Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi Lug‘at boyish manbalari
4000 so'm

=== Taqdimot: Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi Lug‘at boyish manbalari.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi. Lug‘at boyish manbalari haqida
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Chet tilidan o‘zlashgan so‘zlar tilning lug‘at boyligini boyitadi.
2. Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi.
3. Neologizmlarning nutqimizda qo‘llanilish darajasi.
=== Slayd 3 ===
Bizga ma’lumki, o‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni avvalo, ikki guruhga ajratish mumkin:1. Ichki imkoniyat;2. Tashqi imkoniyat.
Chet tillardan so‘z o‘zlashtirish asosida til lug‘at tarkibining boyishi tashqi omil asosida boyish deyiladi. Bunda o‘zbek adabiy tiliga fors-tojik, arab, rus va boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirilishi tushuniladi.
Til lug‘at tarkibining ichki manba asosida boyish degani sheva va lahjalardan so‘z olish yoki yangi so‘z yasash asosida boyish tushuniladi. Masalan, buvi, buva, dugona so’zlari adabiy tilga Andijon shevasidan olingan.
=== Slayd 4 ===
Chet so‘zlar tilni boyitadimi yoki kambag‘allashtiradi?
=== Slayd 5 ===
Hech bir til yolg‘iz o‘zi rivojlanmaydi. Boshqa tillardan so‘z oladi va so‘z beradi. Chet tildan kirgan so‘z qachon tilni boyitadi-yu, qachon qashshoqlashtiradi? Agar o‘zga til so‘zi bir tildagi yo‘q so‘z o‘rnini to‘ldirsa yoki bor so‘z bilan yonma-yon ishlatilsa, foydalanuvchilarga muqobil variant taqdim etsa, u tilni boyitadi. Lekin tilda bir so‘z o‘rnini egallasa, uni muomaladan siqib chiqarsa, bu tilni kambag‘allashtirish bo‘ladi.
=== Slayd 6 ===
So‘ngi paytlarda ilm-fan texnika taraqqiyoti va ijtimoiy tarmoq faolligi hisobiga tilimizda bir qancha yangi so‘zlarni ishlata boshladik. Masalan: bodikamera, teplovizor, chellenj, frilans, navigator kabi. Bodikamera so‘zini olaylik, to‘g‘ri kamera so‘zi o‘zbekchaga allaqachon kirib ulgurgan. “Body“ so‘zi esa inglizchada tana degan ma’noni bildiradi. Bodikamera so‘zi o‘rniga tankamera, xoskamera, yonkamera kabi yaxshi variantlar ham mutaxassislar tomonidan taklif etildi. Ammo bugungi kunda kundalik iste’molda ham ommaviy axborot vositalarida ham muntazam “bodikamera” so‘zi ishlatilmoqda.
=== Slayd 7 ===
Bizga ma’lumki rus tili orqali bizga boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar o‘zlashtirilgan. Masalan, nemis tilini olaylik, o‘zlashgan so‘zlar orasida harbiy sohaga oid so‘zlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bunday so‘zlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi: harbiy unvon va lavozim nomlari bo‘lib, ularga: general, gerstog, soldat, unitar-ofiser kabi ikkinchi guruhga esa harbiy qurollar va ularning qismlarini anglatuvchi so‘zlar kirgan. Masalan, bron, gilza, shompol, raketa, mauzer kabi
=== Slayd 8 ===
“Juda eski”
Tilimizda “juda eski” ma’nosini anglatuvchi iboralar ko‘p. Ularning ayrimlari bilan tanishsak:
=== Slayd 9 ===
Daqyonus tarixiy yunon shohi bo‘lib, undan qochgan va 300 yil uxlatib qo‘yilgan kishilar – “G‘or egalari” haqida islomiy manbalarda ma’lumot berilgan. 300 yil uxlab turganlardan biri non olish uchun yonidan chaqa pul chiqarganda, do‘kondor: “Axir bu pul Daqyonusdan qolgan-ku. Eski-ku”, – deydi. Iboraning kelib chiqishi shu voqeaga borib taqaladi.
“Almisoq” so‘zi Alloh odamlar dunyoga kelishidan oldin ularga o‘zini tanitgan, ahdlashgan jarayonni anglatadi. “Almisoqdan qolgan” deganda, insoniyat hali yaratilmagan juda qadim zamon nazarda tutilgan.
1. Almisoqdan qolgan.
2. Daqyonusdan qolgan.
=== Slayd 10 ===
Taqim
Tizzaning orqa qismidagi chuqurcha taqim deyiladi. Inson tanasining bu qismi ko‘p tillarda nomga ega emas. Internetda tilga oid faktlar orasida
“Tizzaning orqa qismi hech qaysi tilda nomga ega emas” degan jumlaga duch kelishimiz mumkin. Biroq bu fakt xabarchilari o‘zbek (turkiy) tilidan bexabar ko‘rinishadi. Bobolarimiz sochi uzun qizlarni ta’riflashda “sochi taqimiga tushar ekan“ deyishgan, uloq (ko‘pkari) o‘yinida “uloqni taqimiga bosdi” degan ifoda hamon qo‘llanadi.
=== Slayd 11 ===
Kundosh
“O‘tkan kunlar”da Otabek Kumushdan so‘ng Zaynabga uylanishga majbur bo‘ladi, natijada Kumush va Zaynab kundosh bo‘lib qolishadi. Bu so‘z bir kunni bo‘lib olgan degani emas.
Eshqobil Shukur yozadi: “Hozir ham Surxondaryoda “kunilash” degan fe’l ishlatiladi. Ukasiga ko‘rsatilayotgan e’tibordan xafa bo‘lib, yaqinlarining munosabatini qizg‘anayotgan, ukasini ko‘rolmayotgan bolaga nisbatan kunilayapti so‘zi qo‘llaniladi.
“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” da ham “kuni” so‘zi qadimgi turkiy tilda “qizg‘an”, “g‘ayirlik qil” degan ma’nolarni anglatgani aytilgan”.
=== Slayd 12 ===
Aslida
“Tufli oyog‘imga sig‘madi” degan gap teskari ma’noda qo‘llanilishini bilasizmi? Aslida tufli hech qachon oyoqqa sig‘maydi, aksincha, oyoq tufliga sig‘ishi mumkin.
Qadimda “Oyog‘im bu kavushga sig‘madi” deb to‘g‘ri gapirishgan.
Azamat Qorjovov
=== Slayd 13 ===
Munchoq
Ayollar bo‘yniga taqadigan munchoqni yaxshi bilasiz… “Kitob at-tuhfa” da munchoq so‘zi bonchuq shaklida beriladi va ayni shu shaklda munchoq so‘zining tub ildizini ko‘rish mumkin. Ya’ni bonchuq so‘zi bo‘yinchiq so‘zining o‘zgarganidir.Tilimiz tabiatida “b” tovushi bilan “m” tovushining almashib turish hodisasi ko‘p kuzatiladi. Masalan, “buni” goho “muni” deymiz. Murch so‘zi aslida burch bo‘lgan. Xuddi shu kabi tilimizda bo‘yim so‘zi ham mo‘yin ham deyiladi.Xullas, munchoq so‘zi “mo‘yinga taqiladigan taqinchoq” ma’nosidan chiqqan.
=== Slayd 14 ===
Yogurt, stakan, utyuk, kirpich kabi so‘zlar asli o‘zbekcha ekani rus tiliga turkiy tillardan o‘zlashgani haqida maktab darsligida berilgan ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga, hatto kinoyalarga sabab bo‘ldi. Aslida-chi, manbalardagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lgan kishi bu so‘zlarning haqiqatan ham turkiy tildan o‘zlashganiga amin bo‘ladi. Stakan-yog‘och kosa.
=== Slayd 15 ===
Hayron qolayotgan bo‘lishingiz mumkin, lekin rostdan shunday, So‘zlashuv uslubida odamlar stakanni istakan deyishi bejiz emas. Chunki so‘z boshida ikki undoshning yonma-yon kelishi o‘zbek tiliga xos emas. Stakan rus tili ta’sirida shunday ko‘rinish olgan. Eski o‘zbek tilida, ya’ni chag‘atoycha-da “to‘stug‘an”, “tustig‘an” shaklida qo‘llangan bu so‘z ruschada tovush o‘zgarishiga uchragan. dostakan-stokan-stakan.
=== Slayd 16 ===
Qilig‘i birovlarning g‘ashiga teguvchi asabiga o‘ynovchi kishilarni qitmir deymiz.“Qitmir odam ekan”, “Yana qitmirlik qilyapti” deganda shu ma’no nazarda tutiladi. Arabchadan kirib kelgan bu so‘z aslida, xurmo danagini qoplab turuvchi yupqa pardani anglatadi. Shuningdek, manbalarda Daqyonus zulmidan qochgan “G‘or egalari”ning iti ham qitmir nomi bilan berilgan.
Qitmir
=== Slayd 17 ===
Лошадь-alasha va ot so‘zlaridan hosil bo‘lgan. Alyasha turkiy tillarda ot ma’nosini bildiradi. Turkiy qavmlar orasida juda ommalashgan bu so‘z Sharqiy Yevropada tillariga ham ko‘chib o‘tgan. Alyasha ba’zan ot so‘zi bilan birga ishlatilgan, ruschaga ayni bu shakl o‘zlashgan. Ba’zi olimlar fikricha, alasha ruschaga лоша shaklida o‘tgan.so‘ng unga -дь qo‘shimchasi qo‘shilgan. Ukrain tilida esa лоша shakli saqlangan va qulun, toycha ma’nosini anglatgan. Alashaning birinchi tovushi tushib qolishi favqulodda holat emas. Rus tiliga turkiy tillardan o‘tgan so‘zlarda bunday o‘zgarishlar uchrab turadi. Masalan, kulba, kapa ma’nosidagi olachuq so‘zi ruschada лачуга shaklida o‘tgan.
=== Slayd 18 ===
“Eralash” nomli bolalar hajviy kinojurnalini bilsangiz kerak. Nomi o‘zimizning “Aralash”so‘ziga o‘xshab ketadi. Lekin bu o‘xshashlik tasodif emas, Ruscha eralash aynan bizning aralash so‘zimizning xuddi o‘zi. Aralash o‘zbekchada “qo‘shilgan”, ”qorishgan ma’nosini anglatsa, boshqa turkiy tillarda “tartibsizlik”, ”tartibsiz harakat”, ”hovliqish“ ma’nolariga ega. Ералаш ruschada “tartibsizlik”, ”chigallik”, ”chalkashlik”, “aralash quralash“ degan ma’nolarni bildiradi. Olimlarning fikricha, bu so‘z rus tiliga XVII-XIX asrlarda o‘zlashgan.
=== Slayd 19 ===
Ba’zi tadqiqotchilar “ералаш” dastlab Sharq taomlaridan biri bo‘lgani, keyinchalik ma’nosi o‘zgarib ketgan degan fikrni ilgari surishadi. Boshqalar esa bu so‘z dastlab o‘zlashgan paytida ham hozirgi ma’nosida bo‘lgan degan fikrda qolishgan. Денги-tanganing ko‘pligi. Rus tilida ishlatiladigan eng muhim hayotiy vositalardan biri bo‘lgan pulning oti ham asli turkiycha ekani ko‘pchilikni hayratlantirsa ajab emas. Turkiy tillarda kumush pulni anglatgan tanga rus tiliga “денги” ko‘rinishiga kelgan. Rus tilidagi e’tiborli etimologik manbalarning aksari bu fikrni tasdiqlaydi.
=== Slayd 20 ===
Tanga so‘zi rus tiliga XIV asrlarda kirib kelgan. XV asr rus yozma manbalarida ushbu so‘z “тенка”, “тенки”shaklida uchraydi. Tanga qadimda arab, fors, hind, tibet kabi tillarda ham turli talaffuz variantlarida qo‘llangan. Tangalar dastalab kumushdan, keyinroq misdan zarb qilingan. Qadimgi Yunoniston va Forsda metall pullar “danaka” deb atalgan. Oltin O‘rdada esa dang yoki danig deb nomlangan. To‘g‘ri o‘ylayapsiz, har ikki so‘z tanganing ayni o‘zi. Faqat tovushlari biroz o‘zgargan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, tanga so‘zining ildizi tiyinga borib taqaladi.
=== Slayd 21 ===
Dastlab Janubiy va Sharqiy Osiyoda madaniylashtirilgan apelsin sanskrit tilida naranga (narana) nomi bilan ma’lum bo‘lgan. Fors tiliga narang shaklida, undan arab tiliga naranj shaklida o‘tgan. Arab savdogarlari apelsinni Ispaniyaga olib kelishgan, ispan tilida naranja so‘zi bilan tanilgan. Apelsinlar Fransiyaga un norenga, keyinchalik zamonaviy fransuz tiliga une orange bo‘lib o‘tgan. So‘ngra inglizlar bu so‘zni fransuz tilidan oranj (orange) shaklida qabul qilgan. Shu o‘rinda o‘zbek tilining boyligi va qamrovini A.Xojiyevning “o‘zbek tilini sinonimlarining izohli lug‘ati” kitobidan ham bilish mumkin.
=== Slayd 22 ===
Masalan, rahbar so‘zining yo‘lboshchi, ishboshi, katta, kattakon, alag, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin va kallmpo kabi so‘zlar ishlatilishi aytilgan. Boshliq katta jamoa xo‘jalikka rahbar shaxs, uch-to‘rt kishidan iborat kichik guruhning ishiga boshchi bo‘lgan shaxsga nisbatan aytilsa, Rahbar asosan davlat idoralaridagi boshliqlarga nisbatan ishlatiladi. Rahnamo ko‘proq kitobiy uslubga xos bo‘lib, asosan tarixiy manbalarda qo‘llangan. Kallampo asosan so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lib,salbiy ma’noga ega. Ya’ni rahbarlik layoqatiga ega bo‘lmasa-da, bu vazifani bajarayotgan shaxsga nisbatan ishlatilgan.
=== Slayd 23 ===
E’TIBORINIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.