8-sinfda mumtoz adabiyotni sharhlab o‘rganish topshiriqlari
8000 so'm

Slayd 1
8-sinfda mumtoz adabiyotni sharhlab o‘rganish uchun topshiriqlar namunalarini tayyorlash
Slayd 2
Reja:
• 8-sinfda mumtoz adabiyotni sharhlab o‘rganish
• 8-sinfda mumtoz adabiyotni sharhlab o‘rganish uchun topshiriqlar
• 8-sinfda mumtoz adabiyotni sharhlab o‘rganish uchun topshiriqlar namunalarini tayyorlash
Slayd 3
Mumtoz adabiyotning asosi bo‘lmish “Aruz” she’riy tizimi asrlar davomida arab, fors-tojik va turkiy she’riyatlarda amaliy jihatdan qo‘llanib kelishi bilan bir vaqtda ushbu xalqlar adabiyotshunosliklarida nazariy jihatdan xam takomillashib bordi. Aruz maxsus ilm sifatida maktab va madrasalarda muttasil o‘rgatildi, mazkur she’riy mezon nazariyasi va amaliyotiga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar yaratildi, risolalar bitildi. Halil ibn Ahmaddan so‘ng Ibn Usmon Maziniy, Imom Ahmad Ibn Abdurabbih, Ibn al-Xatib at-Tabriziy, Ziyovuddin Abul Jaysh alHazrajiy kabi arab olimlari ushbu ilmga doir asarlar yaratib, aruz taraqqiyotiga 17 hissa qo‘shdilar. Aruz ilmi haqida, ayniqsa, fors-tojik adabiyotshunosligida ko‘plab asarlar bitildi. Mavlono Yusuf Nishofuriy (X asr) forsiy tilda aruzga oid asar yaratgan olimlarning birinchisi edi. Rashididdin Vatvotning (XIII asr) “Hadoyiq ussehr”, ushbu asrda yashab ijod qilgan Shams Qaysning “Al-Mo‘jam fi me’yor ashor al-Ajam”, Nasriddiy Tusiyning (XIV asr) “Meyor ul-ashor”, shu asr vakili Salmon Savojiyning “Qasidatun masnuot al-aruz”, Abdurahmon Jomiyning (XV asr) “Risolai aruz” asarlari fors-tojik aruzining nazariy va amaliy taraqqiyotida alohida ahamiyat kasb etdi. Aruz ilmiy taraqqiyotiga turkiy xalqlar ichidan yetishib chiqqan adabiyotshunos olimlar ham munosib hissa qo‘shdilar. Mashhur faylasuf Abu Nasr Forobiy (X asr), Abu Ali ibn Sino (XI asr), Abul Qosim Zamaxshariy (XI asr), Abu Yaqub Yusuf ibn Abubakr Sakkokiy (XII-XIII asr)laro‘zlarining arab va forsiy tilda bitgan ilmiy asarlari bilan faqat arab va forsiy aruzlarga emas, ayni vaqtda turkiy aruz taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdilar
Slayd 4
Turkiy aruzning nazariy va amaliy jihatdan shakllanishi va izchil rivojlanib borishida Alisher Navoiyning ilk bor turkiy tilda yaratilgan “Mezon ul-avzon” asari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ulug‘ mutafakkir shoir aruz qoidalarini, xilma-xil bahrlari hamda vaznlarini turkiy tilda mufassal bayon qilish bilan cheklanib qolmasdan, turkiy xalqlarning og‘zaki she’riyati mezoni bilan aruz vaznlari hamohangligini atroflicha dalilladi hamda turkiy til xususiyatlarini nazarda tutgan holda aruzning turkiy adabiyotlarda, xususan, o‘zbek she’riyatida keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab o‘lchovlarini ham belgilab berdi. O‘zining lirik asarlari va dostonlarini yaratishda aruzning rango-rang vaznlarini sinchkovlik bilan sinovdan o‘tkazgan Alisher Navoiy turkiy tillarda ham aruz o‘lchovlari asosida turli-tuman janr va shakllarda g‘oyat latif lirik asarlar yaratish va yirik dostonlarni bitish mumkinligini amalda isbot ham qilib bergan edi. Bu bilan shoir turkiy tilning beqiyos boyligi va betakror go‘zalligini she’riy o‘lchov jihatidan ham namoyish qildi. O‘zbek aruzining nazariy va amaliy jihatdan kamol topishida Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar” deb atalgan yirik ilmiy asarining ahamiyati beqiyosdir. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z asrining talantli shoiri va nosiri bo‘lishi bilan birga qobiliyatli adabiyot nazariyotchisi va olimi ham edi. Bu 18 da’voni uning “Boburnoma”sidagi ko‘pgina fikrlar, jumladan, zamonasidagi shoir va olimlar haqida bildirgan mulohazalari tasdiqlaydi. Ikkinchi tomondan esa, “Boburnoma”dan ma’lum bo‘lishicha, XV asrning oxirlarida adabiyot nazariyasi, xususan, aruzga bag‘ishlangan ko‘pgina risolalar, Jumladan, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Sayfi Buxoriyning “Mezon ul-ash’or” yoki “Aruzi Sayfiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan risolalar Boburning diqqatini o‘ziga tortgan edi.
Slayd 5
Shunday qilib, Boburning aruz nazariyasiga bag‘ishlangan ilmiy risolasi XVI asrning 20-yillarida dunyoga keldi. XVI asrning ikkinchi yarmida yaratilgan ayrim manbalardagi ishoralarga ko‘ra, Boburning aruzga doir risolasi Mavorounnahr, ayniqsa, Buxoro va Samarqand adabiy muhitiga, ushbu muhit vakillariga ma’lum va mashhur bo‘lgan. Bu fikrni XVI asrda yashab ijod etgan taniqli shoir va adabiyotshunos olim Hasan Nisoriyning 1565-1566-yillarda yozilgan “Muzakkiri ahbob” tazkirasi quvvatlaydi. Ushbu muallif o‘z tazkirasida Zahiriddin Muhammad Bobur va uning ijodiga yuksak baho berib, “Risolai aruz” asari haqida ham g‘oyat iliq fikrlar bayon qiladi.Shunday ekan, Nisoriy Boburning aruz haqidagi asarini shunchaki qarab chiqqan emas, balki uni chuqur mutolaa qilib, o‘z ijodida amaliy foydalangan ham.Qizig‘i shundaki, Boburning ushbu risolasi XVII- XVIII-XIX asrlarda yaratilgan manbalarda umuman tilga olinmaydi. Bu davr mobaynida ushbu asar olimlar va kitobxonlar nazariga tushmaganga o‘xshaydi. Faqat XX asr boshlariga kelib mazkur kitobning bir qo‘lyozma nusxasi Parijdagi Fransuz milliy kutubxonasida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi, u haqda maqolalar e’lon qilindi. Nihoyat, taniqli sharqshunos va adabiyotshunos olim M. Hamroev tahriri ostida 1969-yili Olmaota shahrida uyg‘ur tilida chop etildi.
Slayd 6
Keyinchalik adabiyotshunoslar Saidbek Hasanov va I.Steblevalar asarni to‘la ravishda bosmadan chiqarishga muvaffaq bo‘ldilar. Shunday qilib to‘rt asr o‘tgachgina Boburning ushbu ilmiy risolasi keng kitobxonlar ommasi hukmiga havola qilinib o‘z qadr-u qimmatini topdi. Zahiriddin Muhammad Boburning aruzga bag‘ishlangan risolasi o‘zbek she’rshunosligining qonuniy talablari natijasida hamda Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarining mantiqiy davomi sifatida yuzaga keldi. Agar Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”i o‘zbek 19 she’rshunosligining Navoiyga qadar va uning davridagi, qisman Navoiy ijodidagi xususiyatlarini, xususan, aruz bilan bog‘liq tajribalarini nazariy jihatdan umumlashtiruvchi asar bo‘lsa, Boburning “Muxtasar”i Alisher Navoiy ijodiy merosi va qisman muallifning – Boburning tajribalari asosida yuzaga kelgan asardir. Ana shu holning o‘zi Bobur asarining qiymatini yanada oshiradi va uning XVI asrning 20-yillarigacha bo‘lgan o‘zbek she’riyatini aruz nuqtai nazaridan izohlaydigan asar ekanidan dalolat beradi. Mazkur asar faqat aruz vazni bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi deyish uning doirasini toraytirib qo‘yishi mumkin. Aslida Boburning ushbu risolasida an’anaviy aruz va uning qonunqoidalari bayon qilinibgina qolmay, unda o‘zbek she’rshunosligi hamda eski o‘zbek tili fonetikasining aruzga munosabati; turkiy o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va yozma she’riyati orasidagi o‘zaro ta’sir, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, muallifning o‘zbek, ozorbayjon va fors-tojik adabiyotlarining zabardast namoyandalari ijodi, asarlari haqidagi mulohazalari ham mo‘jaz tarzda o‘z ifodasini topgan
Slayd 7
Asarda adabiyotshunoslikning muhim masalalari o‘zbek adabiyotining qardosh adabiyotlar bilan aloqa ko‘lamida yoritilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning ta’kidlashicha, risolada aruzning 21 bahri va undagi 537 vazn tavsif qilingan. Shunisi diqqatga sazovorki, aruzga bag‘ishlangan boshqa risolalarda, jumladan Alisher Navoiyning “Mezon ulavzon”, Sayfi Buxoriyning “Mezon ul-ash’or”larida aruzning 19 bahri haqida ma’lumot beriladi. Bobur esa o‘z risolasida tavil doirasida hosil bo‘luvchi ariz va amiq bahrlari ham mavjudligini uqtiradi, bahrlar sonini 21 taga yetkazadi. “Risolai aruz”da ariz va amiq bahrlari tavil, madid va basit vaznlari qatorida “Doirai mutalifa”ga kiritilgan. Diqqatga loyiq tomoni shundaki, Bobur bu bahrlarning o‘zbek va tojik shoirlari tomonidan kashf etilganini alohida uqtirib, ariz bahri haqida shunday yozadi: “Bu bahrni Ajam shuarosi paydo qilib, maqlubi tavil depturlar, ariz ham derlar». Asarda arizning to‘rtta, amiqning ikkita vazniga misol qilib, jami to‘qqiz bayt keltirilganki, shundan olti bayti o‘zbek tilida bo‘lsa, uch bayti forstojik tilidadir”7 7Valixo‘jaevB.O‘zbek adabiyotshunosli gitarixi.Toshkent, 1993, 138-139-betlar. 20 I bob yuzasidan xulosalar Akademik litseylarda mumtoz she’riy asarlarning nazariy asoslari yuzasidan quyidagi mushohadalarni bildirish o‘rinli: – Bugungi kundagi litsey darsliklarida berilgan shoirlarning ijod namunalarini sharhlab o‘rgatmasdan talabaga tushuntirishning iloji yo‘q.Bu borada joriy darsturdagi kamchiliklarni bartaraf etish zarur. – Adabiyot qoidalar darsligi aynan ana shu mumtoz asarlarni o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim beradi mana shu darslikni chuqurroq o‘rgangan talaba aynan mumtoz asarlarni asl mohiyatini tushunib yetadi – akademik litseyda “Adabiyot qoidalari” darsligi uchun ajratilgan dars soatlari 16 soatni tashkil qiladi.
