AMIR TEMUR TUZUKLARI DAVLAT BOSHQARUVIDAGI MUHIM MANBA SIFATIDA

8000 so'm


AMIR TEMUR TUZUKLARI DAVLAT BOSHQARUVIDAGI MUHIM MANBA SIFATIDA

 

 

Slayd 1

AMIR TEMUR TUZUKLARI -DAVLAT BOSHQARUVIDAGI MUHIM MANBA SIFATIDA

REJA:
1. Amir Temur -davlat boshqaruvi
2. Temur tuzuklari podsholarning turish – turmushi va odob – axloq me’yorlarini belgilovchi risoladir.
3. Temur tuzuklarida shu davr madaniyatining yoritilishi.

Slayd 2

«Tuzuki Temur» va «Tuzukoti Temur» nomlari bilan atalgan.
«TEMUR TUZUKLARI» – Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar.
Amir Temurning «Tuzuklar» muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi.
Bular orasida «Temur tuzuklari»ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham bor.
Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar XVI—XVII-asrlarda Hindistonda yozilgan.

Slayd 3

Asar 2 qismdan iborat.
Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan,
Eron
Afgʻoniston
Ozarbayjon
Gruziya
Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi
Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.

Slayd 4

Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat.
Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.

Slayd 5

Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi.
«Temur tuzuklari» («Tuzuki Temuriy»)ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum.
Bu usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari 1607—12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. «Tuzuki Temuriy»ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610 y.

Slayd 6

Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan.
Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637 y. boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628—57) tortiq qilgan.
Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652 y.) huzuriga chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si va shunga oʻxshash muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan.
Muhammad Ashraf Buxoriy koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan.

Slayd 7

Shu zaylda asarning yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqeoti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum.

Slayd 8

Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida «Tuzuki Temuriy» asosida ikkita mustaqil asar vujudga kelgan va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bogʻliq oʻziga xos tafsilotlar bor.
«Tuzuki Temuriy» nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779 yilda Angliyaga olib kelgan.
Soʻngra arab tili prof. ingliz mayori Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan. Uayt «Tuzuki Temuriy» ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783 y. Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.
Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarkalgan va «Tuzuki Temur» yoki «Tuzukoti Temur» nomi bilan shuxrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab shaharlarida, mas., 1785 y. Kalkutta, 1868, 1963 va 1992 yillarda Tehron, 1890 y. Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar koʻplab mamlakatlarga, jumladan, Oʻrta Osiyoga ham tarkalgan.

Slayd 9

Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening fransuz tiliga oʻgirgan tarjimasi 1787 y. Parijda nashr qilindi.
1892 y. L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar.
1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi.

Slayd 10

«Temur tuzuklari»ning Devi va Uayt nashri aso’ sida chiqarilgan toshbosma va keyingi nashrlaridan biri asosida Alixontoʻra Soguniy 1967 y.
Toshkentda «Tuzuki Temuriy»ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan va «Guliston» jurnalida tarjimaning faqat 30 foizi eʼlon etilgan.
…Oʻsha vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrogʻi rasmiy hokimiyat maʼmurlarining oʻtmish tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon munosabati natijasida Alixontoʻra Sogʻuniy tarjimasi toʻla tarzda bosilib chiqmadi.
Yana shuni ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi kamchiliklardan ham xoli emas edi.
Unda, mas., ayrim jumlalarning tashlab ketilgani aniklangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi nomlari, joʻgʻrofiy atamalarda va istilohlarda gʻalatliklar bor.
1989 yilda Alixontoʻraning oʻsha nashrini «Tuzuki Temur» ning Bombeyda chop etilgan forscha matniga solishtirgan holda oʻzbek tilida yana bir tarjima amalga oshirildi.

Slayd 11

Uni oʻzbek sharqshunosi Habibulla Karomatov hozirlab, oldin «Sharq yulduzi» jurnalida (Toshkent, 1989, 8son), soʻngra alohida kitob holida (1991) Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirdi».
Muhim tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, joʻgʻrofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari erkin talqin etilgan.
Asar toʻliq chop etilmaganligining sababi va 1989 y. oʻzbek tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akad. B. Ahmedov quyidagicha fikr bildirgan: “

Slayd 12

Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saklanayotgan 1785 y. Kalkutta, 1868 y. Tehron va 1890 y. Bombey nashrlari A. Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan.
Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha farqlangani bois Bombey nashri asosida qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga intilgan Alixontoʻra Sogʻuniy nomlari hurmat yuzasidan yangi tarjimada 1oʻringa qoʻyilgan.
Bu bilan, 1967 yilda boshlangan xayrli ishni nihoyasiga yetkazib, marhum domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi koʻzlangan.

Slayd 13

Asarning «Sharq yulduzi» jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va Olmaotada ham «Temur tuzuklari»ning qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima kitoblari nashr etildi.
1996 y. asarning yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop etildi.
1999 y. sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1marta bevosita fors tilidan rus tiliga tarjima qildi.
«Tuzuki Temuriy»ning Subhon Baxshi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulHaq (Bombey, 1908) taraflaridan amalga oshirilgan urducha tarjimalari ham mavjud.

Slayd 14

«Tuzuki Temuriy» sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli burchaklarida qaytaqayta nashr etilgan va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan.
«Malfuzoti Temuriy», «Voqeoti Temuriy» va boshqa nomlar bilan tanilgan va koʻpincha adashib «Tuzuki Temuriy»ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab olimi Mazhar Shihob «Temur» nomli kitobida «Tuzuki Temur»ning yuqorida eslatilgan ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining soʻz boshlarini oʻrganish asosida shunday yozgan: «Va nixryat Amir Temur malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi (Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga binoan, Muhammad Afzal Buxoriy tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu hol shu zaylda davom etdi».
Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan olishga muvaffaq boʻladi.

Slayd 15

Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi.
Yangi topilib, 1830 yilda Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini toʻlatoʻkis qamragan bulib, ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha hikoya qilardi.

Slayd 16

1830 y. Charlz Styuart keyin topilgan yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga keltirilgach, tanishib chiqib, bir tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi.
Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat yuritgan Temuriy sultonlar davlati hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon davrida podshoh saroyida xizmatda boʻlgan mansabdor shaxslardan biri Muhammad Afzal alBuxoriy edi.
Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani u 1670 yilda amalga oshirgan. Muhammad Afzal alBuxoriy oʻz tarjimasining muqaddimasida ishorat qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga kiritilgan aksar qoʻshimchalar, Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asaridan olinganligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Slayd 17

Demak, Amir Temur buyuk dav1at arbobi va yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan dono hukmdor bo’lib, ham siyosiy, ham ma’naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir. Zero:
1. Amir Temur XIV asrdayoq mam1akat va mintaqalararo munosabat1arni chuqur1ashtirib, yagona iqtisodiy makonga bir1ashtirishga harakat qildi. Integratsiyani ish1ab chiqib, Buyuk Ipak yo’li o’tgan .mam1akat1ar o’rtasida madaniyat1ar mu1oqotini bosh1ab berdi.
2. Amir Temur dav1at tizimi va boshqaruvni tashki1 etishda o’ziga xos maktab yaratdi, ado1at1i jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvor1igiga rioya qi1di.
3. Amir Temur dav1atchi1ik tamoyi11arini rivoj1antirdi, uni aq1-idrok sa1ohiyatiga tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi;
4. Amir Temur sa1tanati ma ‘naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo’g’ri1gan sa1tanat edi.

Slayd 18

XULOSA O’RNIDA
Amir Temurning davlat boshqaruvi
Amir Tеmur davlatni boshqarishda vazirlar, amirlar va viloyat voliylaoiga aloxida ahamiyat bеrgan. Vazirlar, «Tuzukot» muallifiniig fikricha, quyidagi to’rt sifatga ega bo’lishlari shart:
1) asillik va toza nasllik, buyuklik; 2) aqlu farosat; 3) sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik va ularga xushmuomalada bo’lish; 4) sabru bardoshlilik va muloyimlik. «Tuzukot»da Amir Tеmur davlatini еttn vazir boshqargani haqida gap boradi:
Mamlakat va raiyat vaziri. Bu vaznr mamlakatning muhim ishlarini, kundalik muammolarni, raiyat. ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq-o’lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mamlakatning obodonligi va aholining farovonligini ma’lum qilib turgan;

Slayd 19

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 20

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“AMIR TEMUR TUZUKLARI DAVLAT BOSHQARUVIDAGI MUHIM MANBA SIFATIDA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar