Tabiiy fanlarni o’qitishning og’zaki metodi

4000 so'm


Tabiiy fanlarni o'qitishning og'zaki metodi

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o’qitishning og’zaki metodi.

Slayd 2

Reja:
Metodva metodik uslublar haqida ma‘lumot, og’zaki metodning turlari, hikoya va uning xillari.
Hikoyajarayonida o’zlashtirishning faollashishiga yordam beruvchi didaktik uslublar.
Suhbatva uning xillari. Kitob bilan ishlash.

Slayd 3

Ma’lumki, mazmun va o’quvchilarning yoshiga muvofiq tarzda tanlangan metodlar bilim sifatining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Metod umumiy ma’noda maqsadga erishish usulidir. O’qitish metodi o’qituvchining bilimlar berish va ayni paytda ularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olish usulidir. Metodning bu ta’rifi uning ikki bir-biriga bog’liq tomonlari: beruvchi, ta’sir qiluvchi – o’qituvchi va qabul qiluvchi, o’zlashtiravchi – o’quvchilarni ifodalaydi. Bu o’zaro ta’sir qilishning xarakteri bilim manbaiga bog’liqdir.

Slayd 4

Metod, o‘qitish metodi, usul, metodika, qoidalarining farqi nimada?
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘l va usullar majmui deganidir.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv – bilish faoliyatini tashkil etish yo‘llari tushuniladi.
Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni.
Metodika – bu xususiy didaktika, ya’ni biror bir fanni o‘qitish nazariyasi.
Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy ko‘rsatmalardir.

Slayd 5

An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari

Og‘zaki
Ko‘rgazmali
Amaliy
Kitob bilan ishlash
Videometod
Hikoya
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
Munozara
Illyustratsiya
Demonstratsiya
Mashq
Amaliy
Laboratoriya
Didaktik o‘yin
O‘qish
O‘rganish
Reja tuzish
Konspekt qilish
Ko‘rish,
O‘rganish,
Nazorat qilish

Slayd 6

Tabiiy fanlarni o’qitish amaliyotida turli xil o’qitish metodlari qaror topgan. Biroq ushbu ancha muhim belgilarga qarab ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
O’quvchilar bilim oladigan manbalar;
O’quvchilar faoliyatining xarakteri;
d)o’qitish jarayonida o’quvchilar faoliyatining xarakteri.
Buuch belgi o’igatish va o’rganishni bir butun jarayon sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bunda o’qituvchining (o’rga-tuvchining) va o’quvchining (o’rganuvchining) faoliyatlari o’zaro bog’langan va taqozo qilingan, bilim manbalari esa o’qituvchining faoliyati bilan o’zaro chambarchas bog’lanishda bo’ladi.

Slayd 7

Darsda o’qituvchi turli ta’lim metodlaridan foydalanadi. O’qitish uslublarini tanlashda bir qator omillar: yordamchi maktabning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti, o’quv fani, o’iganiladigan materialning mazmuni, o’quvchilarning o’quv materialini egallashga tayyoigarlik darajasi katta ahamiyatga ega.
Uslub tanlash va uni qo’llash xususiyati faqat darsdagi o’quv materialining maqsadiga emas, balki mazmuniga qarab ham aniqlanadi. O’qitish uslubi tushunchasi didaktik va uslubiyatning asosiy tushunchalaridan biri.

Slayd 8

Ta’lim-tarbiya jarayoni o’qituvchining o’rgatuvchilik faoliyati bilan o’quvchilarning o’qish faoliyatining uyg’unlashishidir. O’qitish metodi deganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro bog’langan faoliyati tushuniladi, bu jarayonda o’quvchilar tomonidan bilim, uquv va ko’nikmalar o’zlashtiriladi, ularning idrok qilish qobiliyatlari rivojlanadi, dunyoqarashi shakllanadi. O’qitish metodlari to’g’risidagi masala – tabiatshunoslikni o’qitish metodikasidagi eng muhim masalalardan biridir: u tabiatshunoslik tasavvurlari hamda
tushunchalarini to’g’ri shakllantirish, sifatli ta’lim va tarbiya natijalariga erishish uchun qanday o’qitish kerak degan savolga javob berishga imkon beradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari uchta asosiy guruhga bo’linadi:
Og’zaki metodlar – o’qituvchining materialni og’zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash;
Ko’rgazmali metodlar – namoyish qilish – (ko’rsatish), mustaqil kuzatishlar, ekskursiyalar;
Amaliy metodlar – og’zaki va yozma mashqlar, grafik (chizma) va laboratoriya ishlari

Slayd 9

Hikoya. O’quvchilarga bilim berishning yetakchi metodi o’qituvchining jonli so’zi – hikoyasidir. U o’qish kitoblarini o’qish, obyekt, jism va hodisalarni namoyish qilish, o’qitishning texnika vositalaridan foydalanish, o’quvchilar oldiga savollar qo’yish, badiiy adabiyot o’qish va boshqalar bilan uyg’unlashadi. Hikoya o’qituvchi shaxsiga bog’liq, shuning uchun u juda katta imkoniyatlarga ega.
O’qituvchi hikoyasi tasviriy, hissiy va izchil bayondir. Hikoyada izchillikka qafiy rioya qilgan holda o’qituvchi har xil usul va mantiqiy ishlashning uslublari (tahlil, taqqoslash, umumlashtirish)ni qo’llaydi, o’quvchilarga to’g’ri tuzilgan bayonning namu-nasini beradi.

Slayd 10

Aytib berish bayonning shunday turiki, unda aniq fakt, voqea, jarayon yoki harakatlar haqida tushunarli, ravon gapirib beriladi. Hikoya shohid (sayyoh, yosh tabiatshunos, sayohatchi, biror kashfiyotning ishtirokchisi va boshqalar) nomidan olib boriladi.
Ta ‘riflash – borliq jismlari va hodisalarining (foydali qazilmalar, o’simlik va hayvonot dunyosining), u yoki bu tabiiy zona iqlimining. Xususiyatlarini izchil bayon qilishda qo’llaniladi.
Xarakterlash ta’riflashning bir ko’rinishidir, u jism (narsa) yoki hodisaning belgi va xususiyatlarini sanab o’tishdan iborat (tog’lar, daryolar, tabiiy zonalar xarakteristikasi).
Tushuntirish – bayonning bir ko’rinishi, unda yangi tushun-chalar, atamalar ochib beriladi, sabab-oqibatlar bog’lanishi, tobelik belgilanadi, ya’ni u yoki bu hodisaning mantiqiy tabiati (masalan, nima uchun tundrada tun uzun, kun qisqa bo’lishi, nima uchun kun va tun, yil fasllari almashib turishi) ochib beriladi. Tushuntirishdan barcha darslarda foydalaniladi, ko’pincha u muhokama qilish bilan uyg’unlashadi.

Slayd 11

Muhokama qilish – bayon qilish bo’lib, unda o’quvchilarni xulosa va xotimaga olib keluvchi qoida hamda isbotlarning izchil rivojlanishi beriladi. Hikoyaning bu shaklidan o’rganilayotgan hodisani (masalan, o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishiga iqlimning ta’siri, suv, metallning xususiyatlari) tahlil qilish zarur bo’lganda foydalaniladi.
Hikoyaning yuqorida qayd etilgan xillaridan tabiatshunoslik darslarida ular bir-biriga uyg’unlashtirilgan holda foydalaniladi. O’qituvchi dars materialini qay tahlit bayon qilmasin, didaktik ma’no o’quvchilarga ilmiy umumlashtirilgan bilirnlarning faol berilishi o’shanday qolaveradi.

Slayd 12

Hikoyaning har qanday xili ushbu didaktik talablarga:
tanlangan materialning ilmiyligi va yuqori g’oyaviyligiga;
mantiqiy izchillik va isbotlanuvchanligiga;
o’quvchilar uchun aniq, ravon va tushunarli bo’lishligiga;
o’qituvchi nutqining tasviriy va hisobiy bo’lishligiga javob berishi kerak.
1-2-Sinflarda hikoyaning davomiyligi 5-8, 3-4- sinflarda esa 10-12 daqiqadan oshmasligi lozim. Hikoya jarayonida o’zlashtirishning faollashishiga yordam beruvchi didaktik uslublardan foydalanish zarur

Slayd 13

I. Dais mavzusini bildirish. Yangi mavzuni bayon qilish oldidan o’quvchilarga yechimi yangi bilimlar uchun zarur bo’lgan masala taklif qilinadi va u shu darsda o’rganish obyekti bo’lib qoladi, ya’ni muammoli vaziyat; «qiyinlashish vaziyati» vujudga keltiriladi.
II. Yangi materialni o’rganish tajriba o’tkazish, shuningdek, tabiatda o’tkazilgan kuzatishlarni tahlil qilish bilan boshlanadi.
III. O’quvchilar e’tiborini faollashtiruvchi savollarni bayon davomida berib borish.
IV. O’quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini faollashtiruvchi taqqoslash (masalan, dala, cho’l, dasht, o’rmonlarning o’simlik va hayvonot dunyosini taqqoslash va hokazolar).
V. Yangi materialni bayon qilish davomida ilgari o’rganilgan mavzular turmush bilan, amaliyot bilan (masalan, «Skelet», mavzusini «Mushaklar» mavzusi bilan, jonajon o’lka tabiatini har xil zonalar tabiati mavzusi) bilan aloqasini turmushda, maliyotda o’iganish. Hikoyaga maqol, iziqarli material yoki kitob o’qish epizodini kiritish.

Slayd 14

O’qituvchi hikoyasini tegishli maqolani o’qigandan keyin yoki undan oldin boshlashi mumkin. Qo’shimcha materialdan foydalanish hikoyani boyitadi va konkretlashtiradi. Hikoya davomida foydalanilgan maqol, matal va topishmoqlar darsni boyitib, bayon qilayotgan materialni o’quvchilar tomonidan qabul qilib olinishini osonlashtiradi.
Ko’rgazmalilik (surat, jadval, texnika vositalari)ni qo’llash. Hikoya davomida ko’rgazmalilikning har xil vositalaridan foydalanish o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil bo’lishiga, o’iganilayotgan materialga diqqat va qiziqishni quvvatlashga, uni puxta o’zlashtirilishiga yordam beradi. Sxemalar, jadvallar, tajribalar, doska va daftardagi (atama) va xulosalar o’quv materialini o’zlashtirilishini yengillashtiradi.

Slayd 15

Suhbat. Suhbat savolning hal qilinishida o’quvchilar va o’qituvchining ishtirokida xarakterlanadi. Suhbatning maqsadga qaratilganligi o’quvchilar bilimini safarbar qilib, hal qilinishi kerak bo’lgan savollar bilan aniqlanadi.
Suhbat natijasida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tegishli xulosa chiqarishlari, xulosani umumlashtirishlari kerak. Suhbat o’quvchilarga notanish bo’lmasligi lozim: hali o’quvchilar o’zlashtirmagan, bilmagan bilimlarni «aniqlash» uchun vaqtni bekorga sarflash yaramaydi. Suhbat yakunlovchi, umumlashtiruvchi va yangi bilimlarni eskilari bilan bog’lovchi darslarda alohida ahamiyatga ega.

Slayd 16

Yangi materialni tushuntirishdagi suhbat odatda o’qituvchining hikoyasi bilan birga qo’shib olib boriladi. Bu hollarda o’qituvchining savollari qonun-qoidalari va voqealar o’rtasidagi bog’lanishlarni tushunishga yordam beradi.
Suhbat yangi materialni o’rganishda, kuzatishlar yoki amaliy ishga yakun yasashda, ekskursiyalar o’tkazishda, o’rganilgan materialni takrorlashda, shuningdek, tajribalarni umumlashtirib namoyish qilishda, tabiiy, tasviriy hamda ekran vositalari, darslik, sinfdan tashqari o’qish uchun adabiyot bilan ishlashda qo’llaniladi.
Suhbatning bosh maqsadi shundaki, bunda o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar ongida tabiat jismlari hamda hodisalari haqida to’g’ri tasavvur va tushunchalar shakllanadi.

Slayd 17

Suhbatda savollar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular qisqa, aniq bo’lishi, javobni aytib turadigan xarakterda ikkilantiruvchi ma’noga ega bo’lmasligi, bir so’z («Ha» yoki «yo’q») bilan javob berishni talab qilmasligi kerak. Masalan, jamoa qurtxonasida ipak qurti ustida kuzatishlar (3- sinf) o’tkazilgandan keyin bajarilgan ishlarga ushbu maqsadga yo’nalgan savollar yordamida yakun yasash kerak: tut ipak qurti qanday rivojlanadi? Uning tashqi ko’rinishi qanday? Qurtning tanasi qanday shaklda? Qurt qay taxlit pilla o’raydi? Pilla o’rash qancha vaqt davom etadi? Pilla ichida nima bo’ladi? Kapalak qanday paydo bo’ladi? U qancha vaqt yashaydi? Kapalak hayoti qanday tugaydi?

Slayd 18

Bunday savollar o’quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantiradi, chunki savollarga javoblar ishlab chiqarish kuzatishlari bilan quvvatlangan bo’ladi. Suhbat metodi hikoya metodi bilan chambarchas bog’liq. Mavzuni tushuntirgach, o’qituvchi albatta bilimlami o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun hikoya va namoyish qilinadigan ko’rgazmali qurol mazmuni bo’yicha suhbat o’tkazadi.
Suhbatning o’quv jarayonida qanday o’rin egallashi va qanday didaktik maqsad mo’ljallanganligiga qarab: kirish suhbati, takrorlovchi suhbat, bayon qiluvchi suhbat va yakunlovchi suhbat kabilarga bo’linadi.

Slayd 19

Kirish suhbatidan yangi bo’lim yoki yangi mavzuni o’rganish oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi o’quvchilardagi darsda o’rganiladigan masala bo’yicha tasavvurlarni aniqlash yoki tiklashdir. Chunonchi, 3-sinfda «Dala o’simliklari» mavzusini o’rganishga kirisha turib, kirish suhbati vaqtida bolalarga ushbu savollami berish kerak: Kim dalada bo’lgan? Dalalarda nimalar o’sadi? Siz qanday madaniy o’simliklarni bilasiz? Siz qanday texnika o’simliklarini bilasiz? Sizga qaysi g’alla o’simliklari ma’lum? Faqat shundan keyingina o’qiituvchi yangi materialni tushuntirishga kirishadi.

Slayd 20

Takrorlovchi suhbat o’iganilgan materialni mustahkamlash va fahmlab olishga yordam beradi. U yangi material o’rganilgandan keyin, shu darsning o’zida mavzu yoki bo’lim o’rganilgandan so’ng 5 daqiqadan 20-25 daqiqagacha vaqt davomida o’tkaziladi. Takrorlovchi suhbat paytida ham mavzuni o’iganishdagi o’sha ko’rgazmali qurol va tarqatma tabiatshunoslik materialidan foydalaniladi.
Bayon qiluvchi suhbat o’quvchilarning o’zlari borliqning jism va hodisalarini kuzatishini nazarda tutadLo’qituvchi tomonidan yo’naltirilgan o’quvchilar o’zlari uchun yangi obyekt va hodisalar bilan tanishadilar. Tirik tabiat burchagida o’tkazilgan tabiat obyektlari va tajribalarni kuzatishlar natijasida o’quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan atrof olamga tadqiqiy yondashish shakllanadi.

Slayd 21

Yakunlovchi suhbat. Yakunlovchi suhbat o’quvchilar o’rganilgan mavzu bo’yicha xulosa chiqara olishlari uchun o’tkaziladi. Masalan, «Granit» mavzusi o’iganilgandan keyin quyidagi savollar bo’yicha yakunlovchi suhbat o’tkaziladi: Biz qanday mavzu bilan tanishdik? Qanday yangiliklarni bildik? Granit qanday tuzilishga ega? Granit rangi nimaga bog’liq? Granit tarkibiga nimalar kiradi?Granitdagi kvars qanday aniqlanadi? Sludadagi kvars-chi? Dala shpatidagi-chi? Granitning yemirilishi natijasida nimalar hosil bo’ladi?

Slayd 22

Tasviriy ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish asosidagi suhbat. Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha suratlardan foydalaniladi. Masalan, «Dashtlar tabiati» mavzusini (4- sinf) o’rganishda o’qituvchi doskaga «Bahorda dasht» nomli suratni iladi va mavzu bo’yicha suhbat o’tkazadi: o’quvchilar suratda nimalar tas-virlangan? Suratda qanday o’simliklarni ko’ryapsiz? (Qum qiyoqi, lola, gulsapsar, saksovul). Nima uchun dashtda o’simliklar kam? Nima uchun dashtda baland daraxtlar yo’q? Suratda tasvirlangan hayvonlarni sanab bering (burgut, ilon, kabcat, dasht qarg’asi, o’q ilon, qum quyoni, chipor yashurka). Bu jonzotlar nimalar bilan oziqlanadilar? Kabi savollarga javob berishlari kerak.

Slayd 23

O’qilgan darslik mavzusi (maqolasi) asosida suhbat. Suhbatning maqsadi u yoki bu tabiat hodisasini bolalar tomonidan to’g’ri tushunilganligini aniqlash, mavzuni o’qishdan olingan yangi bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirishdir.
1- Sinfda matn o’qilgach qisqa suhbat o’tkaziladi, unda bolalarga o’qilgan matn mazmunini qanday tushunganliklarini aniqlashga yordam beruvchi 2-3 ta savol beriladi. Keyin matn abzaslar yoki mantiqan tugallangan qismlar bo’yicha o’qiladi va o’qilganlarning mazmuni aniqlanadi. Shundan keyin o’quvchilarga o’qilgan qismda qancha jumla bo’lsa, o’shancha savol beriladi. Matn albatta o’qituvchi tomonidan sharhlanadi, dars hikoya qilib berish, ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnika vositalarini namoyish etish bilan birga olib boriladi.

Slayd 24

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 25

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarni o’qitishning og’zaki metodi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

sixteen + 2 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar