Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati

4000 so'm


Nutq-texnikasi-va-notiqlik-madaniyati

Slayd 1

Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati

Slayd 2

Reja:
1. Nutq haqida tushuncha
2. Nutqning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni
3. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika
4. O‘qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo‘llari

Slayd 3

Nutq
Ichki nutq
Tashqi nutq
Tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda haqiqiy­likka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til element­laridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.
(og‘zaki): monolog, dialog,yozma: doklad, referat, annotatsiya va boshqalar.

Slayd 4

Nutq texnikasi:
pedagog ovozining kasbiy sifati: tembr, intonatsiya, diksiya, tеmpоritm (bir daqiqada 120 ta so‘z).
Nutqiy faoliyat turlari:
o‘qish, yozish, gapirish.
Nutq uslublari:
ilmiy, rasmiy, so‘zlashuv, badiiy, ommabop.
01
02
03
Pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili asosida nutqning quyidagi o‘ziga xosliklarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

Slayd 5

Nutqqa qo‘yiladigan toliblar:
Nutqni egallashdi yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar:
04
Talaffuzning aniqligi, ifodaviylik, emotsionallik, diksiyaning tushunarligi, tovushlarning aniq talaffuz qilinishi, obrazlilik, nutq madaniyati, so‘zdan foydalanish qoidalariga rioya qilish, temporitmga amal qilish.
Mоnоtоnlik, tеmpоritmning oshib ketishi, noto‘g‘ri diksiya, so‘zlarni noo‘rin qo‘llash, til qoidalarini buzish.
05

Slayd 6

Nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzil­gan bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rga­nillayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shung­dek nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qi­tuv­chilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi.

Slayd 7

moslashuvchanlik (dinamika, tembr, ohangdorlikning turli sharoitga moslasha olishi);
keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi);
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo‘lishi);
O‘qituvchi ovozi o‘zida quyidagi xususiyatlarni aks ettira olishi zarur:
qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga tembr va tessituraning o‘zgarib turishi);
suggetsivlik (ovozning hayajon ifodalashi, qanday so‘z aytilayotganidan qat’i nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati)

Slayd 8

Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi o‘z nutqini tashkil etishda quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishi zarur:
Kelishik me’yorlariga amal qilish
Adabiy so‘zlashish
Talaffuz me’yorlarga amal qilish

Slayd 9

Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini egallashdan iborat.

Slayd 10

O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri nafas olishni ishlab chiqishi eng katta – eng asosiy qiymatdir.
Og‘zaki nutq mahoratini yuksaltirish, nafaqat hikoya va tushuntirish, balki urg‘u berilgan so‘z ham pedagogik ta’sir usullaridan yaxshiroq foydalanishga imkon yaratadi.

Slayd 11

Asosiy shakllar
Monolog – o‘qituvchining o‘ziga yoki o‘quvchilarga qaratilgan nutqi (ichki va tashqi monolog)
Dialog – o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida tashkil etiladigan suhbat
Polilog – o‘qituvchi va bir nechta o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi o‘rtasidagi suhbatni ifodalovchi nutq

Slayd 12

01
02
03
O‘qituvchi nutqining asosiy shakllari:
Nafas olish organizmga hayot bag‘ishlovchi fiziologik funksiyani bajaradi. Shu bilan birga u nutq quvvat bazasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Nutq so‘zlayotganda nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi (rengo-tovush).
Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo‘ladi. Shuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Slayd 13

04
05
Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o‘qiydi.
Nutq so‘zlashda qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish bir nechta turga bo‘linadi.

Slayd 14

Tovush
Chiqarilayotgan havo hiqildoqdan o‘tishi paytida ovoz pardalarining tebranishi natijasida vujudga keladi.

Slayd 15

Tovush kuchi
Tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog‘liq. Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tarqalishiga bo‘lgan bosimi qancha katta bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchli bo‘ladi.

Slayd 16

Ovoz maxsus mashq qilinib turilmasa, ba’zan yo‘qolib ketadi.

Slayd 17

Generator
ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda og‘iz bo‘shlig‘ining roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi.
Rezonator tizimi
bunda tomoq, halqum, burun bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i qatnashadi va ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini ta’minlaydi.
Energetika tizimi
o‘pkadan kelayotgan kuchli nafasning miqdori va tezligini ta’minlaydi.
Ovoz apparati uch qismdan iborat:

Slayd 18

Tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohang bilan belgilanadi. Diapazon qisqarishi nutqning bir ohangli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.
Diapazon

Slayd 19

Ritm
Bu ayrim so‘z va bo‘g‘inlarning aytilishi muddati va to‘xtash, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi. Ritm nutqning eng asosiy qismidir, chunki, nutq ohangi va to‘xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor o‘zgacha hissiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘zlayotganda obrazga kirish, ovozni kerakli joyda pastlatish, ohista gapirish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq.

Slayd 20

Aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri tushunilishini ta’minlaydi.
Tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yoqimliligi va alohidaligidir.
Diksiya
Tembr

Slayd 21

O‘qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo‘llari
Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi.
Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi.

Slayd 22

b) ovoz apparatlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik;
g) ovoz apparatining tug‘ma kamchiliklaridir.
a) yuqori ovozda gapirish;
v) ovoz gigiyenasiga amal qilmaslik;
Ovoz kasalligining sabablari:

Slayd 23

Bir xil tonda gapirish ovoz mushaklarini charchatib qo‘yadi. Agar har xil ifodali belgilar bilan gapirilsa, ovoz apparatlari sog‘lom bo‘ladi.

Slayd 24

Konstantin Sergeyevich Stanislavskiyning ta’kidlashicha, intonatsiya va pauzaning o‘zi, so‘zdan ham ortiqroq eshituvchiga hissiy ta’sir etar ekan. Nutq tezligi o‘qituvchining individual xususiyatlariga, nutq mazmuniga va muloqot vaziyatiga qarab o‘zgaradi.

Slayd 25

Notiqlar nutqini o‘rganish. Notiqlar chiqishlarini kuzatganda ularni ikki nuqtai nazardan tahlil qiling:
1) Nima deyildi?
2) Qanday aytildi?
(ovoz kuchi, balandligi, urg‘u, temp, talaffuzi, imo-ishora)

Slayd 26

Nutq qobiliyatini o‘stirish vositalari
Nutq qobiliyatini o‘stirish vositalari.Matnni baland ovozda o‘qish. Bunda vaqti-vaqti bilan auditoriyaga nigoh tashlab turing. Bunda ko‘z qarashlar orqali erkin nutq hissiga erishishga harakat qiling. Shu bilan birgalikda matnning keyingi so‘zlarini bir zumda oldindan o‘qib xotirangizda saqlash va kuyin talaffuz qilishga o‘rganing. Shunda nutqingizda uzilish bo‘lmaydi.

Slayd 27

Nutq tahlili
Chap etilgan nutq “jonli” nutqni aynan ifodalay olmaydi, lekin ko‘p narsaga o‘rgatishi mumkin: tuzilishi, kompozitsiyasi, uslub va boshqaga.

Slayd 28

Munozaralar
Nazariy tayyorgarlik, mashqlarni mustaqil bajarganingizdan so‘ng oldin kichik, keyin esa kattaroq auditoriyalar oldida nutq so‘zlashda mashq qilishingiz kerak.

Slayd 29

Nutq
Endi dokladga o‘tsa ham bo‘ladi. Buning uchun oldin o‘zingiz puxta bilgan bilimlar sohasini tanlang va barcha ko‘rsatmalarni yodda tutgan holda nutq so‘zlashga harakat qiling.

Slayd 30

E’TİBORİNGİZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 31

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar