Bargning morfologik va Anatomik tuzilishi
5000 so'm

=== Taqdimot: Bargning morfologik va Anatomik tuzilishi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Bargning morfologik va Anatomik tuzilishi
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Bargning tashqi tuzilishi.
2. Bargning anatomik tuzilishi.
3. Barg qismlarining ahamiyati.
4. Bargning poyada joylashishi tartibi.
5. Barg plastinkasining tuzilishi.
=== Slayd 3 ===
O‘simliklarda barglar katta sathini tashkil etadi. Yashil barg sathining asosiy funksiyasi fotosintez, transpiratsiya (suvni bug’lab havoga chiqarish) dan iboratdir. Barg yassi shaklga ega uning ustki va ostki tomonlari dorzoventral (lat. dorzo-orqa, venter-qorin) tuzilgan. Suv transpiratsiya tufayli poya orqali yuqori ko‘tarilib turadi va shu sababli o‘simliklardagi tirik hujayralar suv bilan ta’minlanib turgan hodisasi saqlanadi. Bundan tashqari transpiratsiya vositasi o‘simliklarni qizib ketishidan
saqlaydi. Barg sathining o‘sishi yorug’likni tutishiga, gaz almashinishini kuchaytirishga va suvni bug’latishga bo‘lgan moslamadir. Bu moslama uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonida o‘simliklarni muhitga moslanishi natijasida vujudga kelgan .
=== Slayd 4 ===
Barg (lot. folium, yun. phyllon) — yuksak oʻsimliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi.
Ba’zi oʻsimliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli oʻzgarib, oziq yoki suv gʻamlash, himoya qilish, ilashish kabi qoʻshimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan.
=== Slayd 5 ===
Bargning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim oʻsimliklar (mas, palma, banan) bargi 20 m ga yetadi. Yetilgan tipik barg uch qismdan: barg (plastinkasi, barg bandi va barg asosi (tagi)dan iborat. Ko‘zga ko‘rinadigan tipik barg (plastinka)ning eng xususiyatli tomoni shundan iboratki, u yassi shaklda, dorzoventral tuzilishda bo‘lib, uning o‘sishi cheklangan. Bargning katta-kichikligi har xil, eng yirik barg rafliya deb atalgan, patsimon bargli daraxtlarida 15-20 m, Janubiy Amerikaning tropik qismida, ayniqsa, Amazonka daryosi havzalarida ko‘p tarqalgan Viktoriya regiya bargning diametri 2 metrgacha, eng kichik barg, volfiyada esa bir necha sm. gacha
=== Slayd 6 ===
Bargning asosiy funksiyasi fotosintez, transpiratsiya, gaz almashinish, barg plastinkasida sodir bo‘ladi. Barg plastinkasi bilan barg asosi o‘rtasida barg bandi joylashgan. Uning shakli silindrsimon, yassi, uzun (yong‘oqda) yoki qisqa (tolda) bo‘lishi mumkin. Bandi bor barglar bandli barglar deb ataladi. Bargning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bogʻliq Yaproqning yassi boʻlishi bargning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi. Barg oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy barg bandida bitta, murakkab barg bandida bir necha yaproq bor. Oddiy barg. yaprogʻining shakliga koʻra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, toʻgʻri chiziqli, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqa; qirrasining tuzilishiga koʻra tekis qirrali, tishli, kungurali; . 1 mm 2 barg yuzasida ogʻizchalar soni 40 dan 500 gacha, ba’zan undan ham koʻproq boʻladi. Ogʻizchalar ayniqsa sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar bargi kutikula, yogʻsimon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, koʻpincha etli; barg orqali suvning koʻp bugʻlanishiga imkon bermaydi.
=== Slayd 7 ===
Ko‘pgina o‘simliklarda esa bargning asosi tarnovga o‘xshab kengaygan bo‘lib, poyani bir qismini o‘rab oladi va barg navi yoki barg g‘ilofi deyiladi. Barg g‘ilofi bir pallali (bug‘doydoshlarda) va ba’zi ikki pallali (ziradoshlarda) uchraydi. Barg g’ilofi tiniq (shaffof) parda (po‘st)li yoki qo‘ng’ir, kulrang bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina o‘simliklarda barg bilan poyaning qo‘shiladigan joyida ya’ni barg bandining asosida (tagida) bir juft alohida o‘simtalar chiqadi, bularga yon bargchalar deb ataladi. Yon bargchalarning shakli pardaga, qobiqqa, mayda-mayda bargchalarga qiltanoq va ba’zan haqiqiy barglarga o‘xshaydi. Yiriklashgan yonbargchalar fotosintez vazifasini bajaradi (masalan, no‘xat, astradoshlarning ko‘pchilik vakillarida). Barg shakllari. Barglar har xil shaklda bo‘ladi. Barg oddiy va murakkab barglarga bo‘linadi.
=== Slayd 8 ===
Barglarning tomirlanish sistemasi: O‘simliklarda barg plastinkasining tomirlanishi sistemasi barg bandi va poyaga ketadigan nay-tola bog‘lamlaridan iborat bo‘lib, ular orqali suv, mineral tuzlar va organik moddalar harakatlanadi. Suv va mineral tuzlar barglardagi hujayralarga tomon, organik moddalar esa doimo barglardagi hujayralardan poyaga tomon harakat qiladi. Tomirlanish sistemasi barg plastinkasida har xil: dixotomik, parallel, yoysimon, panjasimon va tursimon shaklda bo‘ladi. Filogenetik jihatdan uncha takomillashmagan tomirlanishning qadimgi xili dixotomik yoki ayrimsimon tomirlanish hisoblanadi. Bu xildagi tomirlanish mezozoy erasidan ayrim joylarda saqlanib qolgan relikt (lat.reliktus-qoldirilgan) kam uchraydigan ginkgoning barglariga xosdir. Ko‘pchilik qirqquloqlarda va sodda tuzilgan urug‘li o‘simliklarda bitta yoki ikkita bir-biri bilan tutashmagan oddiy tomirlar bo‘ladi. Bug‘doydoshlarda parallel, piyozguldoshlarda yoysimon tomirlanishni ko‘rish mumkin. Barglarning novda o‘qida joylanish tartibi. O‘simliklarning barglari novda o‘qida ma’lum bir qonun asosida joylashib radial simmetriya hosil qiladi.
=== Slayd 9 ===
Barglarning poyaga joylashish tartibi irsiy belgi bo‘lib, har qaysi oilalarda ma’lum tartibda joylanish bo‘ladi. Geterofiliya (yunon.geteros-turlicha, har xil, fillon-barg)- biror o‘simlik novdasidagi yoki poyasidagi barglarning har xil shaklda bo‘lishiga geterofilliya deb ataladi. Bu ayniqsa, suvda o‘suvchi o‘simliklarda ko‘p tarqalgan chunki ularni suv ostidagi barglari qirqilgan yoki uzun lentasimon bo‘lsa, suvning yuzasidagi barglari butunlay boshqacha shaklda bo‘lishligi bilan farq qiladi (suv ayiqtovoni, o‘q barg) . Ekologik sharoit ta’sirida hosil bo‘ladigan geterofilliya hodisasini issiq xonalarda o‘stirilayotgan Avstraliya akatsiyasi misolida ko‘rish mumkin. Namlik yetarli bo‘lganda unib chiqqan o‘simtaning urug’pallalaridan keyin rivojlangan juft patsimon barglari, fillodiy (yunon. fillon-barg, eydos-qiyofa) deb ataladigan bargga o‘xshagan keng barg bandida hosil bo‘ladi. Geterofiliya tut, evkalipt, yovvoyi nok kabi quruqlikka o‘suvchi o‘simliklarda ham ko‘rinadi.
=== Slayd 10 ===
Barg poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi meristema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo‘ladi.
=== Slayd 11 ===
Bulardan tashqari, uning shakl o‘zgarishidan ko’rinishlari organik moddalarni g’amlash (karamning yoki piyozning etdor barglari va boshqalar), himoya (tikanlar) Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va barg yaprog‘ini hosil qiladi.
Va vegetativ ko‘payish (begoniya, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham bajarish mumkin. Odatdagi tuzilishli to‘liq barg, barg yaprog‘i, barg bandi va yonbargchalardan tashkil tongan. Barglarning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi B. bandi deyiladi. Bir qancha o‘simliklar (bug‘doydoshlar, ziradoshlar) barg bandi kengayib, novdani o‘rab turadigan qinni hosil qiladi. Ba’zi o‘simliklar (yalpizdoshlar)da barg bandi bo‘lmaydi, yaprog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri novdaga birlashadi. Bunday barg o‘troq deyiladi. Barglarning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bog‘liq.
=== Slayd 12 ===
Epidermis ostida barg eti (mezofill) joylashgan. Barg eti koʻpchilik oʻsimliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1 — 2 qator hujayralardan iborat ustunsimon toʻqima va uning ostidagi gʻovak toʻqimadan tashkil topgan.
Barg eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon toʻqima) Bargga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir boʻladi. Barg etidan tomirlar oʻtadi. Ular har xil shaklda boʻlib, sistematik ahamiyatga ega.
Ikki pallali oʻsimliklar Barg to‘rsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan.
Tomirlar yaproq uchun tayanch sinch vazifasini oʻtaydi.
Tomirlar lub va yogʻochlik tolalaridan hamda oʻtkazuvchi va toʻrsimon naylardan iborat.
Oʻtkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar ildizdan barg mezofili hujayralariga toʻxtovsiz kelib turadi.
=== Slayd 13 ===
Epidermis ostida barg eti (mezofill) joylashgan. B. eti koʻpchilik oʻsimliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1-2 qator hujayralardan iborat ustunsimon toʻqima va uning ostidagi gʻovak toʻqimadan tashkil topgan.
Barg eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon toʻqima) Bargga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir boʻladi. Barg etidan tomirlar oʻtadi. Ular har xil shaklda boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Ikki pallali oʻsimliklar barg toʻrsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Tomirlar yaproq uchun tayanch sinch vazifasini oʻtaydi. Tomirlar lub va yogʻochlik tolalaridan hamda oʻtkazuvchi va toʻrsimon naylardan iborat. Oʻtkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar ildizdan barg mezofili hujayralariga toʻxtovsiz kelib turadi. Barg hujayralarida sintezlangan mahsulotlar tomirlardagi toʻrsimon naychalar orqali oʻsimlikning boshqa qismlari, ya’ni poya, ildiz, gul, mevalarga yetkazib beriladi. Barg yuzasining keng boʻlishi uning karbonat angidridni faol qabul qilishi, koʻp miqdorda suv bugʻlatishi va kislorod ishlab chiqarishiga sabab boʻladi.
=== Slayd 14 ===
Maydondagi yashil oʻsimliklar bir kecha-kunduzda 150-500 kg karbonat angidridni oʻzlashtirib, 60-400 kg kislorod ajratadi va 100 t gacha suv bugʻlatadi. Bu jarayonda barg 75–250 kg gacha organik modda hosil qiladi. B.ning yashash muddati ham turlicha boʻlib, ayrim oʻsimliklar. Bir necha hafta, boshqalari bir necha yilgacha (mas, lavr bargi 3-4 yil, Yevropa archasi bargi 8-10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil) yashaydi.
=== Slayd 15 ===
Barg hayoti fotosintez va metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan bog‘liq.
Bu jarayonlar sekin kechadigan ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq yashaydi. Epiderma bargning qoplovchi to‘qimasi hisoblanib, u transpiratsiya va gaz almashinuvini boshqaradi. Bu hol ayniqsa qurg‘oqchil sharoitda o‘suvchi o‘simliklar bargida yaxshi ifodalangan, ya’ni epiderma hujayralarning tashqi tomoni butinlashgan va uning ustidagi kutikula qavati ham juda qalin bo‘ladi. Hamma o‘simlik barglarining ustki epidermasi kutikula qavati bilan qoplangan. Barg eti ko‘pchilik hollarda mezofill deyilib, uning hujayralari o‘lchami va shakliga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklarda ular o‘zaro zich joylashgan hujayralarning bir necha qavatidan iborat.
Mezofil barg yuzasiga perpendikulyar joylashib, polisad yoki ustunsimon parenxima deb ataladi. Ularning hujayralarida juda ko‘plab xloroplastlar bo‘ladi. Ustunsimon parenxima ostida tarkibida xloroplastlari kam bo‘lgan noto‘g‘ri shaklli hujayralardan iborat g‘ovak to‘qima joylashadi. Uning hujayralararo bo‘shlig‘i keng bo‘ladi, ayniqsa ular suv o‘simliklarida ko‘p uchraydi va bu o‘simliklar bargini suv yuzida suzib yurishiga yordam beradi.
=== Slayd 16 ===
Barg etini tashkil etuvchi bu ikkala to‘qima assimilyatsiya vazifasini bajaradi va shu sababli assimilyatsion to‘qima deb ataladi. Serquyosh sharoitda o‘simliklarda mezofill hujayralarning aksariyati cho‘ziq shaklda bo‘lib, ular ustunsimon parenximani hosil qiladi. Buning sababi shuki, ustunsimon to‘qimaning hujayralari yorug‘lik ta’sirini tartibga solib turadi.
=== Slayd 17 ===
Ya’ni, yorug‘lik ta’siri kuchli bo‘lganda xloroplastlar ustunsimon parenxima hujayralarining pastki uchida, o‘rtacha bo‘lganda hujayralarning yon devorlariga yaqin joyda joylashadi. Kam bo‘lganda esa hujayralar epidermis ostidagi yuqori uchida joylashadi. Ko‘pchilik o‘simliklar ustunsimon parenximasi ostida voronkasimon shakldagi yig‘uvchi hujayralar bo‘ladi. Ular keng qismi bilan ustunsimon to‘qima hujayralariga yondashib joylashadi.
Ularning vazifasi fotosintezda ustunsimon to‘qima hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalarni qabul qilish va uni bargning o‘tkazuvchi bog‘lamlariga o‘tkazishdan iborat. Bargni ko‘ndalang kesimida tomirlari ustki va pastki tomondan epidermis bilan qoplanganligini, uning ostida esa kollenxima hujayralari joylashganligini ko‘rish mumkin. Uning yuqori qismi yog‘ochlik hujayralaridan, pastki qismi esa lub elementlaridan iborat bo’ladi. Bog‘lamlar poyada qanday joylashsa, barg tomirlarida ham xuddi shunday joylashadi.
Tolalarning ma’lum qismini asosiy parenxima hujayralari egallagan bo‘lib, ular orasida ayrim tolali naychalar bog‘lami bo‘ladi.
=== Slayd 18 ===
Uning yuqori qismi yog‘ochlik hujayralaridan, pastki qismi esa lub elementlaridan iborat bo‘ladi. Bog‘lamlar poyada qanday joylashsa, barg tomirlarida ham xuddi shunday joylashadi. Tolalarning ma’lum qismini asosiy parenxima hujayralari egallagan bo‘lib, ular orasida ayrim tolali naychalar bog‘lami bo‘ladi. Mexanik to‘qimalar naychalar bog’lami bilan birgalikda joylashib ularni pishiq qilsa, tosh hujayralar barg bandi va tomirlarini qattiq qiladi. Mezofill, odatdagi dorzoventral tuzilishli barglar morfologik va qisman fiziologik tomonidan farq qiluvchi ikki turdagi ustunsimon va bulutsimon to‘qimalardan tashkil topadi. Parenxima mezofillning faol fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi to‘qimasidir. Ko‘pchilik o‘simliklarda u bir qavatli bo‘lib, ikki va ko‘p qavatlilari ham uchrab turadi. Bugungi barg haqidagi mavziumiz shulardan iborat edi .
=== Slayd 19 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Please keep this slide for attribution
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.