Slayd 8
Shundan 8 soati nazariy bilim berishga, 8 soati esa amaliy mashg‘ulot uchun ajratilgan.Mana shu soatlar davomida talabalarda chuqur ko‘nikma hosil qilish – o‘zbek mumtoz adabiyotining asosini aruzshunoslik tashkil etadi.Yuqorida aytkanimizday faqatgina mana shu soha bilan shug‘ullanadigan mutaxasislargina chuqurroq o‘rganishi kifoya.Bu she’r turini biz qadrlaymiz. ' 21 II BOB. MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINI SHARHLAB O‘RGATISH YO‘LLARI 2.1. Mumtoz asarlarni sharhlab o‘rgatish metodlari va tavsiyalar Qadim zamonlardan buyon ilmiy o‘rganishda keng qo‘llanib kelingan usullardan biri sharhlab o‘rganishdir. “Sharh” arabcha so‘z bo‘lib ochish, bayon etish, oshkor qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Navoiy asarlari lug‘atida esa sharh aylamak, izohlamoq tarzida bayon etilgan. Ba’zi manbalarda sharh tavsifga o‘xshab ketishi, bu atama garchi sharh bilan ma’nodosh bo‘lsa-da, lekin u kengroq mazmunni anglatishi qayd etiladi. Yevropa ilmiy atamashunosligida sharh tushunchasi hamma vaqt ham bir xil ma’noni ifoda etmagan. Masalan sharh so‘ziga rus adabiyotshunosligida komentariy atamasi to‘g‘ri kelib, u bayon etish, kabi ma’nolardan tashqari, keng ma’noda, ya’ni ilmiy tadqiqot xarakteridagi ishlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Tajribali o‘qituvchilarning fikricha, sharhlab o‘qitish orqali, biror asar matnini izohlash jarayonida o‘quvchilar notanish so‘z ma’nosi bilan, ayrim so‘zlarning ko‘chma ma’nosi yoki bir so‘zning bir necha xil ma’nolari bilan tanishadilar. Tarixiy-badiiy asarlarni o‘rganish orqali arxaik shevaga xos, arab fors tilidan kirgan so‘zlar ma’nosi oydinlashadi, o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘tmish madaniyati oydinlashadi. Ba’zan darsda mavzuni badiiy asar nomini sharhlashdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, Turdi Farog‘iyning she’rlarini o‘rgatishda u yashagan davr haqida ikki og‘iz gapirishdan boshlash zarur talaba o‘sha davrga kirsa darsning mazmundorligi ortadi. Boburning “Boburnoma”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Maxmurning “Hapalak” asarlarini sharhlashda ham xuddi shu yo‘lni tutish mumkin. Shunga o‘xshash asarlarni sharhlash quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi. 1.Lingivistik sharh . (Tushunilishi qiyin so‘zlar, ma’nosi notanish va noaniq so‘zlar izohi). Sharhning bu turini quyidagi so‘zlar qamrab oladi: arxaik so‘zlar, tarixiy so‘zlar, dialektizm, arab-fors so‘zlar izohi. So‘zlarni shu tarzda izohlash uning qaysi tilga mansubligi haqida ham ma’lumot beradi. 2.Tarixiy-milliy sharh. Bu xil sharhda qadimiy milliy urf – odatlar, an’analar, udumlar bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar izohlanadi. 3.Tarixiy-adabiy sharh. Bunda adabiy asarlardagi tarixiy davr bilan bog‘liq an’analar izohlanadi
Slayd 9
Savol va topshiriqlar:
• 1.8-sinfda mumtoz adabiyotni sharhlab o‘rganish uchun topshiriqlar namunalarini tayyorlang
• 2.8-sinfda mumtoz adabiyotdagi g‘azallarni qanday sharhlab o‘rganish mumkin
• 3.Mumtoz adabiyotdagi g‘azallardagi asosiy g’oya nima
• 4.Mumtoz adabiyotning asosi bo‘lmish “Aruz” she’riy tizimi haqida nimalar bilasiz
• 5.Mumtoz adabiyotning asosi bo‘lmish “Aruz” she’riy tizimi qachon paydo bo’lgan
Slayd 10
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.