- Savatga boshqa "DISCUSSION ESSAYS" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Adabiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari badiiy asarning filologik
5000 so'm

=== Taqdimot: Adabiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari badiiy asarning filologik.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Adabiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari badiiy asarning filologik va didaktik tahlili
=== Slayd 2 ===
Reja:
Adabiy ta’limning maqsad va vazifalari.
Filologik tahlil va uning o‘ziga xos jihatlari.
Badiiy tahlilga qo‘yiladigan talablar.
Filologik (ilmiy) tahlilning o‘quv (didaktik) tahlildan farqi.
Badiiy asarning o‘quv tahlili tamoyillari.
=== Slayd 3 ===
“Tahlil” atamasi arabcha so‘z bo‘lib, “eritib yuborish”, “murakkab butunni qismlarga ajratish” ma’nolarini anglatadigan “halala” o‘zagidan kelib chiqqan. Ba’zilar adabiyotshunoslikda bu so‘z zamiriga “halollash” ma’nosi ham yuklangan, deb hisoblashadi. Ya’ni, tahlil deyilganda, badiiy matnning ma’nosi va jozibasi nimadan iborat ekanini xolis ko‘rsatish va o‘quvchiga begona bo‘lgan matnni eritib, uning shuuriga joylashga qaratilgan faoliyat ko‘zda tutiladi.
=== Slayd 4 ===
Har qanday pedagogik faoliyatga kirishishdan oldin kimni, nima uchun, nimani degan savollarga javob berish zarur.
Kimni savoli pedagogik faoliyatning maqsadini, nima uchun savoli vazifasini va nimani savoli o‘qitishning mazmunini belgilab beradi.
=== Slayd 5 ===
Qozoqboy Yo‘ldoshev
Adabiy ta’lim vositasida maktabni bitirgan o‘quvchida badiiy asarni o‘qish va anglash bo‘yicha muayyan tushunchalar shaklantirilishi, badiiy tahlilning ilk ko‘nikmalari yuzaga keltirilishi kerak. Achinarlisi shundaki, amalda nafaqat maktab bitiruvchilari, balki filologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtini tugatgan mutaxassislar ham badiiy tahlil malakasiga deyarli ega emaslar. Chunki uzoq yillar mobaynida oliy o‘quv yurtlarida badiiy tahlil alohida fan sifatida o‘qitilmay kelindi.
=== Slayd 6 ===
Komil shaxsni shakllantirish – adabiyot o‘qitishning bosh maqsadi. Bu umumiy tushuncha bo‘lib, istiqbolni belgilaydi (ya’ni kimni o‘qitiladi).
Oddiy o‘quvchidan kitobxon o‘quvchini tayyorlash, bolalarni badiiy so‘zdan ta’sirlanadigan, uning jozibasini his etadigan, haqiqiy badiiy asarni taniydigan, o‘qigan asarini tahlil eta biladigan va undan o‘ziga xulosa chiqarishga qodir, o‘z qarashlarini og‘zaki va yozma ravon ifoda eta oladigan, badiiy asar o‘qishni o‘zining birinchi hayotiy ehtiyojga aylantirgan o‘quvchi shaxsini shakllantirish bosh vazifa sifatida turadi. Bu tushuncha xususiy bo‘lib, joriy faoliyatni belgilaydi (ya’ni nima uchun o‘qitiladi).
=== Slayd 7 ===
Badiiy tahlilsiz mashg‘ulotda adabiyot o‘qituvchisi nochorligicha, adabiyot darslari zerikarliligicha, asardan chiqariladigan xulosa “ijtimoiy nasihatligicha” qolaveradi. Tahlil g‘arib bo‘lganligi uchun adabiyot o‘qitish jarayoni oldiga qo‘yilgan bosh maqsad – barkamol shaxsni shakllantirish amalga oshmaydi.
=== Slayd 8 ===
Nimani o‘qitilishi lozimligi to‘g‘risidagi ta’lim mazmuni o‘quvchilarga beriladigan bilim va singdiriladigan amaliy ko‘nikmalar direktiv hujjatlar, darslik hamda qo‘llanmalarda aks ettiriladi. Ta’lim mazmuni konsepsiya, o‘quv dasturi, standart, darslik va qo‘llanmalarda eks etadi.
=== Slayd 9 ===
Amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo‘naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik (ilmiy) va didaktik (o‘quv) tahlilga bo‘linadi.
=== Slayd 10 ===
Filologik tahlil
Filologik tahlil adabiy asarning badiiy mantig‘i va estetik o‘ziga xosligini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy talqin bo‘lib, kuchli hissiy intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo‘lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko‘rsatilishi ko‘zda tutilishi kerak.
=== Slayd 11 ===
Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy tahlilga shu tariqa ta’rif berilganda hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olinadi, deyish mumkin.
=== Slayd 12 ===
Filologik tahlilda falsafiy, psixologik va filologik yo‘nalishlar farq qilinadi.
=== Slayd 13 ===
Falsafiy yo‘nalish
Falsafiy yo‘nalish yetakchilik qiladigan badiiy tahlilda yozuvchining asarda aks etgan dunyoqarashi, olamni idrok etish tarzi, dunyo hodisalarini va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish va tushuntirish shakli singari muammolarni aniqlashga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Lekin bunday tahlil badiiy matndan ajralib qolgan falsafiy xulosalar yoxud mulohazalardan iborat bo‘lib qolmasligiga e’tibor berish talab qilinadi.
=== Slayd 14 ===
Psixologik yo‘nalish
Badiiy tahlilning psixologik yo‘nalishida adibning ijodiy o‘ziga xosligi, uslubi, ijod jarayonining psixologiyasi, estetik maslagi va ijod usulini aniqlash ko‘zda tutiladi. Bunday tahliliy yo‘nalishda yuqorida sanalgan jihatlarining qay yo‘sinda badiiy uslubga aylangani, estetik haqiqat qiyofasiga kirgani tekshiriladi.
