Tabiiy fanlarni o‘qitish shakllari va dars turlari

4000 so'm


Tabiiy fanlarni o‘qitish shakllari va dars turlari

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o‘qitishning turlari. Dars-o‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakllari

Slayd 2

Reja:
Tabiatshunoslikni o‘qitishning shakllari. Darslarning tuzilish sxemalari. Tabiatshunoslik darslariga qo‘yiladigan umumiy talablar (ta’lim-tarbiyaviy, didaktik, psixologik, gigienik talablar).
Tabiatshunoslik darslarining tiplari. Didaktik maqsadlariga ko‘ra darslarning tiplari. Har xil tipdagi darslarning strukturasi.
Ekskursiya darsilari va uni tashkil etish. Ekskursiya darsilarida turli metodlardan foydalanish. Ekskursiya darsi davomida predmetlararo bog‘lanish didaktik tamoyilining amalga oshirish yo‘llari.

Slayd 3

Slayd 4

Tabiiy fanlar darslarining tiplari.
Darsni quyidagi tuzilish qismlariga ajratish mumkin:
Tashkiliyqism.
Uy vazifasini tekshirish.
Yangi materialni bayon qilish,
O’quvchilarning mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarni mustahkamlash, ularning o’zlashtirilishini tekshirish.
Dars materialini umumlashtirish.
Uyga vazifa berish.
Baholarni sharhlash.

Slayd 5

Dars tuzilishi kurs mavzusi bo’yicha darslarning umumiy tizimida uning qanday o’rin egallaganligiga bog’liq, ammo qanaqa bo’lishidan qat’i nazar har bir dars tashkiliy, mantiqiy, psixologik jihatdan yaxlit bo’lishi kerak. Metodik jihatdan to’g’ri tuzilgan darsda barcha tomonlar o’zaro bog’liqdir.
Tabiatshunoslik darsining didaktik maqsadini aniqlash uning asosan nimaga yangi maqsadni o’rganishga, uni mustahkamlashga, takrorlashga va ketma-ketligini ta’minlash yoki o’zlashtirishni tekshirish hamda hisobga olishga bag’ishlanishini belgilash demakdir.
Tabiatshunoslik darsi bir nechta didaktik maqsadga ega bo’lishi mumkin, shunga qarab uning tuzilishi, binobarin, darslarning tiplari ham har xil bo’ladi.

Slayd 6

Didaktik maqsadlariga qarab, darslar quyidagi tiplarga ajratiladi:
— Birlashtirilgan (kombinatsiyalashgan) dars;
— Yangi material o’rganiladigan dars;
— Mustahkamlash darsi;
— Predmetli dars; predmetli darslardan keyin o’qitish;
— O’quv-tajriba maydonchalaridagi dars;
— Maktab geografiya maydonchasida o’tkaziladigan dars;
— Takrorlovchi-umumlashtiruvchi dars;
— Izohli o’qish darsi;
— Kino va teledars;
— Ekskursiya darsi.
Darsning qaysi tipi tanlanmasin, uning muvaffaqiyatli o’tkazilishi o’qituvchining muntazam va har tomonlama tayyor-lanishiga bog’liqdir.

Slayd 7

Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz:
Birlashtirilgan (kombinatsiyalashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi, o’tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligi ishlarini) tekshirish, ya’ni bilimlarni o’rganish va mustahkamlash kabilar kiradi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o’tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o’qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko’rish, maqolalar o’qish, ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar yozish va rasmlar chizish qo’llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni o’tishda keng tarqalgan xato — barcha ishlarni ko’rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) o’qish va aytib berishdan iborat qilib qo’yishdir. Tabiatshunoslik o’qituvchisi tabiat to’g’risidagi bilimlarning asosiy manbai tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mus­tahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak.

Slayd 8

Predmetli darslar
Bu tipdagi darslarda o’quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari haqida muayyan aniq bilimlar oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni ko’rib chiqadilar va taqqoslaydilar, ularning tarkibiy qismlarini, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o’rganish keng tarzda yoki guruhlar bo’yicha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriyada ishlash malakasini egallaydilar, chunki darsda o’tkaziladigan ish tadqiqiy xarakterda bo’lishi kerak, unda bolalar o’rganilayotgan obyektlarning belgi va sifatlarini taqqoslaydilar, murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazadilar. Predmetli darsiarda mustaqil ishlarning sanog’i salmoqli bo’lishi kerak.
Predmetli darslarni o’tishga o’qituvchi puxta tayyorlanishi lozim. Tarqatma materiallar o’quvchiiar soniga to’g’ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yig’ilgan tabiat obyektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki to’kilgan barglari, meva va urug’lar kolleksiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar)dan foyda-lanish mumkin.

Slayd 9

Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
— Dars mavzusi va maqsadini bildirish;
— Ish rejasini doska va daftarlarga yozish;
— Tarqatma material bilan mustaqil ishlash;
— Ish mazmuni bo’yicha suhbat (o’rganilayotgan obyekt xususiyatlarini ta’riflash, uni ilgari o’rganilganlar bilan taqqoslash, qo’shimcha ko’rgazmali material bilan ishlash);
— Daftarlarga yozuvlar yozib, rasmlar chizish;
— Bilimlarni mustahkamlash va baholash.

Slayd 10

Predmetlidarslardan keyin o’qish
O’quvchilarni tabiat jismlari bilan bevosita tanishtira borib, jismlarning tarkibiy qismlari va ularning amaliy ahamiyatini tahlil qilib, o’qituvchi shu jismlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun o’quvchiiar bilan tabiatshunoslik darslaridan: 2- sinfda «termometr», 3- sinfda «foydali qazilmalar», 4- sinfda «kompas bo’yicha oriyentirlash» va shu kabi mavzu-maqolalarni o’qiydi. Suhbat jarayonida o’qituvchi predmetli darsiarda o’rganilgan va darslikda ta’riflangan obyektlarning xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi.

Slayd 11

Yangi material o’rganiladigan dars
Darsning bu tipi nomlanganidek, sof ko’rinishda uchramaydi. Biroq o’quv materialining o’ziga xosligi va o’quvchiiar diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o’rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o’tkazilishi mumkin. Bu ishga vaqtning ko’p qismi ajratiladi, darsning boshqa qisrnlari unga bo’ysunadi. Yangi materialni o’tishda ilgari o’rganilgan materiallar bilan vorislik o’rnatish va yangi materialni ilgari o’zlashtirilgan materiallar ketma-ketligiga kiritish uchun bolalarni yangi materialni qabul qilib olishga tayyorlovchi topshiriq va savollarni takrorlaydilar. Bunday darsda o’rganiladigan material birlamchi mustahkamlanadi.

Slayd 12

Bu tipdagi dars tuzilishi quyidagicha
Yangi bilimlar ongli o’zlashtirilishi uchun zarur bo’igan materialni takrorlash va kuzatishlar kundaligi bilan ishlash;
dars mavzusi va maqsadini bildirish;
yangi materialni o’rganish (kirish suhbati, amaliy ish, o’qituvchi hikoyasi);
amaliy ish mazmuni bo’yicha suhbat;
o’quvchilarning mustaqil ishlashi (daftarlar, darslik, qiziqarli — idrokiy material, kontur va tabiiy xaritalar, dasturlashtirilgan kartochkalar va shu kabilar bilan);
o’quvchilarning o’rganilgan materialni tushunganliklarini tekshirish;
dars yakunini chiqarish;
uyga vazifa berish (qo’yilgan maqsadga qarab, darsning xohlagan vaqtida berilishi mumkin).

Slayd 13

Mustahkamlash darsi.
Bu tipdagi darsda o’quvchilarning har xil topshiriqlar va tabiatshunoslikning boshqa predmetlar bilan aloqasini, shuningdek, tabiat jismlari hamda hodisalarining o’zaro bog’lanishini ochib beruvchi ishlar markaziy o’rinni egallaydi.
Bu darslarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
oldinda turgan ishlarning maqsadini, taklif qilingan topshiriqlarni bajarish uchun zarur bilim, uquv va ko’nikmalarni esga olish (tiklash);
o’quvchilarning topshirilgan ishlarni bajarishlari;
o’qituvchining bajarilgan ishlarni tekshirishi;
uyga vazifa berish.
Bilim, uquv va ko’nikmalarni kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek, yangi materialni qabul qilib olinishini osonlashtirish uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Masalan, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonidagi ishlar (ko’p yillik gulli – manzarali o’simliklarni parvarish qilish, ularni tupini bo’lish yo’LI bilan ko’paytirish, rezavor meva butalari va meva daraxtlarini qishga tayyorlash, xona o’simliklarini o’tqazish va ko’paytirish, qulupnay ko’chatlarini o’tqazish, tuproqni yumshatish va hokazolar) yoki tabiatdagi o’simlik zararkunandalari bilan tanishish.

Slayd 14

Takrorlovchi — umumlashtiruvchi darslar
Mazmuniga yangilik elementlarini; yangi misollar, oldingi darslarda foydalanilmagan ko’rgazmali qurollar, diafilmlar, diapozitivlar kifitilishi lozim. O’qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga puxta tayyorlanishi (o’rganilgan mavzu bo’yicha savollar ro’yxatini tuzish, umumlashtiruvchi jadval o’ylab chiqish, individual didaktik kartochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlarning o’zlashtirilganligini chuqurroq tekshirish uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan, shuningdek, o’quvchilar tomonidan awal tayyorlangan albomdan foydalanish mumkin.
O’quvchilar bilimini tekshirishda umumlashtiruvchi jadvallar alohida ahamiyatga ega, chunki ularda o’yin elementlari bor. Misol sifatida «to’rtinchisi ortiqcha» jadvalini keltirish mumkin. Bu jadvalning bar bir qatorida to’rtta umumiy bo’lgan hayvonlardan uchtasi ular uchun umumiy bo’lgan belgi bo’yicha alohida guruhga birlashtirilishi mumkin.

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarni o‘qitish shakllari va dars turlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

three × four =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar