Antratsen unumlari bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar

4000 so'm


Antratsen unumlari bo'lgan dorivor o'simliklar va mahsulotlar

 

 

Slayd 1

Tarkibiga anratsyen unumlari boʻlgan dorivoroʻsimliklar va mahsulotlar

Slayd 2

Antratsyen unumlariga umumiy tushuncha
Antratsyen unumlarini oʻsimlik olamida tarqalishi
Antratsyen unumlarini oʻsimlik organlarida toʻplanishi va ularning oʻsimlik uchun ahamiyati
Antratsyen unumlarini biogyenyezi
Antratsyen unumlarini tasnifi
Antratsyen unumlarini fizik-kimyoviy xossalari
Antratsyen unumlarini sifat va miqdoriy tahlili
Antratsyen unumlari saqlovchi mahsulotlarni tibbiyotda qoʻllanilishi
Vatanimiz va chyet el olimlarining bu yoʻnalishdagi ilmiy ishlarining ahamiyati
Antratsyen unumlari saqlovchi dorivor oʻsimliklarni klassifikatsiyasi
Reja:

Slayd 3

X. X. Xolmatov, O’. A. Ahmyedov, Farmakognoziya: darslik, Toshkyent, Ibn Sino nomidagi Nmb, 1995
A. A. Dolgova, Ye. Ya. Ladigina, Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po farmako-gnozii., M. Meditsina, 1977
R. L. Xazanovich, N. Z. Alimxodjayeva, Kurs lektsiy po farmakognozii s osnova-MI bioximii lekarstvennix rasteniy, Tashkent «Meditsina» UzSSR, 1987
D. A. Muraveva, Farmakognoziya, uchebnik, M. Meditsina, 1991 I. E. Akopov, Valeneyshiye otechestvenniye lekarstvenniye rasteniya i IX primeneniye, – T. Meditsina, 1986
Gosudarstvennaya farmakopeya Sssr: vip. 1,2 obshiye metodi analiza lekarstvennoye rastitelnoye siryo, mz Sssr. – 11 – e izd., dop. – M: Meditsina, 1987, 1989
Abu Ali Ibn Sino, Tib qonunlari, II – kitob, Toshkyent 1982
Adabiyotlar

Slayd 4

Antratsyen Antranol Antron
Tarkibida antratsyen xalqasi saqlangan, oksidlangan, qaytarilgan, oksimyetil yoki glikozid holidagi moddalarga antratsyen unumlari deyiladi

Slayd 5

Antraxinon
Oksiantron

Slayd 6

Antratsyen unumlarini biogyenyezi
Antratsyen unumlari oʻsimlik hujayrasida atsyetat – qoldiqlarining fyermyentlar ishtirokida Rujichka qoidasi (boshi dumga ulanish) boʻyicha birikish natijasida, qator ryeaktsiyalardan soʻng hosil boʻlishi aniqlangan. (Bu biosintyez zamburugʻlarda shunday yoʻlda kyetishi tasdiqlangan).

Slayd 7

Antratsyen unumlari oʻsimlik olamida kyeng tarqalgan, ular:
Polygonaceae (torondoshlar)
Rhamnaceae (jumrutdoshlar)
Fabaceae (dukkakdoshlar)
Liliaceae (lolaguldoshlar)
Rubiaceae (roʻyandoshlar) va b
Antratsyen unumlari oʻsimliklarda koʻpincha glikozid holida, hujayra shirasida erigan boʻladi va oʻsimlikning shu organi zargʻaldoq-qizil rangga boʻyalgan boʻladi
Antratsyen unumlari ayrim mikroorganizmlarda, hashoratlarda ham topilgan
Antratsyen unumlarining oʻsimlik olamida tarqalishi

Slayd 8

Antratsyen unumlarini tasnifi
I. Oksidlangan formasi (antraxinonlar). Bu guruhga xrizatsin va alizarin unumlari kiradi
A) Xrizatsin unumlari
Ryein Xrizofanol

Slayd 9

Frangula emodin (ryeum emodin) Aloe emodin
Fistsion (ryeoxrizidin)
B) Emodinlar

Slayd 10

C) Alizarin
Alizarin Rubyeritrin kislota

Slayd 11

Jostyerin Frangula – emodin antron
Aloe-emodin-antron glikozidi
II. Qaytarilgan formasi

Slayd 12

Qaytarilgan formaga dimyerlar ham kiradi:
Frangularozid A Syennozid A
Diryein

Slayd 13

Antratsyen unumlari sariq, sariq-pushti rangli kristal moddalar, ularning aglikonlari organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, glikozidlari esa organik erituvchilarda erimaydi va spirtda yoki issiq suvda eriydi.
Antratsyen unumlari qizdirilganda uchuvchanlik xossasiga ega.
Antratsyen unumlarining fizik – kimyoviy xossalari

Slayd 14

Antratsyen unumlarning glikozidlari va qaytarilgan formalari optik faol moddalar boʻlib, qutblangan nur tyekisligini oʻngga yoki chapga buradi.
Ishqor eritmasi taʼsirida antratsyen glikozidlari parchalanib antroxinolyat hosil qiladi (toʻq qizil rang). Shu antroxinolyatlarni suvdagi eritmasiga kislota qoʻshilsa yana aglikonga qaytib qizil rang yoʻqolib, suvda erimaydigan sariq choʻkma hosil boʻladi.
Antratsyen unumlarining fizik – kimyoviy xossalari

Slayd 15

Ishqorlar bilan ryeaktsiya:
A) mahsulotga ishqor eritmasi tomizilsa mahsulot qizil rangga boʻyaladi;
B) mahsulotdan olingan ajratmaga ishqor tomizilsa, agar eritma qizil rangga kirsa – xrizatsin, alizarin guruhi boʻlsa – binafsha rang hosil boʻladi
Bu ryeaktsiyalar oksidlangan formalariga xos, qantarilgan formalari bu ryeaktsiyani byermaydi
Antratsyen unumlarini tahlil qilishI. Sifat ryeaktsiyalari

Slayd 16

Borntryegyer ryeaktsiyasi
Yirik kukun holidagi mahsulotdan 0, 5g + 10% LI NaOHning sp. Eritmasidan 10 ML  qizdiriladi. Natijada toʻq-qizil rangli antroxinolyatlar eritmasi hosil boʻladi. Eritma filtrlanib, sovutib kislotali sharoit hosil qilinadi (HCl). +10 ML efir qoʻshib bir nyecha marta chayqatiladi va efirli qavati ajratib olinadi. Ajratib olingan efirli qavatiga + 5 ML ammiak chayqatilsa, ammiak qavati, yaʼni pastki qismi qizil rangga kiradi.

Slayd 17

Borntryegyer ryeaktsiyasi ximizmi:

Slayd 18

0, 1G mahsulot +10 ML suyult. Sulʼfat kislota  2 daq. Qaynatiladi. Issiq holda filtrlanadi, sovigandan soʻng filtratni boʻluvchi voronkada teng xajmdagi benzol bilan 1 daqiqa davomida chayqatiladi.
Benzol qavati ajratib olinadi, uni yarim xajmdagi suyult. Ammiak bilan chayqatiladi va 15 daqiqaga qoldiriladi. Ammiakli qavat qizil-binafsha rangga boʻyaladi.
3. Xalqaro Farmakopeya usuli

Slayd 19

Mikrosublimatsiya ryeaktsiyasi
Ikkita buyum oynachasining bir tomoniga mahsulotning yirik kukuni syepilib, kyeyin qizdirilsa, antratsyen unumlari bugʻlanib uchadi va yuqoridagi buyum oynachasiga sariq dogʻshaklida antratsyen unumlarining kristallari oʻtiradi. Agar shu sariq dogʻga ishqor eritmasi tomizilsa, u qizil rangga boʻyaladi.

Slayd 20

0,3 G mahsulot + 3 ML spirt bilan 5 daqiqa qizdiriladi, filtrlanadi. Etilatsetat – metanol-suv (100: 17: 13) aralashmasi solingan xromatografiya idishiga 30-40 daqiqaga joylashtiriladi. Xromatogrammani havoda quritiladi va Ub – nurida koʻrib, hosil boʻlgan dogʻlar belgilanadi. Soʻngra xromatogrammaga natriy ishqorini 5% LI spirtdagi eritmasi bilan yoki ammiak pari bilan ishlov beriladi va yana Ub – nurida koʻriladi. Hosil boʻlgan dogʻlarning rangi aniqlanadi va Rf i hisoblanadi.
5. Xromatografik usul

Slayd 21

Ogʻirlik
Hajm
Kolorimyetrik, spyektral va boshqalar
II. Antratsyen unumlarining miqdoriy tahlili

Slayd 22

Mahsulot + konts. Sirka kislotasi  15 daqiqa qizdiriladi. Kyeyin 30 ML efir solib yana 15 daqiqa qaynatiladi, ajratgich voronkaga filtrlanadi (paxta, mahsulot bir nyecha marta efir solib qayta qaynatiladi).
Soʻngra + 2% LI ammiak saqlagan 5% LI ishqor eritmasidan 100 ML ni asta syekin bir nyecha marta solib chayqatiladi va pastki qizil rangli ishqoriy qismini 250 ML LI oʻlchov kolbasiga ajratiladi (bir nyecha marta qaytariladi), kyeyin ishqor bilan byelgisigacha toʻldiriladi.
25 ML eritmani suv hammomida 15 daqiqa qizdiriladi. Suyuqlik sovutilgandan kyeyin rangning darajasini fotoelyektrokolorimyetrda yashil svyetofiltr yordamida 1sm LI kyuvyetada oʻlchanadi.

Slayd 23

Analizga olingan suyuqlik tarkibidagi antratsyen unumlarini miligram miqdori kobolt xlorid (SoS126N2O) ning 0,2 – 0,3% LI eritmasi yordamida tuzilgan grafik boʻyicha topiladi. Mahsulot tarkibidagi antratsyen unumlarining % miqdori (x) quyidagi formula boʻyicha topiladi.
C – 100 ML ammiak-ishqor eritmasi tarkibidagi grafik yoradamida topilgan antratsyen unumlarining milligram miqdori (kontsyentratsiyasi).
V – Ishqoriy ajratmaning hajmi (boshlangʻich), ML.
P – Analizga olingan mahsulotning gramm miqdori.
W- Mahsulotning namligi, %
R – Qizdirilgandan soʻng suyultirilgan koeffitsiyenti.

Slayd 24

0,18
0,36
0,54
0,72
0,9
0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
0,6
0,7
0,8
Mg 100 ML
(Xrizafanol boʻyicha)
CoCl2 boʻyicha kalibrovkali grafik

Slayd 25

Surgi taʼsirga ega boʻlgan oʻsimliklar (sano, frangula, itjumrut)
Surgi va burishtiruvchi taʼsirga ega boʻlgan oʻsimliklar (rovoch, otquloq)
Surgi va biogyen stimulyator taʼsirga ega boʻlgan oʻsimliklar (aloe)
Siydik haydovchi taʼsirga ega boʻlgan oʻsimliklar (roʻyan)

Slayd 26

Ikkala cano oʻsimligi boʻyi 1 m ga yyetadigan buta. Poyasi shoxlangan. Pastdagi shoxlari yyerda sudralib oʻsadi. Bargi juft patli murakkab, 4-8ta juft boʻlakchalardan tashkil topgan, poyada bandi bilan kyetma-kyet oʻrnashgan. Gullari shingilga toʻplangan.

Slayd 27

Guli qiyshiq, kosachabargi 5ta, asos qismi birlashgan, tojbargi 5ta, sariq, otaligi 10ta erkin, onaligi bir xonali, yuqoriga joylashgan.
Myevasi- koʻp urugʻLI dukkak.

Slayd 28

Sano yovvoyi holda Afrikaning choʻllarida (Sudan, Nubiya va qizil dyengiz boʻylarida) va Arabistonning janubida oʻsadi.
Oʻtkir bargli sano – Cassia acutifolia Del. Iskandariya porti orqali chyet ellarga chiqarilgani uchun u yana Afrika, Misr yoki Iskandariya (Makkai Sano) sanosi dyeb yuritiladi.
Tor bargli sano – Cassia angustifolia Vahl. Hindistonda ekilganligi uchun Hindiston sanosi dyeb ataladi.
Toʻmtoq bargli sano- Cassia obovata Collad. Italiya sanosi
Gyeografik tarqalishi

Slayd 29

Mahsulotning tashqi koʻrinishi
Mahsulot har ikkala oʻsimlikning barglaridan tashkil topgan. Bargchalar oʻtkir uchli, lantsyetsimon, barg plastinkasi asimmyetrik, tyekis qirrali, moʻrt, kalta bandli boʻladi.
Bargning ikkilamchi tomirlari asosiy tomirdan oʻtkir burchak hosil qilib chiqadi va uchi bilan birlashib, barg plastinkasiga parallyel yoʻnalgan chiziq hosil qiladi.
Mahsulotning kuchsiz hidi va shilimshiq – achchiq mazasi bor.
Sano myevasi ham mahsulot hisoblanadi. Foliculi Sennae nomi bilan yuritiladi.

Slayd 30

A – Yuqori Epidermis; B – Pastki Epidermis; 1- Prizma Shaklidagi Kaltsiy Oksalat Kristallari Saqlagan Xujayralar; 2- Kaltsiy Oksalat Druzlari; 3 – Oddiy Tuklar; 4 – Tuk OʻRni.
Bargning xloralgidrat eritmasida tashqi preparati (x280).

Slayd 31

Kimyoviy Tarkibi. Oʻtkir bargli sano bargida 6,17%, myevasida 2,7%, tor bargli sano bargida 3,77%, myevasida 4,60% gacha antratsyen unumlari boʻlib, ular syennozid A va V, S, D, ryein, aloy
Syennozid A, V

Slayd 32

Ishlatilishi. Surgi sifatida ishlatiladi. Barg tarkibidagi smolalar qorinni ogʻritgani uchun, tayyorlangan damlamani sovutiladi, choʻkkan smolalardan filtrlab olinadi va istyeʼmol qilinadi. Baʼzan barg tarkibidagi smolalarni spirtda eritib olib tashlanadi va dori turlari tayyorlanadi.
Dorivor PRYe Paratlari. Barg damlamasi.
Tayyor dorilar: Tablyetka syenadye, glaksyen (Indiya), tablyetka syenna (Gruziya), tablyetka syenadyeksin (Tosh. Xim-farm. Zavod) chiqariladi.

Slayd 33

Frangula oʻsimligining poʻstlogʻi– Cortex Frangulae Olʼxasimon frangula – Frangula alnus Mill. (Rhamnus frangula L.); Jumrutdoshlar – Rhamnaceae.

Slayd 34

Frangula boʻyi 1 – 3 – 7 m ga yyetadigan buta yoki kichkina daraxt. Shoxlari tikansiz, poʻstlogʻi qizil-qoʻngʻir rangli, yaltiroq, silliq, oq yasmiqchali.
Bargi oddiy, ellipssimon yoki tyeskari tuxumsimon, tyekis qirrali, tyezda toʻkilib kyetadigan qoʻshimcha bargli, tuqsiz yoki tomirlari boʻylab tuklar joylashgan. Bargning 7 – 10 juft tomirlari boʻrtib chiqqan, ular yuqoriga qarab biroz qiyshiq oʻrnashgan. Gullari mayda, koʻrimsiz, 2 – 7 tadan barg qoʻltigigʻa joylashgan. Gulkosachasi qoʻngʻiroqsimon, kosachabargi 5 ta, tojbargi 5 ta, yashilgʻoq rangli, otaligi 5 ta, onalik tuguni 3 xonali, yuqoriga joylashgan. Myevasi syersuv, 2ta danakli qora rangli myeva.

Slayd 35

Mahsulotning tashqi koʻrinishi
Tayyor mahsulot har xil uzunliqdagi naychasimon yoki tarnovsimon poʻstloqdan iborat. Qalinligi 0,5 – 2 MM boʻlib, ustki tomoni silliq, kulrang-qoʻngʻir tukli, oqimtir yasmiqchali, ichki tomoni silliq, sariq-qizil yoki qizil-qoʻngʻir rangda boʻladi. Poʻstloqning tashqi tomoni asta qirilsa, qizil rangli ichki probka qavati koʻrinadi (boshqa poʻstloqlardan farqi). Mahsulot tyekis sinuvchan, hidsiz, yoqimsiz achchiq mazaga ega, ichki tomoniga ishqor tomizilsa qizil rangga boʻyaladi (antratsyen unumlariga ryeaktsiya).

Slayd 36

Frangula poʻstlogʻida koʻndalangiga choʻzilgan oqimtir-yassi yasmiqchalari bor boʻlib, poʻstloq biroz shilinsa qizil rang koʻrinadi, qirilgan joyga ishqor tomizilsa toʻq-qizil rang hosil boʻladi, tyemir ammoniyli achchiqtosh eritmasi tomizilsa rangi oʻzgarmaydi, mikroskop ostida qaralsa tolalar kristallar bilan qoplangan boʻlib, toshsimon hujayralari yoʻq.
Olxa oʻsimligini poʻstlogʻi yasmiqchalari yumaloq boʻlib, siyrak, ishqor bilan qizgʻishroq rang byeradi, tyemir tuzi eritmasi bilan qora rang byeradi, tolalari va toshsimon hujayralari bor.
Chyeryemuxa – (shumurut) oʻsimligini poʻstlogʻini yasmiqchalari yumaloq boʻlib kulrang-sariqroq rangda, ishqor eritmasida qizarmaydi, tolalari kristall bilan qoplanmagan.
Itjumrut – oʻsimligini poʻstlogʻida esa yasmiqchalari yoʻq, ishqor bilan toʻq-qizil rangga boʻyaladi, kristalli tolalar va toshsimon hujayralar bor.
Frangula poʻstlogʻining boshqa aralashmalardan farqi

Slayd 37

Kimyoviy tarkibi
Mahsulot tarkibida 8% gacha antratsyen unumlari: frangularozid, glikofrangulin, frangulin, frangula – emodin va xrizofanol va boshqalar bor.
Bulardan tashqari trityerpyen saponinlar, oshlovchi moddalar, olma kislotasi va boshqa moddalar bor.

Slayd 38

Frangularozid Glyukofrangulin
Glyukofrangulin Frangulin

Slayd 39

Ishlatilishi. Surgi dori sifatida ishlatiladi. Mahsulot bir yil saqlangandan soʻng, yoki 1000S da 1 soat qizdirilgandak soʻng ishlatiladi, aks holda qaytarilgan formadagi antratsyen unumi – frangularozid organizmga yomon taʼsir etadi.
Dorivor pryeparatlari. Qaynatma – Decoctum Frangulae, suyuq ekstrakt, quruq ekstrakt, tablyetka – Ramnil – Rhamnilum va yigʻmalar tarkibiga kiradi.

Slayd 40

Togʻjumrut ikki uyli, syershox buta yoki kichikroq daraxt, shoxlari yaltiroq, qizil-jigarrang. Shoxchalarining uchi tikanli. Bargi oddiy, ellipssimon yoki tyeskari tuxumsimon, biroz oʻtkir uchli, mayda arrasimon qirrali, poyada bandi bilan qarshi-qarshi joylashgan. Bargidan 3 juft yon tomirlari yaxshi taraqqiy etgan boʻlib, bargining uch qismi tomon yoysimon joylashgan.
Gullari bir jinsli boʻlib, 10 -15 tadan barg qoʻltigʻiga joylashgan. Kosacha, tojbargi, otaligi 4 tadan, onalik tuguni yuqoriga oʻrnashgan.
Myevasi – toʻrt xonalik, syersuv, 3 – 4 (baʼzan 2 ta) danakli xoʻl myeva.

Slayd 41

Mahsulotning tashqi koʻrinishi
Tayyor mahsulot sharsimon, burushgan, yaltiroq, qora rangli myeva. D-5-8MM. Meva bandi saqlanib qoladi, Mevaning yumshoq qismida 3-4 (baʼzan 2ta) uch qirrali, bir tomoni botiq qoʻngʻir rangli danagi boʻladi.
Mahsulot hidsiz, shirin- achchiq mazaga ega. Frangula myevasida 2 ta (baʼzan 3 ta) danagi boʻladi. Shu bilan togʻjumrut myevasidan farq qiladi.

Slayd 42

Kimyoviy tarkibi. 0,76% antratsyen unumlari boʻlib, tarkibi frangula bilan bir xildir, lyekin jostyerin itjumrutning asosiy antratsyen unumi hisoblanadi. Glyukofrangulin (ramnokatarin), frangulin, emodinlar ham saqlaydi.
Jostyerin

Slayd 43

Ishlatilishi. Myevasi yyengil surgi sifatida ishlatiladi
Dorivor pryeparatlari. Qaynatma – Decoctum fructus Rhamni catharticae, damlama, suyuq ekstrakt

Slayd 44

Koʻp yillik, boʻyi 2, 5m oʻt oʻsimlik. Ildizpoyasi kalta, koʻp boshli, undan bir nyecha yoʻgʻon, syersuv ildizlar tarqaladi. Barg bandi 30sm uzunlikda, qizil rangda boʻladi.
Bargi kyeng tuxumsimon, 5-7 boʻlakli, yuqori tomonida siyrak tukli, pastki tomoni esa uzun tuklar bilan qoplangan. Poyasi yoʻgʻon, boʻgʻimli, ichi kovak, kam shoxli. Poyadagi barglari kichikroq, bandi bilan kyetma-kyet joylashgan. Bargning poyaga oʻrnashgan joyida, poyani oʻrab turuvchi yondosh bargchalaridan tuzilgan yupqa pardacha boʻladi.
Gullari roʻvakka toʻplangan, oq-pushti yoki qizil tojibargidan iborat.
Myevasi 3 ta qanotga aylangan qovurgʻali, qizil-qoʻngʻir rangli pista (yongʻoqcha).

Slayd 45

Slayd 46

Slayd 47

Mahsulotning tashqi koʻrinishi
Rovoch 3-4yoshdan myevasi pishgandan kyeyin, kuzda yyer ostki qismi kovlab olinadi, yuviladi, chiriganlaridan tozalanadi soʻngra ildiz 10-15sm qirqib, yoʻgʻonlari uzunasiga tilinib 10-15 kun soʻlitilib qurutgichlarda 60°S da quritiladi.
Tayyor mahsulot 10-15sm, yugʻonligi 3sm boʻlgan silindrsimon ildizpoya va ildizlardan iborat, tashqi tomoni toʻq-qoʻngʻir rangda, ichki tomoni sariq-pushti.

Slayd 48

1- Probka boʻlaklari; 2- parenxima boʻlaklari; 3- kaltsiy oksalat druzlari; 4- suv naylarining boʻlaklari; 5- kraxmal donachalari.
Rovoch ildizining kukunini (x280).

Slayd 49

Kimyoviy tarkibi
6,0–12% Tanoglikozidlar va 3,4–6% antratsyen unumlari boʻladi. Xrizofanyein, glyukoryeum-emodin, glyukoaloe-emodin, ryeoxrizin, fistsionning diglikozidi, glikozid aloe-emodin- -diantron, ryeinning DI- va mono glikozidlari, A, B, C va D syennozidlar va boshqa antratsyen unumlari, smolalar, kraxmal va pyektin moddalar boʻladi.

Slayd 50

Xrizafanolning glikozidlari.
Fistsionni glikozidi

Slayd 51

Ryeinni glikozidi (glyukoryein)
Aloy-emodinni glikozidi

Slayd 52

Ishlatilishi.
Rovoch pryeparatlari ichni yumshatish uchun, ichak atoniyasida, yyel toʻplanib qolganda ishlatiladi. Bu pryeparatlar kam dozada (0,05-0,2) qabul qilinsa ichni qotiradi (tanoglikozidlar taʼsiri), koʻp dozada (0,5-2,0) qabul qilinganda esa ichni yumshatadi (antratsyen unumlarining taʼsiri).

Slayd 53

Dorivor PRYe Paratlar I. Rovoch ildizi poroshogi – (Pulvis radicis Rhei), tablyetka (Tabulettae radicis Rhei), quruq ekstrakt, rovoch sharbati – Sirupus Rhei va boshqalar.

Slayd 54

Otquloq – Rumex confertus Wilid.
Torondoshlar – Polygonaceae.
Koʻp yillik, boʻyi 60 – 150 sm oʻt oʻsimlik. Ildizpoyasi kalta, yoʻgʻon, koʻp boshli, ildizi kam shoxli. Poyasi tik oʻsuvchi, boʻgʻimli. Ildizoldi toʻp barglari uzunbandli, uchburchaksimon, asos qismi chuqur yuraksimon, oʻtmas uchli biroz toʻlqinsimon qirrali, pastki tomonida tomirlari boʻylab kalta tuklar oʻrnashgan. Barg bandi poyani qamrab olib, yondosh bargchalar bilan qoʻshilib oʻsib naychaga aylangan boʻladi. Gullari mayda, koʻrimsiz, roʻvakka toʻplangan.
Gulqoʻrgʻoni 6 boʻlakli, otaligi 6ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan.
Myevasi tuxumsimon, 3 qirrali och-jigarrang yongʻoqcha.
Otquloq oʻsimligining Ildizi – Radices Rumicis conferti.

Slayd 55

Slayd 56

Ildiz kuzda kovlab olinib, yuviladi, mayda boʻlaklarga boʻlinib ochiq yyerda quritiladi.
Tayyor mahsulot ildiz va ildizpoya boʻlaklaridan tashkil topgan. Ularning usti qoʻngʻir, ichi qizgʻish-sariq, oʻziga xos hidi va burishtiruvchi mazasi bor.
Mahsulotning tashqi koʻrinishi

Slayd 57

Kimyoviy Tarkibi. Ildiz tarkibida 4% gacha antraglikozidlar (xrizafanol va emodinlar), 8-15% gacha oshlovchi moddalar, efir moyi, vitamin K va boshqalar bor. Myevasida 0,81%, gacha oksimyetilantraxinonlar boʻladi.
Ishlatilishi. Ildiz pryeparatlari kichik dozada ichni qotirishda, katta dozada ichni surish uchun ishlatiladi. Yana myeʼda va ichak (dyezintyeriya, kolit, entrokolot) kasalliklarida ham qoʻllaniladi. Myevasi suvli ajratmasi kolit, gyemokolit, dizyentyeriya va bolalarning kasalliklarida ishlatiladi.

Slayd 58

Dorivor PRYe Paratlari Qaynatma – Decoctum radicis conferti, poroshok – Pulvis radicis Rumicis conferti, suyuq ekstrakt – R. L. Xazanovich OʻzR da oʻsadigan rovoch, otquloqni oʻrganib, tadbiq qilgan.

Slayd 59

Aloy bargi va Sabur – Aloe et folia Aloes.
Haqiqiy aloy – Aloe vera L.
Tikanli aloy – Aloe ferox Mill
Sukkotrina aloyi – Aloe succotrina Lam
Yoʻl-yoʻl aloy – Aloe striatula Haw
Daraxtsimon aloy – Aloe arborescens Mill.
Lolaguldoshlar – Liliaceae.

Slayd 60

Daraxtsimon aloy – boʻyi 4 m yyetadigan, syershira, doim yashil daraxtsimon oʻsimlik. Ildiz silindrsimon, kulrang syershox. Poyasi tik oʻsuvchi, pastki qismi shoxlangan. Bargi oddiy, yumshoq, qalin, syershira, yashil qilichsimon, yuqori tomoni botiq, pastki tomoni doʻng, qirrasi tikanli, qini bilan poyada kyetma-kyet joylashgan. Gullari shingil.
Myevasi – uch qirrali, silindrsimon koʻsakcha.
Yoʻl-yoʻl aloy daraxtsimon aloydan bargining yuqaligi, yoʻl-yoʻlligi, shirasining kamligi va sovuqqa chidamliligi bilan farq qiladi.

Slayd 61

Daraxtsimon aloy
Haqiqiy aloy

Slayd 62

Slayd 63

Aloydan quruq shira – sabur, yangi bargning quritilmagan shirasi va biogyen stimulyatorlarga boy pryeparatlar olinadi.
Sabur – Aloy turlari bargining quritilgan shirasi, Mxd da oʻstiriladigan aloy bargini yigʻib, pryesslash usuli bilan shirasi ajratiladi va bu shirani bugʻlatib, sabur olinadi
Afrika yoki Amyerikada kyesib olingan aloy barglarini kyesilgan tomonini pastga qaratib osib qoʻyiladi va oqib chiqqan shirasi mol tyerisiga yoki taxtaga tushib qotib qoladi va saburga aylanadi.
Sabur har xil shakldagi qora-qoʻngʻir boʻlakchalardan iborat boʻlib, yoqimsiz hidi va achchiq mazasi bor. Sabur 60% LI spirtda yaxshi, efirda kam eriydi, xloroformda erimaydi.
Quritilmagan shira. Yangi barglardan pryesslash yoʻLI bilan olingan shiraning 80 qismiga 20 qism spirt qoʻshib «konsyervatsiya» qilinadi
Mahsulot tayyorlash

Slayd 64

Akadyemik V. P. Filatovning koʻrsatuvicha har qanday oʻsimlik yoki hayvon toʻqimasini organizmdan ajratib olib, noqulay sharoitda saqlansa, toʻqimada chuqur biokimyoviy oʻzgarishlar yuz byeradi. Normal moddalar almashinuvi protsyessi buziladi va hayot faoliyati soʻna boshlaydi. Toʻqima oʻz hayot faoliyatini tiklash uchun maxsus modda ishlab chiqaradi. Ana shu modda biogyen stimulyator dyeb ataladi. Bunday moddalar byemor organizmini har xil kasalliklarga qarshi kurash qobiliyatini oshiradi.
3. Biogyen stimulyatorlar

Slayd 65

Slayd 66

Aloydan bunday pryeparatlarni olish uchun, tyerilgan yosh barglarni 4 – 8°S haroratda va qorongʻi yyerda 12 sutka saqlanadi, soʻngra barglarni maydalab bankalarga solinadi va 120°S da styerilizatsiya qilinadi. Ana shu barglarni tyeri ostiga tikish uchun va ekstrakt uchun ishlatiladi. Buning uchun bargni ezib, distillangan suv yoki natriy xloridning izotonik eritmasiga (1: 5 miqdorda) solib qoʻyiladi. Oradan 1 – 2 soat oʻtgandan soʻng, qaynaguncha qizdiriladi, suzib olib, yana 2 minut qaynatiladi, filtrlab ampulalarga quyiladi va ampulalar styerilizatsiya qilinadi.

Slayd 67

Kimyoviy Tarkibi.
Aloin
Nataloin

Slayd 68

Ishlatilishi. Saburning katta dozasi surgi sifatida, kam miqdorda esa ioʻtaxa ochish uchun ishlatiladi.
Biogyen stimulyatorli pryeparatlari koʻz kasalligida, oshqozon-ichak kasalliklarida qoʻllaniladi. Kuygan joylarni tuzatishda ishlatiladi.
Aloy emulsiyasi nur tyerapiyasi natijasida kuygan joylarni davolashda ishlatiladi.
Xalq myeditsinasida aloy bargi yoki shirasidan turli yaralarni, oʻpka silini davolashda chuchqa moyini aralashtirib ishlatilgan.

Slayd 69

Dorivor PRYe Paratlari. Sabur – Aloe, Extractum Aloe siccum, nastoyka – Tinctura Aloes, quruq ekstrakt – Extractum Aloes spissum, aloy shirasi – Succus Aloes, aloy emulsiyasi – Linimentum Aloes, tyemirli aloy siropi – Sirupus Aloes cum ferro.

Slayd 70

Roʻyan oʻsimligining ildiz poyasi va ildizi – Bhizomat etradices RubiaeRoʻyan turlari: 1. Boʻyoqli roʻyan – Rubia tinstorum L.2. Gruziya roʻyani – Rubia iberica C. Kosh. Roʻyandoshlar – Rubiaceae

Slayd 71

Roʻyan koʻp yillik oʻt oʻsimlik, boʻyi 30 -150sm, ildizpoyasi sudralib usuvchi, shoxlangan, silindrsimon, yoʻgʻon, boʻgʻimli.
Poyasi bir nyechta, 4 qirrali, boʻgʻimli, syershox, ilmoqli dagʻal tuklar bilan qoplangan. Bargi lantsyetsimon, yaltiroq, pastki tomirlari ilmoqli tuklar bilan qoplangan, qisqa bandi bilan 4-6 tadan toʻp-toʻp boʻlib joylashgan. Gullari mayda, yashil-sariq rangda boʻlib, barg qoʻltigʻidan oʻsib chiqqan soyabonga toʻplanib, roʻvaksimon gul toʻpini hosil qiladi.
Gul kosachasi aniq bilinmaydi, tojbargi 5ta, birlashgan, voronkasimon-gʻildiraksimon, otaligi 5 ta, 3 onalik tuguni 2 xonali pastga joylashgan. Myevasi 1-2 urugʻLI, sharsimon, oldin qizil, kyeyin qora rangga kiradigan syershira xoʻl myeva.

Slayd 72

Mahsulot kuzda kovlab olib, yuvib, quritiladi.
Tayyor mahsulot ildizpoya boʻlakchalaridan iborat boʻlib, yoʻgʻonligi 2 – 18 MM, ustki tomoni qizgʻish-qoʻngʻir, ichi qizil rangda.
Kuchsiz hidi, burishtiruvchi va achchiqroq mazaga ega. Ildizpoya suvni qizil rangga boʻyaydi.
Mahsulotning tashqi koʻrinishi

Slayd 73

Kimyoviy Tarkibi. Ildizpoya tarkibida 5 – 6 % gacha antratsyen unumlari boʻladi (alizarin, rubyeritrin kislotasi, galiozin, purpurin, ksantopurpurin va boshqalar). Yana 15% gacha qandlar, pyektin moddalar, organik kislotalar ham bor. Iridoid-aspyerulozid ham bor.
Alizarin Rubyeritrin kislota

Slayd 74

Ishlatilishi. Siydik yoʻllari toshi, buyrak toshi va oʻt pufagi toshi va podagra kasalliklarida qoʻllaniladi.
Dorivor PRYe Paratlari. Ildizpoya poroshogi- Pulvis Rubiae tinstorum quruq ekstrakt, sistyenal – Cystenal tarkibiga kiradi.

Slayd 75

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 76

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Antratsen unumlari bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

15 + eighteen =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar