Antarktidaning o‘rganilish tarixi
8000 so'm

Slayd 1
Antarktidaning o‘rganilish tarixi
Slayd 2
REJA:
Yerning geografik qutblari haqida tushuncha
Yerning qutbiy hududlarini o‘rganish
Antarktika va Antarktidaning kashf etlishi
Janubiy qutbning zabt etilishi va Antarktidaning hududiy maqomi
Slayd 3
Geografik qutb – bu Yerning aylanish o‘qi uning yuzasi bilan kesishadigan nuqta. Yer sharining ikkita geografik qutbi bor: Arktikada (Shimoliy Muz okeanining markaziy qismi) joylashgan Shimoliy qutb va Antarktidada joylashgan Janubiy qutb.
Slayd 4
Geografik qutb barcha meridianlarning birlashadigan joyidir, shuning uchun uning uzunlik jihati yo‘q. Shimoliy qutbning kengligi +90 daraja, Janubiy qutbning kengligi esa -90 daraja. Geografik qutblarda asosiy yo‘nalishlar yo‘q. Qutblar Yerning kunduzgi aylanishida ishtirok etmagani uchun qutblarda kunduz va tunning kunduzgi sikli yo‘q. Geografik qutbda Quyoshning ko‘tarilish burchagi 23,5° dan oshmaydi, bu esa qutbda juda past harorat Doimiy bo‘lishiga olib keladi.
Slayd 5
XX asr geografik sayohatlari asosan shimoliy va janubiy qutblarni o‘rganishga, hamda sayyoramizning ichki hududlaridagi inson qadami yetmagan balandlik va chuqurliklarni zabt etishga qaratildi.
Slayd 6
XX asrda sovuq mintaqalarga sayohat qilish uchun yo‘l ochgan sayyohlardan Frit’of Nansen (1861-1930) alohida ajralib turadi. U 27 yoshida Grenlandiyani chang’ida kesib o‘tdi. 1893-1896 yillarda “Fram” kemasida Arktikaga sayohat qildi. Kemani suzuvchi muzlar ustiga o‘rnatib Arktika hududida 3000 mil yo‘l bosdi. 86014΄ parallelgacha piyoda yetib bordi. Uning maqsadi Shimoliy qutbni zabt etish edi.
Slayd 7
Amerikalik Robert Edvin Piri (1856-1920) 20 yil davomida qutbyoni hududlarida kezdi. U 4 marta Shimoliy qutbga yetib borishga harakat qildi. 1906-yilda 870 parallelgacha yetib bordi. Nihoyat 1909-yil 6-aprelda Shimoliy qutb zabt etilganligini e’lon qildi.
Slayd 8
1926-yil 11-mayda Umberto Nobile, Rual Amundsen va 16 kishidan iborat ekipaj dirijablda Shpitsbergen arxipelagidan Shimoliy qutb sari uchdi. 15,5 soatdan so‘ng Shimoliy qutb ustiga yetib borilganligi haqida xabar berdilar.
Slayd 9
Jeyms Kuk 1772-1775-yillarda amalga oshirgan 2-sayohatida janubiy qutb doirasidan o‘tdi va 76 daraja janubiy kenglikga yetib Antarktida qirg‘oqlariga yaqin bordi. Lekin muz qoplamidan o‘tishning iloji bo‘lmadi va Kuk bundan janubga suzish mumkin emas degan qarorga keldi.
Slayd 10
Faddey Bellingsgauzen va Mixail Lazarevlar 1819-1821-yillar davomida Antarktida qirg‘oqlariga yetib bordilar, bir qancha orollar va qirg‘oqlarni kartaga tushirdilar.
Slayd 11
Jeyms Klark Ross 1839-yildan 1843-yilgacha u Antarktidani o‘rganish tarixidagi eng yirik tadqiqotini amalga oshirib, uning nomi bilan atalgan dengiz hamda katta muzlik shelfini kashf etdi. 1841-yilda Antarktidadagi Erebus va «Terror» vulqonlarini kartaga tushirdi. 1842-yilda Ross 78° janubiy kenglikdan o‘tdi va bu ekspeditsiya davomida Antarktidadagi Viktoriya yeri qirg‘oqlari o‘rganildi. Biroq, Ross kashf etilgan hududlarni qit’alar emas, balki orollar deb hisobladi.
Slayd 12
1895-yil 24-yanvarda Henrik Iogann Bull, va uning olti kishidan iborat hamrohlari Antarktidadagi Adare burniga suzib kelib tushdilar. O‘sha paytda ular o‘zlarini Antarktidaga qadam qo‘ygan birinchi odamlar deb hisoblashgan va bu, albatta, eng tasdiqlangan dalildir.
Slayd 13
Karsten Borxgevink Antarktida qit’asiga qadam qo‘ygan birinchi odamlardan biri bo‘lib, bu norveg dengizchisi 1899-1900-yillarda Antarktida qishladi. Antarktida muzliklari bo‘ylab sayohat qilish uchun it qo‘shilgan chanalaridan foydalanish eng maqbul usul ekanligini isbotladi va u 1900-yil 16-fevralda 78° 50′ janubiy kenglikgacha yetib bordi.
Slayd 14
Ingliz tadqiqotchisi Ernest Sheklton 1907-yilda Antarktida qit’asi ichkarisiga ekspeditsiya tashkil qildi va janubiy qutbga yetib borishga harakat qildi. Uning ekspeditsiyasi 83⁰ 23′ janubiy kenglikkacha yetib bordi va janubiy qutbga 180 km qolganda orqaga qaytishga majbur bo‘ldi.
Slayd 15
Yirik norveg dengiz tadqiqotchisi Rual Amundsen 1911-yil 14-dekabrda uch hamrohi bilan janubiy qutbga yetib bordi. Ular 3 kun davomida qutb nuqtasini belgilash ustida ish olib bordilar va muvaffaqaiyatli ravishda orqaga qaytdilar. Bu sayohat norveg va ingliz tadqiqotchilari o‘rtasidagi o‘ziga xos musobaqa bo‘lib, ingliz ekspeditsiyasiga Robert Falkon Skott rahbarlik qilardi.
Slayd 16
Ingliz harbiy dengizchisi Robert Falkon Skott 1911-yilda hukumat tomonidan qabul qilingan maxsus reja asosida janubiy qutbni zabt etishni maqsad qilgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. U o‘z hamrohlari bilan 1912-yil 17-yanvarda janubiy qutbga yetib bordi va norveglar tomonidan qutb zabt etilganiga guvoh bo‘ldi. Ekspeditsiya marshruti va harakat vositalari sifatida qabul qilingan motorli chanalar hamda otlar Antraktida ichkarisidagi safar uchun yaroqsiz bo‘lganligi sababli Skott ekspeditsiyasi qaytishda halokatga uchradi.
Slayd 17
Slayd 18
1959-yil 1-dekabrda imzolangan va 1961-yil 23-iyunda kuchga kirgan Antarktida konventsiyasiga ko‘ra, Antarktida biron bir davlatga tegishli emas. Uning hududida faqat ilmiy faoliyatga ruxsat beriladi.Harbiy inshootlarni joylashtirish, shuningdek, 60 daraja janubiy kenglikdan janubga harbiy kemalar va qurolli kemalarning kirishi taqiqlangan. 1986-yilda Antarktida yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilindi. Hozirda 50 ta davlat (ovoz berish huquqiga ega) va o‘nlab kuzatuvchi mamlakatlar shartnoma ishtirokchilari hisoblanadi.
Slayd 19
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 20
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.