyalar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir natijasida jonsiz materiyadan kelib chiqqan, degan daʼvoni qattiq turib himoya qiladi. Haqiqatda esa, bu ham aqlga, ham fanga toʻgʻri kelmaydigan qoidadir. Ammo darvinchilar xuddi yuqorida aytib oʻtilganidek, «ilohiy bir gʻoyaning sahnaga chiqishiga izn bermaslik» uchun uni himoya qilishni davom ettirmoqdalar.

Slayd 16

Evolyutsiya nazariyasi: dunyo tarixining eng kuchli sehri
Bidʼatga berilmagan va hech qanday bir gʻoya taʼsiri ostida qolmagan, faqatgina oʻz aqli va mantigʻini ishlatgan har qanday kishi ham bilim va madaniyatdan yiroq jamiyatning xurofotlarini yodga tushiradigan evolyutsiya nazariyasidagi ishonch imkonsiz bir gʻoya ekanini yaqqol anglaydi. Yuqorida qayd etib oʻtilgani kabi, evolyutsiya nazariyasiga ishonganlar katta bir bochka ichiga tashlangan bir qancha atom va molekulalar fikr, aql yuritadigan professorlar va universitet talabalarini, Eynshteyn va Galiley kabi olimlarni, Hemfri Bogart, Frenk Sinatra va Luchano Pavarotti kabi sanʼatkorlarni, shuningdek, antilopalarni, limon daraxtlari-yu chinnigullar kabi oʻsimliklarni vujudga keltiradi, deb oʻylaydilar. Ustiga-ustak, bu bemaʼni safsataga ishonganlar olimlar, professorlar, madaniyatli va bilimdon kishilardir. Shu bois, bu nazariya uchun «dunyo tarixining eng kuchli sehri» degan ifodani ishlatmoq joizdir. Chunki dunyo tarixida u kabi insonlarni bu darajada aqldan ozdirgan, aql va mantiq bilan mulohaza yuritishga imkon bermagan, xuddi ularning koʻzini bogʻlagandek, haqiqatni ulardan pinhon tutgan biror-bir ishonch yoki gʻoya boʻlmagan.

Slayd 17

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 18

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Antropogenetika” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

11 + 14 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar