Tabiiy fanlarni o‘qitishning amaliy metodlari

4000 so'm


Tabiiy fanlarni o‘qitishning amaliy metodlari

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o‘qitishning amaliy metodlari

Slayd 2

Reja:
Tashkiliy,texnikaviy, mantiqiy uslublar va ularning ahamiyati.
Muammolita’lim va undan o‘quv jarayonida foydalanishning ahamiyati.
Tabiatshunoslikdarslarida dasturlashtirilgan o‘qitish elementlari

Slayd 3

O’quv jarayonida ko’rgazmali metoddan foydalanish, bilimlarni puxta o’zlashtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik printsipi bilan bog’langanda yanada kengayadi va takomillashadi. Ko’rgazmali metodning vazifasi o’quv jarayonida o’quvchilar qarab turib, predmetlarni kuzatib va idrok qilib, sezgi organlari yordamida jism yo jarayonlar haqida ma’lum axborotga ega bo’ladilar, ularni taqqoslash va farqiy belgilarini topish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan bilimlar shakllanadi, keyinchalik so’zlar, ko’rsatish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi va ularning bilim doirasi yanada kengaytiriladi. Ko’rgazmali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo’llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo’yiladi. Bu jarayonda o’quv filmlaridan, diafilm va diapazitivlarning axborot matnlari yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo’lib izmat qiladi. Har qanday holatda ham ko’rgazma vositalar qo’llanilganda bolalarning faol idrok etishlari va fikrlashlari ko’zda tutiladi, shuning uchun ham ular oldida aniq bilish vazifasi qo’yiladi.

Slayd 4

Ko’rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil
Ko’rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko’rgazmalilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar bar xil bo’lib, bir-biriga sira o’xshamaydi. Ko’rgazmali vositalar deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladi. Ko’rgazmalilik o’quv-chilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korrek-siyalash)da katta ahamiyatga ega. To’g’ri qo’yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e’tiborni jalb qiladi. Bu savollar o’quvchilarni maqsadga yo’naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga da’vat qiladi.
Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan ko’rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo’Iishi mumkin.
Ko’rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o’quvchilarga o’rganilayotgan obyektlaming tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o’rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to’g’risida tasawurlar beradi.

Slayd 5

Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi.
Tabiatshunoslikni o’qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o’quvchilarda tabiiy jismiarni bevosita ko’rish asosida tasawur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (bar bir o’quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda — o’quvchilar soniga qarab to’plash kerak).
Qabul qilish uchun teri sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismiarni o’qituvchi uzoqdan turib namoyish etadi. Yirik o’simliklar, masalan, makkajo’xori, pomidor, poliz ekinlari (o’simlik barg, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko’rsatilishi mumkin.
Narsani o’quvchilarning barchasi yaxshi ko’rishlari uchun u sinf doskasiga o’qituvchi stoli balandligida o’rnatiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o’quvchilarga faqat ularning tashqi ko’rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hokazolar haqida ham tasawur hosil qilish imkonini beradi, bu tasawurlar ancha to’liq va ravshan bo’ladi.

Slayd 6

Suratlar bilan ishlash metodikasi
Tabiatshunoslikni o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga ular hali ko’rmagan ko’pgina obyekt va hodisalar to’g’riisda ma’lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar u yaxshi surat ko’rsatilmasa, yetarli, to’liq va yorqin tasawurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan ko’rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlarni hosil qilish mumkin.
Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha devoriy suratlar ishlatila-diki, ular bo’yicha sinf o’quvchilarining barchasi ishtirokida ish olib boriladi. Yirik suratlar bo’lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o’quvchiga ko’rsatish kerak.

Slayd 7

Tajriba tabiatshunoslikni o ‘qitishning amaliy metodidir
Tajriba o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o’tkazishda o’quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo’lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuv­chanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi bar xil jismlarning xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir.
Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yaqindan yordam beradi. Masaian, ular faqat tajriba jarayonidagina termometming simob ustuni haroratning o’zgarishiga qarab ko’tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini ko’rsatadi.

Slayd 8

Amaliy uslublarning turlariga:
O’quvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi;
Rasm chizishi;
Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo’yicha ishlari;
Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari;
Tajriba o’tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.
Amaliy ish boshlanishi oldidan qo’yilgan savol, muammo, masalaga o’quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak.
Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metod-larining bir turi bo’lib, tarqalgan o’simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o’rgatadi.

Slayd 9

Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari tizimida amaliy ishlar.
Tabiat haqidagi bilimlarni o’zlashtirishda amaliy ishlar katta rol o’ynaydi. Amaliy ishlar o’quvchilarni ular faoliyati jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga o’rgatish metodidir. Amaliy ishlarga o’quvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig’ish, maktaboldi yer maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o’simliklarni parvarish qilish, gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko’rgazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat turlari kiradi.
Tabiatshunoslik bo’yicha amaliy ishlar dastur va darsliklarga kiritilgan, ularning bajarilishi majburiydir. Ular boshlang’ich sinfda politexnik ta’limni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Amaliy ishlarning samaradorligi o’quvchilarning ularni bajarishga tayyorgarlik darajasiga bog’liq.

Slayd 10

Eksperimentlar
Eksperimentlar ko’pincha fiziologik jarayonlarni o’rganishda o’tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli bo’ladi. Tabiatshunoslik hamda botanika darslarida o’tkaziladigan qisqa muddatli eksperiment yoki tajribaga urug’ning tarkibi, tuproq-ning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo’lishi va shunga o’xshashlarni o’rganishga umum ma’lum ishlar misol bo’la oladi. Urug’Iarni unib chiqish sharoitlari, barg orqali suvni bug’lan-tirish kabi ancha sodda tajribalarni o’quvchilar uyda bajaradilar.
Odatda, eksperimental ishlarni o’quvchilar darsdan tashqari mashg’ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabiat burchagi yoki o’quv tajriba maydonida bajaradilar.
Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to’Idiradi, tabiiy materialni o’rganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashga o’rgatadi.
Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingan bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi. Bundan tashqari, amaliy ishlar bolalarda mehnat malakalari va ko’nikmalari hosil bo’lishiga, mustaqil ishlashga yordam beradi.

Slayd 11

Bilimni tekshirish uchun savollar
Boshlang’ich sinflarda tajriba va amaliy darslar qanday ahamiyatga ega?
Tajriba deb nimani tushunasiz?
Tajriba — tabiatshunoslikni o’qitishning yetakchi uslubi ekanligi haqida nima deya olasiz?
Oddiy tajribaiarga nimalar kiradi?
Murakkab tajribalarga-chi?
Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari tizimidagi amaliy ishlar qanday ahamiyatga ega?
Amaliy uslublarning turlariga nimalar kiradi?
Amaliy ishlarga tayyorlanishning qanday bosqichlarini bilasiz? 9- Amaliy ishlarning asosiy turlari nimalardan iborat?
Sinfdagi amaliy mashg’ulotlarning ahamiyati va ularni olib borish tartibi haqida qanday fikrdasiz?

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarni o‘qitishning amaliy metodlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

3 + 19 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar