Steam ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llashning me’yoriy
4000 so'm

=== Slayd 1 ===
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASHNING ME’YORIY-USLUBIY ASOSLARI
=== Slayd 2 ===
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va “Ilk qadam” o‘quv dasturi bo‘yicha maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari.
=== Slayd 3 ===
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312 sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 5 bobdan iborat bo‘lib,
maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari;
konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar hamda amalga oshirishini monitoring qilish belgilab qo‘yilgan.
=== Slayd 4 ===
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2023-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
=== Slayd 5 ===
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarni belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
=== Slayd 6 ===
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi muammolariga maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining yetarli emasligi;
qishloq joylarida maktabgacha ta’limning past darajada rivojlanganligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik holati lozim darajada emasligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi;
maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi;
=== Slayd 7 ===
ota-onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi;
zamonaviy o‘quv–metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollarning yetishmasligi;
alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining texnik jihozlanishi va uslubiy ta’minoti darajasining pastligi sabab bo‘lmoqda.
=== Slayd 8 ===
Ushbu konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:
=== Slayd 9 ===
maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash;
malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvni joriy etish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish;
undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash;
=== Slayd 10 ===
mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlashdir.
=== Slayd 11 ===
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar-barcha bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish uchun bir xil imkoniyatlarni ta’minlovchi maktabgacha ta’limning samarali innovatsion tizimining shakllanishi, maktabgacha ta’limni insonning butun hayoti davomidagi uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi sifatida belgilash, bolani shaxs sifatida jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda uning roli oshirilishi, kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim xizmatlari turlarining ko‘payishini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy davlatlar tajribasida yuqori ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan kompetensiyaviy yondashuv keng tatbiq etilmoqda.
=== Slayd 12 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat dasturi asosida tarbiyalanuvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar ikkita asosiy guruhga ajratib ko‘rsatiladi va ular quyidagicha aks etgan:
Kommunikativ kompetensiya-muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi;
Shaxsiy kompetensiya (“Men” konsepsiyasini yaratish) shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarni namoyish etadi;
=== Slayd 13 ===
Ijtimoiy kompetensiya-hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati;
Bilish kompetensiya-atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalana olish jarayonlari kiradi.
=== Slayd 14 ===
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari:
“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: yirik motorika, mayda motorika, sensomotorika va sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik);
“Ijtimoiy–hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: ijtimoiy rivojlanishda ijtimoiylashuv kattalar va tengdoshlar bilan muloqot, hissiy rivojlanishda hissiyot va ularni boshqarish va “Men” konsepsiyasini anglash);
=== Slayd 15 ===
“Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: nutq va til, o‘qish malakalari va qo‘l barmoqlari mayda motorikasi);
“Bilish jarayonining rivojlanish” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: intellektual bilish malakalari, elementar matematik malakalar, tadqiqiy bilish va samarali refleksiv faoliyat);
“Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: dunyoni badiiy tasavvur etish, badiiy ijodiy qobiliyatlar).
=== Slayd 16 ===
Quyidagi keltirilgan kompetensiyalar maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga individual yondashuv, ularni jamoaviy hamkorlikka undash, bola shaxsini hurmat qilish, uning noyobligi va takrorlanmasligini his etish, ularning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsata olish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish asosida shakllantirilib boriladi:
=== Slayd 17 ===
Kompetensiyalarni bola maktabgacha yosh davrida egallab borishini tarbiyachi-pedagoglar kuzatib nazorat qilib boradilar va shu orqali bolaning maktabga tayyorgarlik darajasi belgilanadi.
Bola maktabgacha ta’lim tashkilotida har tomonlama maktabga tayyorlanadi. Amalda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim, ko‘nikma va malaka, kompetensiyalari alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
=== Slayd 18 ===
2018-yildan joriy qilingan kompetensiyaviy yondashuv asosida “Ilk qadam” o‘quv dasturi mazmunida ilmiy-tadqiqot muammosini maktabgacha yoshdagi bolalarni kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish masalasini o‘rganish natijasida shunga ishonch hosil qilindiki, maktabgacha ta’lim jarayonida bolaning kommunikativ faolligi, aqliy tarbiyasi, bilish jarayonlarining rivojlanishi, rivojlanish markazlarida bolalarning mustaqil faoliyati, o‘zaro tengdoshlari bilan hamkorlikdagi muloqoti, kattalar bilan munosabatini o‘rganishga alohida e’tiborga olingan.
=== Slayd 19 ===
Komunikativ
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolaning maktabga tayyorlov guruhida ya’ni 6-7 yosh davrida 4 ta tayanch kompetensiyalarni mustaqil faoliyat jarayonida bir vaqtda ko‘ra olish, rivojlantirish mumkin. Masalan:
Bilish
Ijtimoiy
Shaxsiy
01
03
02
05
=== Slayd 20 ===
Bola markazda ijtimoiy muhitda faoliyat olib boradi, tengdoshlari jamoasida o‘ynaydi, bevosita kommunikativ muloqot qiladi, ushbu jarayonda bilishga, tushunishga qiziqish shakllanadi hamda barchasini o‘yin tarzida amalga oshiradi.
STEAM ta’lim texnologiyasini integratsion yondashuv sifatida o‘rganadigan bo‘lsak, maktabgacha yoshdagi bolalarga kompetensiyaviy yondashuvni kompleks shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
=== Slayd 21 ===
STEAM ta’lim yondashuvi – ta’limning modulli yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi bolaning intellektual qobiliyatlarini ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati va rivojlanishidir. STEAM ta’lim texnologiyasi – individual mavzularni o‘rgatmaydigan ta’lim, lekin ularning qamrovi ta’lim loyihalari doirasida bir-birlari bilan birgalikda o‘rganish imkonini beradi.
=== Slayd 22 ===
Integratsiyalashgan ta’lim
STEAM hozirda dunyo bo‘ylab eng yaxshi deb tan olingan loyiha. Olingan bilimlarni haqiqiy hayotda qo‘llash. STEAM ta’limi bolalar hayotda olingan ma’lumotlardan qanday foydalanishi mumkinligini namoyish etadi.
=== Slayd 23 ===
Jamoada ishlash
Bolalar birgalikda ishlashadilar, o‘z g‘oyalari va takliflarini ifoda etadilar, baxslashadilar, o‘z pozitsiyalarini oqlaydilar va birgalikda ma’lum xulosalarga erishadilar.
=== Slayd 24 ===
Innovatsiya
Bu zamonaviy texnologiya, raqamli texnologiyalar va noaniq fanlarni o‘rganish va amaliy qo‘llash imkonini beruvchi integratsion yondashuv hisoblanadi.
=== Slayd 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.