=== Slayd 15 ===
Filologik yo‘nalish
Adabiy asar tahlilining filologik yo‘nalishida asosiy e’tibor o‘rganilayotgan asarning estetik hodisa ekanini har jihatdan asoslashga qaratiladi. Bu yo‘nalishdagi tahlilda o‘rganilayotgan asar filologik hodisa sifatida ham til, ham tasvir vositalari hamda ular o‘rtasidagi davomiylik va novatorlik nuqtai nazaridan tekshiriladi. So‘zning o‘z va badiiy ma’nosi, kontekstdagi jozibasi, badiiy matn zamiriga yashirilgan ma’no va bu yashirilganlikning ham hayotiy, ham estetik sabablari singari bir qator jihatlarga e’tibor qaratiladi.
=== Slayd 16 ===
Badiiy tahlilga qo‘yiladigan talablar:
Badiiy asarlarning har qanday tahlili (u xoh ilmiy tahlil bo‘lsin, xoh o‘quv tahlili) uchun xos bo‘lgan muayyan talablar tizimi mavjudki, ularga bo‘ysunmaslikning iloji yo‘q.
Ikkinchi talab esa har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza xarakterida bo‘lishi va hech qachon mutlaq haqiqat da’vosini qilishi mumkin emasligidadir
Adabiy asarning ilmiy tahlili oldiga qo‘yiladigan talablardan yana biri san’at asariga g‘oyani ifodalash vositasi, fikr bildirish yo‘ligina deb qaramaslik va uning maxsus estetik hodisa ekanini hisobga olish kerakligidir.
Badiiy asarlarni filologik tahlil qilishda amal qilinishi zarur talablardan yana biri san’at hodisalariga real borliqning nusxasi tarzida munosabatda bo‘lishning mumkin emasligidir.
=== Slayd 17 ===
Filologik (ilmiy) tahlilning o‘quv (didaktik) tahlildan farqi
Har qanday didaktik tahlil ilmiy tahlil darajasiga ko‘tarilishga intiladi va filologik tahlil darajasiga yetganda o‘quv tahlilidan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq erishilgan bo‘ladi. Ayni vaqtda badiiy asarni didaktik tahlil qilish filologik tahlil etishdan jiddiy farq ham qiladi.
O‘quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo‘lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir.
=== Slayd 18 ===
Badiiy asarning o‘quv tahlili tamoyillari:
Yaxlitlik tamoyili. Badiiy asarni o‘quvchilar tomonidan yaxlitligicha, butunligicha ham aqliy, ham hissiy idrok etish va qabul qilinishiga erishish lozim.
Tizimlilik tamoyili. Yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo‘lib, badiiy asarni tashkil etgan qismlarning muayyan tizimiy ko‘rinishga ega ekanligini ko‘zda tutadi va tahlilda shu holatni hisobga olish kerakligini talab qiladi.
Estetik asoslarning ustuvorligi tamoyili. Badiiy asar tahlilidan asosan go‘zallik, nafosat va ezgulik qirralarini topa bilish yetakchi mavqe tutishi lozim.
=== Slayd 19 ===
Tarixiylik tamoyili. Tahlilga tortilgan har qanday asarning yaratilgan davrini va imkoni bo‘lsa, bu asarni yaratilishiga sabab bo‘lgan asl sabablarni tushuntirish tahlilning to‘laqonli bo‘lishiga yordam beradi. Hissiylik tamoyili. Badiiy adabiyotning o‘zi hissiyotga asoslangan hodisa ekan, uni o‘rganish jarayoni ham hissiyotga yo‘g‘rilgan bo‘lishi tabiiy va zaruriy bir holatdir. Pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili. Shu jihati bilan u filologik tahlildan keskin ajralib turadi. Ya’ni didaktik tahlildagi har bir faoliyat o‘quvchilarda ma’naviy fazilatlarni shakllantirishni ko‘zda tutishga qaratiladi.
=== Slayd 20 ===
Individuallik tamoyili. Badiiy asar – ijod mahsuli. Har qanday ijod hamisha ham alohida shaxsning alohida faoliyati natijasidir. Binobarin, alohida shaxsning alohida o‘ziga xos, individual faoliyati mahsuli bo‘lmish badiiy asarni sinfdagi barcha o‘quvchiga birvarakayiga, yoppasiga berish, yetkazish mumkin emas. Ijodkor yurakdan chiqqan hosilani yosh yurakka yetkazish orqali o‘quvchi shaxsini shakllantirish adabiy ta’lim oldidagi maqsad hisoblanar ekan, yurakning umumiy bo‘la olmasligini, sinfdagi har bir o‘quvchining o‘ziga xos ruhiyati, kechinmalar tizimi, ta’sirchanlik xususiyatlari, estetik tajribasi borligini hisobga olish yo‘li bilangina maqsadga erishish mumkin ekanligi ayon bo‘ladi.
=== Slayd 21 ===
Q. Yo‘ldoshev
Har bir filolog qo‘lga olgan asarining badiiyligini ta’minlagan omillarni ko‘ra olishi lozim. Adabiyotshunos va tanqidchining vazifasi ham adabiy sanitar sifatida iste’dodsiz bitikchilarni fosh etib, ularni yozmaydigan qilishdan ko‘ra, yaxshi asarlarning fazilatlari nimadan iboratligini ko‘rsatib, o‘quvchilarda ularga mehr uyg‘otish orqali yaxshi asarni estetik jozibasi yo‘q bitiklardan farqlaydigan holatga keltirishdan iboratdir.
=== Slayd 22 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.