Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi (3)

4000 so'm


Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi (3)

 

 

Slayd 1

Abdulla Qodiriy

Slayd 2

Adib hayotiga nazar
1894-yil 10-aprelda tug’ilgan
1924-25-yillarda Moskvadagi oily jurnalistika institutida ta’lim oladi.
1926-y “O’tkan kunlar”, 1928-y “Mehrobdan chayon” , 1934-y “Obid ketmon” qissasi yozgan.
1937-y 31-dekabrda hibsga olinadi, 1938-yil 4-oktabrda qatl ettiriladi.

Slayd 3

1914-yilda Rasulmuhammadboyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi va Hafiza, Habibulla, , Adiba, Anisa, Mas’ud nomli farzandlarni tarbiyalaydi. U arab adibi Jo’rji Zaydonni “roman yozishga havaslantirgan” ustoz deb atadi. Qodiriyning katta o’g’li Habibulla Qodiriy (1919-1987) shifokor, yozuvchi bo’lib yetishib, “Otam haqida”, “Abdulla Qodiriyning so’nggi kunlari” kabi asarlar muallifi sifatida tanilgan.
“Jinlar bazmi” hikoyasi , “Baxtsiz kuyov” dramasini yozadi. Bu M.Behbudiyning “Padarkush” dramasidan ta’sirlanib yozilgan. Bu haqda Shunday deydi: “1913-yillarda chiqqan “Padarkush” pyesasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborg’onimni bilmay qoldim
( 1915-yilda)” .

Slayd 4

Qodiriy, Julqunboy, Kalvak Maxzum, Dumbul,Toshpo’lat, Shig’oy kabi taxalluslarni qo’llagan.
Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo’lida ishboshqaruvchilik qiladi.
1914-yilda Abulqosim madrasasidga o’qishga kiradi.

Slayd 5

Rus tuzem maktabida rus va u orqali dunyo adabiyotini o’rgandi
1937-y 31-dekabrda hibsga olinadi, 1938-yil 4-oktabrda qatl ettiriladi.
Har qanday ishga bo’lgani kabi asarlarini yozishga ham g’oyat puxta tayyorgarlik ko’radigan A.Qodiriy 1917-18-yillardan boshlab asosiy asari bo’lmish “O’tkan kunlar” romani uchun material yig’ishga kirishdi. U xalq hayoti , ahvoli ruhiyatni yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. Adib romanni 1919-yil yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari “Inqilob” jurnalida chop etildi. 1925-yilda romanning bo’limlari alohida-alohida uch kitob bo’lib 1926-yilda esa “О’tkan kunlar” yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi.

Slayd 6

1928-yilda adibning ikkinchi romani “Mehrobdan chayon” nashr etildi. 1934-yilda kolxozlashtirish tufayli o’zbeklar hayotida ro’y bergan o’zgarishlarni aks ettiradigan “Obid ketmon” qissasini yozdi. A.Qodiriy “Amir Umarxonning kanizagi”, “Namoz o’g’ri”, “Dahshat”, singari romanlar yozmoqchi bo’lib, materiallar to’plagan. Ammo qonsiragan sho’rolar tuzumi adibning bu romanlarini amalga oshishiga to’sqinlik qildi.
A.Qodiriy “O’tkan kunlar” asarida “moziyga qaytib” ish ko’rgan, “tariximizning eng qora kunlari” bo’lgan “xon zamonlari”ni mavzu qilib olgan. Romanning ma’no-mundarija doirasi keng. Unda xilma-xil ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida eng muhimi – yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasidir.

Slayd 7

A.Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani bilan o’zbek adabiyotining obrazlar, xarakterlar silsilasida yangi davr boshlandi. Qodiriyning bu boradagi xizmatini hazrat Navoiy ijodiy jasorati bilan qiyoslash mumkin. A.Navoiy “Xamsa” dostonlari orqali turkiy –o’zbek tilida Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Iskandar kabi fors-tojik adabiyotining ma’lum va mashhur qahramonlari bilan tenglasha va bellasha oladigan original obrazlar yaratib katta jasorat ko’rsatdi. A.Qodiriy esa real hayotdan olingan Otabek, Yusufbek Hoji, Kumush, Ozbek oyim, Oftob oyim, Zaynab kabi oddiy odamlarni Farhod, Shirin, Mehinbonu, Tohir, Zuhra, Bahrom singari an’anaviy , afsonaviy qahramonlar qatorida tura oladigan yorqin obrazlar darajasiga ko’tardi, keying asarlarida Anvar ,Ra’no, Solih mahdum, Xudoyorxon, Mulla Obid singari betakror xarakter yaratib, bu tajribani yanada mustahkamladi. Qarangki, “O’tkan kunlar” , ”Mehrobdan chayon” bosilib chiqqach, bizda Farhod , Shirin, Tohir, Zuhra kabi sevimli ismlar safida Otabek, Kumush, Anvar, Ra’no degan nomlar ko’paydi.

Slayd 8

OTABEK:bilimli, Yolg’iz o’g’il, aqlli, vafodor
Kumush:Otabekning sevimli yori, Go’zal va latofatli, Ilmli va dono qiz, O’zbek qizlarining timsoli, Rashk va kundoshlik-ning qurboni
Zaynabning kundoshi

Slayd 9

“O’tkan kunlar” A.Qodiriyning bosh asaridir. Yozuvchi asar mavzusini bekorga o’tgan kunlardan olmagan. Chunki buguni mustahkam, ertasi poydor bo’lishini istagan har bir xalq o’tmishini yaxshi bilishi kerak. Adib millat tarixining “eng kirlik, qora kunlari”ni tasvirlash asnosida xalqning asl ma’naviy qiyofasini ko’rsatib berishga harakat qiladi.
Yozuvchi asarda tarixning eng chirkin paytlarida ham millat hayotida yuksak ma’naviyatli yorqin shaxslar va yorug’ jihatlar bo’lganligini aks ettiradi. Lekin u romanda xalq va uning o’tmishini quruq ulug’lash yo’lidan bormaydi. Balki millat tabiatdagi qoloqlik va tanazzulga sabab bo’lgan illatlarni ham shafqatsiz xolislik bilan ko’rsatib beradi. Millat o’zining yuksak va tuban jihatlari bilan to’la aks ettirilgani uchun ham asar xalq orasida keng tarqalib ketdi.
O’z davrida “O’tkan kunlar” romanini o’qish uchun navbat kutib turganlarning sanog’iga yetib bo’lmas, asarni to’la yodlab olgan kitobxonlar ham bor edi.
Asarda xalqning baxtsizligi , millat rahnamolarining kaltabinligi, hukmdorlarning ma’rifatsizligi, ommaning johilligi, yurt mustaqilligining omonatligi va deyarli hech kimni qiziqtirmasligi singari holatlar bot-bot tilga olingan.

Slayd 10

Romanning bosh qahramonlari novdaligidayoq xazon etilgan, asar ulkan fojia bilan tugagan bo’lsa-da, asarda qandaydir bir yorug’ ruh hukmronlik qiladi.
Chinakam iste’dod xususiy holat misolida hodisaga tegishli umumiy belgilarni ko’ra olish qudrqtiga ega bo’ladi. “O’tkan kunlar” da Qodiriy iste’dodining shu jihatlari namoyon bo’lgan. Bu jihatdan , ayniqsa, Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Alim, hasanali, Mirzakarim qutidor, Oftob oyim, Normuhammad singari personajlar tasviri xarakterlidir. Asarda bu timsollarning taqdir sinovlaridan o’tishdagi sifatlarini tasvirlash asnosida xalqning fazilatlari namoyon qilingan.

Slayd 11

Bu dunyoda odamlar millatlarga bo’linib yashashadi. Har bir millat o’z makonida o’ziga xos tartibga amal qilib yashagani uchun boshqa millatlardan qaysidir bir jihatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, har biro dam, katta-kichikligidan qat’I nazar, bolaligidan o’zining biror millatga tegishli ekanligini bilib o’sadi. Milliylik – tashqi belgi emas. U ichki holatdir. Biror millatning vakili o’zining qaysi millatga mansubligini bilsa va shu bilan faxrlansa, unda millat tuyg’usi shakllangan bo’ladi. Millatini tanimaslik va u bilan faxrlanmaslik ulkan baxtsizlikdir. Bu ota-onadan yuz o’girishga o’xshagan nuqsondir. Ota-onani tanlab bo’lmaganidek, millatni ham tanlamaydilar. Uni boricha qabul qilish, avaylash, uning har jihatdan yuksalishiga hissa qo’shish lozim.

Slayd 12

Savollar:
1.O’zbek adabiyotida qaysi shoirlar, shoiralar, yozuvchilarini bilasiz?
2.Abdullar Qodiriy qachon va qayerda tavallud topgan? Uning qanday hikoya, romanlarini bilasiz?

Slayd 13

3.Nima uchun Abdulla Qodiriyni o’zbek romanchiligining asoschilaridan biri deymiz?
4. Adibning “O’tgan kunlar” asari haqida to’liq ma’lumot bering?

Slayd 14

5.Nima uchun sho’rolar davrida “O’tgan kunlar” asarini o’qish taqiqlangan?
6. “O’tgan kunlar” asari nima haqida va unda nimalar aks etiladi?

Slayd 15

7. “O’tgan kunlar” asari qahramonlari-
ni sanang?
8. Asar personaj-
lari haqida nima deya olasiz?

Slayd 16

9. Keling, O’zbek oyim to’g’risida gaplashaylik. Uning Otabek bilan munosabati tasviriga tayanib shaxsiyatiga qanday baho berasiz?
10. Yusufbek Hoji haqida qanday fikr bildirasiz?

Slayd 17

11. Asarda salbiy illatlari bilan ko’zga tashlangan Homid haqida nima deya olasiz?
12. Otabek va Kumushlar o’zaro munosabatlari hamda ularning boshqalar bilan muomala madaniyati asarda qanday tasvirlangan? Zaynabga qanday baho berasiz?

Slayd 18

13. Otabek va Kumushda mavjud qaysi fazilatlar bugungi yoshlar orasida uchraydi yoki umuman ularda bu xususiyatlar yo’q?

Slayd 19

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 20

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi (3)” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar