=== Taqdimot 1 ===
Аlisher Navoiyning adabiy-estetik qarashlari
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. A.Navoiyning adabiyot va san’at namoyandalariga bo‘lgan qarashlari.2. Adabiyotshunoslikka oid asarlarida so‘z san’atiga talab va mezonlarning berilishi.3. A.Navoiyning badiiy ijod va mahorat haqidagi fikrlari. 4. Ma’rifiy-ta’limiy asarlarida A.Navoiyning axloqiy-ta’limiy va ijtimoiy qarashlari.
=== Taqdimot 3 ===
Alisher Navoiyning adabiyot va san’at namoyandalariga bo‘lgan qarashlari ham g‘oyat muhimdir. Chunki Navoiyning qarashlari faqatgina oddiy nazariyotchi yoki xolis tarixnavisning qarashi emas, balki butun bir davr madaniy va adabiy hayotini yo‘naltirib turgan, uning burchini belgilab bergan buyuk arbobning, madaniyat homiysining qarashidir.
=== Taqdimot 4 ===
Turfa bukim, she’r qo‘yubon otini,
Yetkurubon ko‘kka mubohotini.
Turfaroq ulkim, tonirimni bilib,
Haqdin uyalmay, manga zohir qilib.
Vahki manga jilvagar aylar chog‘i,
Istabon ehson dog‘i, tahsin dog‘i…
=== Taqdimot 5 ===
Donau dur so‘zini afsona bil,
So‘zni jahon bahrida durdona bil.
Shoirning fikricha, olam-borliqda so‘zdan ortiq boylik-ganjina yo‘q. Har qanday boylik tugashi, yo‘q bo‘lishi lozim, ammo so‘z boyligi tugamaydi va uni o‘zgalar istifoda etolmaydi.
Aytib sovumas tarona sensen,
Olib qurumas xizona sensen…
=== Taqdimot 6 ===
Nazmda ham asl anga ma’ni durur,
Bo‘lsun aning surati har ne durur.
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Ahli maoniy qoshida xo‘b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dog‘i dilkash anga…
=== Taqdimot 7 ===
01
“Majolisun-nafois” (“Go‘zal majlislar”) 1491–1498
02
“Mezonul-avzon” (“Vaznlar o‘lchovi”) 1492–1493
03
“Mufradot” (“Risolai muammo” yoki “Muammo haqida risola”) 1485
Alisher Navoiy adabiyotshunoslikka doir uchta maxsus asar yaratdi:
=== Taqdimot 8 ===
“Majolisun-nafois” 450 dan ziyod ijodkorlarning hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar, ularning ijodi, asarlaridagi yutuq va kamchiliklari haqida bahs yurituvchi, muhim ma’lumot-ma’rifat beruvchi qomusiy tazkira, obidadir.
=== Taqdimot 9 ===
“Majolisun-nafois”da o‘z davri adabiyot ahllarining nomlarini hamda ijod namunalarini avlodlarga bitib qoldirishni, shu orqali ular nomlarini abadiylashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
“Majolisun-nafois”da qalam ahlining shaxsiyatiga, hayotiga doir, baholanayotgan asariga tegishli yetakchi xususiyatlar, xarakterli dalillar asosida lo‘nda, asosli va xolis aks ettirilgan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, fe’l-atvori, axloqi bilan bog‘liq xususiyatlar ham alohida ko‘rsatilgan.
=== Taqdimot 10 ===
“Mavlono Lutfiy… o‘z zamonining malikul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziriy yo‘q erdi, ammo turkiyda shuhrati ko‘proq erdi…”
=== Taqdimot 11 ===
“Majolisun-nafois” o‘quvchiga o‘sha davr adabiyoti, uning yetakchi xususiyatlari, adabiy janrlar, mavzular ko‘lami, g‘oyalar olami, poetika masalalari, ijodkorlar, ularning turmush tarzi, asarlari, ularga xos fazilatlar va boshqalar haqida qimmatli axborot-ma’lumot beradigan bebaho obida-manba.
=== Taqdimot 12 ===
“Mezonul-avzon” adabiyotshunoslikka, adabiyot nazariyasiga doir qimmatli asar bo‘lib, unda Navoiy adabiyot nazariyotchisi sifatida, adabiyotshunosligimizning yetakchi tarmog‘i – aruz vazni haqida bahs yuritadi, qimmatli fikr-mulohazalar bildiradi. “Mezon ul-avzon”da 9 ta poetik shakl va ularning vaznlari haqida ham ma’lumot keltirilgan bo‘lib, ularning aksariyati turkiy xalq og‘zaki ijodiga mansubdir.
=== Taqdimot 13 ===
“Mufradot”
01
“Risolai mufradot” (“Makorim ul-axloq”)
02
“Mufradot dar fanni muammo” (“Qomus ul-a’lom”, “Tuhfai Somiy”)
03
“Risolai muammo”
=== Taqdimot 14 ===
Muammo janrini yechish qonun-qoidalariga bag‘ishlangan “Mufradot” asarida A.Navoiy o‘zidan avval yaratilgan asarlarning murakkabligi va ulardagi kamchiliklar haqida gapirar ekan, o‘z asarida iloji boricha ularni bartaraf qilishga intiladi. Shoir risolaning kirish qismida g‘oyat kamtarlik bilan uni yaratishdan maqsad olimlar e’tiboriga havola qilish emas, balki keng xalq ommasi, xususan yosh avlodga muammo sirlarini o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi.
=== Taqdimot 15 ===
“Muhokamat ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”)
1499 (hijriy 905)
2
1
Nuh payg‘ambarning uch o‘g‘li
Yofas
Som
3
Hom
=== Taqdimot 16 ===
“Muhokamat ul-lug‘atayn” asari adabiyot va adabiyotshunoslik fanlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy asarda forsiy tilda yaratilgan adabiyotning yetuk namoyandalarini chuqur hurmat bilan tilga oladi, ularning musulmon Sharqi she’riyatiga qo‘shgan hissasini, turkiy adabiyot, xususan, o‘z ijodiga ko‘rsatgan ta’sirini alohida ta’kidlaydi, forsigo‘y va turkiy shoirlar orasidagi o‘zaro adabiy hamkorlik – adabiy mavzularda suhbat, munozaralar, badiiyatga doir mubohasalar bo‘lib turishi haqida ma’lumot beradi.
=== Taqdimot 17 ===
Turkigo‘y ijodkorlar turkiy tilda ona tilining murakkab va nozikligini bildiruvchi bir necha ma’noli so‘z va ifodalar ko‘p bo‘lganligidan, ularni tushunish va she’riyatda mahorat bilan ishlatish mashaqqatidan cho‘chib, osonlik sari mayl ko‘rsatadilar.
Navoiy turkiy she’riyatning forsiy she’riyatga nisbatan sustroq rivojlanganligini bir necha sabablar orqali ko‘rsatib beradi:
01
=== Taqdimot 18 ===
Yosh ijodkorlar o‘z yozgan asarlarini tajribali ustozlarga ko‘rsatib, ularning e’tirofini eshitmoq istaydilar, bunday ustozlarning aksariyati esa forsigo‘y bo‘lganliklari uchun yosh shoirlar o‘z she’rlarini forsiyda yozmoqni ma’qul ko‘radilar.
Ba’zi idrokli shoirlar o‘z zamonidagi hukmron an’ana va adabiy rasm-rusumlardan chetga chiqishni xohlamay, shu doirada qolishni o‘zlariga munosib deb biladilar.
02
03
=== Taqdimot 19 ===
Turkiy til bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi.
“Muhokamat ul-lug‘atayn”da:
Adabiy til masalasi bosh mavzu qilib tanlangan.
Forsiy va turkiy tilni leksik, fonetik va grammatik jihatdan qiyoslagan.
=== Taqdimot 20 ===
1500-yilda yaratilgan “Mahbub ul-qulub” A.Navoiyning kuzatgan maqsadiga ko‘ra, ijtimoiy – siyosiy masalalar va axloq – odob bo‘yicha bir dasturulamal bo‘lishi, hayotni tuzatish va yaxshilashga xizmat qilishi lozim edi.
=== Taqdimot 21 ===
Ba’zida aziz zotlarning yaxshiligidan bahramand bo‘ladi, gohida nokas va bezotlarning dastidan aziyat chekadi.
Hayotning ko‘p achchiq-chuchugini totgan shoir qismatning turli sinovlariga duch keladi; falak uni gohida xorlik va bee’tiborlik bilan, gohida shuhrat va martaba bilan imtihon qiladi.
1
2
A.Navoiyning o‘z o‘tmishiga bahosi:
=== Taqdimot 22 ===
3
Gohi muhabbatning ko‘rasida toblansa, gohida zuhd va taqvo riyozatiga mahkum etiladi:
Gahe toptim falakdin notavonlig‘,
Gahe ko‘rdum zamondin komronlig‘,
Base issig‘ – sovug‘ ko‘rdum zamonda,
Base achchiq – chuchuk toptim jahonda.
=== Taqdimot 23 ===
Insoniylik bobida ko‘p tajriba orttirgan mutafakkir hayoti davomida undan kerakli saboq olgan va “Mahbub ul-qulub”ni balog‘at bo‘sag‘asida turgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik uchun dasturulamal tariqasida yozganini qayd qiladi.
=== Taqdimot 24 ===
“Saodatnoma”, “Ro‘shnoyinoma”
Yusuf Xos Hojib
“Qutadu bilig”
Nosir Xisrav
“Mahbubul – qulub” quyidagi asarlar kabi falsafiy va axloqiy-ta’limiy nasihatnomadir
=== Taqdimot 25 ===
“Guliston” va “Bo‘ston”
Sa’diy Sheroziy
Abdurahmon Jomiy
“Bahoriston”
=== Taqdimot 26 ===
“Mahbub ul-qulub” boshqa pandnoma asarlardan muallifning o‘zi yashagan jamiyatdagi barcha kasb-hunar egalariga tavsif berilgani bilan ham farqlanadi. Navoiy salaflari pandnomalarida har bir jamiyatda uchrab turadigan tilanchi, gado, tayinli kasb-kor bilan shug‘ullanmay, boshqalar hisobidan kun kechirishga odatlangan tekinxo‘rlar, befoyda mashg‘ulotlar bilan aziz umrini sovuradigan kimsalar haqida alohida to‘xtalinmagan. “Mahbub ul-qulub”da esa, ulardan farqli ravishda 15 asr Hirotda yashab umrguzaronlik qilgan jamiyatning barcha qatlamlari ko‘zgu yanglig‘ aks etgan, mavjud holat haqida aniq xulosa va haqqoniy fikrlar bayon qilingan.
=== Taqdimot 27 ===
Navoiyning xulosasiga ko‘ra, har bir kasb-hunar, amal yo martaba, mansab yo vazifaning yaxshi-yomon bo‘lishi o‘sha kasbni egallagan odamning xulq-atvoriga bog‘liq. Buyuk mutafakkir odamlarga ularning kasb-koriga qarab emas, balki faoliyatlari odamiylik mezoniga nechog‘li mos kelish-kelmasligiga qarab baho berish kerak, degan aqidani turli misol va dalillar yordamida isbotlab bergan. Demak, A.Navoiy asarlari XY asr falsafiy – badiiy tafakkurining namunasi sifatida hamda badiiy proza taraqqiyotining namunasi sifatida alohida qimmatga ega bo‘lgan asardir.
=== Taqdimot 28 ===
Xulosa qilib aytganda, A.Navoiy badiiy-estetik merosida ma’naviy-axloqiy qarashlar, komil insonning xulq-odob qoidalari, insonning mehnatsevarlik, insonparvarlik va odamiylik kabi xislatlari, adolat, tabiat va insonni sevish to‘g‘risidagi g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etgan. Demak, yoshlar kamolotida muhim o‘rin tutgan A..Navoiyning axloqiy va badiiy-estetik g‘oyalari inson qalbidagi eng nozik va go‘zal tuyg‘ularni ifodalab, ezgu amallar qilishga barchani chorlaydi.
=== Taqdimot 29 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarga kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.