Atrof-muhit tozaligi va toksikologiya
4000 so'm

Slayd 1
Atrof-Muhit Tozaligi Va Toksikologiya
Slayd 2
Atrof-muhit muhofazasini tashkil etish
Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar
Toksikologiya predmeti, vazifalari va tuzilmasi
Zararli modda (toksikant, zahar)
Reja:
Slayd 3
Hozirgi kunda atrof-muhit holati sanoat korxonalari tomonidan toʻxtovsiz ifloslanib borishi hech kimga sir emas. Korxonalar atmosfera havosiga, suv havzalariga va yer qatlamiga gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilarni tashlamoqda. Ushbu chiqindilar turli kimyoviy birikmalar koʻrinishida boʻlib, ular tabiatga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bu ta sir birikmalarning toksikologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun korxonalardan tashlanayotgan har qanday moddalarning toksikologik xususiyatlari toʻgʻri aniqlanishi lozim. Bu esa korxonalardan ajralayotgan turli chiqindilarni zararli ta ‘sirini oldini olishi mumkin va buning asosida korxonada atrof muhit muhofazasi boʻyicha tadbirlarni toʻgʻri baholay olish imkonini beradi.
Slayd 4
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof-muhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Lumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
-Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish
-Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish
-Tabiiy resurslarni baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash
-Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oIdini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish
Slayd 5
-Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish. -Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantirganlik, chiqindilar, zararli taʼsir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun haq toʻlash tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash. -Ekologiik taʼlim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal qilishini taʼrriinlash.. -Tabiatdan maxsus tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini va xoʻjalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash. – Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish.
Slayd 6
Davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish boʻyicha quyidagi vakolatlarga ega:
-Oʻz hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, mintaqaning ekologiya dasturini tasdiqlash;
-Tabiiy resurslarni hisobga olish va baholash, ekologik jihatdan zararli boʻlgan obyektlarni roʻyxatga olish;
Tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnik tomondan taʼminlash;
-Tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat va uy-roʻzgʻor chiqiildilarini toʻplash yoki koʻmib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish;
-Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar undirish;
-Tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatish yoki qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish
Slayd 7
Aholi yashaydigan hududlarda zararli moddalar miqdori Rechm dan oshib ketmasligi uchun sanoat korxonalarining chiqindi chiqarish miqdorlari chegaralab qoʻyiladi. Vning tartib va qoidalari Gost 17.2.3.03-78 da belgilangan boʻlib, havoning boshqa manbalaridan chiqarilayotgan chiqindilar bilan ifloslanishi. Chiqindi chiqaradigan dudburonlarning balandligi, havoda aralashib ketish tezligi, undan zararli choʻkmalarning sutka davomida choʻkish miqdori kabi koʻp rnaʼlumotlar inobatga olinib hisoblanadi. Tabiatni musaffolashtirish maqsadida chiqindilar miqdoiini kamaytirish maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Slayd 8
Toksikologiya (grekcha toxison – zahar, logos – fan) – kimyoviy moddallarning toksik xossalari hamda ularning tirik organizmlarga va ekotizimlarga taʼsirini oʻrganadigan fan. Toksinlik kimyoviy moddalarning biologik ob ektlarga buzilishgacha olib keladigan ta sir koʻrsatish xususiyati hisoblanadi. Moddalar toksinligi bilan farqlanadi. Organizmni shikastlovchi moddalarning soni qanchalik kam boʻlsa, zaharlash darajasi Shunchalik yuqori boʻladi. Hamma moddalarning tarkibida toksin mavjud. Muayyan sharoitlarda moddalarning turli buzilishlarni chaqiradigan ma ‘lum dozasi yoki konsentratsiyasi halok boʻlishgacha olib boruvchi ta ‘sir oʻtkaza oladigan biologik obyekt sifatida aniqlanadi.
Toksikologiyani uzoq vaqt davomida tibbiyotga oid fan, deb hisoblab kelingan. Qishloq xoʻjaligi, kimyo, ekologiya, sanoat toksikologiyasining mavjudligi bunday tasavvurni inkor qiladi, chunki toksikologiya kimyoviy birikmalarning nafaqat inson organizmiga, balki butun biosferaga zararli ta sirini oʻrganadi.
Slayd 9
Hozirgi paytda mingta kimyoviy modda mavjud boʻlib, inson ulardan maishiy turmushda, tibbiyotda, ishlab chiqarishda va qishloq xoʻjaligida foydalanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyotning jadal tus olishi kimyoviy birikmalar sonining ortishiga olib boradi, Shu bois mutaxassislar oldiga murakkab vazifalar qoʻyilmoqda. Ular mavjud kimyoviy birikmalarning toksik ta sirini bilishlari, qoʻshma tarkibli sanoat chiqindilari, xalq xoʻjaligi mahsulotlari va yangi kimyoviy moddalarning atrof muhitga ehtimoliy xavfli ta sirini baholay olishi lozim. Mutaxassislarturli kimyoviy birikmalarning atrof muhit ob ektlariga spetsifik umumiy ta ‘siri va qonuniyatlarini bilishi zarur. Ekologlar ana Shu bilimlar yordamida moddalarning, ayniqsa yangi sintezlangan moddalarning atrof muhit obektlariga koʻrsatadigan ta ‘sirini oldindan aytib berishlari kerak.
Slayd 10
Insonning xoʻjalik faoliyatidagi mavjud turli omillar va tabiiy jarayonlarning atrof muhit ob ektlariga zararli ta siri tamoyili boʻyicha ifloslanish va ifloslantiruvchi moddalar quyidagicha tasniflanadi: fizik (elektromagnit nurlanish va hokazo), kimyoviy (ogʻir metallar va hokazo) va biologik (mikroorganizmlar va ularning hayotiy faoliyatidagi mahsulotlar). Ifloslanishning har bir turi maxsus ifloslantiruvchi – tabiiy yoki antropogen moddalardan iborat. Atrof muhit ob ektlarining kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi muhim sanaladi. Kimyoviy moddalarning ta siri turlicha boʻlganda ham, ular asosiy rol oʻynaydi, atrof muhit ob ektlariga asosiy ta sir mexanizmlari orqali kimyoviy shikastlanish ifloslantiruvchi moddaning turiga bogʻliq boʻlmaydi.
Slayd 11
Toksikologiya kimyoviy birikmalarning toksik ta sir koʻrsatish mexanizmlari, zaharlanish diagnostikasi, profilaktikasi va uni davolashni oʻrganadigan fan hisoblanadi. Bugungi kunda toksikologiya bir nechta mustaqil, biroq oʻzaro bogʻlangan yoʻnalishlarga ajratilmoqda: eksperimental (tajribaviy) – nazariy, profilaktik (gigiyenik) va klinik yoʻnalishlar. Eksperimental-nazariy yoʻnalishida moddalarning biologik ob yekt bilanoʻzaro taʼsirining asosiy qonuniyatlari (tuzilishi, moddaning konsentratsiyasi yoki dozasi – samara, oʻzaro taʼsir shartlari – samara) oʻrganiladi. Organizm va toksikantning turli darajalardagi: yordamchi hujayra, hujayra, organ, tizimlar, organizmga ta sirining asosiy qonuniyatlari oʻrganiladi. Bu yoʻnalishda asosan hayvonlarda tajriba oʻtkaziladi, hayvonlarda kuzatishlar asosida olingan xulosalarni insonlarga tadbiq etish usullari ishlab chiqiladi.
Slayd 12
Profilaktik (gigiyenik) yoʻnalishda – toksikantlarning tirik organizmlar va ekotizimlarga zararli ta sir koʻrsatishi xavfi mavjud boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirish ishlari olib boriladi. Profilaktik toksikologiyada kimyoviy moddalarning xavfi aniqlanadi va ularning ta siridan insonlarni himoya qilish usullari ishlab chiqiladi. Yangi kimyoviy moddalarning toksinligi oʻrganiladi, zararli alomatlari belgilanadi, zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi (Rek), kimyoviy taʼsir sharoitida aholining sogʻligʻi va hayoti saqlab qolinishini taʼminlaydigan normativ va huquqiy hujjatlar asoslanadi hamda ishlab chiqiladi.
Slayd 13
Sanoat toksikologiyasida ishlab chiqarish sharoitlarida zararli moddalarning insonga aʼsiri oʻrganiladi, bu esa mehnat sharoitini yanada yaxshilashga yoʻnaltirilgan sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish uchun zarurdir. Kimyoviy toksikologiyada moddalarning jonli obyektlarga aʼsir xususiyatlari oʻrganiladi, ular kimyoviy xossalari va detoksikatsiya tamoyillari bilan bogʻliq boʻladi. Taʼsir mexanizmlarini bilish kimyoviy birikmalarning xossasini va xavflilik darajasini bashorat qilish va unga asoslanib davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. Ekologik toksikologiya zamonaviy toksikologiyaning yangi yoʻnalishi hisoblanadi. Bu yoʻnalishda moddalarning jonli obyektlarga, ommaviy ekotizimlarga koʻrsatadigan taʼsiri oʻrganiladi. Asosiy eʼtibor alohida organizmlarga emas, balki ularning birikmalari (biotsenoz, ekotizim) va moddalarning atrof muhitga aylanishiga qaratiladi.
Slayd 14
Ksenobiotiklar – organizm uchun yot kimyoviy birikmalardir, ular har qanday miqdorda ham organizmga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ularga maishiy kimyo preparatlari, sanoat ifloslantiruvchi moddalari, dori-darmon vositalari, pestitsidlar, yaʼni tirik organizmda paydo boʻlmaydigan, balki inson tomonidan sun’ iy sintezlanib hosil qilinadigan birikmalar kiradi. Ksenobiotiklarning atrof-muhitga tushishi biosferadagi tabiiy jarayonlarning buzilishiga olib kelishi mumkin, Shu bois atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ksenobiotiklarning biologik obʼektlarga tushishi, koʻchib yurishi va oʻzgarish yoʻllarini oʻrganish lozim. Zararli moddalar organizmda (endogen) va organizmdan tashqarida (ekzogen) hosil boʻladi.
Slayd 15
Intoksikatsiya kimyoviy modda va organizmning oʻzaro a’ ining davomliligiga qarab, kuchli va surunkali boʻlishi mumkin. Moddaning cheklangan vaqt oraligʻidagi (odatdagidek, bir necha sutkagacha) bir martalik yoki takror taʼsiri oqibatida sodir boʻladigani kuchli intoksikatsiya deyiladi. Surunkali intoksikatsiya deb, toksikantning uzoq vaqt davomidagi taʼsiri natijasida sodir boʻladigan intoksikatsiyaga aytiladi. Organizm intoksikatsiyasi quyidagi: modda bilankontakt, yopiq, kuchayish va tuzalish davrlariga boʻlinadi. Davrlarning namoyon boʻlishi va davomliligi moddaning turi va oʻziga xos xususiyatlari, dozasi va organizm bilan oʻzaro a’ shartlariga bogʻliq boʻladi.
Slayd 16
Nazorat savollari1. Toksikologiyani fan sifatida taʼriflash tushunchasi.2. Odam va atrof-muhitga zararli taʼsir omillari.3. Toksikologiyaning turlari va yoʻnalishlari.4. Toksikologiyaning asosiy vazifalari.5. Zararli modda yoki zahar haqida tushuncha. 6. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari.
Slayd 17
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati1. Karabayeva Z. T. Toksikologiya. Darslik. «Nurafshon business» na h o,»To hk n k m o- xnolog a n u » bo maxona da chop ld. 2019, -277 b. 2. Karabayeva Z. T., A ubova I. X. Toksikologiya. Oʻquv qoʻllanma. Tdtu. 2014, -75 b.3. Osipova V. N. «Osnovi fiziologii cheloveka i promishlennoy toksikologii». Kurs lektsiy dlya studentov VUZov. Izdat. Mgiu. 2006; -54 c.4. Nesterova Ye. N. Osnovi toksikologii. Uchebnoye posobiye dlya studentov.–Bryansk: Izdatelstvo Bryanskoy gosudarstvennoy injenerno-texnologicheskoy akademii. 2006; -51s. 5. Philip C. Burcham. An Introduction to Toxicology. Springer-Verlag London; -2014.
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
KIRISH – ODAM ANATOMIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
O‘SIMLIK ORGANLARI VA ULARNING FUNKS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Immunitet. immunitet turlari. Fagotsitoz mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
MUSKULLAR SISTEMASI. OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMURTQALILAR NAFAS OLISH TIZIMINING SOLISHTIRMA ANATOMIYASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Qushlarning umumiy tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Hayvonot dunyosi muhofazasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TIBBIY GELMINTOLOGIYA. YUMALOQ CHUVALCHANGLAR – ODAM PARAZITLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
YURAK–QON TOMIRLARI TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TIRIKLIKNING TUZILISH DARAJALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.