- Savatga boshqa "ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
1871–1914-yillarda Buyuk Britaniya
6000 so'm

1871–1914-yillarda Buyuk Britaniya
=== Taqdimot: 1871–1914-yillarda Buyuk Britaniya.pptx ===
=== Slayd 1 ===
1871–1914-yillarda Buyuk Britaniya
=== Slayd 2 ===
1. Angliyaning iqtisodiy sohada orqada qolishi.
2. Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik siyosati.
3. Irlandiya muammosi – ijtimoiy harakat.
4. Angliyaning tashqi siyosati .
Reja :
=== Slayd 3 ===
XIX sarning 70-yillarida Angliyada Gladston boshchiligida hukumat (1864–1874) rahbarlik qilib, u Angliyaning jahonda yetakchiligi o‘zgarmasdir, degan tamoyilga asoslanib tuzilgan edi. Bu davrda sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan boshqa mamlakatlardan hali ham ancha ustunligini saqlab qolgan edi.
Angliyaning iqtisodiy sohada orqada qolishi
=== Slayd 4 ===
Angliya iqtisodiyoti
1878–1879-yillardagi inqiroz ketidan biron bir kattaroq sanoat yuksalish bo‘lmasdan, 1882-yil oxiriga borib, Angliya iqtisodiyoti navbatdagi inqirozga tortila boshladi.
=== Slayd 5 ===
Angliya davlati Germaniya, AQSH, Fransiya uchalasi ishlab chiqargan metalldan ham ko‘p metall eksport qilardi. Angliyaning iqtisodiy qudrati va mustamlaka bozoridan foydalanishi boshqa mamlakatlar 1873-1874-yillarda boshidan kechirgan Yangi inqirozning boshlanishini bir qadar orqaga cho‘zishga imkon berdi. Garchi 1874-yilda Angliyaning eksporti kamaya boshlagan, baholar bir qadar pasayib ishsizlik ko‘paygan bo‘lsa ham Angliyada inqiroz 1874-1879-yillarda ro‘y berdi.
=== Slayd 6 ===
Solsberi hukumati 1890-yilda liberallar hukumatiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Angliya 1895-yilda mag‘lubiyatga uchrab, 1899-yilda Bur respublikasiga qarshi agressiyani yana boshlab yubordi. O‘zini himoya qilgan Transval hukumati 1899-yil 9-oktyabrda Angliyaga qarshi urush e’lon qildi. 11-oktyabrda unga Oranj respublikasi qo‘shildi. 1900-yil yozida Angliya 5 ming burlar armiyasiga qarshi 50 ming qo‘shin olib keldi. lyun oyida burlar hukumati urush tamom bo‘ldi deb e’lon qildi. Ammo urush harakatlari 1902-yil 1-iyungacha davom etdi. Shunday qilib burlar urushi (1899-1902-yy) Angliya foydasiga hal bo‘ldi.
=== Slayd 7 ===
Angliya iqtisodiyotida tez -tez takrorlanib turgan inqirozlar Angliyaning sanoat sohasidagi hukmronligiga chek qo‘yilishini tezlashtirdi. AQSH 1886-yilda po‘lat eritish jihatidan 1890-yilda cho‘yan ishlab chiqarish 1892-yilda paxta yetishtirish, 1899-yilda ko‘mir qazib chiqarish jihatidan Angliyadan o‘zib ketdi.
=== Slayd 8 ===
Qo‘shma shtatlar o‘zining ichki bozoridan siqib chiqardi, Germaniya esa tashqi bozoridan va hatto ichki ingliz bozoridagi raqobatdan unga zarbalar berdi. 20 yil mobaynida ya’ni 80-yillardan tortib XX sar boshlarigacha Germaniya eksporti 41 % ga ko‘paygan: AQSHda eksport qilish esa ikki martadan ham ziyodroq oshgan holda, ingliz eksporti bor yo‘g‘i 8 % ga ko‘paygan.
=== Slayd 9 ===
XIX asrdan boshlab Angliya dunyoning barcha qit’alarida juda katta hududlarni bosib oldi va ularni o‘z mustamlakasiga aylantirdi.
1870-yillarda Angliya mustamlakalarining aholisi 200 mln kishi bo‘lgan bo‘lsa, XIX asr oxiriga kelib qariyb 370 mln kishiga yetdi. Bu davrda bosib olingan hudud 20 mln kv.km dan 33 mln kv.km ga yetdi. Mamlakatlardan keladigan daromadlar olinadigan foydaning katta qismini tashkil etardi.
Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik siyosati
=== Slayd 10 ===
1870-yillarda konservatorlar partiyasi mustamlaka yerlarini kengaytirishni asosiy vazifa deb e’lon qildi.
B. Dizraelli boshchilik qilgan (1874–1880-yy)
konservatorlar hukumati Osiyoda Belujistonni bosib oldi va Afg‘onistonni
bo‘ysundirishga urindi.
=== Slayd 11 ===
Angliyaning maqsadlaridan biri Turkmanistonga va O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlariga suqilib kirish edi.
=== Slayd 12 ===
Angliya bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar O‘rta Osiyo masalasida Turkiya va Bolqon yarim orolini o‘z ta’siriga yuritish uchun kurash olib borish tufayli g‘oyat keskinlashdi.
=== Slayd 13 ===
1880-yillarda Transvalda oltin koni topildi. Ingliz kapitalistlari olmos va oltin qazib chiqarishga kirishildi. 1886-yil hokimiyat tepasiga Solsberi boshliq konservativ hukumatga chiqib oldi va bosqinchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
=== Slayd 14 ===
Angliyaning ichki siyosati keskin masalalardan biri Irlandiya muammosi edi. Irlandiyaning ijaraga yer olib kun ko‘ruvchi dehqonlar nihoyatda muhtojlikda yashardilar.
Irlandiya muammosi
=== Slayd 15 ===
Irlandiya harakati boshida olsterlik protestant pomeshchik Parnel turdi. 1875-yil Parnell ingliz parlamentiga deputat bo‘lib olib, Irlandiyaga mustaqil idora qilish huquqini berilishini (gomrul) talab qildi.
=== Slayd 16 ===
Parnell muxolifati 1870-yillar oxirida nufuzli kuchga aylandi, bu vaqtda irland dehqonlarining “Yer-suv ligasi” (1879-yil) degan ommaviy tashkiloti shu muxolifatga tayanch bo‘lib turgan edi.
Saflarida 250 mingdan ortiq a’zosi bo‘lgan bu tashkilotga ishchilar orasidan chiqqan Maykl Devid degan sobiq feni rahbarlik qilardi. ljarachilar yerdan haydalishiga javoban “Yer-suv ligasi” Irlandiyadagi ingliz pomeshchiklariga qarshi ommaviy terror boshlab yubordi.
=== Slayd 17 ===
XIX asrning oxirida jahon agrar inqirozi natijasida ingliz lendlordlari Irlandiyadagi faqat agrar mamlakat holiday saqlab qolish siyosatini o‘tkazganiga qaramay, Irlandiyaning shimoliy viloyati Olsterda sanoat rivojlana bordi. Ozodlik kurashchilarining safi kengaydi, ishchilar harakati kuchaydi, kasaba uyushmalari tuzila boshladi. 1898-yili Irlandiya sotsialistlar partiyasi tuzildi. Partiyaning rahbari ziyoli Jeyms Konnoli mustaqil Irlandiya Respublikasi tuzish ishlarini boshladi.
=== Slayd 18 ===
Angliyaning tashqi siyosati
Buyuk Britaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti AQSH va Germaniyaga nisbatan pasayayotgan bo‘lsa-da, harbiy jihatdan hamon dunyoning eng qudratli davlati bo‘lib qolayotgandi. Qudratli harbiy dengiz floti Buyuk Britaniyani dengizda tanho hukmron davlatga aylantirgandi. Shu qudrat tufayli Buyuk Britaniya XIX asrdan boshlab dunyoning barcha qit’alarida juda katta hududlarni bosib oldi va ularni o‘z mustamlakasiga aylantirdi.
=== Slayd 19 ===
XIX asr oxiriga kelganda mustamlakalarga aylantirilgan hududlar 33 mln. kv. km.ni tashkil etdi. Ularda qariyb 370 mln. kishilik aholi yashardi. Mustamlakalardan keladigan daromad olinayotgan foydaning katta qismini tashkil etardi. O‘sha davr tarixchilari Buyuk Britaniya uchun mustamlakalarning ahamiyati haqida majoziy ma’noda bunday deb yozgandi: “Hindiston Buyuk Britaniyani boquvchi enaga. Misr esa Britaniya imperiyasi boshiga kiydirilgan tojdir”.
=== Slayd 20 ===
Britaniyaning dengizdagi tanho hukmronligi hatto mamlakat madhiyasida ham o‘z ifodasini topgandi. Buyuk Britaniyaning o‘g‘lonlari va qizlari madhiyadan o‘rin olgan “Britaniya, dengizlarni boshqar, hukmronlik qil!’’ degan satrlarni mag‘rurlik bilan ijro etishardi. Iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyaning eng ilg‘or mamlakat sifatidagi mavqeyining pasaya borishi uni yangi-yangi mustamlakalar bosib olishni kuchaytirishga undadi. Ayni paytda esa avvalgi mustamlakalarda o‘z mavqeyini yanada mustahkamlashga intildi.
=== Slayd 21 ===
1875-yilda dastlab Misr hukumatidan O‘rtayer dengizidan Hind okeaniga chiqishga imkon beruvchi Suvaysh kanalining 45% aksiyasini sotib oldi. Tez orada kanalning boshqa, xususiy kishilar qo‘lida to‘plangan aksiyalarini ham qo‘lga kiritdi. Shu orqali Hindistonga chiqadigan dengiz yo‘llari nazorati to‘la Britaniya qo‘liga o‘tdi. 1876-yilda esa Britaniya o‘z qirolichasi Viktoriyani Hindistonning imperatori deb e’lon qildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya imperiyasi tashkil etildi. Endilikda Buyuk Britaniya imperiya deb, parlamenti esa imperiya parlamenti deb yuritiladigan bo‘ldi.
=== Slayd 22 ===
Buyuk Britaniya o‘z oldiga O‘rta Osiyoni ham egallash maqsadini qo‘ygandi. Ayni paytda Yer sharining bu mintaqasiga podsho Rossiyasi ham da’vogarlik qilmoqda edi. Podsho hukumatining maqsadi O‘rta Osiyoni egallash orqali Afg‘onistonga chiqish va shu orqali Hindistonga bevosita tahdid solib turish imkoniga ega bo‘lish yo‘li bilan xalqaro masalalarda Buyuk Britaniyani yon berishga majbur etish edi.
=== Slayd 23 ===
Buyuk Britaniya va podsho Rossiyasi manfaatlari to‘qnash keladigan yana bir hudud Bolqon yarimoroli, shuningdek, Qora dengizni O‘rtayer dengizi bilan bog‘laydigan Turkiyaga qarashli Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari hamda Istanbul shahri edi. XIX asr oxirlarida Bolqon yarimoroli xalqlarining ma’lum qismi Turkiya zulmi ostida edi. Podsho Rossiyasining Bolqonda mustahkam o‘rnashib olishga intilishi, Turkiyaning esa Bolqondagi slavyan xalqlarini o‘z zulmi ostida saqlab turishga urinishi 1877-yilda Rossiya–Turkiya urushini keltirib chiqardi.
=== Slayd 24 ===
Buyuk Britaniya tabiiy qazilmalarga boy Afrika qit’asida ham katta mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 1882-yilda Misrni egalladi. Keyingi yillarda Nigeriya, Somali, Keniya, Ugandani zabt etdi. 1899-yilda Afrikaga Gollandiya, Fransiya va Germaniyadan ko‘chib borgan kishilar avlodlari boshqarayotgan Bur Respublikalariga qarshi urush harakatlarini boshladi. 1902-yilda Bur Respublikalari taslim bo‘ldi (Transvaal va Oranj Respublikalari). Buyuk Britaniya Janubiy Afrikada bosib olgan barcha hududlarni yagona birlikka – Janubiy Afrika Ittifoqiga birlashtirdi.
=== Slayd 25 ===
Bozorlar va mustamlakalar uchun buyuk davlatlar o‘rtasida raqobatning kuchayib ketgani Buyuk Britaniyaning xalqaro ahvolini ancha yomonlashtirib bordi. Ayniqsa, Germaniya bilan Buyuk Britaniya ziddiyatlari kuchaydi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi boshqa davlatlar bilan til topish yo‘lini izlashga majbur bo‘ldi. 1901-yilda Panama kanali masalasida AQSHga yon berdi. 1902-yilga kelib, Yaponiya bilan shartnoma imzoladi va unga katta moliyaviy yordam ko‘rsatdi.
=== Slayd 26 ===
1904-yili Buyuk Britaniya bilan Fransiya o‘rtasida shartnoma tuzilib, u Antanta nomini oldi. 1907-yilda Buyuk Britaniya-Rossiya bitimi tuzildi. Buyuk Britaniya hukumati, ayni paytda, o‘zga davlatlarning ichki ishlariga ham aralashishni davom ettirdi. Chunonchi, Erondagi (1905-1911-yillardagi) inqilobni bostirdi. Xitoyda 1911-yilgi inqilobga qarshi chiqqan kuchlarni qo‘llab-quvvatladi.
=== Slayd 27 ===
Ayni paytda Buyuk Britaniyadan ko‘chib borgan inglizlar joylashgan mustamlakalarda mustahkamlanib olgan milliy burjuaziyaning tazyiqi ostida hukumat bu mustamlakalarga rasmiyatchilik jihatdan mustaqillik huquqini (dominion) berishga majbur bo‘ldi.
Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika Ittifoqi dominionlik huquqini oldi (1867-yili Kanada shunday huquqni olgandi).
=== Slayd 28 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.