Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari 3
4000 so'm

Slayd 1
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari
Slayd 2
Reja:
Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari
O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari.
Slayd 3
“Bizni hamisha o’ylantirib kеladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lеkin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, dеgan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado bеrib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan».
Sh.M.Mirziyoеv.
Slayd 4
Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri – o’quvchiga hurmatda.
R.Emerson.
Slayd 5
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi
Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi
Slayd 6
Tarbiya
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi
Slayd 7
Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi
Tor ma’nodagi tarbiya pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati
Slayd 8
Tarbiya jarayoni – o’zaro bog’liq bo’lgan ikki faoliyatni – o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllanib boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir.
Slayd 9
Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy ishlardan o’zini tiya oladigan, o’z xatti-harakatlari bilan o’zgalar nafratini qo’zg’amaydigan xulq-atfordir. Faoliyat jarayonida hosil bo’lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.
Slayd 10
Ob’ektiv va sub’ektiv
Tabiiy va ijtimoiy
ichki va tashqi
odamlar ongiga bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan
Inson shaxsi ko‘p sonli omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi:
Slayd 11
Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
Slayd 12
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi maqsadi
Yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
Slayd 13
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi vazifalari:
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;
tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish;
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;
ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;
ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.
Slayd 14
Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
Birinchi bosqich — oilalarda;
ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim;
uchinchi bosqich — umumiy o‘rta ta’lim tizimida;
to‘rtinchi bosqich — ishlab chiqarish va ta’lim muassasalari
Slayd 15
Tarbiyaning umumiy vazifalari:
Jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanish hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi »inson kapitalini» tayyorlash;
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
malum jins yoshi va ijtimoiy kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
Slayd 16
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Maqsadga yo‘naltirilganligi
Uzoq muddat davom etishi
Uzluksizligi
Yaxlitligi, variativligi
Natijalarning oldindan aniqlanmasligi
Ikki tomonlamalilik
Ko‘p qirrali jarayon
Slayd 17
Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar.
Slayd 18
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
Ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog‘liqligi;
tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
Slayd 19
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
Tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;
tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;
tarbiyalanuvchining «ichki olami»ga ta’sir etishning intensivligi;
tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.
Slayd 20
Tarbiya tamoyillari – bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.
Slayd 21
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
Maqsadga qaratilganligi va g‘oyaviy yo‘nalganligi;
tarbiyaning insonparvarlashuvi;
tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog‘liqligi;
tarbiyaga yaxlit (kompleks) yondashuv;
jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish;
Slayd 22
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
Shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo‘shib olib borish;
o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;
tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;
tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi
Slayd 23
Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zolardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
Slayd 24
«Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi shunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun odamlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishishi mumkin».
Abu Nasr Forobiy
Slayd 25
Jamoa
odamlar maqsad-manfaatlarining umumiyligi,
o‘zaro hamkorlik qilishlari zarurligi,
mehnat va maishiy hayotiy faoliyatlari yo‘nalganligi zaminida
o‘zaro birgalikda harakat qilishlarini taqozo etishdan vujudga keladi.
Slayd 26
Odamlarning faoliyat turlariga nisbatan jamoa
Mehnat
Ta’lim-tarbiya
Maishiy hayot
Badiiy ijod
Harbiy
Sport
Oila
Slayd 27
Jamoa:
Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish, zavod, o‘quv yurti, xo‘jalik jamosi va hokazo)
Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi
Slayd 28
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi.
Slayd 29
Jamoaning belgilari:
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi
Umumiy birgalikdagi faoliyat
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik
Slayd 30
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror guruh – bu sinflar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasida o‘quvchilarning asosiy faoliyati o‘qishdir. Aynan sinf jamoasida o‘quvchilar o‘rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi.
Slayd 31
O‘quvchilar jamoasi – bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhidir.
Slayd 32
Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan.
Slayd 33
Jamoani yaratish metodikasi:
Talablar qo‘yish;
Faollarni aniqlash,
O‘quv mehnat,
Ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish;
Sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish
Ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish
Slayd 34
Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi va nihoyat eng muhimi – ularning o‘qishdagi mo’ljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi.
Slayd 35
Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatiga jalb etishdan jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo‘ladi, lekin «ajratib qo‘yilgan» bolalar bo‘lmaydi.
Slayd 36
Tadbirlar
Kechalar
To’garaklar
Olimpiadalar
Ekskursiyalar
Shaxsni jamoda tarbiyalash
Slayd 37
Jamoa qanday bosqichda turmasin, uning oldida bir vaqtqning o’zida yaqin, o’rta va uzoq istiqbollar bo’lishi kerak.
Ekskursiya, madaniy yurish, shahar tashqarisiga sayrdan xursandchilik yetkazadigan qiziqarli ishlar tanlanadi, bu kichik tadbirlarni tayyorlash o’quvchining faol pedagogik yordam ostida muayyan kuch-g’ayrat sarflashlarini va tashkilotchilik fazilatlarini namoyon etishlarini talab qiladi. Bunday jamoa tadbirlarini o’tkazish chog’ida faol o’quvchilar aniqlanadi.
Slayd 38
O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faoliyatining paydo bo’lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Faoliyatning tarkib topishi demakdir. Jamoa faoli muayyan guruhning shunday a’zolariki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar va pedagog faoliyati va talabiga nisbatan hayrixohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faol pedagogning yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar
Slayd 39
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining pedagog talabini qo’llab-quvvatlashi hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarini jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan tavsiflanadi. Endilikda pedagog jamoada paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zlari hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadilar. Jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi.
Tarbiyalanuvchilar amaliy faoliyatning doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tayyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususiyatini ko’rsatuvchi omillar sanaladi.
Slayd 40
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi
A.S.Makorenkoning aniqlashicha, bu davrda butun jamoa «ayrim o’zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo’ya boshlaydi.
Jamoaga endilikda faqat faollargina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Pedagog mazkur yo’nalishdagi ishni maqsadga muvofiq va izchil olib borgan sharoitda ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasini jamoaning birgalikdagi faoliyati yakuni, uning a’zolari tomonidan jamoa bo’lib muhokama qilinadi: turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy, g’oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va boshqa bilimlar targ’iboti tashkil etiladi.
Slayd 41
Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi, bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan talablar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi.
Xuddi shu jihatdan to’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’z ishiga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir.
Slayd 42
Pedagoglar tomonidan qo’yiladigan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:
qo’yilayotgan talablar ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish bilan qo’shilishi kerak;
qo’yilayotgan talablar muayyan o’quv muassasasidagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim;
qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi kerak;
o’quvchi-yoshlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart
Slayd 43
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 44
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.