Muhammad Rahimxon Feruz hayoti va ijodi
5000 so'm

=== Taqdimot: Muhammad Rahimxon Feruz hayoti va ijodi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Muhammad Rahimxon Feruz hayoti va ijodi
=== Slayd 2 ===
REJA:
1. Muhammad Rahimxon Feruzning hayot yo‘li
2. Feruz shoh va shoir
3. Feruz adabiyot va san’at homiysi
4. Feruz va Xorazm adabiy muhiti
5. Feruz lirikasi
6. Feruzning o‘zbek adabiyoti va madaniyatida tutgan o‘rni
=== Slayd 3 ===
Buyuk iste’dod sohibi Feruz ya’ni Muhammad Rahimxon 1845-yilda Xivada Said Muhammad oilasida tavallud topdi. Qo‘ng‘irotlar sulolasidan. Boshlang‘ich ma’lumotni xususiy muallimdan oladi.Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shoir va olim Doiy, Yusufxo‘ja Oxun va boshqalardan tahsil oladi. Ogahiy Feruzga ustozlik qilgan, unga she’riyat sirlarini o‘rgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. Ogahiy Muhammad Rahimxonga ustozlik qilgan, unga she’riyat sirlarini o‘rgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. U Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud kabi buyuk allomalar haqida dastlab Ogahiydan dars eshitdi. Keyinchalik esa ularning ijodiy meroslarini to‘plashga kirishdi va Pahlavon Mahmud ruboiylaridan bir kitob tartib etdi. Feruzning o‘zi Pahlavon Mahmudning 350 ruboiysini qo‘lda ko‘chirib, kitob holiga keltirgan.
=== Slayd 4 ===
Muhammad Rahim 1863-yilda otasi Said Muhammad vafot etgandan so‘ng Xiva xonligi taxtiga 19 yoshida o‘tiradi. Bu voqeaga bag‘ishlab shuaro va fuzalolar tarix va qasidalar bitdilar, masnaviylar yaratdilar. Ogahiy tomonidan bitilgan tarix va yozilgan qasida alohida ahamiyat kasb etadi.Ogahiyning ushbu qasidasi yirik pand-nasihat haqidagi asar bo‘lib, mamlakatni boshqarishda Feruz faoliyatida unga berilgan yo‘l-yo‘riq ham edi.
=== Slayd 5 ===
Muhammad Rahim yoshligidan adabiyotga havas qo‘yadi. Alisher Navoiy, Munis, Ogahiy, Komil singari shoirlarning asarlarini o‘rganib, she’rlar yozadi. She’rlariga “Feruz” (g‘olib, baxtli, saodatli) deb taxallus qo‘yadi. Ogahiy bilan Feruz o‘rtasida shogird va ustozlik munosabatlari mustahkam edi. Hatto Ogahiy o‘z shogirdi Feruzga ota-o‘g‘ildek munosabatda bo‘ladiki, bu albatta Feruz faoliyatiga ta’sir etmay qolmadi. Feruz fuqaroparvar, adolatli va rahmdil shohlardan biri sifatida talqin etadilar.
=== Slayd 6 ===
Feruz saroyiga shoir, tarixnavis, olimu fuzalo, tarjimonu xattot, tabibu sazanda va shunga o‘xshash zamonasining madaniyat arboblarini atrofiga to‘pladi. Har haftada g‘azalxonlik, she’rxonlik kechalarini tashkil qilgan. Bu haqda Binoiy bunday yozadi: “Xon hazratlari haftada ikki kun: juma va dushanba oqshomlarida uloma bila suhbat tuzib, kitobxonlik etdurur erdilar”. Feruzning o‘zi ham she’r yozgan, ashula aytgan va musiqa bastalagan. Xorijiy davlatlar kutubxonalarida saqlanayotgan “G‘azaliyoti Feruz”, “Bayozi Feruz”, “Devoni Feruz” asarlari ham tasdiqlaydi.
=== Slayd 7 ===
Feruzshunos olim G.Ismoilovaning yozishicha, Xiva va uning tevarak-atrofidagi shoir, adabiyotchi, muarrix, musiqashunoslar saroyga yig‘ilib, bir adabiy markaz vujudga keltirildi. Feruzning homiyligida iste’dodli shoirlar, ajoyib sozandalar, xushxat xattotlar, muarrixlar yetishib chiqdi. “Haft shuaro”, “Bayozi muxammasot”, “Bayozi musaddasot”, “Bayozi ash’or” kabi she’riy to‘plamlar fikrimizning dalilidir.Feruzning tashabbusi bilan iste’dodli shoir Ahmadjon Tabibiy “Majmuat ush-shuaroyi Feruzshohiy”, “Muxammasat ush-shuaroyi Feruzshoxiy” tazkiralarini tuzdi.
=== Slayd 8 ===
XIX asr o‘rtalariga kelib Xorazm madaniy hayotida alohida taraqqiyot yuz berdi. Ilgari vayron qilingan binolar qaytadan tiklandi. Yangidan sug‘orish inshootlari, karvonsaroylar va 60 ga yaqin masjid, madrasa barpo qilindi. Nodir iste’dod egasi Komil Xorazmiy oddiy xattotlikdan Muhammad Rahimxon zamonida mirzaboshilik lavozimiga ko‘tarildi. 1873-yilda devonbegi mansabiga tayinlandi. Komil Xorazmiy “Rost” maqomiga bastalagan “Murabbai Komil” va “Peshravi Feruz” ayni zamonda ham mashhur. Muhammad Rizo Ogahiyning “Iqboli Feruziy” (yoki “Shohidi iqbol”) nomli tarixiy asari Feruz hukmronlik qilgan davr voqealariga bag‘ishlangan.
=== Slayd 9 ===
Feruz hukmronlik qilgan davr nihoyatda alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib, xonliklar orasida o‘zaro nizo kuchli edi. Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi, Xiva xonligi orasida birlik yo‘q edi. Mana shu qarama-qarshiliklardan so‘ng Rossiya ustalik bilan foydalandi. 1866-yili Rossiya qo‘shinlari Bixoro chegarasiga bostirib kirdi. 1868-yilga kelib Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi Rossiyaga tobe bo‘ldi. Rossiyaning Xivaga ko‘z olaytirishi Pyotr I davrida boshlangan. Tarixdan ma’lumki, Pyotr I ning Bekovich-Cherrkasskiy boshliq ekspeditsiyasi 1714-1717-yilda Xiva ostonalarida tor-mor qilib tashlangan, keyinroq V.A.Perovckiy ekspeditsiyasi 1839-1840-yillar barbod bo‘lgan edi.
=== Slayd 10 ===
1873-yili Kaufman rahbarligida jami 13 ming kishidan iborat qo‘shin, 55 to‘p-zambarak bilan Xivaga qarshi yurish boshladi. 1873-yilning 29-may kuni Xiva egallandi. Gandimiyon shartnomasi (1873-yil 12-avgust) ga ko‘ra, Xiva xonligi podsho Rossiyaga qaram bo‘lib qoldi. Ammo Xiva ruslar tomonidan ishg‘ol qilinishidan oldin, bu yerda to‘ntarish bo‘lib, Muhammad Rahimxon o‘rniga uning ukasi Otajon To‘ra xon deb e’lon qilingan edi. Xiva ishg‘ol qilingandan so‘ng Kaufman Feruzni yana taxtga o‘tqazdi.
=== Slayd 11 ===
Rus chorizmi bosqinchilik siyosatini yoqlab vitse-kontsler Gorchakov yozadi: “Bu (ya’ni bosqinchilik) sharoit taqozosi bo‘lib, boshqa davlatlar ham xuddi shunday qilgan. Masalan, Fransiya Jazoirni, Gollandiya o‘z mustamlakalarini, Angliya ost Indiyani xullas davlatlar manfaatparastligidan ko‘ra noiloj zaruriyat taqozosiga binoan mana shunday yo‘ldan borishimiz muqarrar bo‘lib qoldi”. Xuddi shu haqida general-gubernator S.M.Duxovskiy o‘z hukumatiga murojaat qilib yozgan xatida: “… bu yerdagi aholiga odamiylik va insonparvarlikning keng negizlarini qo‘llab bo‘lmaydi” degan. Bu ulkan merosni xalqqa yetkazish va uni kitobot qilishda Xorazm kalligraflarining xizmatlari nihoyatda kattadir. Ular o‘zlariga xos uslubda sodda va aniq qilib, nasx, sulh, rayhoniy singari arab xati shaklidan foydalanib yuzlab qo‘lyozma asarlarga sayqal berdilar. Xorazmda bu davrda ko‘chirilgan qo‘lyozmalarning ko‘pchiligi adabiyotga oid bo‘lib, ular o‘tmish va zamondosh shoirlarning devon, bayozlari bilan turli xil majmua, tazkiralardan iborat edi.
=== Slayd 12 ===
Muhammad Rahim Feruz xonlik qilgan davrda shu tariqa me’morchilik, musiqa, xattotlik, naqqoshlik kabi bir qator san’at turlari rivojlandi. Bu davrda fotografiya va kino san’ati vujudga keldi. Turmushga garmon, grammofon, elektr singari yangiliklar kirib keldi. Feruz hukmronlik qilgan davrida Rossiya, Usmoniylar imperiyasi, Eron va Afg‘oniston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan.
=== Slayd 13 ===
Muhammad Rahim Soniy davrida xonlikda juda ko‘p qurilishlar amalga oshirildi. Madrasa, masjid, bog‘lar barpo etildi. U 1871-yilda Ko‘hna Ark qarshisida o‘z nomiga madrasa qurib bitkazdi. Bu madrasa XIX asr me’morchiligi eng nodir yodgorliklaridan biri bo‘lib, ikki qavatli qilib qurilgan. Unda mullavachchalarning o‘qishi uchun yozgi va qishki masjid, darsxona va kutubxonalar, yashashlari uchun 76 hujra qurdirgan. Feruzning rahbarligi va tashabbusi bilan yigirmadan ortiq madrasa, masjid, minora, xonaqolar qurildi.
=== Slayd 14 ===
Feruz yerlarni suv bilan ta’minlash, bog‘-rog‘lar barpo qilish ishiga ham alohida ahamiyat berdi. Feruzning buyrug‘iga muvofiq Qo‘ng‘irot tumani sarhadida katta ariq bunyod etildi. Xalq ushbu ariqning qurilishida Muhammad Rahim soniy rahbarlik qilgani uchun ariqni uning nomi bilan Xon arig‘i deb atadi. Kalta minor, Amirobod, Saribiy kabi ariqlarining qazilishi va qayta tiklanishi Feruz nomi bilan bog‘liqdir. Feruz Andarik, Tozabog‘, Bog‘ishamol va boshqa kanal va bog‘larning qurilishiga ham rahbarlik qildi.
=== Slayd 15 ===
Feruz davrida “Xarazm tarjima” maktabi vujudga keldi. Bu davr tarjimonlari tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan qator tarixiy, badiiy, ilmiy-falsafiy asarlar madaniyatimizning nodir durdonalari bo‘lib qoldi. Ogahiy, Komil Xorazmiy, Rojiy kabi adiblar fors-tojik tilidan o‘zbekchaga tarjima qilganlar. “Mahfiloro”, “Badoe’ul vaqoe’”, “Haft kishvar”, “Vomiq va Uzro”, “Mehru Moh”, “Bahori donnish”, “Chor darvish”, “Anvori Suhayliy”, “Shohnoma”, “Guliston”, “Ahloqi Mahsiniy” kabi asarlar fors-tojik tilidan o‘zbekchaga o‘girildi. Feruz tashabbusi bilan Xiva shahrida toshbosma tashkil etildi. Unda Feruz farmoni bilan Xorazm shoirlari haqidagi “Majmuat ush-shuaro” tazkirasi Alisher Navoiyning “Chor devon”, “Xamsa” singari asarlari ilk bor chop etildi. Munis, Ogahiy, Komil, Bayoniy, Mirzo, Avaz O‘tar, Devoniy, Niyoziy singari shoirlarning asarlari ko‘plab nusxada bosilib chiqdi. Feruz Hindiston, Arabiston, Eron, Turkiya savdogarlari orqali Xorazmga noyob kitoblar keltirildi, nusxalar ko‘chirtirildi, tarix va adabiyotga oid kitoblardan boy kutubxona yaratdi.
=== Slayd 16 ===
Xon saroyidan va Xiva shahridan talab olib ketilgan kitoblarning o‘rnini to‘ldirish maqsadida xon 1874-yil Xiva shahrida Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib foto-kino san’atiga asos soldi. Muhammad Rahimxon davrida qurilgan imoratlardan 30 tadan ziyodi hozirgacha saqlangan. Muhammad Rahimxonning 1898-yil 12-apreldagi farmoni bilan xonlik hududlarida qadimdan qolgan muzeybop buyumlar to‘plandi. Xorazm asori-atiqalari 1890-yilda Toshkentda, 1895-yilda Nijniy Novgorodda, Butun Rossiya ko‘rgazmasida, 1900-yilda Parijda, 1904-yilda AQShning Missuriy shtatida o‘tgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilindi.
=== Slayd 17 ===
Muhammad Rahimxon Feruz hukmronlik davrida, 1870-yilda Xiva shahrida 700 dan ortiq mayda hunarmand kosiblarning ustaxonasi bo‘lgan. Shu jumladan shahardagi 54 ta bo‘yoqchilik, 37 ta etikdo‘zlik, 33 ta mahsi-kavushdo‘zlik, 16 ta ko‘nchilik ustaxonalari xon buyurtmasi va aholining kundalik zaruratini qondirish uchin ishlardi. Shaharda do‘konlari bor 200 dan ortiq savdogarning 56 nafari baqqollik, 38 tasi bazzozlik, 32 tasi choy va tamakifurushlik, 15 tasi choponfurushlik qilishgan. She’rlariga “Devoni Feruz” nomi bilan tartib bergan.(1879). Bu devon Muhammad Sharif tomonidan qayta ko‘chirilgan (1900). Feruzning o‘zi Pahlavon Mahmudning 350 ruboiysini qo‘lda ko‘chirib, kitob holiga keltirgan. Shoir she’riyatining bosh mavzusi-ishq. Uning “Ul oy vasfini vird etsam zabonda”, “O‘lsa jonim qoshu ko‘zing, ikki lab”, “Soldi olam ichra g‘avg‘o, ey malaksiymo, ko‘zing”, “ Gulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur” kabi ishqiy g‘azallari juda mashhur.
=== Slayd 18 ===
Feruz mumtoz she’riyatning an’anaviy janrlarida lirik she’rlar yaratgan. She’rlar ishq-muhabbat mavzusida bo‘lgan. Oshiq dilidan kechayotgan ehtirosli, lazzatli xayollar, ba’zan og‘ir, xazin o‘ylar shoir qalamida o‘tli, hayajonli, og‘riqli dardlarga aylanadi:
Ohkim, jonimga javr aylab mani yor o‘lturur,
Hajr tig‘idin qilib ko‘ksimni afgor o‘lturur.
Vasli birla shod etib ag‘yorni, hijron aro,
Aylabon mahzun mani charxi sitamkor o‘lturur.
=== Slayd 19 ===
“Ishqiy g‘azallar piri” hisoblangan Feruz lirikasi serjilo, sermazmunligi bilan ajralib turadi. Feruz she’rlarining juda ko‘p qismi ishq-muhabbat mavzusiga bag‘ishlanganligi-ning guvohi bo‘lamiz:
Ishq elin shohiman, vale oshiqining qatorida. Ushbu xazining ul pari ko‘ziga ilmadi netay.
Inson va hayotni, sevgi va sadoqatni o‘z ijodining asosi qilib olgan Feruz sevgini sadoqatsiz, mehrni oqibatsiz tasavvur qila olmaydi. “Elga shohu ishqqa qul” devonida quyidagi misralarni keltiradi:
Gul yuzingga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido,
Sarvi ozodingg‘a qumridek xush alhonim fido,
Xirmani guldek bo‘lib kirgil quchog‘im ichrakim,
Gul kibi islab yuzung, aylay sanga jonim fido.
=== Slayd 20 ===
Nechuk ofat eding,ey sarviqomat.
Boshimga soldi ishqing yuz qiyomat,
Qiyomat sho‘rishin jahonga solding,
Jahondin mun’adam bo‘ldi farog‘at.
Farog‘at istagan,chiqsun jahondin,
Topilmasdur tiriklikda salomat.
Salomat ahli boshiga falakdin,
Dame tinmay yog‘ar sangi malomat.
Malomat toshidin ozurdadurlar,
Bu ko‘hna davrda ahli farosat.
Farosat xaylining ollida bo‘ qul,
Boshingga solmayin chini malomat.
=== Slayd 21 ===
Muhammad Rahimxon Feruz mashhur sharqshunos olim V.V.Bertal’d tomonidan “Buyuk ma’rifatparvar” deb baholangan.
Asrlar osha madaniyat yuksak ravishda rivojlanib kelgan Xorazm o‘lkasida, ayniqsa Muhammad Rahimxon hukmronligi davrida ilm-fan, madaniyat va din o‘ziga xos yuksalish va davrini boshidan kechirdi. Aytib o‘tish joizki, Xorazm o‘lkasida hech bir davrda Muhammad Rahimxon hukmronligi davridagichalik ko‘p ijod ahli yetishib chiqmagan. Tabibiy, Bayoniy, Avaz O‘tar, Chokar, Mutrib, Safo Mutanniy, Rogib, Niyoziy, Devoniy, Doiy, So‘fi Partav kabi o‘nlab iste’dod egalarining nomlarini keltirishimiz mumkin.
=== Slayd 22 ===
Muhammad Rahimxon feruz 47 yil-u sakkiz oy-u yigirma kun Xorazmda hukmronlik qilganligining o‘zi ham uning adolatparvar hukmdor, xalqparvar shoir, ma’rifatparvar buyuk shaxs bo‘lganligidan dalolat beradi. Davlat arbobi, iste’dodli shoir, zukko musiqashunos va sozanda, ilm-fan homiysi Muhammad Rahimxon Feruz umrining oxirida chap tomoni butunlay shol bo‘lib, falaj kasaliga uchraydi.U 1910-yilda 66 yoshida vafot etdi.
=== Slayd 23 ===
Nashr qilingan asarlari:
1. Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo‘ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1991,1994
2. Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Toshkent, 1996
3. Rahim Davlatyor, Matrasul Sho‘xnazarov. Feruz.Shox va shoir qismati. Toshkent, 1993
4. Avaz Komil. Garchi erurman tole’I Feruz. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1994-yil 30-sentabr
5. Jumaxo‘ja Nusratullo,Adizoda Iqboliy. Feruz adabiy muhiti. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1994-yil 1-iyul
=== Slayd 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarga kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.