1-2-sinf tabiiy fanlar o’qitish metodikasi

4000 so'm


1-2-sinf tabiiy fanlar o'qitish metodikasi

 

 

Slayd 1

1-2-Sinf tabiiy fanlar predmetini o’qitishning metodik xususiyatlari

Slayd 2

Reja:
Maktab o’quv rejasida ―Tabiiy fanlar predmetining
O’rni.
1-2-Sinfdatabiiy fanlar materialini o’rganish metodikasi
1-2-Sinfdatabiiy fanlar darsligidagi nazariy bilimlarning
kundalik hayotdagi ahamiyati.
Darslikdagi matnlar, rasmlar, topshiriqlar va amaliy
ishlarni tahlili.

Slayd 3

Slayd 4

Ma’lumki, 1986-yildan boshlab, 1-sinf o ‘quvchilari Atrofimizdagi olam darsligini o‘rgana boshladilar. Bu savod o‘rgatishning alifbe davrlaridayoq o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini o‘z joyidagi tabiat obyektlarini o‘lkashunoslik yo‘nalishida kuzatishlariga qaratadi. 2-Yarim yilda kuzatishlar o‘qish va nutqni rivojlantirish bilan paral­lel holda olib boriladi. To‘g‘ri tashkil etilgan kuzatishlar o‘quvchilarda tabiat to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvurlarni va unga muhabbat bilan qarash ruhini shakllantiradi. 1-Sinfda shakllantiriladigan asosiy tushunchalar – «tabiat», «jon­LI va jonsiz tabiat», «erta gullaydigan o‘simliklar», «parrandalar», «qushlar», «baliqlar», «hasharotlar» tushunchalaridir. Bu tushuncha­lar mazmun jihatidan murakkabdir, shunga ko‘ra 1-sinf o‘quvchisida tabiatdagi kuzatishlar asosida ular to‘g‘risida faqat oddiy tasavvur­larni shakllantirish kifoyadir.

Slayd 5

Masalan, bolalar hasharotlar to‘g‘risida, ularning tanasi, bosh, ko‘krak va qorin qismlar haqida, ulaming uch juftdan oyoqlari borligi to‘g‘risida tasavvur olishi kerak. Materialni oson o‘zlashtirib olishlari uchun o‘quvchilar uncha katta bo‘lmagan guruhlarga bo‘linib, ular bilan dastur bo‘yicha muntazam kuzatishlar o‘tkazilishi zarur. Kuzatishlar bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi mashg‘ulotni maktab o‘quv-tajriba maydonida o‘tkazilishi mumkin.

Slayd 6

Mashg‘ulot maqsadi tabiat ustidan tashkiliy kuzatishlami boshlash, atrof-tabiat obyektlari to‘g‘risida oddiy tushunchalar berishdir. Birinchi mashg‘ulotni qiziqarli hikoya bilan boshlash lozim, undan bolalar tabiat nima ekanligi to‘g‘risida dastlabki tasavvumi olishlari, odamning tabiatda yashashligi, unda hayot uchun zarur boigan barcha sharoitlar borligi, ko‘p ming yillar davomida odam tabiat ne’matlari hisobiga yashab kelganligi va faqat yaqindagina tabiatda o‘lmagan narsalar (paravoz, paraxod, kosmik yo‘ldosh, raketa va hokazolar) ni ishlab chiqara boshlaganliklarini bilib oladilar.

Slayd 7

Inson tabiatni qanday o‘rgangan? U safarlar vaqtida hamda kundalik hayotda ko‘p kuzatgan, o‘ziga kerakli narsani yasashga, foydali o‘simlikni o‘stirishga o‘ringan, tajribalar o‘tkazgan. O‘qituvchi o‘quvchi-larga odam tabiatni qanday o‘rganganligi, uning to‘g‘risidagi bilimlardan qanday foydalan- ganligiga misollar keltirishni taklif qiladi. Bolalarga tabiatda boradigan o‘zgarishlar, xususan, ob-havoning o‘zgarishi to‘g‘risida hikoya qilish, ular e’tiborini osmonning holatiga, quyoshning qanday yoritishiga, bulutlaming bor-yo‘qligiga, shamol esishiga qaratmog‘i, shundan keyin ob-havo holatini umumlashtirmog‘i lozim.

Slayd 8

2-Sinfda o‘quvchilar atrof-olam bilan tanishish bo‘yicha dasturlarda tabiat bilan tanishishni davom ettiradilar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi shuni yodda tutishi kerakki, tabiat va jamiyat atrofolam bilan tanishtirish kursida ikki parallel yo‘l emas, balki bir yo‘nalishdir, unda tabiatshunoslik va ijtimoiy xarakterdagi masalalar o‘zaro bir-birlarini boyitib, uyg‘unlashgan. Garchi ba’zi darslarda ko‘proq tabiat­ shunoslik boshqalarda ijtimoiy masalalar qarab chiqilsa ham, asosiy g‘oya – inson, jamiyat, tabiat birligi, ajralmas butunligiga asoslangan. Bu g‘oya kursning asosini tashkil qiladi.

Slayd 9

Energiya haqida tushunchalari

Slayd 10

1-Sinf o‘quvchilari birinchi darsdan boshlab hayvonot dunyosi bi­lan ham tanishtirib boriladi. Kuzda hasharotlar, masalan, kapalaklar (qahrabo kapalagi, karam kapalagi, qichitqi o‘t kapalagi) kuzatiladi. Bolalar e’tibori kapalaklaming tashqi ko‘rinishiga, qaysi o‘simliklar ustida uchishiga qaratiladi. Kuzatishlar quyidagi topshiriqlar bo‘yicha olib boriladi:
Matrap bilan kapalak tuting.
Uning tana a’zolari:bosh, ko‘krak qorin qismlarini kuzating.
Qanotlarini sanang. Ular tananing qaysi qismiga birikkanligini aniqlang.
Kapalakning oyoqlarini ko‘rib chiqing. Ular qanday joylashganligiga e’tibor bering va sanang, oyoqlari necha juft?

Slayd 11

Kech kuzda hasharotlar yo‘qoladi, bu paytda o‘qituvchi bolalarga ularni devorlaming oralaridan, to‘kilgan barglar uyumidan yoki daraxt po‘stloqlari ostidan izlashni taklif qiladi, ko‘plab hasharot-lar o‘lmaydi, ular qishga tayyorlanib yashirinadi, degan xulosaga olib keladi. U po‘stloqlar ostida vaqtincha qotib qoluvchi katta yoshli hasha-rotlar yashirinishini tushuntiradi. Ularda qon soviydi, nafas olish to‘xtaydi, lekin bu o‘lim degani emas, balki qishning og‘ir sharoit-lariga moslanishidir.
Sentabming ochiq kunlarida o‘qituvchi bolalar e’tiborini o‘rgimchak uyasiga qaratadi, o‘rgimchak uya iplarini ushlab olishni (uoson ushlanadi va kiyimlarga yopishadi) va kichkina o‘rgimchakning qanday harakatlan-yotganini kuzatishni taklif qiladi: uni qo‘lga tez yurib ketayotganini va ipida osilib qolishini payqash mumkin.

Slayd 12

Kuzgi-qishki davrda chumchuqlarni kuzatish:
Chumchuqlar qaysi qushlardan qo’rqadilar? Qaysi qushlar
bilan dalada oziqlanadilar?
Chumchuqlaming yomg‘irda, ko‘lmak suvlarda cho‘milishi.
Chumchuqlar yilning qaysi vaqtida baland ovoz bilan
tolmasdan chiriqlaydilar va qachon tinch qoladilar?
Chumchuqlar qayerlarda yashaydilar?
Chumchuqlaming har kuni muayyan soatda va muayyan j oyda boqing. Ular shu vaqtda ovqatlangani keladilarmi? Kuzating.

Slayd 13

Slayd 14

Kuzgi-qishki davrda zog‘chalarni kuzatish:
Bizning joylarda zog‘chalar qachon paydo bo‘ladilar? Zog’chalar qayerlarga va nimalardan uya quradilar? Uya qurish uc­hun materiallami qayerlardan oladilar? Bir daraxtning o‘zida nechta zog‘cha uyasi borligini sanab chiqing. Yosh zog‘chani qarisidan farq qilish mumkinmi? Mustaqil kuzatishlar o‘tkazish oldidan o‘quvchilami maqsadga yo‘nalgan kuzatish va taqqos-lash y o II bilan qushlami bir-biridan farq qilishga o‘rgatish kerak. Keyin predmetli dars o‘tish, unga «O‘lkamiz qushlari» jadvallarini, zog‘cha va chumchuq tulumini tayyorlash kerak. O‘qituvchi qushlami diqqat bilan qarab chiqishni, ulaming katta-kichikligiga e’tibor berishni, tumshuqlari, patlari, oyoqlarini taqqoslashni taklif qiladi. Shundan keyin o‘qituvchi har xil tipdagi qush uyalari (so‘pi-turg‘ay, zog‘cha, hakka, qaldirg‘och, chittak) ni ko‘rsatadi, darsda o‘rganilayotgan qushlar uyasini alohida namoyish qiladi va bu uyalaming boshqa qushlar uyalariga o‘xshashligi va farqlarini ta’kidlaydi.

Slayd 15

2-Sinfda «Kuzda odamlar mehnati», «Ijtimoiy foydali mehnat» va «Ota-onalar kasbi» mavzulari bo‘yicha o‘quvchilar tanishadigan obyektlar doirasi kengayadi, ba’zi o‘zaro aloqalar ular ongiga yetkaziladi, umumlashtirish shakllanadi. Chunonchi, bolalami transportning yangi turlari bilan tanishtira turib, o‘qituvchi yer usti, havo, suv transportlarining barcha turlari uchun nima umumiyligini, transport­ning qancha turlari borligini hikoya qiladi. Bolalar yo‘lovchi tashuvchi transportlardagi yurish-turish qoidalarini bilib oladilar, ularni bajarishga o‘rganadilar. Bu shu mavzuning boshqa masalalariga ham daxldordir: shahaming madaniy – oqartuv muassasalari, maishiy-xizmat korxonalari va boshqa joylarga borish, ulaming vazifalarini iqlash, shu muassasalarda ishlayotgan odamlar mehnati bilan, tanishtirish bilan bog‘lanadi. Bunda har safar jamoat joylaridagi yurish-turish qoidalari ishlanadi.

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“1-2-sinf tabiiy fanlar o’qitish metodikasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar