Tabiiy fanlarni o‘qitishning og‘zaki metodi
4000 so'm

Slayd 1
Tabiiy fanlarni o‘qitishning og‘zaki metodi
Slayd 2
Reja:
Metod va metodik uslublar haqida ma’lumot, og‘zaki metodning turlari, hikoya va uning xillari.
Hikoya jarayonida o‘zlashtirishning faollashishiga yordam beruvchi didaktik uslublar.
Suhbat va uning xillari. Kitob bilan ishlash
Slayd 3
Kirish:
Ma’lumki, mazmun va o’quvchilarning yoshiga muvofiq tarzda tanlangan metodlar bilim sifatining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Metod umumiy ma’noda maqsadga erishish usulidir. O’qitish metodi o’qituvchining bilimlar berish va ayni paytda ularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olish usulidir. Metodning bu ta’rifi uning ikki bir-biriga bog’liq tomonlari: beruvchi, ta’sir qiluvchi — o’qituvchi va qabul qiluvchi, o’zlashtiruvchi — o’quvchilarni ifodalaydi. Bu o’zaro ta’sir qilishning xarakteri bilim manbaiga bog’liqdir. Bilim manbai o’quv materialining mazmuni bilan belgilanadi, u ta’lim jarayonida yetakchi hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o’qitish amaliyotida turli xil o’qitish metodlari qaror topgan. Biroq ushbu ancha muhim belgilarga qarab ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
A)o’quvchilar bilim oladigan manbalar;
B)o’quvchilar faoliyatining xarakteri;
D)o’qitish jarayonida o’quvchilar faoliyatining xarakteri.
Slayd 4
Bu uch belgi o’rgatish va o’rganishni bir butun jarayon sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bunda o’qituvchining (o’rga-tuvchining) va o’quvchining (o’rganuvchining) faoliyatlari o’zaro bog’langan va taqozo qilingan, bilim manbalari esa o’qituvchining faoliyati bilan o’zaro chambarchas bog’lanishda bo’ladi. Darsda o’qituvchi turli ta’lim metodlaridan foydalanadi. O’qitish uslublarini tanlashda bir qator omillar: yordamchi maktabning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti, o’quv fani, o’rganiladigan materialning mazmuni, o’quvchilarning o’quv materialini egallashga tayyorgarlik darajasi katta ahamiyatga ega. Uslub tanlash va uni qo’llash xususiyati faqat darsdagi o’quv materialining maqsadiga emas, balki mazmuniga qarab ham aniqlanadi. O’qitish uslubi tushunchasi didaktik va uslubiyatning asosiy tushunchalaridan biri.
Pedagogikada o’qitish deganda, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari, ish usullarining tushunish qabul qilingan. Bu faoliyat yordamida o’qituvchi bilim beradi, o’quvchilar bo’lsa bilim doiralarini kengaytiradilar, ularning bilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, dunyoqarashini shakllantiruvchi maiakalar vujudga keladi. Ta’lim-tarbiya jarayoni o’qituvchining o’rgatuvchilik faoliyati bilan o’quvchilarning o’qish faoliyatining uyg’unlashishidir.
Slayd 5
O’qitish metodi
O’qitish metodi deganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro bog’langan faoliyati tushuniladi, bu jarayonda o’quvchilar tomonidan bilim, uquv va ko’nikmalar o’zlashtiriladi, ularning idrok qilish qobiliyatlari rivojlanadi, dunyoqarashi shakllanadi. O’qitish metodlari to’g’risidagi masala – tabiatshunoslikni o’qitish metodikasidagi eng muhim masalalardan biridir: u tabiatshunoslik tasavvurlari hamda tushunchalarini to’g’ri shakllantirish, sifatti ta’lim va tarbiya natijalariga erishish uchun qanday o’qitish kerak degan savolga javob berishga imkon beradi.
Slayd 6
Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari uchta asosiy guruhga bo’linadi:
Og’zaki metodlar — o’qituvchining materialni og’zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash;
Ko’rgazmali metodlar – namoyish qilish – (ko’rsatish), mustaqil kuzatishlar, ekskursiyalar;
Amaliy metodlar — og’zaki va yozma mashqlar, grafik (chizma) va laboratoriya ishlari.
O’qitish metodlarini metodik uslublar bilan adashtirmaslik kerak. Metodik uslub faqat metodning unsurlaridan biri, uning tarkibiy qismidir (ko’rgazmali qurollarni, kinofilmlardan fragmentlarni, diafilm, diapozitivlarni ko’rsatish, doskadagi sxe-malardan, rasmlardan foydalanish, tajribalarni namoyish qilish, geografiya maydonchasi, maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar vaqtida u yoki bu boshqa faoliyatni ko’rsatish va hokazolar).
Slayd 7
Metod va metodik uslublar o’zaro chambarchas bog’liqdir. Ularning didaktik birligi shundan iboratki, ular bir-biriga o’tishi mumkin. Masalan, o’quvchilar bajaradigan tajribalar o’qitish metodi hisoblanadi, tajribani o’qituvchi tomonidan hikoya vaqtida namoyish qilinishi metodik uslubdir. Hikoya davomida o’qituvchi tomonidan diafilm namoyish qilinishi metodik uslub hisoblanib, o’quv filmlarini ko’rish o’qitish metodi ham bo’Iishi mumkin. Metod va uslublardan kompleks holda foydalaniladi, ular bir-birlarini to’ldiradi, o’rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarini bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga, tabiat-shunoslik kursida tushunchalarni to’g’ri shakllanishiga xizmat qiladi.
Slayd 8
Har bir metod turi kichik uslublardan iborat.
Hikoya. O’quvchilarga bilim bedshning yetakchi metodi o’qituvchining jonli so’zi — hikoyasidir. U o’qish kitoblarini o’qish, obyekt, jism va hodisalarni namoyish qilish, o’qitishning texnika vositalaridan foydalanish, o’quvchilar oldiga savollar qo’yish, badiiy adabiyot o’qish va boshqalar bilan uyg’unlashadi. Hikoya o’qituvchi shaxsiga bog’Iiq, shuning uchun u juda katta imkoniyatlarga ega.
O’qituvchi hikoyasi tasviriy, hissiy va izchil bayondir. Hikoyada izchillikka qat’iy rioya qilgan holda o’qituvchi har xil usul va mantiqiy ishlashning uslublari (tahlil, taqqoslash, umumlash-tirish)ni qo’llaydi, o’quvchilarga to’g’ri tuzilgan bayonning namu-nasini beradi.
Tabiatshunoslik darslarida tabiatdagi biror hodisa yoki voqea, eng katta kashfiyotlar tarixi, olimlarning (biografiyasi) hayot faoliyati kishilarning o’simlik va hayvonot dunyosini o’zlashtirish hamda qayta tiklash bilan bog’Iiq bo’lgan ijodiy faoliyati to’g’risida gap borganda qo’llaniladi. Qator hollarda o’qituvchining darsdagi hikoyasi o’zining sujet yo’nalishi va obrazliligi bilan murakkab bo’lmagan ilmiy asarlarga yaqinlashib ketadi.
Slayd 9
Aytib berish va ta’riflash
Aytib berish bayonning shunday turiki, unda aniq fakt, voqea, jarayon yoki harakatlar haqida tushunarli, ravon gapirib beriladi. Hikoya shohid (sayyoh, yosh tabiatshunos, sayohatchi, biror kashfiyotning ishtirokchisi va boshqalar) nomidan olib boriladi.
Ta’riflash – borliq jismlari va hodisalarining (foydali qazilmalar, o’simlik va hayvonot dunyosining), u yoki bu tabiiy zona iqlimining xususiyatlarini izchil bayon qilishda qo’llaniladi.
Xarakterlash ta’riflashning bir ko’rinishidir, u jism (narsa) yoki hodisaning belgi va xususiyatlarini sanab o’tishdan iborat (tog’lar, daryolar, tabiiy zonalar xarakteristikasi).
Slayd 10
Tushuntirish va muhokama qilish
Tushuntirish — bayonning bir ko’rinishi, unda yangi tushun-chalar, atamalar ochib beriladi, sabab-oqibatlar bog’lanishi, tobelik belgilanadi, ya’ni u yoki bu hodisaning mantiqiy tabiati (masalan, nima uchun tundrada tun uzun, kun qisqa bo’lishi, nima uchun kun va tun, yil fasllari almashib turishi) ochib beriladi. Tushuntirishdan barcha darslarda foydalaniladi, ko’pincha u muhokama qilish bilan uyg’unlashadi.
Muhokama qilish — bayon qilish bo’lib, unda o’quvchilarni xulosa va xotimaga olib keluvchi qoida hamda isbotlarning izchil rivojlanishi beriladi. Hikoyaning bu shaklidan o’rganilayotgan hodisani (masalan, o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishiga iqlimning ta’siri, suv, metallning xususiyatlari) tahlil qilish zarur bo’lganda foydalaniladi.
Hikoyaning yuqorida qayd etilgan xillaridan tabiatshunoslik darslarida ular bir-biriga uyg’unlashtirilgan holda foydalaniladi. O’qituvchi dars materialini qay tahlit bayon qilmasin, didaktik ma’no o’quvchilarga ilmiy umumlashtirilgan bilimlarning faol berilishi o’shanday qolaveradi.
Slayd 11
Hikoyaning har qanday xili ushbu didaktik talablarga:
Tanlangan materialning ilmiyligi va yuqori g’oyaviyligiga;
mantiqiy izchillik va isbotlanuvchanligiga;
o’quvchilar uchun aniq, ravon va tushunarli bo’lishligiga;
o’qituvchi nutqining tasviriy va hisobiy bo’lishligiga javob berishi kerak.
1—2 Sinflarda hikoyaning davomiyligi 5—8, 3—4- sinflarda esa 10—12 daqiqadan oshmasligi lozim.
Slayd 12
I. Dars mavzusini bildirish. Yangi mavzuni bayon qilish oldidan o’quvchilarga yechimi yangi bilimlar uchun zarur bo’lgan masalalar taklif qilinadi va u shu darsda o’rganish obyekti bo’lib qoladi, ya’ni muammoli vaziyat; «qiyinlashish vaziyati» vujudga keltiriladi. Yangi materialni o’rganish tajriba o’tkazish, shuningdek, tabiatda o’tkazilgan kuzatishlarni tahlil qilish bilan boshlanadi.
II. Bayon rejasini bildirish. Bu uslub faqat o’zlashtirish jarayonini faollashtiribgina qolmasdan, balki o’quvchilarni butun bayon tizimini ko’rishga o’rgatadi, bu bilan tafakkurning mantiqiy izchilligini rivojlantirishga, o’rganilayotgan atrof hayot faktlari yoki hodisalari o’rtasidagi muayyan bog’lanishlarni aniqlashga yordam beradi; masalan, «Cho’I tabiati» mavzusini bayon qila turib, o’qituvchi doskaga ushbu rejani yozishi mumkin: 1) tabiiy zonalar xaritasida cho’llarning geografik o’rni; 2) cho’l iqlimining xususiyatlari; 3) yuzasi; 4) vohalari; 5) cho’lda yil fasllari.
III. O’quvchilar e’tiborini faollashtiruvchi savollarni bayon davomida berib borish.
Slayd 13
IV. O’quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini faollashtiruvchi taqqoslash (masalan, dala, cho’l, dasht, o’rmonlarning o’simlik va hayvonot dunyosini taqqoslash va hokazolar).
V. Yangi materialni bayon qilish davomida ilgari o’rganilgan mavzular turmush bilan, amaliyot bilan (masalan, «Skelet», mavzusini «Mushaklar» mavzusi bilan, jonajon o’lka tabiatini har xil zonalar tabiati mavzusi) bilan aloqasini turmushda, amaliyotda o’rganish.
VI. Hikoyaga maqol, qiziqarli material yoki kitob o’qish epizodini kiritish. O’qituvchi hikoyasini tegishli maqolani o’qigandan keyin yoki undan oldin boshlashi mumkin. Qo’shimcha materialdan foydalanish hikoyani boyitadi va konkretlashtiradi. Hikoya davomida foydalanilgan maqol, matal va topishmoqlar darsni boyitib, bayon qilayotgan materialni o’quvchilar tomonidan qabul qilib olinishini osonlashtiradi.
VII. Ko’rgazmalilik (surat, jadval, texnika vositalari)ni qo’llash. Hikoya davomida ko’rgazmalilikning har xil vositalaridan foydalanish o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil bo’lishiga, o’rganilayotgan materialga diqqat va qiziqishni quwatlashga, uni puxta o’zlashtirilishiga yordam beradi. Sxemalar, jadvallar, tajribalar, doska va daftardagi (atama) va xulosalar o’quv materialini o’zlashtirilishini yengillashtiradi.
Slayd 14
Darsdagi jarayondan:
Suhbat.
Kirish suhbati.
Takrorlovchi suhbat.
Bayon qiluvchi suhbat.
Yakunlovchi suhbat.
Tasviriy ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish asosidagi suhbat.
O’qilgan darslik mavzusi (maqolasi) asosida suhbat.
Slayd 15
Xulosa
1- Sinfda matn o’qilgach qisqa suhbat o’tkaziladi, unda bolalarga o’qilgan matn mazmunini qanday tushunganliklarini aniqlashga yordam beruvchi 2—3 ta savol beriladi. Keyin matn abzaslaryoki mantiqan tugallangan qismlar bo’yicha o’qiladi va o’qilganlarning mazmuni aniqlanadi. Shundan keyin o’quvchilarga o’qilgan qismda qancha jumla bo’lsa, o’shancha savol beriladi. Matn albatta o’qituvchi tomonidan sharhlanadi, dars hikoya qiiib berish, ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnika vositalarini namoyish etish bilan birga olib boriladi. Suhbat o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajasini aniqlash bilan tugallanadi.
Tabiatshunoslikni o’qitishning og’zaki metodlari ta’lim jarayonida o’qituvchi oldida turgan umumta’lim va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.