Yaxlit pedagogik jarayon va ta’lim tarbiya prinsiplari

4000 so'm


Yaxlit pedagogik jarayon va ta'lim tarbiya prinsiplari

 

 

Slayd 1

Yaxlit pedagogik jarayon.

Slayd 2

“Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo‘ladi, yoki aksincha».
A. Disterveg.

Slayd 3

“Pedagogik jarayon – maktab faoliyatining ma’muriy, o‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizimi».
K.D.Ushinskiy.

Slayd 4

“Ta’lim – o‘qitish, o‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o‘git va boshqa bir qator so‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir».
P.F. Kapterev.

Slayd 5

“Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi»
I.A.Karimov.

Slayd 6

Pedagogik jarayon – kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilarning boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o‘zini-o‘zi o‘zgartirishining maqsadga yo‘naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir. U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bo‘ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.

Slayd 7

Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va b.) bilan chambarchas bog‘liq.
O‘quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – yagonalik.
Pedagogik jarayonning mohiyati – yaxlitlik asosida ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash.

Slayd 8

Pedagogik jarayon – o‘qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarning ichki aloqadorligi yig‘indisidir. Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo‘ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari:
uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;
undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;
umumiy mavjudlik va o‘ziga xoslikni saqlashda namoyon bo‘ladi

Slayd 9

Pedagogik jarayon maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi.

Slayd 10

Yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismlari
Aniq maqsadli tarkibiy qism pedagogik faoliyatning barcha ko’p obrazli maqsad va vazifalarini qamrab oladi
mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi
faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o’zaro hamkorligi
jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshirish samaradorligini aks ettiradi

Slayd 11

Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qismlarni quyidagicha bo‘lib ko‘rsatadi:
tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;
ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishini ta’minlovchi pedagogik kadrlar;
tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;
ta’lim oluvchilar;
moddiy-texnik ta’minot;
tizim va uning samaradorligi ko‘rsatkichlarining moliyaviy ta’minoti;
shart-sharoit (psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijtimoiy);
tashkil etish va boshqarish

Slayd 12

Pedagogik jarayon qonuniyatlari va tamoyillari
Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu obyektiv mavjud bo‘lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.
Qonuniyatlar obyektiv, eng muhim, barqaror, o‘zgarishda, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi.
Pedagogik jarayon qonuniyatlari
va tamoyillari

Slayd 13

Akademik Yu. K. Babanskiy «Pedagogika teoriyasi» nomli o‘quv qo‘llanmasida pedagogik jarayonning quyidagi yettita asosiy qonuniyatini sanab o‘tgan:
ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog‘liqligi;
tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi;
tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning birligi;
ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli;
pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;
pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o‘zaro aloqadorligi;
pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o‘zaro aloqadorlik qonuniyati

Slayd 14

Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy bo‘yicha tasnifi:
pedagogik jarayonning maqsadga yo‘naltirilganligi;
ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi;
ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik;
tizimlilik va ketma-ketlik;
onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilarning ijodkorligi;

Slayd 15

Ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati bilan aloqasi;
ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri;
ko‘rgazmalilik;
ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish;
ta’lim va tarbiyaning qo‘lay metod, shakl va vositalarini tanlab olish;
sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining amaliy natijalari;
tarbiyaga kompleks yondashuv.

Slayd 16

Pedagogik jarayonda tarbiyaning mohiyati va mazmuni
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo’lib, u tarbiyaviy jarayonning mazmuni, metodi va tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi o’rta Osiyo faylasuflarining tarbiya haqidagi fikrlariga va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.

Slayd 17

Tarbiya aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog’lom, e’tiqodli, dili pok, ruhi komil, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, baynalminal, insonparvar barkamol shaxsni shakllantirishni ko’zda tutadi. Tarbiya mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, milliy an’analar va mintaqalararo xususiyatlarni hisobga olgan holda olib boriladi.

Slayd 18

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 19

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Yaxlit pedagogik jarayon va ta’lim tarbiya prinsiplari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar