PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Pedagogik fikrlarning ilk manbalari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Sug‘diyona, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
02
Xalq maktablari, san’at maktablari.
03
Xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi va eng qadimgi yozma manbalardagi ta’limotlar.
=== Taqdimot 3 ===
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug‘chilik davriga kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
=== Taqdimot 4 ===
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so‘g‘diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug‘lardan iborat bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. Ushbu elatlar yashagan hududlarda o‘ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan.
=== Taqdimot 5 ===
=== Taqdimot 6 ===
Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o‘lkalarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro‘y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo‘lgan Ahomoniylar, eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so‘ngra Sosoniylar va nihoyat Turk xoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.
=== Taqdimot 7 ===
Ajdodlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan qadimiy madaniyat tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o‘rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘rgazmali ashyolar.
Xalq og‘zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
=== Taqdimot 8 ===
Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘ya olish borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi.
Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo‘lib harakat qilganlar.
=== Taqdimot 9 ===
Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.
a) bolalar va o‘smirlar;
v) ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;
s) keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitda kechgan. O‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o‘zlashtirar edilar.
=== Taqdimot 10 ===
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo‘lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga og‘zaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko‘nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi.
=== Taqdimot 11 ===
Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi. Eramizdan oldingi ming yillik o‘rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so‘ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma’lum vaqtlarda qo‘llanilib kelgan.
=== Taqdimot 12 ===
Tarixchi Plutarxning qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf-odatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o‘ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo‘lgan harbiy san’at sirlarini o‘rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko‘p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o‘sha davrda ko‘plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o‘qitilganidan dalolat beradi.
=== Taqdimot 13 ===
So‘g‘d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va Eski xatlar nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so‘g‘d yozuvi haqida ma’lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (Sharqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog‘ida yashagan so‘g‘dlik tijoratchi (savdogar)larning o‘z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo‘lgan xatlari tashkil qiladi. Imperator Yan Li (615-617)ning elchisi Vey Sizi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo‘lga qo‘yilgan
ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar mavjud.
=== Taqdimot 14 ===
=== Taqdimot 15 ===
Samarqandning mohir savdogarlari o‘g‘il bolani besh yoshga to‘lar ekan, unga savdoni o‘rgata boshlaydilar. O‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlari ham o‘rgatilgan. Syuan-Szin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o‘qitilgani, ta’lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgilanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beradi.
=== Taqdimot 16 ===
Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o‘zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi. Eng qadimgi davrlarda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz yana xalq og‘zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g‘oyalardan ham olishimiz mumkin.
=== Taqdimot 17 ===
=== Taqdimot 18 ===
Xalq maktablari, san’at maktablari
Eramizdan oldin taxminan 484(480)-431(425)-yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning Tarix kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, – deydi olim. Shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o‘g‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg‘a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to‘g‘ri so‘zlikka o‘rgatilgan.
=== Taqdimot 19 ===
Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning maqsadi va vazifalariga bo‘lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy  pedagogik bilimlar va tajribasining sohasidir. xalq ijodi ham shu orqali xalq pedagogikasida qo‘llaniladigan: tushuntirish, namuna ko‘rsatish, odatlantirish (mashq qildirish), iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko‘ndirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo‘l tilash), taqiq qilish, tanbeh berish, koyish, urish, kaltaklash metodlari bo‘lsa-da, yoshlarning insoniy fazilatlarini tarbiyalashda asosan: o‘git-nasihat, ibrat ko‘rsatish, ma’qullash va maqtash, mukofotlash, kabi metodlardan foydalanilgani ko‘zga tashlanadi.
=== Taqdimot 20 ===
Eng qadimgi yozma manbalarda ta’limotlar
Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So‘g‘d, Kushon, Run (Urxun-enasoy), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo‘lib yashash an’anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida insoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kashfiyotlar yaratildi.
=== Taqdimot 21 ===
Eng qadimgi yozma manbalarda ta’limotlar
Xitoyda qog‘ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o‘nlik sonlar tizimining paydo bo‘lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining 154 graduslarga, sutkani soatlarga, daqiqa va sekundlarga bo‘lishning o‘ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O‘rta dengiz bilan Hindistonni o‘zaro bog‘lovchi karvon yo‘lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O‘rta dengizga Buyuk ipak yo‘lining ochilishi kabi voqealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o‘tgan oromiy, yunon va forsiy mixxat alifbosi asosida shakllangan Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya yozuvlari qo‘llanilgan.
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
Urxun-Enasoy yodgorliklari, Irq yozuvlari (Ta’birnoma) kabi manbalar bo‘lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan Urxun Enasoy bitiklarini ― toshlarga bitilgan kitoblar ham deb ataydilar. O‘ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi. Urxun-ensoy yodgorliklari dastlab Enasoy havzasida, so‘ngra Mo‘g‘ilistonning Urxun daryosi bo‘yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893-yilda birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o‘qigan.
=== Taqdimot 24 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar