Abdulla Avloniy hayoti va ijodi (2)
6000 so'm

Slayd 1
Abdulla Avloniy
(1878-1934)
Slayd 2
Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida hunarmand-to‘quvchi oilasida tug‘ildi.
Slayd 3
ILK TA’LIM
U 7 yoshida o‘qchi mahallasidagi boshlang‘ich maktabga o‘qishga bordi, uni 1890-yili tugatgach, shu mahalladagi madrasada tahsil oldi.
Keyinroq tahsilni Shayxontohurdagi madrasada davom ettirdi.
Slayd 4
Qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Yosh Abdullada she’r yozishga ishtiyoq
15-16 yoshlarida paydo bo‘ldi.
Slayd 5
Abdulla Avloniyning ilk she’riy mashqlari 1894-yilda bitilgan. U 1905-yildan boshlab o‘z mashqlari bilan matbuot sahifalarida qatnasha boshladi.
Shoir lirik she’rlarida Hijron taxallusini qo’llagan.
Slayd 6
1906-yilda chiqa boshlagan «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo‘ldi.
1907-yil 4-dekabrda Avloniy muharrirligida bu gazetaning 1-soni bosmadan chiqdi.
Ma’rifatparvar shoir uni o‘z uyida – hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab, chop etdi.
Slayd 7
Gazetalari yopilgach,Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida maktabdorlik bilan shug‘ullana boshladi.
Slayd 8
1909-yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochdi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatdi.
Slayd 9
Xayrli ish
Aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish;
Xalq uchun spektakllar qo‘yib berish va ular orqali ommaga ma’naviy oziq berish;
Klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish;
O‘quvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish va boshqalar.
1913-yilda «Turon» jamiyatini ochdi. Uning vazifasi:
Slayd 10
«TURON» TEATRI
A. Avloniy jamiyat qoshida «Turon» nomli teatrni ham tashkil etdi.
10 taga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o‘zbekchaga tarjima qildi.
3 ta yangi pyesa yozdi va ularni sahnalashtirdi.
Slayd 11
ILK darsliklarlar muallifi
«Birinchi muallim» (1909-y.);
«Ikkinchi muallim» (1912-y.);
«Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913-y.);
«Maktab gulistoni» (1916-y.).
Shuningdek, 6 qismdan iborat «ADABIYOT YOXUD MILLIY SHE’RLAR» (1909-1916) singari darsliklar, alifbo va o‘qish kitoblarini yozdi.
Slayd 12
7-SINF O‘QISH XRESTOMATIYASI
O‘tgan asrning 30-yillarida 7-sinf o‘qish xrestomatiyasini tuzib nashr ettirdi. Unda o‘z davridagi ko‘plab o‘zbek adiblari hamda rus, jahon adabiyotining qator vakillari haqida biografik ma’lumotlar keltirilgan, ularning mashhur asarlaridan namunalar berilgan edi.
Slayd 13
E’TIROF
A. Avloniy 1919-1920- yillarda diplomatik vazifalarda ishladi. So‘ng umrining oxirigacha O‘rta Osiyo Davlat universitetida dars berdi.
Abdulla Avloniy 1927-yilda «Mehnat qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi.
1930-yili «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori» unvoni berildi.
Slayd 14
Abdulla Avloniy
1934-yil 25-avgustda
vafot etdi.
Slayd 15
VATANNI SUYMAK
Vatan. Har bir kishining tug‘ulub o‘skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ulgan, o‘sgan yerini jonidan ortuq suyar.
Slayd 16
Hatto bu vatan hissi-tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayirilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo‘lub, har vaqt dilining bir go‘shasida o‘z vatanining muhabbati turar.
Slayd 17
VATANNI SUYMAK IMONDANDUR.
BOBOLARIMIZ: «Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l», – DEMISHLAR.
Slayd 18
VATANh a q i d aMAQOLLAR
Slayd 19
Fil tushida Hindistonni ko’rar.
Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.
Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.
Yurtim – ko’ksim,
Elim – iligim.
Elga qo’shilganning ko’ngli to’q,
Eldan ajralganning beti yo’q.
Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.
Sigirning suti – tilida,
Erning quti – elida.
Ko’lning otini balig’i chiqarar.
Slayd 20
Bilimingizni sinang!
Avloniyning matbuot va gazetchilik faoliyati haqida nimalar bilasiz?
Abdulla Avloniy «Turon» jamiyatini tuzib, unda qanday ishlarni amalga oshirdi?
«Vatanni suymak» lavhasida adib bizni nimaga da’vat etadi?
«Vatan» she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nimaga o‘xshatadi?
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.