Analizatorlarning tuzilishi va ahamiyati

4000 so'm


Analizatorlarning tuzilishi va ahamiyati

 

 

Slayd 1

Analizatorlarning tuzilishi va ahamiyati

Slayd 2

Analizatorlar haqida tushuncha
Eshitish va muvozanat analizatorlarining tuzilishi
Koʻrish va teri analizatorining tuzilishi
Taʼm va hid bilish analizatorlarining tuzilishi

Reja:

Slayd 3

Analizator – grekcha ἀνάλυσις – analysis soʻzidan olingan boʻlib, tahlil qilish, sezish, sezgi kabi maʼnolarni anglatadi.
Organizm tashqi va ichki muhitdan keladigan turli xil taʼsirotlarni qabul qiladi hamda ularni tahlil etadi. Akademik I. P. Pavlov taʼbiri bilan aytganda birinchi va ikkinchi signal sistemasining asosini analizatorlar tashkil qiladi. Analizatorlar katta yarimsharlar poʻstlogʻida joylashgan boʻlib, ularning periferik uchlari retseptorlar deb yuritiladi. Ular oʻz navbatidaekstro-, intro- va proprioretseptorlarga boʻlinadi.

Analizatorlar haqida tushuncha

Slayd 4

Nerv yoʻLI
Retseptor
Bosh miya yarimsharlari
Analizator qismlari

Slayd 5

Slayd 6

Eshitish va muvozanat analizatorlarining tuzilishi
Eshitish aʼzosi boʻlgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismga boʻlib oʻrganiladi: tashqi, oʻrta va ichki quloq.

Slayd 7

Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshitish yoʻlidan iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega boʻlgan togʻaydan tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yoʻlining oxirida biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan 0,1 MM qalinlikdagi nogʻora parda boʻlib, u tashqi quloq yoʻlini oʻrta quloq boʻshligʻidan ajratib turadi.
Tashqi quloq yoʻlini qoplab turuvchi terida juda koʻp mayda bezlar boʻlib, ulardan yogʻsimon suyuqlik ajraladi.

Slayd 8

Eshitish analizatorining qismlari

Slayd 9

Oʻrta quloq boʻshligʻi Yevstaxiy naychasi yordamida burun halqumiga tutashgan. Oʻrta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolgʻacha, sandoncha va uzangicha) tovush toʻlqinlari taʼsirida nogʻora pardada hosil boʻlgan tebranishni ichki quloqqa oʻtkazadi.
Ichki quloq – boʻshliq va ilonizi kanalchalar tizimidan, yaʼni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina boʻshliqda perilimfa suyuqligi boʻladi. Suyak labirintda chigʻanoq boʻlib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, yaʼni eshitish retseptorlari joylashgan.
Suyak labirintning dahliz va yarim doira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvoza-natini taʼminlovchi vestibulyar analizatorning retseptorlari joylashgan.

Slayd 10

Koʻrish va teri analizatori
Koʻz bosh suyagining maxsus chuqurchasida – koʻz kosasida joylashgan. U koʻz soqqasi, koʻrish nervi va yordamchi qismlaridan iborat. Koʻzning yordamchi qismlariga koʻz soqqasini harakatlantiruvchi oltita muskuli va ularning nervlari, koʻz yosh bezlari va ularning kanalchalari, koʻz yosh qopchasi hamda qovoq va kipriklar kiradi. Muskullar koʻz soqqasini harakatlantirib, koʻrish doirasini kengaytiradi. Koʻz yosh bezlaridan ajraladigan suyuqlik koʻzning shox pardasini namlab, uni changdan yuvib turadi. Qovoqlar va kipriklar koʻz soqqasini tashqi muhitning noqulay taʼsirlaridan himoya qiladi.

Slayd 11

Slayd 12

Koʻz soqqasi yumaloq tuzilgan boʻlib, oldingi va orqa qutblarga ega boʻladi. U tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi fibroz, oʻrta – qon tomir va ichki toʻrsimon pardadan tashkil topgan. Ichki qismiga koʻz ichi suyuqligi, koʻz gavhari va shishasimon tana kiradi. Koʻz soqqasining tashqi-fibroz pardasi ikki qismga boʻlinadi. Uning oldingi qismi shox parda deb atalib, u shishadek tiniq, yorugʻlik nurlarini sindirish xususiyatiga ega. Tashqi fibroz pardaning yon va orqa qismi koʻzning oq pardasi (sklera) deb ataladi. Koʻz soqqasining qon tomir qavati nomiga monand, qon tomirlariga boy boʻlib, koʻz toʻqimalarini oziq-moddalar va kislorod bilan taʼminlaydi.

Slayd 13

Koʻrish analizatorining qismlari

Slayd 14

Terining derma, yaʼni asl teri qavatida retseptorlar joylashgan boʻlib, ular uch xil: ogʻriqni, haroratni, siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptorlardir. Ogʻriqni sezuvchi retseptorlarning soni taxminan 1 mln ga yaqin. Ular himoya vazifasini oʻtaydi, yaʼni ogʻriq sezish tufayli odam oʻzini noqulay taʼsirdan chetga oladi, himoyalanadi.

Slayd 15

Taʼm bilish retseptorlari tilning soʻr-gʻichlarida, yumshoq tanglay va tomoqning shilliq pardasida hamda tomoqdagi bodomsimon bezlarning ustki qavatida joylashgan. Ayniqsa, tilning uchida, yon va orqa qismida retseptorlar koʻp boʻladi. Retseptorlar ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar taʼsirida qoʻzgʻaladi. Ularning qoʻzgʻalishi til-halqum nerv tolalariga oʻtib, ular orqali uzunchoq miyaga boradi.
Undan oraliq miyadagi koʻrish doʻmbogʻi, soʻngra bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi chakka qismining yuqori sohasidagi taʼm bilish markaziga boradi. Bu markazda taʼsir analiz va sintez qilinib, uning tabiati taʼm sifatida aniqlanadi.

Taʼm va hid bilish analizatorlari

Slayd 16

1-Retseptor, 2-soʻrgʻich, 3-nerv, 4-bezchalar

Slayd 17

Hid bilish retseptorlari burun boʻshligʻining shilliq pardasida joylashgan. Ularning soni oʻrtacha 30-40 mln atrofida. Bu hujayralarda koʻplab mayda tukcha boʻlib, ularning uzunligi 1-2 mikronga teng. Burun boʻshligʻining hid biluvchi sathi 5 sm2 boʻlib, sezuvchi hujayra tukchalarining koʻp boʻlishi hisobiga hid bilish sathi 100-150 marta ortadi. Hid bilish retseptorlari tashqi muhit havosi tarkibidagi va ovqatdagi kimyoviy moddalar taʼsirida qoʻzgʻaladi.
Ularning qoʻzgʻalishi hid bilish nerv tolasi orqali bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining ichki yuzasidagi hid bilish markaziga boradi. Bu markazdagi nerv hujayralarida taʼsir analiz va sintez qilinib, hidning tabiati aniqlanadi.

Slayd 18

Slayd 19

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 20

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Analizatorlarning tuzilishi va ahamiyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

12 − one =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar