Oila ma’naviyati fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
5000 so'm

=== Taqdimot: Oila ma’naviyati fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Oila ma’naviyati fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
=== Slayd 2 ===
Oila, oila ma’naviyati tushunchalarining mazmun mohiyati
Oila ma’naviyati fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Oilaning davlat va jamiyat oldidagi ijtimoiy ahamiyati
REJA:
=== Slayd 3 ===
Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor inson qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor.
Sh. Mirziyoyev
=== Slayd 4 ===
Oila, oila ma’naviyati tushunchalarining mazmun mohiyati
=== Slayd 5 ===
Oila asli arabcha so‘z bo‘lib, “ayolmand”, “er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon” degan ma’noni anglatadi. Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat guruhdir.
=== Slayd 6 ===
Demak, Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bog‘langan.
=== Slayd 7 ===
Oila tarbiyasi — oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllab-quvvatlash va h.k.
=== Slayd 8 ===
Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin kamol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir.
=== Slayd 9 ===
Inson zotini davom ettirish;
Bolalarni tarbiyalash;
Oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir.
Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari
=== Slayd 10 ===
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan.
=== Slayd 11 ===
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mahsulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqeyi ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi (ya’ni matriarxat) erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota huquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan
=== Slayd 12 ===
Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼnaviy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta.
Oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi.
=== Slayd 13 ===
Abu Ali Ibn Sino – “Tadbir al-manozil”
Asarda olim ota-onaning bola tarbiyasidagi vazifalarini yoritgan. Ota-onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.
=== Slayd 14 ===
Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama: yurish-turishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi – uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish deb hisoblagan edi olim.
=== Slayd 15 ===
Asarda oilaviy-maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari xulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berilishini aytib ularni ogohlantiradi.
Yusuf Xos Xojib – “Qudatg‘u bilig”
=== Slayd 16 ===
Pandnomasida “o‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, ya’ni, sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir” deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi.
Kaykovusa – “Qobusnoma”
=== Slayd 17 ===
Asarda uylanadigan yigit nikohdan oldin uylanmoqchi bo‘lgan qizini ko‘rishi, uylanadigan qizining bokira bo‘lmog‘i hamda to‘rt narsa umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past bo’lishi to‘rt narsada, husn-jamolda, xulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. Bular er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.
Qoshg‘ariy – “Odob as-solihan”
=== Slayd 18 ===
Abdurauf Fitrat “Oila”
Oʻzbek adibi hamda olimi Abdurauf Fitrat tomonidan 1914-yilda yozilib, 1915-yilda Mirzo Abduvohid Munzim tomonidan nashrga tayyorlangan, 1916-yilda esa Bokuda nashr etilgan falsafiy-axloqiy turdagi asar. Adib ushbu asari orqali Turkiston aholisi uchun oʻziga xos qoʻllanma yaratishni maqsad qilgan. Asar ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismi uylanish xususida boʻlib, ikkinchi qismi esa farzand tarbiyasiga bagʻishlangan.
=== Slayd 19 ===
Oila, Fitratninng talqinida, uch muhim komponentdan iborat:
1) Er.
2) Xotin.
3) Farzandlar.
Professor O.Musulmonova ta’kidlaganidek: “Oilaning asosi er-xotin yoxud ota- onadir. Modomiki, er-xotin oilaning tamal toshlarini mustahkam bunyod etishga mas’ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush qiyinchiliklari, hayot quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand tarbiyasida mas’uldirlar”.
=== Slayd 20 ===
Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o‘zi yoxud bir ayolning o‘zi oila bo‘la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila eru xotindan tashqari erning ota-onasi, ya’ni qaynota va qaynona, farzandlar, uka singillardan iborat ko‘p bo‘g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o‘z mavqeyiga ega, shu oilaning ichki intizomiga bo‘ysunib yashaydi.
Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o‘z saltanati bor: bunda minglab tasodiflar jarayonida er-xotin muhabbati sinovdan o‘tadi, shu sinov jarayonida ular bir-birini chuqurroq tushunadilar, bir-birlarini qadrlashni o‘rniga quyadigan bo‘ladi, bir-birlariga kechirimli bo‘lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarini tarbiyalab, orzu-havas ko‘radi. Shu ma’noda oila inson hayotiga to‘kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi.
=== Slayd 21 ===
Oila ma’naviyati fanning vazifasi va amaliy ahamiyati
Oila ma’naviyati fanning vazifasi: oila institutining tarixiy va zamonaviy shakllari haqida ilmiy asoslangan fikr va xulosalarni shakllantirishdan iborat. Oila ma’naviyati fanning amaliy ahamiyati: talaba-yoshlar ongida umuman oila mazmun-mohiyati, xususan mustaqil O‘zbekistonda oilaviy munosabatlar madaniyati, oila huquqi va mas’uliyati haqida ilmiy asosli tasavvur hosil qilish bilan birga, uni amaliy hayotga tatbiq etishga o‘rgatish.
=== Slayd 22 ===
Fanni o‘qitishdan maqsad – Bakalavriat talabalariga oilaning tarixiy shakllanishi, uning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot bosqichlari, oila, oila ma’naviyati tushunchalarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, o‘tmishda va hozirgi kunda muayyan darajada shakllanib va taraqqiy etib kelayotgan oila bilan bog‘liq milliy madaniyatimizning tadrijiy – tarixiy jarayonini o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifalari: Oila ma’naviyati faniga oid tushuncha va tamoyillar to‘g‘risida talabalarga zamonaviy talablar asosida har taraflama chuqur bilim berish; ularning umuminsoniy dunyoqarashlarini shakllantirish; ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini yuzaga chiqarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tatbiq etib, talaba yoshlarga Vatanni sevish va ardoqlash, milliy qadriyat va an’analarni e’zozlash tuyg‘ularini singdirishdir.
=== Slayd 23 ===
Mamlakatimiz mustaqilligidan so‘ng oila farovonligini ta’minlash hukumatimiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Buning uchun oilaning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘zida mujassam etgan quyidagi yo‘nalishlarda muhim ishlar amalga oshirilmoqda: oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish;
oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila a’zolarining sog’ligini muhofaza qilish va bilim darajasini oshirish uchun imkoniyatlarni yaxshilash; oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
=== Slayd 24 ===
Oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Oilaning sog‘lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;
Oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirishdan iborat.
=== Slayd 25 ===
O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali, birinchi navbatda “Farovon oila- jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yangi oila modelini shakllantirishning alohida mohiyatini hisobga olgan holda, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari belgilab qo‘yilgan. Bunda amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda oilalardagi nizolar va ajralishlarning oldini olish bo‘yicha ta’lim tizimini takomillashtirish.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli vaziyatlarni hal qilish, ajrashishlarning oldini olish sohasida, shuningdek jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda, mustahkam oilalarni shakllantirishda sog‘lom farzandlar tugʻilishida sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kerakli natijalarga erishish. Oila mustahkamligini ta’minlashga doir bir qancha markazlar tashkil etilgan bo‘lib, “Oila” ilmiy-amaliy markazi bulardan biridir.
=== Slayd 26 ===
Markazning asosiy vazifasi esa O‘zbekiston oilalarini mustahkamlash O‘zbekiston oilalarini mustahkamlash yagona g‘oyasi atrofida birlashtirish, bu borada samarali davlat siyosatini yuritish, mamlakatda faqat sog‘lom oila sog‘lom jamiyat ustuni bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchasini aholi ongiga singdirishdan iborat. Shu borada ta’kidlash joizki, 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda, saqlashda oilaning tutgan o‘rnini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
=== Slayd 27 ===
Oilaning jamiyat oldidagi vazifalari deganda, uning avvalo oila a’zolarining muayyan ehtiyojlarini qondirish hamda shu orqali davlat va jamiyatning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish qobiliyati tushuniladi. Masalan: ota ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilar ekan, bu bilan u nafaqat o‘zining yeb-ichish, dam olish, turli xaridlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan ehtiyojini qondiradi, balki oila a’zolarini, birinchi navbatda farzandlari, uy bekasi bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining ehtiyojlarini, qolaversa, u yoki bu korxonadagi rentabellikning oshishi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishiga, shu orqali o‘z vatanida ushbu sohaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
=== Slayd 28 ===
XIV bob. Oila, bolalar va yoshlar 76-modda.
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.
Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi. Xulosa qilib aytganda, Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng go‘zal mo‘jizalaridan biri bo‘lib, u insonlarga xos “tabiiy-biologik”, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir. O‘zbek xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir. “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa yaxshi munosib tarzda yashash mumkin emas…
=== Slayd 29 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.